O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo’nalishi


-Mavzu: JANUBIY-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI


Download 0.8 Mb.
bet18/18
Sana06.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1330205
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
muataqil ishim jahon geosidan

10-Mavzu: JANUBIY-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI.
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari: Osiyoning yangi istustrial davlatlaridir. Ular Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur, Syangan (Gonkong) bo‘lib, so‘ngi 10-15 yil ichida omilkorlik bilan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyotga keskin yuksalishlarga erishdilar. Shu tufayli ular G‘arbda “Osiyo yo‘lbarslari” yoki “Osiyo ajdarholari” deb ham nom berdilar. XX asr oxirlariga kelib bu toifa davlatlariga Malayziya, Indoneziya, Tayland ham qo‘shildi. Sharqdagi yangi industrial davlatlar Yaponiya rivojlanish modelini na’muna qilib olganligi bilan ajralib turadi. Jumladan, 60 yillargacha qoloq bo‘lgan Janubiy Koreya Respublikasi 90 yillar boshlariga kelib jahonda AES larda ishlab chiqarilayotgan elektr energiya hajmiga 159 ko‘ra 9-o‘ringa, po‘lat eritish bo‘yicha 8-o‘ringa, dengiz kemalari ishlab chiqarishda 2-o‘ringa, Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishda 5-o‘ringa elektron sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 6-o‘ringa chiqib oldi. Shunga o‘xshash keskin o‘zgarishlar bo‘lgan davlatlarda ham yuz berdi. Singapur Respublikasi- Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat maydoni 622 km2 . U bir paytning o‘zida ham davlat daryo, orol va poytaxt nomidir. Singapur Respublikasi Singapur oroli va unga tutash mayda orollar hamda Malakka yarim orolininng janubida joylashgan. Maydoni 640 km2 . Poytaxti- Singapur. Singapur oroli Marakka yarim orolidan Joxor bo‘g‘ozi, Sumatra orolidan Singapur bo‘g‘ozi orqali ajrab turadi. Sohillari past tekislik bo‘lib bir muncha botqoqlashgan. Janubi-g‘arbiy sohillarida marjon riflari bor. Relefi tekislikdan iborat bo‘lib, balandligi 176 m gacha. Maydonning ayrim joylari botqoqlashgan va tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi 193 km. Iqlimi- mussonli, ekvatorial. Yillik o‘rtacha temperatura -260 C bo‘lib, yanvarning o‘rtacha temperaturasi 26,20 C, iyulniki 27,40C tashkil etadi. Yong‘in miqdori 2500 mm ga yaqin. Singapurda yong‘inlar mavsumi ikkiga bo‘linadi. Ular may va oktabr - noyabr mavsumlaridir. Iqlimi o‘rtacha sernam bo‘lganligi uchun bu yerga kelgan turistlarga o‘zlari bilan birga tabiiy toladan tikilgan kiyimlarni olib yurishlari tavsiya etiladi. Singapur davlati ham yangi industrial davlatlar qatoriga kiradi. Uning vujudga kelish tarixi uzoq davrga borib taqaladi. 1819- yili ingliz Tolas Reflz bu hudularni sulton Joqordan sotib olib Singapur shahriga asos solgan. Shundan so‘ng Singapur Britaniya mustamlakachilik siyosatining asosiy tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. II- jahon urushi yillarida mamlakat yapon bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Urushdan so‘ng Singapur Britaniya mustamlakasi bo‘lib qolaverdi. 1959 yil muxtoriyat huquqini oldi. 1965 yil avgust oyida Singapur o‘zini mustaqil Respublika deb e’lon qildi. Singapur aholisi 5.607 000 kishini tashkil etadi. Jami aholining 75 % ni Xitoylik, 15% ni Malayziyaliklar, 10% ni esa boshqa xalqaro millat vakillari tashkil 160 etadi. Bu yerda xitoy -Malayziyaliklardan tug‘ilgan bolani «peranakan»deb atashadi. Davlat tili - ingliz, Xitoy (Mandorin lahjasi), malay, tamil. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda 73 yosh, ayollarda 79 yosh. Turli millat vakillari yashaganligi uchun ham bu yerda aholi turli dinlarga e’tiqod qiladi. Dini-buddaviylik (30%), xristianlik (20%), islom (18%), konfutsiylik (15%), induizm va daosizm. Aholi zichligi har 1 km kv ga 6591 kishini tashkil etadi. Singapurda urbanizatsiya darajasi yuqori bo‘lib, 80% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi. Singapur iqtisodi ingiliz mustamlakatchilik hukmronligi ostida shakllangan. Singapur Hind okeani bilan Tinch okeani birlishuvida ya’ni muhim dengiz va havo yo‘lida joylashganligi tufayli iqitsodi asosan savdo va tarnsport tarmoqlari taraqqiy etgan. Singapur siyosiy mustaqillikka erishgan, 1960-1970 yillarda davlat yangi sa’noat tarmoqlarini rivojlantirish va tashqi savdo aloqalarini kengaytirsh haqida bir qator choralar ko‘rdi. Yalpi ichki mahsuloti sa’noat 21 % ni, qurilish 6,7 %ni savdo 27,1 % maishiy xizmat 6,2 turizm 5,8 % tashkil etadi. Sa’noatning yangi tarmoqlari dengiz kemasozligi va bank ishlari, chet el manapoliyalari nozorati ostida. Singapur qishloq xo‘jaligida maydonining atiga 25 ga yaqini ishlatiladi. 8 % o‘rmonlar bilan band. Kauchuk, Kakos, palmalari, tamaki, ziravor va sabzavot eqiladi. Cho‘chqachilik, parandachilik, baliqchilik rivojlangan. Respublikada temir yo‘llar uzunligi 38 km, avtomabil yo‘llari uzunligi esa 2597 km ni tashkil qiladi. Mamlakatda 150 mingdan ortiq yengil, 40 mingdan ko‘proq yuk mashinalari qolaversa, dengiz flotida 500 savdo kemasi bor. Singapur aeroportida va dengiz porti xalqaro ahamiyatga ega. Gonkong – Janubi –sharqiy Osiyoda janubiy Xitoy dengiz sohilida joylashgan maydoni 1075 km2 tashkil etadi.Aholisi 7,347 ming kishi(2016 y) Tabiiy geografik o‘rni qulay bo‘lib, dengiz va okeanga bemalol chiqa oladi. Gonkongning qirg‘oqlari ko‘pgina qo‘ltiq va qo‘ltiqchalar bilan parchalangan. Sohil yaqinida mayda qoyali orollar ko‘p. Yer yuzasi asosan tog‘liklardan iborat. Eng baland joyi 939 metr. 161 Iqlim subtropik, musson. Yanvarning o‘rtacha harorati 150 -160 C, iyul oyiniki esa 250 -270 C ni tashkil etadi. Dengiz va okeanga chegaradosh bo‘lgani uchun yog‘in miqdori ko‘p. Yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 2000 mm ni tashkil qiladi. Ba’zi joylarda undan ham ko‘p. Mamlakat hududi doimiy yashil tropik o‘rmonlar bor. Yana bir Osiyodagi industrial davlatlar hisoblangan Gonkong rivojlanish tarixi ham o‘ziga xos. Gonkong 1842 yilgi Nankin shartnomasiga ko‘ra Xitoy tomonidan Buyuk Britaniyaga berilgan. Inglizlar Gonkongni yirik savdo portiga aylantirishdi. Natijada 1898-1899- yillarda Britaniya Xitoydan 90 yil muddatga ijaraga olgan. Hududlarini ham Gonkonga qo‘shdi. 1941 yil Gonkong yaponlar tomonidan bosib olindi. Lekin II chi jahon urushida Yaponiyaning mag‘lubiyatidan so‘ng u yana Buyuk Britaniya nazoratiga o‘tdi. 1997 -yil Xitoyning maxsus hududi sifatida Xitoy davlati tarkibiga kirgan. Bunga ko‘ra Xitoy Gonkongda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy tuzumni 50 - yilgacha o‘zgartirmaslik majburiyatini olgan. Umumiy maydoni 1 075 km kv ni tashkil qiladi. 1997- yildan boshlab Buyuk Britaniya nazoratidan Xitoy hududiga o‘tdi. 1984- yil Xitoy va Buyuk Britaniya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Xitoy tarkibidagi maxsus hudud statusini olgan. Gonkongda mavjud 1950-yildan boshlagan sanoat ishlab chiqarishning tez o‘sishiga Gonkong Shanxaydan tadbirkorlik va sanoatchilarning ko‘chib kelishi sabab bo‘lgan. Gonkongda 50 mingga yaqin fabrika va zavodlar, taxminan 250 ta bank muassasalari bor. Sanoatning asosiy tarmog‘i gazmol va kiyim bosh ishlab chiqarish, bu mahsulotlar eksportining 30 % ni tashkil qiladi. Elektronika ishlab chiqarish ikkinchi o‘rinda turadi. Og‘ir sanoatida – kemasozlik, samalyotsozlik, to‘qimachilik, kiyim bosh, elektr asboblari kabi mahsulotlarnii va turli hil o‘yinchoqlarni ishlab chiqaradi. Gonkong aholisi 7392 ming kishi tashkil qiladi (2017 ). Aholisining 90% xitoyliklardan iborat, inglizlar (20ming atrofida). Gonkong jahonning eng katta turistik bazasi,1990- yildan boshlab har yili shaharda 10 mlndan ortiq turistlar tashrif buyurishadi. 162 Boqdorchilik, parrandachilik, cho‘chqachilik, baliqchilik rivojlangan. Tabiiy imkoniyatlari cheklanganligi sababli Gonkong iqtisodiyoti va aholisininng xom ashyoga ,oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari mahalliy imkoniyatlar hisobidan qondiradi. Aeroport maydoni 54 gektar va yirik yopiq binosi bor. Gonkong porti Kay Chungda joylashgan.Bu port yirik konteyner porti hisoblanadi. Gonkong boyrog‘i ostida 43 tamamlakat kemalari suzadi. 16 ta Angliya,3 ta Kanada,2 ta Bermud, Kipr, Belgiya va Norvegiya.Har kuni Gonkong portiga o‘rtacha 300ga yaqin okean va daryo kemalar kiradi. Tayvan Osiyo materigining Janubi-sharqiy qismida joylashgan orol maydoni 36002 km2 uni janubdan janubiy Xitoy dengizi, SHraqdan Tayvan bo‘g‘ozi. Tinch okeani suvlari o‘rab turadi.Qirg‘oq chizig‘ining uzunligi 1448 km. Eng baland nuqtasi Yuyshan 3997 metr. G‘arbida katta tekislik mavjud. Orolda Lussonli yumshoq iqlimi hukmron bo‘lib, yoki issiq 25-300 , qish esa biroz iliq, o‘rtacha harorat -18gacha boradi. Tekislikdagi yong‘in miqdori 500mmgacha kuzatiladi. Tayvnda toshko‘mir, tabiiy gaz, temir rudalari, marganets, volfram, poli metal rudalari va osh tuzi konlari bor. Tayvan davlati ham yuqorida aytlgan davlatlarga o‘xshab Osiyoning Yangi industirial davlatlari qatoriga kiradi. Tayvan 1590 yilda Portugallar tomonidan egallanadi. Portugallar orolga Formaza (ajoyib) deb nom berishadi. 1683 yili Xitoy imperiyasi tirkibiga kirgan. 1895 yilda orol yaponlarga qaram bo‘lgan. 1949 yili Xitoy nqilobidan so‘ng Chan Kayshi boshliq hukumat orolga qochadi, va Chan Kayshi umrining oxirigacha (1975 y) Tayvan Republikasi prezidenti bo‘ladi.1955 - yilda Tayvan bilan o‘zaro xavsizlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi. Konstitutsiyaga ko‘ra Tayvan republika hisoblanadi.Tayvanning Xitoydan mustaqil ekanligini jahon ham jamiyati tan olmagan. Ijro etuvchi hokimiyati prezident (davlat boshlig‘i) va yuan (palata) Bosh Vazirga tegishli. qonun chiqaruvchi oliy organi Milliy majlis (qonun chiqaruvchi yuan). Siyosiy partiyalari: 163 Golein, Demokratik progressiv partiya, Yangi partiya, Ishchi partiyasi, Sotsialdemokratik partiya. Tayvanning aholisi 2378 mln kishini tashkil qiladi (2018). Tausyunda 1,4 mln,Taychjyun 748 ming, Tayvanda 150ming aholi yashaydi. Eng ko‘p tarqalgan din bu buddizm 4,9 mln kishi e’tiqod qiladi. Daosizga 3,64 mln, Yangi diniy oqimlarga bir mlndan ortiq, protestantlarga 374 ming kishi, katoliklar 296 ming kishi, islom diniga 52 ming kishi e’tiqod qiladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: to‘qimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziqovqat, tsement, o‘rmon - yog‘ochsozlik, po‘lat eritish, kempyuter, elektron uy ro‘zg‘or apparaturalari, kiyim kechak,poyabzal, sport yaxtalari ishlab chiqarish yetakchi o‘rinni egallaydi. 1994 yilda YaMM 257 mlrd (aholi jon boshiga 12070)doll.ni tashkil etdi. Tayvanda temir yo‘l transporti, avtomabil transporti, havo transporti rivojlangan. 4ta yirik yer osti temir so‘llari bor. Oroldagi zamonaviy temir yo‘l tizimi Tayvanyo‘lovchilari uchun qulayliklar tug‘diradi. Oroldagi temir yo‘l kattakatta shaharlarga bog‘lagan. 2001- yil dekabr oyida temir yo‘l 1600 kmni, avtomabil yo‘llari 200 kmni tashkil qildi. Malayziya Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Maydoni 332,8 ming km2 . Aholisi 32,5 mln mln kishi (2018). Ma’muriy jihatdan 13 ta shtatva 2ta federal hududga bo‘linadi. Aholisining 54 % malayyaliklar, 34 % xitoyliklar, 10 % hindlar. Tili – Malayziya tili. Dini – islom. Shahar aholisi 43 % ni tashkil qiladi. Xo‘jaligi industrial – agrar mamlakat. Mamlakatning eng muhim sanoat tarmog‘i kauchik ishlab chiqarishdir. Bundan tashqarii kakos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot yetishtirish taraqqiy etgan. Ishlab chiqarish sanoatining asosiy tarmoqlari eletrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati. Konchilik asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir, mis rudalari va boksit qazib chiqarish. Yiliga 24,8 mlrd kVt soat elektroenergiya hosil qilinadi. 164 Temir yo‘llarining uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yo‘llarining uzunligi 52,5 ming km. Dengiz savdo Janubiying tonna 2,9 mln tonnani tashkil qiladi. Yangi industrial davlatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari asosan rivojlangan mamlakatlar bilan bog‘liq.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling