O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
hermann hesse asarlarida gumanizm chol borisi va nyurenbergga sayohat asarlari misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. „Cho’l bo’risi“ va” Nyurenbergga sayohat “ asarlarining yaratilish tarixi .
- “Faqat jinnilar uchun “
- “Cho`l bo`risi haqida Traktat“
- II bob. Hermann Hesse ijodida gumanizm 2.1. Gumanizmga doir
- L.N.TOLSTOY
- “ yer yuzida qilich hukumronligi tamom bo’ladi va zolimlar yashay olmaydigan zamon keladi
- “barcha tubsizlik va jarliklar yoqasida” yaratilgan.
- mo‘min va halol odamlar
14
„Cho’l bo’risi“ va” Nyurenbergga sayohat “ asarlarining yaratilish tarixi . Cho’l bo’risi” Hermann Hessening muhim asarlaridan biri bo’lib, chop etilishidan oldin qarshiliklarga uchragan, keyinchalik esa ayniqsa, 70-yillardagi yoshlarning sevimli asariga aylangan edi. “Cho’l bo’risi” asari faqatgina H.Hessening o’z-o’zini tahlili sifatida emas, balki “Cho’l bo’risi” XX-asr jamiyatdagi tanqid sifatida o’rganilishi lozim. H.Hessening jamiyatga tanqidiy nazari ham bunga asos bo’la oladi, nima uchun uning kitoblari Ikkinchi jahon urushi paytlarida qarshilikka uchraydi. Chunki u urushga qarshi kishilarni yoqlaydi. Soxta nazarlarni qoralaydi. Shundan keyin Hesse uzoq muddat Germaniyada “Vatan xoini” degan nom oladi. Romanga doir ba`zi qo`lyozmalar 1922 yilga qadar tayyor bo`lgan edi, shu vaqt mobaynida Hesse “ Yo`ldan adashgan kishining kundaligi” nomli asarni yozadi. 15 Asarda hayot va uning kuzatuvchi orasidagi qarshiliklari va o`z-o`zini tanqid haqida fikr yuritiladi. “Men uni tashlab yuboraman, mening hayotim asta sekin so‘nib, umrim tugab boryapti, men bir qariya bo`lsam mening kunlarim va soatlarim xuddi talabaning hayotiga o`xshash, shu bir kunimni bir amallab o`tkazsam deb harakat qilaman. Ammo boshqasi ichimdagi ikkinchi bir narsa meni chidab bo`lmas darajada ishlashga undaydi unga hayotning xar bir tavsiloti kerak, u bilan birga yonib odimlashga tayyor. Hessening oilasida muammolar bisyor edi. Uning rafiqasi ko`p marotaba jinnixonada davolanardi. Unga va bolalariga g`amxo`rlik qilish uni ancha qiynab qo`ygan edi. 1919 yilda u oilasidan ajraladi va vafot etguniga qadar yashagan Montagnola shaxriga ko`chib ketadi . 1927 yilda Hessening “ Cho`l bo`risi “ romani bilan birgalikda “ Yo`ldan adashgan kishining kundalik daftari “, “ Tanazzul “, “ Kundalik daftar “ kabi asarlari paydo bo`ldi. Ularning barchasi “ Cho`l bo`risi “ asari kabi
15 Hermann Hesse . Helmut Riege «Rowoltes Monographien »Rowolt Tschenbuch Verlag / GmbH.1993.Seite 27
15
avtobiografikdir. Bazeldagi bir mansardlarning uyida podagra kasalidan azoblanayotgan, yolg`izlanib qolgan yozuvchi “ Cho`l bo`risi “ asarining birinchi qismini yozadi. Romanning bosh qahramoni Harri Haller kabi Hesse ham hayot va butun dunyodan nafratlanadi. Ammo Hesse hayotdan quvonishga ikkilanadi, azoblangan, yolg`izlangan Hessedan bir yaxshigina tentakkina va bir oz xushchaqchaqroq hayvonga aylanmoq uchun u raqs tushishni o`rganadi, bayramlarni nishonlaydi, sayohat qiladi, ichadi, sevib- seviladi. Yozish Hesse uchun muolaja edi, uning uchun munozara va da`vatdir. Bir tomondan muallifning shaxsiy ruhiy holatidan kelib chiqqan holda “Cho`l bo`risi “ o`sha paytdagi davr muammolari haqida fikr yuritadi. Shu bilan birgalikda gap yolg`izlanib qolgan kishi va fuqarolar orasida ziddiyatlar haqida boradi. Hesse o`zining hayotiy konfliktlarini doktor J.B.Longning muolajalarida va o`quvchi C.G.Jungs bilan bo`lgan suhbatlarda yechimini topishga harakat qildi. Cho`l bo`risida Hessening o`y-fikrlari asariga kuchli ta`sir ko`rsatadi va asarda C.Jungs va Hesse falsafasi g`oyasiga doir ko`pgina fikrlar topiladi . Roman soxta nashriyot muxarririning “Kirish“ so`zi bilan boshlanadi. U “Cho`l bo`risi ” Harri Haller bilan qay tarzda tanishganini hikoya qiladi. U mansardlarning uyida ijaraga turish uchun ya`ni hikoya qiluvchining xolasinikiga keladi. Cho`l bo`risi shahar meshchanlarining oddiy uylarini yomon ko`radi, lekin uni qandaydir bir kuch shunday joylarga tortadi. Hikoya qiluvchi boshida Hallerga nisbatan qarshi bo`ladi, chunki u unga shubhali bo`lib ko`ringan edi. Hallerning kirib kelishi hikoya qiluvchiga yoqmaydi . Haller esa aksincha unga va xolasiga do`stona munosabatda bo`ladi, lekin hikoya qiluvchiga bu kishi o`zini kulgili holatga tushirib qo`ygandek tuyuladi. Bundan tashqari Haller yolg`izlikda yashar va insonlarga xos hayot kechirmas edi, chunki u ishsiz va faqatgina kitoblarga qiziqqandek bo‘lib
16
ko`rinardi. Ammo Cho`l bo`risi bilan bo`lgan suhbatlar orqali hikoya qiluvchi Hallerni yanada yaxshiroq bilib borar va asta-sekinlik bilan u haqdagi yomon fikrlari yo`qoladi. Bir kuni Harri Haller dom-daraksiz yo`qolib qoladi va “Faqat jinnilar uchun “ deb nomlangan kundalik Hallerning shaxsiyatiga chuqur nazar tashlabgina qolmasdan uning qanday kishi ekanligini ochib beradi. Harri Haller-yolg`izlanib qolgan ziyoli , o`ta madaniyatli kishilar haqida ko`p o`ylaydigan kishi. Bir kuni kechqurun Haller ko`chalar bo`ylab yurganida yoshgina kishini uchratadi va undan “Cho`l bo`risi haqida
kishi hayotidan xabardor bo`ladi. U yarim “Odam“ va yarim “ Bo`ri “. Muammo shundaki bu ikkala qalblar muntazam ravishda baxslashib yashaydilar. Haller shuni bilishi kerakki u har qanday kishi kabi nafaqat 2 qalbga balki ko`plab yuzlab qalblarga egadir, qachonki Haller shunday qarorga xulosaga kelsagina u o`zining azobidan qutuladi . Bu kitobdan juda ta`sirlangan Haller hayotini o`zgartirmoqchi bo`ladi. U o`zining tanishi – proffesornikiga mehmonga boradi. Suhbat paytida Gyote haqida baxslashib professorni xafa qiladi. Shunday mash`um baxslashuvdan keyin u o`zini o`ldirmoqchi bo`ladi. O`zicha “ Bo`ri “ meni ustimdan kulyapti deb o`ylaydi. Ikkilanib uyiga borgisi kelmaydi, shahar bo`ylab toki “ Qora burgut “ mehmonxonasidan Hermina ismli qizni uchratgunga qadar tentirab yuradi. Hermina huzurida biroz taskin topadi va undan unga onalar kabi g`amxo`rlik qilishini so`raydi. Hermina unga raqs dunyosini va ballmaskaradni ko`rsatadi. U orqali Haller qisqa vaqt ichida hayotidan zavqlanib yashay boshlaydi hamda saksafon chaluvchi yigit Pablo bilan tanishadi. Pablo kamgap, doimo yaxshi kayfiyatda yuradigan yigit. U yoshgina Mariyani sevadi. Shunga qaramasdan Hallerning ruhi yana tushkun chunki Cho`l bo`risi azobsiz-g`amsiz yashay olmaydi. Oxirida Pablo unga mag`iyaviy teatrni ko`rsatadi. Unga Hallerga o`zini o`zi ruhiy azoblashi kerak emasligini-o`lmasligini barhayot bo`lishlikni o`rgatatadi. Pablo Hallerga o`yin qoidalarini o`rgatadi uning yolg`iz o`zi turli 17
eshiklarni ochishni aytadi, ularning ortida o`zining hayotidagi-ahamiyatli bo`lgan voqealar gavdalanadi. Bundan tashqari Haller o`zining ruhiyatiga tabiatiga nazar tashlaydi. Ammo Haller o’yinda yutqazadi, chunki oxirgi eshik ortida Hermina bilan Pabloning yalong`och holda yerda yotganini ko`radi. Pablo unga u o`zining xom xayollari bilan haqiqatni ko`rmaydigan bo`lib qolganligini tushuntiradi. Haller o`yindan hech narsa o`rganmaydi, shuning uchun ham u Herminani o`ldiradi. Haller o’zining xatosi nimada ekanligini tushunib yetadi va hayot o`yinini yaxshiroq o`ynashga va kulishni o`rganishi kerakligini ko`ngliga tugub qo`yadi.
18
2.1. Gumanizmga doir Yo‘qlik
qa’riga ketgan
xalqlar va
taraqqiyotdan qolgan yagona meros - ehtimol insonparvarlikdir, bu demak - kitoblar, xalq naqllari, marmar obidalar va me’morchilik yodgorliklaridir. L.N.TOLSTOY Bitiruv malakaviy ishi mavzusi “Hermann Hesse asarlarida gumanizm”ga bag’ishlangani bois biz quyida gumanizmga ta’rif berishni joiz deb topdik.
deb baholovchi dunyoqarashdir. 16 Adabiyotga xos xususiyatlardan biri.Gumanizm adabiyotning yetakchi ,bosh omili bo’lsa ,shu adabiyotning ijtimoiy qimmati va tarbiyaviy ahamiyati yuksak bo’ladi.Shuning uchun ham gumanizm Navoiy Jomiy,Pushkin,Lermontov,Gorkiy,Gyote kabi yozuvchi va shoirlar ijodining muhim xususiyatlaridan biri bo’lgan. Gumanistlar dunyoviy axloq normalarini targ‘ib etishadi.
Gumanizm — odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga gamxorlik qilish –insonparvarlik demakdir. Tor ma’noda — Uyg’onish davri (13 — 16-asrlar)da sxolastikaga va cherkovning ma’naviy hukmronligiga qarshi turgan dunyoviy hurfikrlilik. G’arbiy Yevropadagi bir necha mamlakatlarda Gumanizm ijtimoiy tafakkur sohasida, adabiyot, san’at va ilm-fanda katolitsizmga va shaxsning qulligiga qarshi qaratilgan ilg’or harakat edi. Gumanizm tarafdorlari o’z zamonasining taraqqiyparvar kuchlari bo’lgan. Ular inson huquqi va olijanob fazilatlar, ilm-ma’rifat va hurriyat uchun, kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib bordilar.
16 N.Hotamov.B.Sarimsoqov.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha o’zbekcha izohli lug’ati.O’qituvchi -1983 19
Gumanizmning atoqli namoyandalari F. Petrarka, J. Bokkachcho, Leonardo da Vinchi, J. Bruno, T. Kampanella (Italiya), M. Monten, F. Rable (Fransiya), T. Mor, F. Bekon (Angliya), E. Rotterdamlik (Niderlandiya), N. Kopernik (Polsha) va boshqalar edi.Ular va ko’pgina buyuk yozuvchilar o’z asarlarida, dindan farqli o’laroq, insonni, uning yer yuzidagi hayotini kuylaydilar. 17 Jahon xalqlari adabiyoti tarixida shunday bir davr borki, bu davrda ma’lum bir adabiyotning xalq hayoti bilan aloqasi ko’pincha bavosita emas, balki bevosita ro’yobga chiqadi. Bu davr adabiy asarlarida xalq manfatlarinini ochiq- oydin izchil ifodalash va himoya etish hali yo’q: adabiyot o’z g’oyaviy mazmuni va yo’nalishi jihatidan butun jamiyatning ( shu jumladan , mehnatkash sinflarning ham ) saodatiga xizmat qilishga harakat etadi. Bu jamiyatning o’zida sinfiy qarama- qarshiliklar xali yetarli o’tkirlik bilan nomoyon bo’lmagan davrda to’g’ri keladi. Ilg’or yozuvchilar jamiatning bir- biriga zid sinflardan iborat ekanini, bunday jamiatda murosa bo’lishi mumkin emasligini xali tushunib yetmaydilar. Shuning uchun ular jamiatning saodatini o’ylab ijod etadilar, hatto jamiatdagi antogonistik sinflar orasida tinchlik va hamkorlik o’rnatishga harakat qiladilar. Bu davr adabiyoti uchun eng xarakterli eng muhum xosiyati shuki, diniy adabiyotda farqli o’laroq o’z asarlarida insonni e’zozlaydi, uni jahonda eng qimmatli va aziz mavjudot sifatida tariflaydi, insondan o’zi uchun g’ururlanish hissini tarbiya qilishga intiladi. Dobrolyuboy bu davrni Yevropa adabiyotlari doirasida Shekisper kabi genial yozuvchilarning ijodi bilan bog’lab ko’rsatadi: “Insoniyatga bo’lgan sof muhabbat, partiyalarning g’arazlaridan xoli maydonga kelgan bunday muhabbat poezayaning kamdan- kam vakillarida, o’shanda ham uning eng oily geniylaridagina ro’yobga chiqar edi.Hali nodonlikka botib yotgan 16 asr Yevropasida “ u inson edi! “ degan tarixiy ma’noga to’la so’zlar aytilgan va bu so’zlarga geniyning insonning qadri haqidagi tushunchasi ifoda etgan edi.” 18 “ U
inson edi! ” so’zlari Shekisperning mashhur asari “ Yuliy Sezar”da ko’p insoniy fazilatlar egasi Brut haqida aytilgan bo’lib, bu asar, huddi Shekisperning butun
18 Izzat Sulton.Adabiyot nazariyasi.O’qituvchi nashriyoti.Toshkent-1980.97 bet 20
ijodidek, insonparvarlik g’oyasi yana ham tarraqqiy etib , adabiyotga yana ham kengroq kirib borib, Heinrich Hayne ijodida o’z aksini topganini qayd qiladi: bu geniy ham paygambarona gapirib “ yer yuzida qilich hukumronligi tamom bo’ladi va zolimlar yashay olmaydigan zamon keladi degan so’zlarni aytgan edi”, deydi buyuk tanqidchi. Insonparvarlik g’oyalari G’arbiy Yuvropa adabiyotida 14 -15 asrlarda Uyg’onish davri boshlanish munosabati bilan paydo bo’lgan edi. Italyan Franchesko Petrarka (1304- 1374) va Javanni Bokkacho (1313-1375), fransuz Fransua Reble (1494-1553), gollandiyalik, Erazm Rotterdamskiy (1466-1536), nemis Ulrix fon Gutten (1488-1523),va boshqalar ko’pgina buyuk yozuvchilar o’z asarlarida, dindan farqli o’laroq, insonni, uning yer yuzidagi hayotini kuylaydilar, dinning (cherkovning) inson ongi ustidan hukumronligiga qarshi chiqadilar. 19
Faqat adabiyotgagina emas, balki ilk burjua madaniyatining hamma sohalarida (sa’natda, ilmda, arxitekturada) maydonga kelgan bu fikriy harakat keyinroq (19 asrda) “ gumanizm” nomini oldi . O’rta Osiyo xalqlari tarixida adabiyotning bizga ma’lum ilk namunalaridan (masalan Frdovsiyning “ Shohnoma” va Yusuf Xos Hojibning “Qutatg’u bilik” asarlaridan) boshlab ishtimoiy fikrda gumanizm paydo bo’ganini aytish mumkin. Biz yuqorida tilga olgan dunyoviy adabiyot (Durbek, Xorazmiy, Lutfiy, Novoiy va boshqalar ijodi) gumanistik adabiyotning namunasi deb hisoblanishi kerak, chunki bu adabiyotda, diniy aqidalarning dovom etayotgan ta’siriga qaramasdan, asosiy mazmuni- insonni madh etish, uning baxtini ko’ylash va yer yuzidagi hayotini e’zozlashdan iboratdir.Gumanist yozuvchilarning xizmatlaridan biri – adabiyotni xalq ijodi bilan yaqinlashtirishdir. Gumanist yozuvchilar ko`pincha folklorda ishlangan syujetlarni o`z asarlariga asos qilib oladilar va ularni o`z dunyoqarashlari nuqtai nazaridan qayta ishlab, buyuk asar yaratiladilar.Bunga Sharq adabiyotidan Firdavsiy, Xisrav Dehlaviy, Nizomiy, Jomiy va Navoiylar, G`arb adabiyotidan Dante, Shekspir va Gyote misol bo`la oladi.Dante va Petrarkaning italyan tilida,
19 Izzat Sulton.Adabiyot nazariyasi.O’qituvchi nashriyoti.Toshkent-1980.98 bet 21
Navoiyning qadim o`zbek tilida adabiyot maydonga keltirishi kabi gumanistlar milliy adabiyot tillarining maydonga kelishida katta rol o`ynaydilar.
Shu xizmatlari bilan bir qatorda, yuqorida aytganimizdek, gumanist yozuvchilar “sinflardan yuqori” turishga intilishlari bilan, mehnatkash xalqdan ancha uzoqda qolib ketadilar. Masalan, Navoiy mamlakatni bog`, podshohni bog`bon, deb tushunadi va xalqni poda, podshohni podachi (cho`pon) deb biladi. U o`z zamonining hukmronlari zulmini qanchalik fosh qilmasin, baribir mehnatkash xalq bilan uning “cho`pon”lari orasida kurash emas, murosa tantana qilishi kerakligini targ`ib etadi: zamonasining sotsial ziddiyatlarini hukmron feodallarni inson va adolatga chaqirish yo`li bilan hal etmoqchi bo`ladi.
Dunyoqarashlari va ijodlarida bunday ojizliklar mavjudligiga qaramay, gumanist yozuvchilar o`z zamonasi uchun katta progressiv rol o`ynaydilar.Shu o’rinda gumanistik adabiyotning uchta xususiyatini alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etib o`tish kerak: 20
1) adabiyotni insonni, uning hislarini kuylashga qaratish, insonni e`zozlash va madh etish; 2) adabiyotni zamonasining muhim
ijtimoiy muommolari (adolat, ma`rifatparvarlik, insonning hur fikrli bo`lishga haqliligi va hakazo)ni hal etishga yaqinlashtirish; 3) adabiyotning vositalarini (birinchi galda – tilini) xalqqa yaqinlashtirishga intilish. Xalq ongini to`g`ri in`ikos ettirish va shakllantirishga qodirlik adabiyot va san`atning xalqchilligi deb ataladi. Xalqchil yozuvchi o`z asarlarida xalqning (ya`ni jamiyatning, mehnatkashlar ommasining) manfaatlarini ifoda etadi. Asarning mazmunida gumanizm va umumxalq manfaatlarini ko`zlash uning xalqchilligini tayin etuvchi bosh omil bo`lib qoladi. Asar xalqchil bo`lishi uchun har safar ham unda mehnatkash xalq hayoti tasvirlanishi shart emas. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” yoki Navoiyning “Farhod va Shirin” asarlarida mehnatkash xalq hayoti tasvirlanmagan bo`lsa ham, xalqchildir: ularda hayot zamonasi uchun
20 Izzat Sulton.Adabiyot nazariyasi.O’qituvchi nashriyoti.Toshkent-1980.99 bet 22
progressiv g`oyaviy pozitsiyada turib, butun jamiyat va uning ko`pchilligi uchun tushunarli vositalar bilan yaratilgan hamda mazkur asarlar mazmunida gumanizm mavjuddir. Gumanist yozuvchilar o`z davri uchungina emas, keyingi avlodlar uchun ham qimmatli asarlar yaratib qoldiradilar. Ulardan keyin gumanizm hamma davr adabiyotlarining traditsiyasi bo`lib qoladi. V.G.Belinskiy Fransua Rable misolida gumanist yozuvchilarning ijodi olamshumul ahamiyatga ega ekanini ko`rsatgan edi:“Rableni hozirgacha ham hamma ma`rifatli millatlarga mansub kishilar o`qiydilar, chunki bu ijod butun bir tarixiy davrning ma`nosi va ahamiyati bilan qattiq bog`liqdir”. 21
Quyida biz o’zining o’lmas asarlari bilan jahon adabiyotida chuqur iz qoldirgan olmon yozuvchisi gumanist Hermann Hesse ijodiga bir nazar tashlamoqchimiz.
O’zbek kitobxoni oldida Hermann Hessening asarlari asta sekinlik bilan namoyon bo’lib bormoqda.Uning “Cho’l bo’risi”,Nyurenbergga sayohat”,”Jahon adabiyoti kutubxonasi” va ko’pgina hikoyalari allaqachon qo’lma qo’l bo’lib o’z kitobxonlarini topib ulgurgan. XX asrning eng yirik romannavislari orasida Hesse – eng betakror xarakter va iste’dod sohibidir. Biroq yozuvchi asarlarida aks etgan xotirjamlik va ravshanlik esa o‘ziga xos alohida xususiyat bo‘lib, uning bahosi juda balanddir.
Hesse kitoblari, uning o‘zi bir paytlar aytganidek, “barcha tubsizlik va jarliklar yoqasida” yaratilgan. O‘zgartirilgan va yangidan tuzilgan ko‘rinishda ular zamonaviy insonning ko‘plab kulfatlari, iztiroblari va xatolarini o‘z ichiga olgan.
Hessening maqolalari va xatlarida, «Munchoqlar o‘yini”,”Cho’l borisi” romanlari qoralamalarida va ular matnining o‘zida Germaniya kelajagini hayron qolarli darajada oldindan ko‘rish bor. Albatta, XX asr voqeligi nasr uyg‘unligiga yordam berishi gumon edi. Lekin Hessening o‘zining o’ziga xos sirlari mavjud edi. Ulardan biri shundan iborat ediki, odamlarning yashirin ichki hayotiga u barchaga
21 Izzat Sulton.Adabiyot nazariyasi.O’qituvchi nashriyoti.Toshkent-1980.99 bet 23
ko‘rinib turgan tashqi voqelikka qaraganda ko‘proq ahamiyat va e’tibor berardi. 30-yillar boshlarida, “Sharq mamlakatiga ziyorat” (1932) qissasida, 1930 va 1942 yillar oralig‘ida yozilgan «Munchoqlar o‘yini” romanida, ya’ni Germaniyadagi fashizm paytida Hesse “deyarli” mavjud bo‘lmagan, amalga oshishiga yo‘l qo‘yilmagan, u haqda odamlar ko‘pincha bir-birilarining ko‘zlari va yuz ifodalariga ko‘ra fahmlaydigan, lekin shunday bo‘lsada oxir oqibatda fashizmga bardosh bergan va tantana qilgan voqelikni ko‘rgan va ularni o’z asarlarida ko‘rsatib bergandi.
O‘zining uzoq hayoti davomida Hesse buyuk asarlar yaratdi. Bunga ishonch hosil qilish uchun, o’zbek kitobxonlariga unga tanish “Cho‘l bo‘risi” (1927) romanini yodga olish kifoya. 30-yillarga qadar kelishuv va kelishmovchilik Hesse kitoblarida almashib va to‘qnashib turgan, shu bilan birga uyg‘unlik hayot jarliklari haqidagi bilim bilan borgan sari ko‘proq to‘la boshladi. Lekin uning ishining asosiy vazifasi gumanizmni ifodalshdan iborat bo’ldi.
Nisbiy ijtimoiy xotirjamlik vaqtida Hesse tarixiy halokat imkoniyatini bashorat qilgan narsani odamlarda ko‘rgan, yuzaga olib chiqqan, o‘z kitoblarida gavdalantirgan edi. Natsistlik terrorchiligi va fashizm Germaniyasi qulagan yillarda, u, aksincha, kelajak garovi bo‘lgan narsani ham ko‘rgan. «Munchoqlar o‘yini” asariga muallif tomonidan yaratilgan, o‘rta asrlar lotin uslubida yozilgan epigrafda shunday deyilgandi: ” So‘z ta’siriga kamroq beriladigan va bir paytning o‘zida odamlar ko‘zlarini mavjudligini na isbot qilib bo‘ladigan, na bo‘lishi mumkin deb hisoblab bo‘ladigan, lekin aynan mo‘min va halol odamlar ularga haqiqatan mavjud bo‘lgan bir nima kabi munosabatda bo‘luvchi qandaydir narsalarga qaraganda odamlar ko‘zlarini ochish uchun ko‘proq ehtiyoj sezadigan hech narsa yo‘q, ular yashash va tug‘ilish imkoniyatiga ozgina yaqinlashadilar”.
Ovloq shvabdan – nafaqat Shiller, balki Hermann Hesse va unga ancha yaqinroq bo‘lgan Fridrix Hyolderlin, faylasuflar Gegel va Shellir romantik Eduard Myorike ham kelib chiqqanlar. Shvabiyaning mashhur farzandlari tafakkuri tor mahalliy hayotdan shiddat bilan otilib chiqqan musaffo buloqni eslatadi. Uzoq ufqlarni ko‘rish uchun, bu yerda baland parvoz qilishga to‘g‘ri kelgandi. Biroq 24
Hesse bu torlikning o‘zini ham sevardi. U keyinchalik o‘z bolaligi haqida tez-tez yozgan,masalan ,”Bolalik taassurotlari”,“Hans haqida esdalik” va “Faqir” hikoyalarida bayon qilingan.Ulardan endi shularni bilib olish mumkinki, yozuvchining otasi va onasi uzoq yillar Hindistonda protestant missionerlar bo‘lishgan, va garchi keyinchalik Yevropaga qaytgan bo‘lsalar ham, missiya manfaatlari bilan yashashda davom etganlar. Yozuvchining buvasi – sharqshunos- olim Hermann Gundert ham missioner bo‘lgan.Ota-onasining e’tiqodlari va turmush tarzlari pedantik talabchanlik va shu bilan bir paytda orzu-xayollarga beriluvchan shoironalik bilan ajralib turardi. Biri ikkinchisini inkor qilmas, balki to‘ldirardi, chunki bitta yagona diniy manbaga ega edi.
Biroq Hessening avtobiografik nasri sahifalarini diqqat bilan o‘qiy turib, o‘smirning ota uyi bilan muqarrar bo‘lib qolgan kuchli munosabat buzilishi sababini ham topish mumkin. Ota-onalar faqat o‘z haqiqatini tan olardilar. Bola bu haqiqatga o‘z istaklari va boshqa odamlar haqiqatining azob beruvchi nomuvofiqligini his qilardi. Oila yozuvchida yuksak ahloqiy ideallarni tarbiyalagan bo’lsada , lekin bu hayotni bilish emas edi. O‘zga hayot chaqirig‘i o‘smir Hesseni bir necha yillik o‘qishdan so‘ng ota-onasi olib kelgan Maulbronn protestant seminariyasidan qochib ketishga majbur qildi.Bu esa uni bir necha yillarga oilasi bilan aloqasini uzishga, darbadar bo‘lishga, tasodifiy ish haqlari bilan yashashga, barchasini go‘yoki noldan boshlashga majbur qildi: mustaqil mutoala – klassik adabiyot va falsafa asarlarini o‘z nuqtai nazari va o‘z mayli bo‘yicha o‘qish, ish – avval soat fabrikasida, so‘ngra kitob savdosida, nihoyat nashr qilingan ilk asarlaridan ishlab topilgan qalam haqiga yashay olmagunga qadar yashashdek murakkab hayot yo’lini bosib o’tdi.
Birinchi jahon urushi Hesse uchun yangi keskin burilish, ulkan kuchning larzaga kelishi bo‘ldi.1914 yilda Hesse endi bir necha romanlar muallifi bo‘lib, ulardan eng yirigi “Peter Kamensind” (1904) edi. U romantik ruhiyatidagi she’rlar va nasr (“Romantik qo‘shiqlar”, 1899; “Hermann Lausher”, 1901) yozdi va shuhrat qozondi. Uning kitoblari haqida R.M.Rilke va Sh.Sweig iliq fikr bildirganlar. Lekin urush uning ijodini shunday keskin o‘zgartirib yubordiki, 1919 yilda u
25
“Demian” romanini taxallus ostida nashrdan chiqarganida, uning ishqiboz o‘quvchilaridan hech kim (ularning orasida esa Tomas Mann ham bor edi) muallifda Hesseni topmadi. Bu kitobni faqat boshlovchi va yosh kishigina yozishi mumkinday tuyulgandi. Yoshlikning butun samimiyati bilan roman aql sarosimasini va yosh qahramon Sinklerning voqelikdagi chalkashliklar bilan to‘qnashuvi sababli kelib chiqqan hislarni bergandi. Bu romanning odatdagidan boshqacha aqliy keskinligi Hesse uchun yangi edi. Keyinchalik “Cho‘l bo‘risi”da bo‘lganidek, muallifga go‘yo bitta istiqbol, o‘z qahramoniga va dunyoga bitta qo‘zg‘almas nuqtadan qarash yetishmayotgandek edi. Hayotdagi hamma narsa siljib ketgan, va Hesse o‘pirilgan joylar yorug‘ uyg‘unlikda qanday namoyon bo‘lganini, hammasi go‘yoki yo‘qolgan joyda esa, hayot o‘nqir va chuqurliklarida, kutilmaganda nur paydo bo‘lganini ko‘rgan.
Urush uning ijodini bitta zarba bilan vayron qildi. Faqat endigina Hesse haqiqatan o‘zini topdi. Uning joziba va o‘ziga xoslikdan holi bo‘lmagan ilk asarlari baribir nemis romantizmining kechikkan aks sadosi edi. Endi xuddi shu romantik an’ananing o‘zi uning qalami ostida yangi kuch topdi, xozirgi voqelikdagi siljishlarni aks ettirishga yordam berdi. Jahon urushidan keyin Hesse asarlari XX asr realizmining eng yirik hodisalaridan biri bo‘lib qoldi. Lekin bu realizm unda romantik poetika bilan saxiylik bilan boyitilgan edi. O‘z kitoblarini zamonaviy voqelik tajribasi bilan to‘ydirib, Hesse o‘tgan asr buyuk nemis yozuvchilari – Hyolderlin,Novalis,Hofmann ijodida aks etganlardan ko‘pchiligini reallik va aniqlikni yuqori cho’qqisiga ko‘tardi.
Hesse roman qahramonlarini odatda unga yaqin bo‘lgan ismlar va laqablar bilan nomlardi,diqqat-e’tiborli yozuvchidan voqelikning keng manzarasini yaratuvchisiga aylanganini aslo bildirmasdi. Hesse Rollan va Gorkiy bo‘lganlaridek epik yozuvchi bo‘lmadi. Uning kitoblarida Barbryus yoki Xeminguey romanlarida dard bilan aks ettirilgan urush haqiqatlarini ham topib bo‘lmaydi. O‘z zamonasini va uning muammolarini u boshqachasiga aks ettirdi.
“Demian”, keyinroq esa “Cho‘l bo‘risi”asarlari bilan halokatli zamonning insonning ichki borlig‘i bilan o‘zaro bog‘lanishini aniqladi.“Demian” romanida 26
urush qahramonlar dunyosiga atigi so‘nggi sahifalarda bostirib kirgan; “Cho‘l bo‘risi”da siyosiy voqealar mutlaqo tilga olinmagan. Lekin har ikkala romanning butun davomida yozuvchi jahon xunrezligining “Demian” qahramoni, namunali bola – Sinklerning ruhiy hayoti bilan aloqasini tushuntirish bilan, uni kunlardan bir kun gadoy bilan uchrashuv hayratda qoldirganiga o‘xshash, yoki Germaniyadagi fashizmdan oldingi vaziyatning “Cho‘l bo‘risi” qahramoni Harri Haller ruhiy ahvoli bilan bog‘liqligini aniqlash bilan band. Yozuvchini na keng tashqi dunyo, na uning qonunlari qiziqtirmaydiganday.Lekin uning fikr-xayolini uning qahramonlari ruhiy ahvoli chuqur band qiladi. Bu yillardagi asarlarida Hesse o‘z zamondoshlari ongidagi sarosimalikni, bo‘shlikni aks ettirgan. Darhaqiqat, 10-20- yillar burilishida u og‘ir ruhiy tanglikni boshidan kechirdi.O‘z kitoblarida u chekkan mashaqqatlari haqida yozgan. Ularning o‘quvchini uning qahramonlarida o‘zlarini tanishga majbur qiluvchi alohida lirik ishonchlilik sababi ham shundadir. Birinchi jahon urushi yillarida Hesseni barchaga odat bo‘lib qolgan tushunchalar chuqur hayratga solgan. Madaniyat xodimlari, yoki Germaniyada aytish qabul qilingan “ko‘ngil vakillari” aksar hollarda militaristik antiruhiy yo‘l tutib, o‘z hukumatini qo‘llab chiqqanlar. Urush shak-shubhasiz sof sohadagi madaniyat va ruh, din va va ahloq ortiq mavjud emasligini isbotlab berdi. Insonning ahloqiy mo‘ljallar amal qilmaydigan dunyodagi o‘rni borasida o‘ylab qolishga birgina Hesse majbur bo‘lmagandi. “Demian”da, keyin esa “Kleyn va Vagner” qissasida (1919) va “Cho‘l bo‘risi”da Hesse insonni go‘yoki har xil haqiqatlardan yelimlab yasalgandek ko‘rsatadi. Bunday inson o‘zgaruvchan, unda qarama-qarshi imkoniyatlar yashiringan, va unga qarash ham romanda bu harakatchanlik va murakkablikni aks ettira turib, o‘zgarib turadi. Ikki shaxs – intellektual va yovvoyi hayvon – Harri Haller qiyofasida namoyon bo‘ladi. Insonning ichki sarosimasi va yashirin istaklari ochiq oshkor bo‘la borgan “Sehrli teatr”ga tushib qolib esa, Harri Haller ko‘zguda uning yuzi bo‘linib ketgan minglab yuzlarni ko‘rdi. Harrining ilohiyotning taqvodor professori bo‘lib yetilgan maktabdosh o‘rtog‘i u yerda mamnuniyat bilan o‘tib
27
ketayotgan avtomobillarga o‘q otardi. Shubhali saksofonist Pablo, dugonasi Hermina singari, Harri uchun hayot muallimlari bo‘lib qola boshladilar. Undan tashqari: Pablo o‘lmas Motsart bilan kutilmagan o‘xshashlik topdi.
Ota uyining qotib qolgan ustunlari “Demian” romanida o‘smir Sinkler uchun nimasi bilandir begona bo‘lib chiqadi. Sinkler go‘yoki tuxumni yorib chiqdi, uning shaxsiyatining tarbiya bilan “dasturlashtirilmagan” imkoniyati ochila boshladi. O‘zining oldingi va keyingi kitoblaridagi singari, Hesse odamlarga haddan ortiq talabchan. Uning o‘z mulohazasiga ko‘ra, bu asarda “ruh va insonga o‘zidan eng oliy inson qilishdek buyuk mangu talab buzilmasdir” (1954 yildagi xat). Inson unda mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni amalga oshirishi, qat’iylik topishi, o‘ziga kelishi kerak, deya - qattiq turib talab qilardi Hesse.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling