O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo’nalishi


- Mavzu: YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya)


Download 0.8 Mb.
bet10/18
Sana06.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1330205
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
muataqil ishim jahon geosidan

4- Mavzu: YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya)
Germaniya
Germaniya davlati Markaziy Yevropada joylashgan bo‘lib, quruqlik orqali Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh hisoblanadi. 1989-yilning oktabr oyida ikki davlat GFR va GDR birlashganidan keyin Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo‘ldi, Natijada, GFR hududi 43% ga, aholisi esa 27% ga ortdi. GFR - parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko‘ra, 16 federatsiyadan tashkil topgan bo‘lib, ular: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, SaksoniyaApgalt, Tyo‘ringiya va Shlezvig-Golshteyn. Tabiiy boyliklari. G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasida Germaniya o‘zining toshko‘miri va qo‘ng‘ir ko‘miri bilan alohida ahamiyatga ega. Toshko‘mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axen havzalarida joylashgan hamda ko‘mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko‘mir hisoblanadi. Qo‘ng‘ir ko‘mirning ishonchli zaxiralarining katta qismi (80 mlrd. t) Sharqiy Germaniyada joylashgan bo‘lib, aksariyat hollarda ochiq usulda qazib olinadi. Tabiiy gaz konlari asosan mamlakatning shimolida joylashgan. Temir rudalari zaxiralari uchraydi lekin, ularning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta qatlamlari, kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari joylashgan. Germaniyaning yirik daryolari - Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq dengizlari havzalari) va Dunay (Qora dengiz havzasi). 1993 yilda Shimoliy dengizdan Qora dengizgacha bo‘lgan trans Yevropa suv yo‘lini tutashtiruvchi Mayn-Dunay kanali ishga tushirildi. O‘rta Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryogacha bo‘lgan davomi ta’muhim ahamiyatga ega. Aholisi. Germaniyada 2018 yil ma’lumoti bo‘yicha 82,9 mln kishi istiqomat qiladi.Urbanizatsiya darajasi 74% dan ortiq. Ko‘pgina shaharlar aglomeratsiyalar yadrosi hisoblanadi, biroq aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan shaharlar ko‘p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Hozir mamlakatda (Niderlandiya bilan birga) Reyn megapolisi rivojlanmoqda. Unda jami 30 mln. kishi yashaydi. Sanoati. Mamlakatda fantalab tarmoqlarnmg hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa sanoat ishlab chiqarish jihozlarini, avtomobil, organik kimyo mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha Germaniya dunyoda yuqori o‘rinni egallaydi. GFR ning barcha 92 yirik sanoat kompaniyalari transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi («Daimler-Benz», «Wolkswagen», «Siemens», Hoechst”, «Bayer»). Germaniya energetika sohasida o‘z ehtiyojlarining asosiy qismini import hisobiga qondiradi. Neft va gaz muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 30% i ko‘mir xissasiga to‘g‘ri keladi. Neft aksariyat hollarda tankerlar va neft quvurlari orqali Shimoliy dengiz, Rossiya, Afrika davlatlari (Nigeriya, Liviya), Fors ko‘rfazi davlatlaridan olinadi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo‘ylab notekis joylashmagan. Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Shvedt eng yirik markazlari hisoblanadi. GFR da elektr energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari orqali ishlab chiqariladi. IES lar Rur va Saar havzalari va port shaharlarida ko‘mir asosida, neftni qayta ishlash markazlarida–mazutda asosida ishlaydi. Hozirgi vaqtda mahalliy ko‘mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda olib kelinayotgan ko‘mirning ahamiyati ortib bormoqda. AES orqali elektr energiyaning 30%i ishlab chiqariladi (ular ko‘mir havzalarining chegarasidan tashqarida qurilgan). GES lar, asosan, mamlakatning janubida xususan tog‘ daryolarida (Lex, Inn, Izar, Mozel, Eder) joylashgan. GFR ning rangli metallurgiyasi, asosan, chetdan keltirilgan va ikkilamchi xomashyo (rangli metall parchalari) asosida ishlaydi. Korxonalar joylashishining bosh omili sifatida energiya resurslari bilan ta’minlanganligi, xomashyoni olib kelishdagi qulaylik hisoblanadi. Alyuminiyni eritish bo‘yicha Germaniya G‘arbiy Yevropa regionida faqat Norvegiya davlatidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Alyuminiy eritish zavodlari Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Gamburg hamda Bavariyada joylashgan. Gamburg va boshqa shaharlarida qora misni eritish rivojlangan. GFR sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan yana biri mashinasozlik va metallga ishlov berish bo‘lib, mamlakat sanoat mahsulotlari va eksportining yarmiga yaqin qismi mashinasozlikka to‘g‘ri keladi. Metallga ishlov berishning eng yirik markazlari Myunxen, Leypsig, Nyumberg, Mangeym, Berlin, Gamburg shaharlari hisoblanadi. Baden-Vyurtemberg va Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlarida mashinasozlik ishlab chiqarishi eng ko‘p rivojlangan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling