O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo’nalishi


Download 0.8 Mb.
bet9/18
Sana06.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1330205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
muataqil ishim jahon geosidan

3-Mavzu: KENIYAGA IQTISODIY- GEOGRAFIK TAVSIF
Keniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969-yilda qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1978-yildan Daniel arap Moi). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vitse-prezident va hukumat amalga oshiradi. Kenya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10% gayaqin. Iktisodiyotining asosi - q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining 3/4 qismini tashkil etadi. Kenya mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xoʻjaligining ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural ishlab chiqarish ulushi kamaydi.
Qishloq xoʻjaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal, piretrum, paxta, sholi, bugʻdoy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, maniok, tariq, joʻxori, arpa yetishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobil yigʻuv, koʻnchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsozlik, qogoz sanoati korxonalari, sement zavodlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy soda, diatomit, kaolin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha miqdorda mis, qoʻrgʻoshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldoret shahri Energetika soxasida gidroelektr stansiyalariningsalmogʻi katta. Tana daryosi boʻyida Gitaru, Kamburu, Kindaruma GESlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Kenya hududida ilk oʻrta ayerlarga oid mahalliy madaniyat yodgorliklari: doyra tosh devorlar, sagʻana ehromlari, arikdarning qoldiqlari saqlangan. Dengiz sohilida Gedi, Malindi, Ungvana, Mnarani, Takva, Mombasa kabi shaharlar paydo boʻlgan. 14— 15-asrlarda arab meʼmorligi uslubida mudofaa istehkomlari, masjidlar, bozorlar barpo etilgan. 16-asrda portugʻallar meʼmorligiga xos uslubda qurilgan qasr va Vasko da Gama tosh kolonnasi saqlangan. 20-asrdan shaharlar ingliz va nemis meʼmorlari loyiqasi asosida temir-beton konstruksiyalar va yangi qurilish metallaridan foydalanib qurila boshladi. Binolarda lentasimon deraza, peshayvon, oftob toʻsqichlar, rangli sopol plitalar keng qoʻllanilgan (mas, Milliy teatr, texnika kolleji va b.). Kishlok, larda doyra qilib loy bilan suvalgan, usti xashak bilan yopilgan sinchli uylar koʻproq uchraydi. Keyingi yillarda qurilgan inshootlardan Mombasadagi „Okeanik“ mehmonxonasi, Nayrobidagi gospital, koʻp qirrali 26 qavatli minorasi va aylanuvchan restorani boʻlgan Keniata majlislar zalini koʻrsatish mumkin. Badiiy hunarmandchilikda yogʻochni oʻyib va kuydirib naqsh solish, marosim raqslari uchun teridan niqob, mis va jezdan zeb-ziynat buyumlari, loy va qovoqsan idishlar, yogʻoch qoʻgʻirchoqlar, sopoldan jonivorlar haykalchalarini yasash, poxoldan savat toʻqish keng avj olgan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling