O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet213/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Jadidchilik jamiyati to‘ntarish yo‘li bilan emas, islohotlar yo‘li bilan rivojlantirishni o‘zining asosiy vazifasi deb belgiladi. U o‘zining bu vazifasini ado etishda, faqat bir sinfga – proletariatgagina tayanmadi. Umuman jadidchilik insoniyatni sinflarga bo‘lib tashlash tarafdori emas. Jadidlar hatto qadimchilar bilan ham ittifoq tuzib, xalq va kelajak manfaati yo‘lida baqamti ishlash, bugungi ifoda bilan aytganimizda turli siyosiy qarashlarga ega bo‘lgan xalq qatlamlarining tinch-totuv yashashi va ishlashi g‘oyasini ko‘tarib chiqdilar. Behbudiy ana shu «muttahid» front tuzish g‘oyasini bayon qilar ekan, «ulamo yoki ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz boy va avomimiz birlashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etsak»2, deb yozgan. Jadidlarning bunday muttahid frontni tuzishga intilganlarining boisi turli sharoit bilan belgilangandi. Avom ham, boylar ham, ulamo ham, ziyolilar ham chor hukumati qaramog‘ida bo‘lgan mustamlakaning biri oz, ikkinchisi ko‘p siquvda bo‘lgan kishilar edilar. Markaziy Osiyo bozorlarida rus savdo va sanoat burjuaziyasi hukmron bo‘lib, mahalliy burjuaziya vakillari sina boshlagan edilar. Boshqacha aytganda, mustamlakachilik azobini mahalliy boylar va savdogarlar ham seza boshladilar. Ana shunday tarixiy sharoitda, jadidlarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, oddiy xalqning iqtisodiy-madaniy hayotini yaxshilash qanday zarur bo‘lsa, chet el kapitali iskanjasidan, mustamlakachilik kishanlaridan qutilish ham shunchalik kechiktirib bo‘lmas vazifa edi.
Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko‘p o‘tmay, «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko‘rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ‘ib qilindi. «Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g‘oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yo‘q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. Shuning uchun jadidchilikning yangi g‘oyalar bilan paydo bo‘lib, ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi, bir so‘z bilan aytganda, yangilik edi, «jadid» jumlasining ma’nosi ham «yangi» demakdir».
Mahalliy ziyoliylar musulmoncha yunalishni saklab kolgan xolda, Yangi ovrupacha pedagogikaga asoslangan yangi usul maktablarini yaratish g`oyasini oldinga surishdi. Bu xaraktning tashabbuskorlari Qrim, Kavkaz, Volga bo‘y iva Ural tatarlari, Turkistondagi jadidlar buldi. Bu vaktda ta’lim muddati 5-6 yil Yangi usul maktablari Toshkent, Andijon, Qo‘qon va Samarkanda paydo buldi. Ularning soni 1908-yil bor yo'gi 35 ta edi. 1917 yillarga kelib esa butun Turkiston ulkasi buyicha 92 taga etdi. Ruxoniylar va chor ma’muriyati Yangi usul maktablariga qarshi edilar. 1874-yil Turkiston Xalq kutubxonasi (Xozirgi Alisher Navoiy nomidagi Davlat xalq kutubxonasi) ochildi, u ulkada kutubxonachilikni jonlantirdi. 1905- 1907-yillarda jadid adabiyoti vujudga keldi. Ularning isloxot buyicha ta’siri Buxoro, Xiva hamda Turkistonda XX asr boshlaridayoq sezila boshlandi.
Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilib, unda o‘z rahbarligida xotini muallimalik qilar edi. Keyinchalik o‘g‘il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o‘qita boshlaydi
Shakuriy do‘stlari yordamida Qo‘qon shahriga boradi va u erda o‘n kun davomida yangi maktabdagi o‘qish-o‘qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, bu yangi usullarni o‘zi ochgan maktabda qo‘llay boshlaydi.
SHakuriy dastlab maktabda o‘quv jihozlarini o‘zgartiradi. U ustalarga parta va doskalar buyuradi. SHu asosda birinchi marta o‘z qishlog‘i Rajabaminda 1901- yilning kuzida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. U davrlarda darslik va qo‘llanmalar bo‘lmaganligi sababli SHakuriy harflarni doskaga yozib qo‘yar, o‘quvchilar esa shuni o‘z daftarlariga ko‘chirib yozar edilar. Shuningdek, u qisman tatar tilida yozilgan kitoblardan ham foydalanar edi.
Abdulla Avloniy 1907-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o‘quv asbob-jihozlarini o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari bo‘lganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do‘stlarining ko‘magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob do‘konini ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga ko‘ra mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi.
Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini boshlarida (birinchi yashirin jamiyat Buxoroda 1908-yilda tuzilgan) yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy hamda kambag‘allarning bolalarini o‘qitdilar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling