MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi jargon so‘zlarni topib, ma'nolarini izohlang.
1. Tavba! Eshon “gardkam” deb oshiq otadimi, a? (O.) 2. Shu asnoda g‘oyib-dan “minutichka” degan ovoz eshitildi. (N.Aminov) 3. Saqichini og‘zidan olib qo‘yib, mantini ustiga-ust tushirayotgan Alibek: - Neshtyak, - dedi. (P.Q.) 4. U zavodni eplay olmaydi. Qurug‘idan tortishga berilib ketibdi.(T.Malik) 5. Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? (T.Malik) 6. O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?! (T.Malik) 7. – Hamma yoq tinch, - dedi u hisob berib. – Qurolla-rini berishdi. – Sapchishmadimi? – Yo‘q. (T.Malik) 8. – Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, - dedi G‘ilay mensimagan tarzda. (T.Malik) 9. Yigit: – Vey, paxan, uylar nishtyak-ku, a? Qoyilman, erkak, qoyilman, gap yo‘q! – deb so‘rashmoq uchun qo‘l uzatdi. (T.Malik) 10. Zang‘ar shtabga yetib kelguncha uning ham joni saqarga ketibdi. (Z.Fatxullin)
2-mashq.O‘zbek tiliga rus, ingliz, fransuz, nemis, lotin tilidan kirib o‘zlashgan quyidagi so‘zlarni aniqlab, guruhlarga ajratib yozing.
Tezis, gubernator, pulemyot, konstitutsiya, front, voleybol, kostyum, kapital, sud, nol, metr, kampaniya, samokat, imperializm, rolik, revolyusiya, shaxta, imperator, vertolyot, poeziya, pedal.
3-mashq.O‘zbek tiliga rus, ingliz, fransuz, nemis, lotin tilidan kirib o‘zlashgan quyidagi so‘zlarni aniqlab, guruhlarga ajratib yozing.
Tezis, gubernator, pulemyot, konstitutsiya, front, voleybol, kostyum, kapital, sud, nol, metr, kampaniya, samokat, imperializm, rolik, revolyusiya, shaxta, imperator, vertolyot, poeziya, pedal.
4-mashq. O‘qing. Umumxalq ishlatadigan va umumxalq ishlatmaydigan so‘zlarni aniqlang.
Non, randa, kosmos, objuvoz, chorabzal(iskanasimon asbob), botanika, paqir, yakan, botmon, yer, internet, inak(sigir), streptotsid, charxkash, kim, qo‘l, xola, kanizak, morfologiya, kurra(xo‘tik), qiviz(non), bolta, bir, biz, sut, lobzik, kvadrat, danap(xotin), diler, arpa, u, volt.
5-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi jargon so‘zlarni topib, ma'nolarini izohlang.
1. Tavba! Eshon “gardkam” deb oshiq otadimi, a? (O.) 2. Shu asnoda g‘oyib-dan “minutichka” degan ovoz eshitildi. (N.Aminov) 3. Saqichini og‘zidan olib qo‘yib, mantini ustiga-ust tushirayotgan Alibek: - Neshtyak, - dedi. (P.Q.) 4. U zavodni eplay olmaydi. Qurug‘idan tortishga berilib ketibdi.(T.Malik) 5. Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? (T.Malik) 6. O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?! (T.Malik) 7. – Hamma yoq tinch, - dedi u hisob berib. – Qurolla-rini berishdi. – Sapchishmadimi? – Yo‘q. (T.Malik) 8. – Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, - dedi G‘ilay mensimagan tarzda. (T.Malik) 9. Yigit: – Vey, paxan, uylar nishtyak-ku, a? Qoyilman, erkak, qoyilman, gap yo‘q! – deb so‘rashmoq uchun qo‘l uzatdi. (T.Malik) 10. Zang‘ar shtabga yetib kelguncha uning ham joni saqarga ketibdi. (Z.Fatxullin)
6-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi iboralarni toping.
1. Ular gangir-gungur gaplashib borarkan, yigit o‘zini butunlay tutib olishga harakat qilardi. (J.Abd.) 2. To‘g‘onbek garchi vaziyatini ozgina bo‘lsin o‘zgartirmagan bo‘lsa ham, tili kesilib, vahm bir sukutga ketdi. (O.) 3. Siz aytganday arqon uzun tashlansa, ular qo‘rg‘onlarini shunday mustahkamlab oladilarki, keyin o‘nta atom bomba tashlab ham tinchita olmaysiz. (T.Malik) 4. Ota kasbida gap ko‘p ekan, birim ikki bo‘lib boryapti.(G‘.G‘.) 5. Nima, sening ko‘zing qiymayaptimi? (P.Q.) 6. Ertaga elning og‘ziga tushadi, unda nima degan odam bo‘lamiz, xalq nima deydi? (S.Ahm.) 7. – Tog‘alariga tortgan bo‘lsa nima, - dedi tog‘alari arpangizni xom o‘rganmidi? (P.Q.) 8. Sho‘rim qaynadi, Olimxon aka, nimasini so‘raysiz, qizim yo‘qoldi. (O.) 9. Kim biladi, balki Mirhaydar otamni ham oyog‘idan chalar bir kun... (O.) 10. Nima qilish kerak? Boshim qotdi. (O.) 11. – Qani, tuyog‘ingizni shiqillatib qoling – sheriklik osh qornimni og‘ritadi. (Sh.) 12. - ... keyin men boshimni ko‘chada qanaqa qilib ko‘tarib yuraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |