O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet211/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

1879-yilda Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu seminariya maktablari rus boshlang‘ich sinflari uchun o‘quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari o‘rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga ham kirishdi. Mahalliy tilni o‘rganish majburiy qilib qo‘yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning xususiyatlaridan biri bo‘ldi. Seminariyada V.P.Nalivkin o‘zbek tilida dars bera boshlagan birinchi o‘qituvchi bo‘ldi. 1887-yilda Nalivkin tuzgan lug‘at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik tarixida o‘zbek tiliga doir birinchi qo‘llanma bo‘ldi.
Maktablar uchun ajratilgan mablag‘larning kattagina qismi o‘rta o‘quv yurtlariga sarflanardi. Toshkentdagi kodetlar korpusiga ayniqsa ko‘p mablag‘ sarf bo‘lar edi. Ishlab turgan to‘rtta o‘quv yurtidan tashqari 1900 yildan boshlab yana beshta o‘quv yurti ochildi. Samarqandda va yangi Marg‘ilonda qizlar va erkaklar gimnaziyalari ishga tushdi; 1905-1916 yillar ichida o‘rta maktablar soni ikki baravardan ziyodroq ko‘paydi; uyezd markazlarining deyarli hammasida o‘rta maktablar paydo bo‘ldi.
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Qo‘qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907 yillarda yangi tipdagi o‘rta maktablar - o‘g‘il va qiz bolalar birga o‘qiydigan kommertsiya bilim yurtlari ochildi.
Turkistonning iqtisodiy rivojlanishi hunar-texnika tipidagi maktablarning ochilishiga olib keldi. Chunonchi, 1896-yildayoq Toshkentda paxta zavodlari va boshqa zavodlarni ta’mirlash uchun kadrlar tayyorlaydigan bilim yurti ochildi; 1897-yilda irrigatsiya nazoratchilari tayyorlaydigan kurs tashkil etildi. 1902-yilda Toshkent yaqinida qishloq xo‘jalik gidrotexnika maktabi ochildi: 1904-yilda Samarqandda bog‘dorchilik va shu yilning o‘zida Toshkentda temir yo‘l texnika bilim yurti ochildi. 1908 yilda A.M.Malinovskaya Toshkentda qo‘l-hunar ustalari hamda hisobchilar tayyorlaydigan xususiy qizlar hunar maktabini ochdi. SHu tariqa Turkistonda madaniy iqtisodiy rivojlanish ancha yuksa pog‘onaga ko‘tarildi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling