O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix kafedarasi mavzu: " Sopollitepa " asarida etnografik materiallar tahlili
Sopollitepa madaniyati yodgorliklarida diniy va etnografik ma‘lumotlar tahlili
Download 52.13 Kb.
|
Sopollitepa Munisa kurs ishi2
2.2 Sopollitepa madaniyati yodgorliklarida diniy va etnografik ma‘lumotlar tahlili
Sopollitepa madaniyati yodgorliklaridan juda kòplab etnografik ma‘lumotlar juda kòplab topilgan.Arxelogik izlanishlar va ulardan topilgan buyumlar yordamida sopollitepaliklar aholisining diniy qarashlari va turmush tarzini bilib olishimiz mumkun. Sopollitepadan 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy qoldiqlari va 138 ta mozor komplekslari ochildi. Sopollitepa yod-gorliklarini o’ziga xos xususiyatlaridan biri, ochilgan mozorlar manzilgoh hududida ma`lum bir maydonni egallamagan. Ularning bir qismi bu erda ochilgan ko’p xonali uy -joy xo’jaliklarining poli, xona devorlari va eshik ostonalari ostiga ko’milgan. Sopollitepa mozorlarining deyarli xammasi yaxshi saqlangan. Qabrlarga qo’yilgan idishlar 2-3 tadan to 50 tagacha etadi. Qabrlarda erkaklar o’ng biqini, ayollar esa, chap biqini bilan oyoq qo’llari g‘ujanak xoliga keltirib yotqizilgan. Mozorlarda bronzadan yasalgan turli xil taqinchoqlar, tumor muxrlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan munchoqlar, oltin munchoqlar, kumush bilakuzuklar, bronza oy boshpeshlari va xakozolar ko’plab topiladi. Eng muhim tomoni shundaki, mozorlardan topilgan buyumlarga qarab, bu «Duradgor usta» mozori, bu «To’qimachi» mozori», bu «Kulol» , bu «Ovchi» mozori yoki «jangchi» mozori deb atash mumkin. Chunki bu mozorlarda har bir ko’milgan odam-ni kasbiga, ya`ni tiriklik davrida qilib yurgan ishiga qarab buyumlar qo’yilgan. Jarqo’ton IV qabristonini ochish vaqtida kenrtaf qabrlari xam ochilgan. Bunday qabrlarda odam jasadini qoldiqlari o’rniga loydan yasalgan haykalchalar qo’yilib ular qizil rangda bo’yalgan bo’ladi. Ko’pincha bedarak yo’qolgan jamoa a`zolarini ko’mish marosimini o’tka-zib ular o’rniga haykalchalar qo’yilgan. Ikkinchi kenotaf mozorlarida bedarak ketgan jamoa a`zosi o’rniga hayvonni qo’yish odati bo’lgan. Қo’milgan hayvonlarni xam oyoqlari buklangan bo’lib, ular atrofiga har xil idishlar qo’yilgan. Sopollitepa qishloq qo’rg‘onini o’rganish asosida har bir kvartal bir patriarxal urug‘ jamoasiga doir bo’lib, ularning har biri bir nechtadan juft oila xo’jalik komplekslaridan iborat bo’lgan deyish mumkin. Қishloq qo’rg‘onining 8 ta kvartalga bo’linishi Sopollitepaliklarning ishlab chiqarish jamoalari uyushmasi 8 ta urug‘dan iborat ekanligini ko’rsatadi. Xar bir urug‘ning o’z o’tog‘asi - urug‘ boshlig‘ bo’lgan. Qabrlardan topilgan moddiy ashyolarga qaraganda Sopollitepada ayollar iqtisodiy-ijtimoiy hayotda o’z o’rnini erkaklarga allaqachon bo’shatib bergan bo’lsalar-da, ularni traditsion obro’yi, jamoadagi mavqei hali kuchli edi. Sopollitepa uy-joy komplekslari odatda ko’p xonali bo’lib, xonalarning birida albatta o’choq va sandal o’rni uchraydi. Sopollitepada barcha turdagi qurilish inshoatlari xom g‘ishtlardan qurilib, bironta joyida paxsa alomati ko’rinmaydi. Uy-joy komlpekslari doirasida non pishiradigan tandirlar ochilgan. Sopollitepada arxeologik moddiy ashyolari asosini xilma xil shakldagi kulolchilik, charxida ishlangan sopol idishlar tashkil kiladi. Ular sifat jihatidan shunchalar jozibador, bejirim, jarangdor va yupqa qilib ishlanganki, bularni hozirgi kunimizda qariyb 4 ming yil avval ishlanganligiga ishonging kelmaydi.Sopolli madaniyati davrida kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar shaklining yetukligi va jarangdorligiga hech qaysi boshqa sopol idish tenglasha olmaydi. Sopolli madaniyatining barcha bosqichlarida sopollar, garchi bir-biriga o'xshasada, sinchiklab qaralsa, ularning bir-biridan farqi seziladi. O'zining nozikligi va shaklining yetukligi jihatidan «Sopolli bosqichi»ning sopollari boshqa barcha bosqich sopollaridan o'zining uslubi bilan ustun turadi. Jarqo'ton bosqichi sopollari «Sopolli bosqichi» sopollariga qaraganda og'ir va ancha qo'pol ishlangan. O'zbekistonning janubida bunday yuqori sifatli kulolchilik buyumlari tayyorlanishining sababi, avvalo yuksak dehqonchilik madaniyatining rivojlanganligi natijasidir. Sopollitepada kulolchilik hamda hunarmandchilikning ushbu turi ancha yuksalganligini mavjud ustaxonalar bilan birga boshqa yirik inshootlar, ya'ni qal'alar, ibodatxonalar, mahallalar ham tasdiqlaydi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo shaharlarining ilk namunasi deb tan olinayotgan Jarqo'ton turar joy makonida butun bir ilk shaharning barcha unsurlari topib o'rganildi. Akademik A.Asqarovning alohida ta'kidlashicha, shaharlarning tashkil topishida, asosan aholining o'troq xo'jalik hayoti va u bilan bog'liq yana uch omil mavjudligi tarixan zarur hisoblanadi. Birinchisi qulay tabiiy sharoit, yangi unumdor tuproq, suv va boshqa geografik omillar, ikkinchisi hosildor sug'orma dehqonchilik va uni ta'minlovchi agrotexnikaning vujudga kelishidir. Bular shaharlarning paydo bo'lishidagi iqtisodiy omillar asosida vujudga kelgan tabaqalashgan jamiyatning diniy, harbiy va siyosiy jihatdan boshqaruv tizimi tug'ilishiga sharoit yetilgan bo'lishi bilan bog'liqdir. Iqtisodiy hayotda yuz bergan tub o'zgarishlar dehqonchilikda sun'iy sug'orish tizimining kashf etilishi, daryolardan magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarishni ta'minladi. Yerni ishlashda omoch va hayvon kuchidan foydalanish, hunarmandchilikning to'qimachilik sohasida yigiruv va to'quv dastgohining, kulolchilikda charxning va murakkab xumdonning, metall eritish va quyish texnologiyasining kashf etilishi, uy hayvonlaridan transport sifatida foydalanishga, qurilishda reja asosida uy-joy va monumental binolar qurishga o'tish, atrof-muhit haqida to'plangan bilimlar asosida astronomiya, astrologiya, quyosh soati, taqvim, murakkab hisoblash tizimini ixtiro etish va boshqalar tufayli ijtimoiy hayotda tabaqalanish yuz berdi. Olimning tinimsiz mehnati tufayli uch gektarni tashkil etgan Arki a'lodan somon qo'shilgan xom g'ishtdan ishlangan qalin ichi 3 metr, balandligi 5-6 metr mudofaa devori hamda uchta turar joy dahalari, maxsus chilangarlik ustaxonasi, kengligi 70 sm, uzunligi 2,5 m, balandligi 1 m keladigan supa ustida beshta o'choq topildi. Akademik A.Asqarov shogirdlari bilan hamkorlikda Ark maydonidan butun bir metall eritish sexi ochilib, «Metallurgiya zavodi» bir-biriga yaqin qilib qurilgan ikkita ikki yarusli doirasimon metall eritish pechkalari ochildi. Arxeologik tadqiqotchilar erishgan eng katta yutuqlardan biri Shahriston qismidan keng poydevor- supa ustiga qurilgan uy-joy majmualarini qazish jarayonida xonalarning biridan qabila oqsoqolining qabri topildi. Qabr topilgan xona to'rt xonali uyning eng kattasi bo'lib (maydoni 39 kv.m), uning g'arbiy devori ichiga mo'rili o'choq joylashtirilgan. Qabrdan topilgan ashyoviy manbalar asosida oqsoqolning nafaqat jamoa sardori, balki hayotlik davridagi kasbi-korini ham aniqlab berish mumkin. Sardor qabrida 50 dan ortiq ashyolar bo'lib, shundan 17 tasi oqsoqolning kasbiga aloqador buyumlardir. Oqsoqolning qabiladoshlari tomonidan marhumga uning ruhi narigi «dunyoga» toliqmay, dadil yetib borishi uchun har xil ovqatlar qo'yilgan. Marhumning oyoq tomoniga 30 dan ortiq turli xil sopol idishlar, 2 ta bronzadan ishlangan kosalar, surmadon va 2 ta to'g'nag'ichlar qo'yilgan buyumlar qabr egasini usta zargar va ohangar bo'lganligini isbotlaydi. Akademik A.Asqarovning buyuk xizmatlaridan yana biri otashparastlar ibodatxonasining topilishi bo'ldi. Bu majmua Arki a'lodan 350 metrlar chamasi Janubiy Sharqda ya'ni Jarqo'tonning eng baland qismida qad ko'targan. Jarqo'ton ibodatxonasi to'g'ri to'rtburchak shaklda (44,5X60 m) tomonlari yorug'likka moslashtirilib qurilgan hamda chor atrofi xom g'ishtli qalin (4,5 metr) mudofa devorlari bilan o'rab olingan. Jarqo'ton ibodatxonasi ikki qismdan ya'ni muqaddas sajdagoh va uning qoshidagi xo'jalik xizmat qismidan iborat maskandir. Shahar devorlari somonli loydan tayyorlangan g'ishtdan qurilgan. Qabrlar asosan uy ichiga joylashtirilgan. Chunki aholi marhumlar u dunyoda ham yashaydilar degan tushunchada bo'lgan. Qabrlarda erkaklar o'ng biqini (tomoni) ayollar chap biqini bilan xuddi bola ona qornida yotgan paytdagidek g'ujanak holda yotqizilib dafn etilgan. Har bir qatorda 10 dan 50 tagacha sopol va bronzadan yasalgan idishlar, oziq-ovqat qo'yilgan. Bu sopol idishlar turlicha bo'lib, ular xum va xurmacha, vaza, choynak, kosalar, ko'zacha va laganlardan iborat. Idishlar shunchalik nafis va jarangdor qilib yasalganki, bu o'sha davrda kulolchilik juda taraqqiy etganligidan nishona beradi. Qabristonni qazish vaqtida xumlardan uzum va jiyda urug'lari topilib, ular bog'dorchilikning ham ancha rivojlanganligidan dalolat beradi.Jarqo'tonliklar ruhiy va ma'naviy kamolot borasida ham ajdodlariga nisbatan ancha yuksaklikka erishganlar. Bu yerda olib borilgan arxeologik izlanishlar jarayonida qabrlardan topilgan turli xil hayvonlar va parrandalarning tasvirlari tushirilgan muhrlar va belgilar jarqo'tonliklar diniy e'tiqodida totemistik tasavvurlarning bir qadar ildiz otganligi, shuningdek, mug'onalik odatlarining mavjud ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, bu yerdan olov ibodatxonasi ham topib o'rganildi. Ushbu ibodatxona shahar maydonining eng baland joyida barpo etilgan, bu esa Jarqo'tonning nafaqat siyosiy va iqtisodiy markaz, balki uning ayni shu mintaqada o'sha zamon odamlari uchun ruhiy va ma'naviy markaz bo'lganligining ham birdan-bir isbotidir. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, jarqo'tonlik ajdodlarimiz o'zlarining shahar, qabila, urug' oqsoqoliga taalluqli muhr va tamg'alariga ega bo'lib, unda burgutning qanot qoqib uchayotgan tasviri, to'rt xil ilonning harakatlanib turishi, har xil parranda va hayvonlarning, to'qay mushugi, tog' echkisi, sher, cho'chqalarning surati tasvirlangan.6 Arxeologlar miloddan avvalgi II ming yilliklarga oid zardushtiylik dinining paydo bo'lishini ham Jarqo'ton misolida taxmin qildilar. Zardushtiylik dini odatlariga ko'ra to'rt narsa muqaddas hisoblangan: 1. Suv. 2. Tuproq. 3. Havo. 4. Olov. Zardushtiylik dini an'analariga ko'ra o'lgan kishini dafn qilishda ana shu to'rt narsaga qattiq amal qilganlar: 1. Suvga tashlash mumkin emas, chunki suv muqaddas. 2. Tuproqqa ko'mish mumkin emas, chunki tuproq muqaddas. 3. Havoga tashlash mumkin emas, chunki havo muqaddas. 4. Olovga tashlash mumkin emas, chunki olov muqaddas. Shuning uchun bu davrda o'lganlarni tog'u toshlarga, odam yashamaydigan joylarga olib borib maxsus daxmalar ustiga qo'yib, murdaning go'shtini yirtqichlar, qarg'a-quzg'unlarga yedirganlar, murdaning suyaklarini esa maxsus idishlarga, ya'ni ostadonlarga solib qo'yganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ni arxeologlar miloddan avvalgi I ming yilliklarning o'rtalarida paydo bo'lgan deb hisoblaydilar. Bu dinning haqiqiy vatani qayerdaligini belgilash to'g'risida tortishuvlar, bahsu munozaralar va noaniqliklar bor edi. Arxeologlarning 1982 yildan Sherobod tumanidagi qadimgi yodgorliklarda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari bu fikrlarga ancha aniqlik va tuzatishlar kiritdi. Ba'zi olimlar bu dinning vatani Xorazm deb hisoblasa, ikkinchi bir guruhi Eron deb da'vo qilar, uchinchilari esa Baqtriya, to'rtinchi-lari So'g'd deb hisoblar edi. Xullas, Jarqo'ton yodgorliklaridan topilgan topilmalar zardushtiylik dinining dastlab Baqtriya, ya'ni Baqtriyaning shimoliy qismida, hozirgi Surxondaryo viloyati hududida bronza davrida paydo bo'lganligini isbotlab berdi. Bu zardushtiylik dini paydo bo'lishi tarixini 500-600 yil, ya'ni bundan 2500-2600 yilga qadimiylashtirish imkonini berdi. Humo deb atalgan qush qiyofasidagi idishlar, ostadon deb atalgan suyakdonlar, zardushtiylik dini an'analariga muvofiq ko'mish usulining paydo bo'lishi ham ushbu fikrlar isbotidir. Miloddan avvalgi X asrga kelib bir qator tabiiy va ijtimoiy sabablar oqibatida Jarqo'tonda hayot to'xtadi va bronza davrining ilk shahri hisoblangan Jarqo'ton siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan markaz sifatidagi o'rindan judo bo'ldi hamda ko'p yillar mobaynida bu yerda qaynab turgan hayot izlari so'ndi.Demak, Sopollitepa sohiblari juda yuqori darajadagi madaniyatga erishgan ajdodlarimizni vakillari bo’lgan. Sopollitepani nafaqat sopolli idishlari, balki u erdan topilgan barcha moddiy ashyolarni mukammal darajada o’rganilganligi natijasida O’zbekistonimizni janubidagi bronza asri madaniyat haqida qator xulosalarga kelish imkonini beradi. Bulardan eng muhimi O’zbekistonimiz hududida sun‘iy sug‘rishga asoslangan o’troq dehqon xòjaligining kelib chiqish tarixi yaqin ming yilga qadimiylashdi. O’zbekiston va Tojikiston hududlarining janubiy viloyatlarini Qadimgi Sharq madaniyati yoyilgan zonaga kiritish imkoniyati tug‘ildi. Bu demak vatanimizning janubiy hududida qadimgi Sharq sivilizatsiyasini ajralmas tarkibiy 7qismi, ya`ni sivilizatsiyani o’chog‘i bo’lganligini anglatadi. Sopollitepada ipakchilik, bog‘dorchilik va qorako’lchilikka doir yangi materiallar qo’lga kiritildi. Ilk shaharlar tarixi xaqidagi taasurotlarimiz ham rosa ming yilga qadimiylashdi. Sopollitepa qishloq - qo’rg‘ni planirovkasi (aniq rejasi) natijasida O’rta Osiy va eron xalqalari o’tmish xalqining nodir yozma manbai hisoblangan «Avestoda» ta`riflangan qadimgi shahar VAG ning arxeologik isboti qo’lga kiritildi. Eng muhimi, agar avvallari Movarounnahr hududida ilk shaharlarning paydo bo’lish negizlari eron hududidan qidirilgan bo’lsa, endilikda O’zbekiston ilk shaharlarning kelib chiqish negizi moddiy va ma-daniy asosi Respublikamizning janubiy rayonlarida ekanligi dalili ashyolarga tayanilgan holda har tomonlama isbotlab berildi. Xulosa Yuqoridagi aytilganlarga xulosa qilib shuni aytish joizki Sopollitepa yodgorligi O’zbekiston xalqi tarixiga o’zini juda boy va sermazmun moddiy ashyolari bilan 1970 yillardagi yirik ilmiy kashfiyot sifatida oltin xazina bo’lib kirdi. Sapallitepa posyolkasi arxeologik materialini tahlil qilish xo‘jalik, turmush va ijtimoiy tuzumni tarixiy qayta qurishga oid bir qator savollarga to‘liq javob bera olmaydi. Shunga qaramay, qazishmalar davomida olib borilgan faktik materiallar va tarixiy va arxeologik kuzatishlar asosida allaqachon ba'zi xulosalar chiqarish mumkin. Sapalli madaniyatiga oid mavjud maʼlumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, bu davrda xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi sunʼiy sugʻorishga asoslangan oʻtroq dehqonchilik edi. Bu birinchi navbatda ta'kidlangan. gʻallaga oʻxshash yirik idishlarda va alohida saqlash xonalari pollarida joylashgan bugʻdoy, arpa va tariq shuningdek, gʻalla qirgʻichlari, ohak, ohaklarning yondirilgan donlari qoldiqlari. ketmon va oʻroqlar, bular Sapalli turar-joy majmuasida keng tarqalgan. Bundan tashqari, turar-joyning o'zi, turar-joy qoldiqlari, barcha arxeologik materiallarning ko'rinishi qadimgi dehqonlar madaniyatiga xos bo'lgan turar-joy aholisining o'troq turmush tarzidan dalolat beradi.Sapalli aholi punkti xoʻjaligining yana bir muhim tarmogʻi chorvachilikdir. Sapalli qishlog'ida to'rt mavsum davomida olib borilgan dala tadqiqotlari natijasida maishiy va - 5500 dan ortiq suyak qoldiqlari topildi.20 ta qabrdan uy hayvonlarining suyaklari ham topilgan. Ular yog'och idish-tovoqlarga, somon va mushuklardan yasalgan savatlarga, loydan yasalgan katta konussimon havzalarga joylashtirildi. Shunday qilib, paleozoolog B. X. Botirov tomonidan o'rganilgan boy osteologik material olindi. Uning ta'rifiga ko'ra, hayvonlar suyaklarining deyarli barcha o'rganilgan bo'laklari odatda oshxona chiqindilari hisoblanadi. Uy hayvonlarining yetti turi (118 bosh) va yovvoyi hayvonlarning o‘n bir turi (50 bosh) aniqlandi. Uy hayvonlarining suyaklari yirtqich hayvonlarning suyaklaridan ham soni va soni bo'yicha ustunlik qiladi. Aholi punktida asosiy uy hayvonlari qoramol (sigir, hoʻkiz, buqa), mayda qoramol (qoʻy, echki), choʻchqa, tuya, eshak, it bor. Uy hayvonlarining katta qismini mayda qoramol (55%) tashkil etadi. Metapodial suyaklarning qoldiqlarida echkilarga qaraganda dasht va yarim cho'l sharoitlariga ko'proq moslashish xususiyatiga ega qo'ylar ustunlik qiladi. E’tiborlisi, Sapallitepa manzilgohida asosan 6-14 oylik yosh hayvonlar iste’mol qilingan. Uy hayvonlarining miqdoriy nisbati boʻyicha ikkinchi oʻrinni qoramollar (36,4%) egallaydi. Bu, ehtimol, juda kichik zotga tegishli edi, buni tekshirilgan suyaklarning morfometrik xususiyatlari tasdiqlaydi.Sopollitepada arxeologik qazish ishlari yakuniga etgach, bronza davri dehqon jamoalarini tarixi o’rganish Jarqo’-tonda, Bo’stonsoy yodgorliklarida davom etdi.Hozirgi kunlarga qadar O’zbekistonimizning janubiy xududlarida 20 dan ortik bronza davri yodgorliklari topilib, o’rganilish natijasida, bronza asri yodgorliklarini xronologik davriy sistemasi ishlab chiqildi. Bu yodgorlik-lardan Jarqo’ton va Bo’ston, Kultepa va Mulali tepalar bo’lib, ular asosan Surxondaryo viloyatining Sherobod, Sho’rchi zonalarida joylashgan. Sopolli madaniyati yodgorlikining xronologiyasini ishlab chiqishda Jarqo’ton qabristonini qazish ishlari hal qiluvchi asosiy materiallarni berdi.Ularni sinchiklab o’rganish tufayli A.Asqarov Sopollitepa madaniyatini uchta xronologik 1 Sopolli, 2 Jarqo’ton, 3 Mulali bosqichlarga bo’lib chiqdi. Sopollitepani 2 ta quyi qatlami Sopolli bosqichini, uning yuqori qatlami va Jarqo’tonning quyi qatlami Jarqo’ton bosqichini, Jarqo’tonning yuqori qatlami esa Mulali bosqichi kompleksini tashkil etdi. B. Abdullaev Jarqo’ton qabristoni moddiy ashyolarini har tomonlama sinchiklab o’rganib Mulali bosqichini ikki bosqichga ajratib, birinchisini Ko‘zali, ikkinchisini esa Mulali deb atashni taklif etdi. Shunday kilib Sopolli madaniyati to’rtta xronologik kompleksga bo’lindi.8 Hunarmandchilikni barcha sohalarida tub sifat o’zgarishlari yuz beradi. Ammo shunisi qiziqki, Sinfiy jamiyatga yaqinlashgan sayin qabrlardagi buyumlar ko’payishi o’rniga kamayib bordi. Jarqo’tonda ochilgan qabrlarning birontasida boy qabr, ya`ni buyumlarga boy qabr uchramadi. Ular biri biridan farq qilar edilar. Balki Jarqo’ton «aristokratiyasi» uchun alohida xilxonalar ajratilgadir.9 Ammo, bunday aloxida xilxonalar hozircha topilgani yo’q. Shuning uchun bu masala hali o’z yechimini topganicha yo’q. Jarqo’tondagi qazish ishlari jarayonida ko’pgina uy ro’zgor buyumlari - sopol idishlar, bronza buyumlari va boshqalar orasida granit toshidan yasal-gan birinchi tosh omoch, suvoqchilik quroli-andava topilgan.Sopolli madaniyatining oxirgi bosqichiga tegishli yodgorliklarning mozorlarida zarastrizm elementlari paydo bo’la boshlaydi. Masalan: Kenetaf qabrlarda maxsus mitti ostodonlar (o’liklarni suyaklarini yig‘shtirib kremikadan asalgan maxsus yashikka solib ko’mish marosimi zarastrizmga ishonuvchilarda bo’lgan. Bu yashiklar- ostodon deyilgan) Murdani qizil rangga bo’yab ko’mish yoki murda ustiga qizil rang sochish kabi urf-odatlar paydo bo’ladi. O’sha davr madaniy qatlamiga tegishli bir xona o’rtasidan doira shaklida ishlangan altar’- o’choq topildi. Bularning barchasi zaroastrizmni muqaddas belgisi - olovga topinishning yorqin namunasidir. Xulosa qilib aytganda Sopolli madaniyati qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini ajralmas bir qismi, uning eradan avvalgi II ming yillikda o’rta Amu havzasida, Qadimgi Baqtriya yerlarida tashkil etilgan yangi markazi edi. Download 52.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling