O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix kafedarasi mavzu: " Sopollitepa " asarida etnografik materiallar tahlili
II Bob. Sopollitepa madaniyatida etnografik ma‘lumotlar tahlili
Download 52.13 Kb.
|
Sopollitepa Munisa kurs ishi2
II Bob. Sopollitepa madaniyatida etnografik ma‘lumotlar tahlili
2.1 Sopollitepa madaniyatining taraqqiyot bosqichlari Hozirgi kunlarga qadar O’zbekistonimizning janubiy hududlarida 20 dan ortiq bronza davri yodgorliklari topilib, o’rganilish natijasida, bronza asri yodgorliklarini xronologik davriy sistemasi ishlab chiqildi. Bu yodgorliklardan Jarqo’ton va Bo’ston, Kultepa va Mulali tepalar bo’lib, ular asosan Surxondaryo viloyatining Sherobod, Sho’rchi zonalarida joylashgan. Shimoliy Baqtriya - Sopolli madaniyati yodgorliklarining xronologiyasini ishlab chiqishda Jarqo’ton qabristonini qazish ishlari hal qiluvchi asosiy materiallarni berdi. Jarqo’ton qabristonida arxeolog olim B. Abdullaev 1974 - 1977 yillari arxeologik qazish ishlarini olib borib unumli 4natijalarga erishdi. Natijada 3 ta arxeologik kompleksga ega bo’lgan 719 ta mozor ochildi. Ularni sinchiklab o’rganish tufayli A.Asqarov Sopollitepa madaniyatini 3 ta xronologik 1 Sopolli, 2 Jarqo’ton, 3 Mulali bosqichlarga bo’lib chiqdi. Sopollitepani 2 ta quyi qatlami Sopolli bosqichini, uning yuqori qatlami va Jarqo’tonning quyi qatlami Jarqo’ton bosqichini, Jarqo’tonning yukori qatlami esa Mulali bosqichi kompleksini tashkil etdi. B. Abdullaev Jarqo’ton qabristoni moddiy ashyolarini har tomonlama sinchiklab o’rganib Mulali bosqichini ikki bosqichga ajratib, birinchisini Kòzali, ikkinchisini esa Mulali deb atashni taklif etdi. Shunday qilib Sopolli madaniyati to’rtta xronologik kompleksga bo’linib uning Sopolli bosqichi eradan avvalgi XVII-XV asrlar , Jarqo’ton bosqichi XV-XIV asrni o’rtalari, Kòzali bosqichi esa XIV asr o’rtalaridan XIII asrni to’laligicha bo’lgan davrni, Mulali bosqichi esa XII-X asrlar bilan belgilandi. Sopollitepa aholisi eradan avvalgi II ming yillikning o’rtalarida hech qanday tashqi taziyqsiz o’z manzilgohlarini tashlab ketganlar. Bunga sabab, manzilgohlarni suv bilan ta`minlab turuvchi Ulanbuloqsoyni o’z o’zanini boshqa tomonga o’zgartirib ketgani bo’lgan. Sopollitepa dehqon jamoalari Bo’stonsoy sohillariga borib joylashganlar.Bu bosqichlarni hammasida bir-biriga o’xshashlik bo’lsada, ularni bir - birlaridan ajratuvchi aniq belgilar ham mavjud. Ko’zali bosqichidan boshlab, hunarmandchilikni barcha sohalarida tub sifat o’zgarishlari yuz beradi. Ammo shunisi qiziqki, Sinfiy jamiyatga yaqinlashgan sayin qabrlardagi buyumlar ko’payishi o’rniga kamayib bordi. Jarqo’tonda ochilgan 719 ta qabrdan birontasida boy qabr, ya`ni buyumlarga boy qabr uchramadi. Ular biri biridan farq qilar edilar. Balki Jarqo’ton «aristokratiyasi» uchun alohida xilxonalar ajratilgadir. Ammo, bunday alohida xilxonalar hozircha topilgani yo’q. Shuning uchun bu masala xali o’z echimini topganicha yo’q. Jarqo’tondagi qazish ishlari jarayonida ko’pgina uy ro’zgor buyumlari - sopol idishlar, bronza buyumlari va boshkalar orasida granit toshidan yasal-gan birinchi tosh omoch, suvoqchilik quroli-andava topilgan.Sopolli madaniyatining oxirgi bosqichiga tegishli yodgorliklarning mozorlarida zarastrizm elementlari paydo bo’la boshlaydi. Masalan: Kenetaf qabrlarda maxsus mitti ostodonlar (o’liklarni suyaklarini yig‘ishtirib kramikadan yasalgan mahsus yashikka solib ko’mish marosimi zarastrizmga ishonuvchilarda bo’lgan. Bu yashiklar- ostodon deyilgan) Murdani qizil rangga bo’yab ko’mish yoki murda ustiga qizil rang sochish kabi urf-odatlar paydo bo’ladi. O’sha davr madaniy qatlamiga tegishli bir xona o’rtasidan doira shaklida ishlangan altar’- o’choq topildi. Bularning barchasi zaroastrizmni muqaddas belgisi - olovga topinishning yorqin namunasidir. Xulosa qilib aytganda Sopolli madaniyati qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini ajralmas bir qismi, uning eradan avvalgi II ming yillikda o’rta Amu havzasida, Qadimgi Baqtriya yerlarida tashkil etilgan yangi markazi edi.5 Download 52.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling