4.Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari.
Keyingi yillarda ilg‘or o‘qituvchilar tajribasida didaktik o‘yinlardan ta’lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o‘yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o‘quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni og‘zaki bayon etish, ko‘rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo‘llaniladi. Shu hususiyatlariga ko‘ra didaktik o‘yinlar sintetik harakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:
Stimulyativ o‘yin-ta’limni hayotda bo‘lib o‘tgani ijtimoiy voqealarga tenglashtirish, ularni qiyosiy tarzda tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu o‘yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o‘qituvchi Amir Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo‘l bilan ta’lim bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeaga qiyoslab tashkil etiladi. Stimulyativ o‘yinlarning bir ko‘rinishi insenirovka (rollarga ajratib o‘qish) metodidir. Boshlang‘ich sinflarda badiiy matnlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o‘qitish an’anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o‘qituvchilari «Tuya bilan bo‘taloq» asarini o‘qitganda bir o‘quvchi yozuvchi, ikkinchi o‘quvchi tuya, uchinchisi esa bo‘taloq so‘zlarini o‘qib ishtirok etishadi. Stimulyativ o‘yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o‘z o‘rnini olib bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, harid qilish kabi turli haetiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta’limni tashkil etish va boshqarish situativ o‘yinlar sirasiga kiradi.
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo‘llanilmaydi. Muammolarni qo‘yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdek, ma’ruza o‘qib turgan paytda turli o‘quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko‘rgazmali qurollar vositasida bolalarga eksperimental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko‘ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya o‘rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo‘yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo‘lidir.Muammoli ma’ruza: ma’ruzadan oldin o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma’ruza oxirida o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish yo‘li bilan ta’lim maqsadiga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |