O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix kafedarasi mavzu: " Sopollitepa " asarida etnografik materiallar tahlili
sopollitepa madaniyatining ilmiy òrganilish tarixi
Download 52.13 Kb.
|
Sopollitepa Munisa kurs ishi2
1.2 sopollitepa madaniyatining ilmiy òrganilish tarixi
Sopolli madaniyati - Oʻzbekistonning janubiy hududlarida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi jez davri qabilalarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy rivojlanish holati arxeologik manbalarda aks etgan moddiy madaniyat majmuasi (mil. av. 2ming yillik). Kelib chiqishi jihatidan qadimgi Sharq tamadduni bilan bog‘lik bu madaniyat yodgorliklari Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati, qoʻshni Tojikiston hududlaridan topib oʻrganilgan (Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa, Boʻston, Boʻyrachi, Nurek, Tandiryoʻl). Uning eng qadimgi va birinchi bor topib oʻrganilgan yodgorligi Sopollitepa boʻlib, ushbu arxeologik madaniyat ham shu yodgorlik nomi bilan ataladigan boʻldi. Sopollitepa va Jarqoʻtonda oʻtkazilgan keng koʻlamli izlanishlar Sopolli madaniyatini moddiy va maʼnaviy dunyosi haqida toʻliq maʼlumot beradi. Sopollitepa — Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Sherobod choʻlini kesib oʻtgan Oʻlanbuloqsoy yoqasiga joylashgan jez davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968-yil arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969—74 yillarda A. Asqarov tomonidan oʻrganilgan. 1971 - yilga kelib, Sopollitepada qazish ishlarini olib borish jarayonida, N. Asqarov tomonidan Sopollitepa yaqinidan Kichiktepa va Kultepa yodgorliklari kabi qadimgi qishloq qoldiqlarini, Xakimov va T. Belyaevskiylar tomonidan esa Surxondaryoning Sho’rchi tumani xududidan Tulali nomli yodgorlikni tchpdi. 1973 - yili esa Sh. Pidaev va R. Piminkolar Sherobod chulini qadimgi o’zani Bo’stonsoy soxilidan Jarqo’ton qishloq xarobasini, 1974 - yili N. Asqarov tomonidan shu nomdagi qabriston topilgan. Shunday kilib, Qadimgi Baqtriyaning shimoliy g‘arbiy o’lkasi hisoblangan Surxondaryo viloyatini xududida 20 dan ortiq bronza davri Sopolli madaniyatiga oid yodgorliklar o’zbek arxeologlari tomonidan topildi va o’rganildi. Sopollitepaning maydoni taxminan 3 ga. Uning 1 ga.ga yaqin markaziy qismi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Qalʼa atrofidagi maydonning kata qismi buzilib, paxta dalalariga aylantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol siniklari qalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida Sopollitepa deb atalgan. Sopollitepada oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasiga koʻra, uning markaziy qismi murabba (82×82 m.) shaklida qurilgan qalʼadan iborat. Yodgorliklarni markaziy qismi kvadrat shaklida bo’lib, u o’zini balandiligi va aniq planirovkasi bilan ajralib turadi. Sopollitepaning atrofi uch qator mudofa devorlari bilan o’ralgan. Mudofa devorlarining qalinligi 2 metr. Devor xom g‘ishtlar bilan tiklanib somon suvoq qilingan. G‘ishtlarining hajmi 20x12x42, 22x12x44 sm. Sopollitepada Murg‘ob vodiysidagidek burjlar yo’q. Bu yerda burjlar o’rniga, devorlar koridorsimon bloklarga bo’linib, bu bloklarning eni 3.2 metrni, uzunligi 26 metrni tashkil qilib, bular tuzoq rolini o’ynagan. Aslida esa, qalʼani oʻrab olgan devorlar tizimi ichki va tashqi yoʻlaksimon qopqonlardan tashkil topgan boʻlib qalʼa tashqi mudofaa chizigʻida tomonlarga parallel qilib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Qalʼaning ichki mudofaa chizigʻining markaziga va har toʻrt tomon burchaklariga bittadan, hammasi boʻlib 8 ta yoʻlaksimon qopqonlar joylashtirilgan. Yoʻlaksimon qopqon tizimining joylashish rejasiga koʻra, qalʼaga kirish darvozasi ham goʻyo 8 ta. Aslida esa haqiqiy darvoza qalʼa janubiy tomonining markaziga joylashgan, qolgan „darvozalar“ harbiy xavf tugʻilganda qopqon vazifasini bajargan. Qalʼaning ichki mudofaa tizimida, yoʻlaksimon qopqonlar oraligʻida, har tomonda ikkitadan murabba shaklida qurilgan xonalar boʻlib, ularga qalʼa ichki tomonidan eshik ochilgan. Aynan ana shu xonalar tomon qalʼa ichiga joylashgan turar joy majmualari oralab tor koʻchalar oʻtgan. Qalʼa ichidagi turar joy majmualari uning ichki devorlari boʻylab joylashgan. Ular ana shu koʻchalar orqali 8 ta mahallaga boʻlingan. Qalʼa markazida esa ochik, maydon bor. Qalʼa darvozasidan boshlangan keng yoʻl va tor koʻchalar ana shu maydon bilan bogʻlangan. Bularning barchasi Sopollitepa jamoalarining mudofaa tizimini tashkil etgan. Bunday murakkab meʼmoriy inshoot oldindan oʻylangan aniq reja va gʻoya asosida qurilgan. Sopollitepa qalʼa qoʻrgʻonining meʼmoriy tarhi protoshahar tarkibini eslatadi, uni maxsus oʻylab topilgan mudofaa rejasi esa amaliy tajribadan kelib chiqib, qalʼa bosh rejasi gʻoyasiga qatiy boʻysundirilgan. Aynan, mana shunday mudofaa tizimi Sopollitepa xavfsizligini yuqori darajada taʼminlay olgan. Sopollitepa mudofaa tizimini tashkil etgan uzun yoʻlaklar dastlab mudofaa inshooti vazifasini bajargan. Ularga mudofaa inshooti sifatida talab soʻngach, sekin asta boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Masalan, shimoliy va sharqiy ichki yoʻlaklar xilxona sifatida foydalanilsa, gʻarbiy va janubiy yoʻlaklar kulolchilik ustaxonalari sifatida foydalanilgan. Download 52.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling