O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi


Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars. Dars metodi


Download 1.04 Mb.
bet50/81
Sana13.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1355005
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta lim vazirligi u

Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Yuksak hislar. Emotsiyalar va hissiyot haqida tushuncha.Emotsionalholatlaming turlari. Hissiy holatlaming ifodalanishi, hislami kechirish shakllari. Hissiy ton, affekt, stress. Yuksak hislar: praksik hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hislar. Ijtimoiy xulq-atvor xususiyatlari.
Yuksak hislar, hissiy ton, affekt, stress, praksik hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hislar, hissiyotning o’ziga xosligi.
Odamning his-tuyg`ulari bilan hayvonlar his-tuyg`ularining tubdan farqi bor.
Shaxs o`zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsalarga uning barqaror munosabati his-tuyg`ularinng mazmunini tashkil etadi. Individ-barqaror his-tuyg`ulari predmeti, uning afzalligi, kechinmalarining xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon bo`lishi kuzatuvchi ko`z o`ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg`ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi.
His-tuyg`ular (tor ma’noda olganda) kishi shaxsining yo`naltirilganligida mujassamlashgan barqaror ehtiyojlari ob’ektiga nisbatan uning munosabatini aks ettiradi. Shu sababli his-tuyg`ular barqarorligi bilan, ular sub’ektning hayoti soatlar va kunlar bilan emas, balki oylar va yillar vositasida o`lchanadigan darajada davomiyligi bilan belgilanadi.
Ehtiroslar. Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg`ularning alohida turini tashkil etadi. Kishining fikrlari va hatti-harakatlari yo`nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg`u ehtiros deb aytiladi. Extiroslar mazmuniga ko`ra ijobiy va salbiy bo`ladi.
Eng oliyjanob, yuksak his-tuyg`u, vatanga muhabbat, texnika ijodkorligi yoki haqiqatni qidirib topish, xalqiga xizmat qilish sifatida bo`lgan tuyg`ular, fanga mehr-muhabbat, o`rtoqlik va do`stlik ham ba’zi hollarda ehtirosga aylanishi mumkin.
Muhabbat. Muhabbat-insonga xos eng muhim barqaror his-tuyg`ulardan biridir. «Muhabbat» tushunchasi psixologiyada ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi (bir qancha tushunchalarning umumiy belgisi jins ma’nosidagi) muhabbat ijobiy hissiy munusabatlarning ob’ektini boshqalarga qaraganda ajratib ko`rsatadigan hamda sub’ektning barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo`yadigan yuksak darajasi demakdir. Vatanga bo`lgan muhabbat, onaga, bolalarga, musiqaga va hokazolarga muhabbat ana shunday his-tuyg`udir.
Ancha torroq ma’nodagi (Tur tushuncha ma’nosida) muhabbat sub’ektning shahvoniy ehtiyojlari bilan fiziologik jihatdan bog`liq bo`lgan hamda boshqa birovning hayoti va faoliyatida ham o`zidagi singari jadallikka, keskinlikka va barqarorlikka da’vat etadigan javob his-tuyg`usiga ehtiyoj uyg`otuvchi shaxsiy ahamiyatga ega xususiyatlarni yanada to`laroq gavdalantirishida ifodasini topadigan jadal, jiddiy va nisbatan barqaror his-tuyg`ulardir. Bu tur muhabbat turli yoshda turlicha mazmunga ega bo`lishi mumkin . Pedagog buni bilishi kerak.
Psixologiyada his-tuyg`ular turlarining xamma uchun ma’qul bo`lgan tasnifi yo`q. Quyidagi turlarini alohida ajratib ko`rsatish odat bo`lgan: ma’naviy , intellektual (aqliy) va estetik (Nafosat) his-tuyg`ular.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling