O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 226 Kb.
|
69-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob.Orta asrlarda Yevropa shaharlarida feodal munosabatlar shakllanishi 1.1.Orta asrlarda Yevropa shaharlarida feodal munosabatlar shakllanishi
Mavzuning maqsad va vazifalari.Ushbu kurs ishining vazifasi o'rta asrlar Yevropa tarixini o'rganishdir.XVIII asr tarixlari o'rta asrlar tarixini "varvarlik", "jaholat", "fanatizm" hukm surgan zamon deb tushuntirdilar. O'rta asrlar tarixiga bo'lgan munosabat fransuz revalyutsiyasidan keyin o'zgardi.
I bob.O'rta asrlarda Yevropa shaharlarida feodal munosabatlar shakllanishi 1.1.O'rta asrlarda Yevropa shaharlarida feodal munosabatlar shakllanishi O'rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada feodal, Osiyoda esa yer egaligi jamiyati (tuzumi) deb ataladi. "Feodal" atamasi lotincha "feod" so'zidan olingan, Ma'him xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo'lib qoladigan yer-mulkka feod deyilgan. Shu tariqa Yevropa dehqonlari feodal oldida ikki xil majburiyatni bajarishga majbur etilgan. Dehqonlar bir feodaldan ikkinchi feodalga o'tib ishlash huquqiga ega bo'lganlar.Ba'zi Yevropa mamlakatlarida esa dehqonlar krepostnoylarga aylantirilgan.Krepostnoy dehqon (qo'rg'on ichida ishlovchi) - bir feodaldan ikkinchi feodalga o'tib ishlash huquqidan mahrum etilgan, doimiy ravishda bir feodalga biriktirilib qo'yilgan qaram dehqon.Feodal krepostnoyga nisbatan deyarli cheklanmagan huquqqa ega bo'Igan. Faqat uni o'ldirishga haqqi bo'lmagan, xolos. Chek yer otadan bolaga meros bo'lib o'tgan. Krepostnoy o'z uyiga, qo'rasiga, ish hayvonlariga, shuningdek, mehnat qurollariga ega bo'Igan.1 Feodal jamiyati dastlab natural xo'jalik hukm surgan jamiyat ham edi.Ilk o'rta asrlarda dehqonlar qishloq xo'jalik va hunarmandchilik mahsulotlari bilan faqat o'zlarini emas, feodalning oilasini ham ta'minlaganlar. Ular dala ishlaridan bo'sh vaqtlarida gazmol, kiyim-kechak, poyafzal, ish qurollari va turli xil asbob-uskunalar tayyorlaganlar.Natijada bozordan juda kam narsa xarid qilingan. Shuning uchun ham XI asrgacha Yevropada savdo-sotiq sust rivojlangan.Natural xo'jalik hukmronligi markaziy hokimiyat (qirol hokimiyati)ni zaiflashtirgan. Har bir viloyatning mustaqillikka intilishiga sabab bo'Igan.Oxir-oqibatda natural xo'jalik feodal tarqoqlikka olib kelgan.Osiyoda (xususan, Vatanimiz hududida ham) yer egaligi Yevropadan farq qilgan. Osiyoda davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblangan. Yer maydonlarining ma'lum qismi (ayrim mamlakatlarda katta qismi) bevosita davlat mulki bo'Igan. Davlat ham, katta yer egalari ham yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo'lib berganlar. Ular o'sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab qo'yilgan ma'lum bir qismini yer egalariga topshirganlar.Osiyo dehqonlarida Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish majburiyati bo'lmagan.Yevropada yog'ingarchilik ko'p bo'lganligi uchun dehqonchilik qilish oson edi. Osiyo esa bunday imkoniyatga ega bo'lmagan. Chunki yomg'ir oz miqdorda yog'gan, yog'inli kunlar, yerlarning namlik miqdori ancha kam bo'Igan. Bunday sharoitda sun'iy sug'orishsiz dehqonchilik qilib bo'lmas edi.Shunday sharoitda Osiyoda yer egalari uchun yerlarining hammasini dehqonlarga ijaraga bo'lib berish foydali edi. Shu yo'l bilan sug'orish inshootlarini doimiy tozalab turish majburiyati dehqonlar zimmasiga yuklangan. O'rta asrlar tarixi ikki davrga bo'lib o'rganiladi. Uning birinchi davri V - XI asrlarni o'z ichiga oladi. Bu davrda Rim imperiyasi parchalanib, Yevropada yangi davlatlar tashkil topdi.Natijada yangi jamiyat - feodal yer-mulk egaligi jamiyati qaror topib, feodal tabaqa vujudga keldi. Feodal yer-mulk munosabatlarida natural xo'jalikning rivojlanishi oqibatida esa G'arbiy Yevropada feodal tarqoqlik ro'y berdi.O'rta asrlarning ikkinchi davri (XI - XV asrlar)da yer-mulk egaligiga asoslangan jamiyat uzil-kesil shakllandi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq xo'jalikning muhim tarmoqlariga aylana bordi. Bu omil o'rta asrlarda shaharlarning rivojlanishiga olib keldi. Natijada jamiyat hayotida shaharlar, ularning taraqqiyoti muhim rol o'ynay boshladi.XI asr oxirlaridan boshlab G'arbiy Yevropaning dunyoning boshqa qismlaridan ajralib qolishi barham topa bordi. Bu esa uning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining tezlashishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.IV - VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko'chishi nomi bilan kirgan. Ko'chish natijasida xalqlarning yashash hududlari keskin o'zgarib ketgan. Bunday ko'chishga quyidagi omillar sabab bo'lgan:Birinchidan, ko'pgina xalqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar o'sgan. Bu hodisa, ayniqsa, German qabilalarida kuchli bo'lgan.2 Oqibatda Germanlarda yangi-yangi yerlarga talab kuchaygan. Bu talabni o'zgalar yerini egallab olishsiz qondirib bo'lmas edi.O'sha davrlarda G'arbiy Rim imperiyasi holdan toygan edi.Bu hol germanlarga imperiya hududlarini asta-sekin egallab olish, bora-bora butunlay istilo qilish uchun sharoit yaratgan.Ikkinchidan, Sharqda yashovchi qudratli ko'chmanchi Xun qabilalarining G'arbga istilochilik yurishi boshlangan. Kuchsiz qabilalar o'zlari yashayotgan joylarni tashlab, boshqa yurtlarga ko'chishga majbur bo'lganlar.Uchinchidan, tabiatdagi iqlimo'zgarishlari ham buyuk ko'chishga sabab bo'lgan. Bu o'zgarishlar ob-havoning keskin sovishi bilan bog'liq edi. Ekin maydonlari tobora ko'proq yaroqsiz holga kela boshlagan. Turli qabilalar yashash uchun iqlimi qulay joylarga ko'chishga majbur bo'lgarlar.XIX asr davrlarida Yevropa tarixchilari feodal taraqqiyot faqatgina Yevropaga xos deb tushuntirib keldilar. Hatto rus tarixiga va G'arbiy slovyanlar tarixiga nisbatan olganda ham, bu yerlarda hech qanday feodalizm bo'lmagan, degan fikrlar aytilgan. Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini chuqur o'rganish asosida jahondagi barcha xalqlar tarixiy taraqqiyotining xuddi ana shu bosqichini bosib o'tishi muqarrarligiga ishonch hosil qilish mumkin. Albatta, shu bilan birgalikda Sharq mamlakatlaridagi (Hindiston, Yaponiya, Turkiya va h.) turli feodal munosabatlarning konkret xususiyatlariga ham ega. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling