O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


I  bobning  ikkinchi  faslida


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana14.06.2020
Hajmi0.69 Mb.
#118756
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hermann hesse asarlarida gumanizm chol borisi va nyurenbergga sayohat asarlari misolida


I  bobning  ikkinchi  faslida  biz  Hermann  Hessening  noyob    iste’dod    sohibi 

ekanligi  haqida  fikr  yuritdik.  Germaniyaning  sevimli  farzandi      Hermann 

Hessening” Peter  Kaminsend","Demian",  "Siddxartxa",  «Cho’l bo’risi»"Marjonlar 

o’yini" kabi asarlari jahon adabiyotining boyligiga aylandi. Uning  hayotligidayoq 

asarlari jahonning ko’plab tillariga tarjima qilindi. Uning  hayotligidayoq adabiyot 

sohasidagi  xizmatlari  uchun  Nobel  mukofotiga  loyiq  deb  topilishining  o’ziyoq, 

uning  noyob iste’dod  egasi ekanligini yaqqol dalilidir. 

I  .bobning    uchinchi  faslida„Cho’l  bo’risi“va”  Nyurenbergga  sayohat  “ 

asarlarining yaratilish tarixi haqida fikr yuridik. 

 “Cho’l  bo’risi”  qariyb  Hermann  Hessening  avtobiografiyasidir.  Asardagi 

bosh  qahramonning  Harri-Haller  deb  nomlanishi  ham  tasodif  emas.  Hermann 

Hesse  aynan  “Cho’l bo’risi” ning o’zidir. Ishning mohiyati shundaki, unda “Cho’l 

bo’risi”  ning  xarakteri  va  uning  jamiyatga  bo’lgan  munosabati  tahlil  qilinadi. 

Nemis yozuvchisi  Volker Michels “Cho’l bo’risi” haqida shunday yozadi: 


60 

 

   “Cho’l bo’risi” uning o’z-o’zini ayovsiz tahlil qilgan asaridir “ . 



“Nyurenbergga sayohat. „Mening Balenda davolanishim haqidagi xotiralar” asari 

1925 yilda Fisher nashriyotida nashr qilingan edi.“,deydi muallif o’zining 

„Nyurenbergga sayohat „asari so’z boshisida.1923 yildan boshlab, ishias va bod 

bilan og‘rigan Hermann Hesse, ko‘proq kuzda Syurix yaqinidagi kurort - Badenga 

muntazam borib turgan  

“Nyurenbergga  sayohat”  –  yozuvchining  o‘z  hayoti  haqidagi,  ruh  va  tabiat 

o‘rtasidagi,  shaxs  va  jamoa  o‘rtasidagi,  g‘oya  va  uning  ko‘rinishlari  o‘rtasidagi 

ixtilofni bartaraf qilish shakllari va yo‘llari haqidagi o‘y-xayollari mevasidir.



 

II bobning birinchi faslida biz Bitiruv malakaviy ishi  mavzusi “Hermann Hesse 

asarlarida gumanizm”ga bag’ishlangani bois  gumanizmga ta’rif berishni joiz deb 

topdik.

Gumanizm (lotincha    humanitas -  "insoniylik",  "odamiylik") insonni oliy 

qadriyat  deb  baholovchi dunyoqarashdir.  Gumanizm  axloqning  dinga  bog‘liq 

bo‘lib qolishiga qarshi chiqadi, zero din insonni g‘ayritabiiy mavjudotlar borligiga 

ishontirib,  ularga qul bo‘lish  g‘oyasini  singdiradi.  Gumanistlar dunyoviy axloq 

normalarini targ‘ib etishadi. 

II.bobning  ikkinchi  faslida    biz,  Hermann  Hesse  ijodida    gumanizm  

ifodalanishi haqida fikr yuritdik va shunday xulosaga keldik: 

O’zbek  kitobxonlarga    unga  tanish  “Cho‘l  bo‘risi”  (1927)  romanini  yodga  olish 

kifoya. 30-yillarga qadar kelishuv  va  kelishmovchilik  Hesse kitoblarida almashib 

va  to‘qnashib  turgan,  shu  bilan  birga  uyg‘unlik  hayot  jarliklari  haqidagi  bilim 

bilan  borgan  sari  ko‘proq  to‘la  boshladi.  Lekin  uning  ishining  asosiy  vazifasi 

gumanizmni ifodalshdan  iborat bo’ldi. 

 

II bobning uchinchi faslida  esa biz „Nyurenbergga sayohat “asarida  gumanizm 

ifodalanishi  haqida  fikr  yuritdik.  Hermann  Hesse  „Nyurenbergga  sayohat    “  asari 

ham gumanistik g’oyalar bilan yo’g’rilgan asardir.Asar boshlanishidanoq yozuvchi 

kitobxonni  o’z  vataniga  mehrli,sadoqatli  bo’lish  kabi  tuyg’ularni  singdirishga 

undaydi.Inson  doimo  o’z  vatanini  qadrlamog’i  kerak  ,degan  fikr  uning  asarida 

asosiy  bosh  mavzudir.Hesse  o’z  vatani  tarixi  ,diqqatga  sazovor  joylari,nemis 


61 

 

qadriyatiga  aylangan  asarlar  ,joy  nomlarini  shunday  ta’riflaydiki  ,uni o’qigan  har 



bir    kitobxonda  vatanga  bo’lgan  mehru  muxabbatnigina  emas,balki  milliy 

qadriyatlarni  avaylab  asrash  kabi  tuyg’ularni  shakllanishiga  turtki  bo’lishi 

tabiiydir.  

III  bobning  birinchi  faslida    biz  ”Cho’l    bo’risi”asari    tarjimasida  badiiy 

tasvir  vositalarining  ifodalanishini  tahlil  qildik.Bunda  biz    e’tiborimizni  obraz  va  

obrazlilikka qaratdik. 

San’at    asarida    yozuvchining  dunyo  qarashi,  voqelikni  idrok  etishi,  estetik  didi 

kabi qator kategoriyalarni yaratgan badiiy obrazlarsiz tasavvur etish qiyin. 

Badiiy  asarlar  tahlilida  tanqidchi  dastavval  asosiy  diqqatni  asardagi 

obrazlarning hayotiyligi masalasiga qaratadi.Shuning uchun adabiyotshunoslarimiz 

shuni  aytadiki,  adabiyotshunoslikda  birinchi  galdagi  vazifa  obraz  iborasining 

mazmunini  aniqlashdir.  Yozuvchi      asar  g’oyasining  rang  -  barangligini  oshirish 

maqsadida  obraz  vositalardan  keng  foydalanadi.  Darhaqiqat,    yozuvchi  badiiy 

obraz  vositasida  o’zining  u  yoki  bu  g’oyaviy-estetik  maqsadning,  asarda  o’rtaga 

qo’ygan  muammolarini  ifoda  etadi.  Shuning  uchun  ham  obraz-individual  shakl 

orqali hayotiy hodisalarni umumlashtirishi “inson hayotining umumlashma va aniq 

manzarasidir ”. 

Obraz  adabiyot  va  san’atga  badiiy  fikrlashning  asosiy  vositasi  g’oyaviy 

mazmunini  ifoda  etishning  muhim  shaklidir.  Shuning  uchun  ham  M.  Gorkiy 

obrazning  o’ziga  xos  xususiyati  haqida  gapirib,  “Obraz  fikrni  uyushtirishning 

tejamli usuli” degan edi. 

Haqiqatdan  ham,  biz    tadqiq  etgan    “Cho’l  bo’risi”  romanida  ham  asardagi 

barcha    g’oya    va    mazmun    birgina  “Cho’l  bo’risi”  xarakterida 

mujassamlangandir.  Cho’l  bo’risi  obrazi    tahlilida    biz    badiiy  tasvir  vositalarini 

asar  tarjimasida  tarjimon  nechog’lik  aks  ettirganligini    o’rganib  chiqdik  va  biz 

shunday xulosaga keldik : 

Tarjimon  Mirzaali  Akbarov  asarni  asl  nusxa    darajasida  tarjima  qila  olgan. 

Asar  g’oyasi  va  mazmunini  kitobxonga  yetkaza  olgan.  Tarjimada  ba’zi  juz’iy 

kamchiliklar bo’lsada, asar mazmuniga putur yetmagan. 



62 

 

III  bobning    ikkinchi  faslida  “  Cho’l  bo’risi  asari  tarjimasida  xarakterning  

berilishi  haqida  fikr  yuritdik.  Adabiy  xarakter  real  hayotiy  inson  xarakterining 

ko’chirmasi,  nusxasi  emas.  Xarakter    har  tomonlama  mukammallashgan,  turli 

xususiyatlar  aniq  ko’rinib  turgan,  individual  xususiyatlari  kashf  etilgan  obrazdir. 

Har  qanday  obraz  xarakter  bo’la  olmaydi,  lekin  har  qanday  xarakter  obraz  

sanaladi.  «Cho’l  bo’risi»  asaridagi  shaxslarning  ko’pchiligi  hayotdan  olingan, 

biroq to’qima obrazlar ham bor.  

 Xulosa qilib aytganda,  Hermann  Hesse  ijodi jahon adabiyotidagi eng baland 

cho’qqilardan  biridir.  U  insoniyat  badiiy  qadriyatining  xazinasiga  kirgan.Hesse 

kabi yozuvchilarning O’zbekistonda mutolaa qilinishining o’ziyoq katta voqeadir.  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

63 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI 



 

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133- 

son qarori.”Xalq so’zi” gazetasi.11.12.2012y,240(5660)-son

  

2.Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch-Т.: «Ма”naviyat», 2008.   

3. Karimov I.A.O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.”O’zbekiston” 

2011yil 

4.Гинзбург Л.О. психологической прозе. Художественная литература, 

1977. С. 255. 

5.Folker  Michaels.  Hermann  Hesse.  Sein  Leben  in  Bildern  und 

Texten.Suhrkamp.Verlag am Main 1979. 

6. 


 

Xotamov   H . Sarimsoqov  B. ”Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha  –   

o’zbekcha izohli lug’ati .Toshkent”O’qituvchi”-1983. 

7.Hermann    Hesse.Steppenwolf.Erstausgabe  Berlin.1927.Copyright  1955by 

Suhrkamp Verlag,Berlin. 

 8.Hermann  Hesse,  Helmut  Riege  «Rowoltes    Monographien  »Rowolt 

Tschenbuch Verlag . GmbH.1993. 

9. Hermann  Hesse.“ Cho’l  bo’risi“ Sharq nashriyoti.Toshkent-2006 

10. Hermann Hesse.“Nürenberger Reise“. Erstausgabe Berlin.1927.Copyright 

1955 by Suhrkamp Verlag,Berlin. 

11. H. Hesse.Nyurenbergga sayohat.O’zbekiston nashriyoti.Toshkent- 2012 

12.  Hotamov  B.,  Sarimsoqov  B.  Adabiyotshunoslik  terminlarining  ruscha-

о‘zbekcha izohli lug‘ati -Toshkent: О‘qituvchi, 1979 

13. Shishkina  I.P, Smolyan  O.A “Analytisches Lesen”.Prosveschenie-1980 

14. O’zbekistonda tarjimachilik.Fan Nashriyoti.Toshkent-1988 

15.  Riesel  E.  Stilistik  der  deutschen  Sprache.  -Moskau:  Staatsverlag 

Hochschule, 1963.  

16. Salomov G‘. Adabiy an’ana va badiiy tarjima. -Toshkent: Fan, 1980. 

17.  Salomov  G‘.  Badiiy  tarjimada  uslubiy-milliy  о‘ziga  xoslikni  qayta 

yaratish problemasi . Tarjima san’ati. 5-kitob. -Toshkent, 1980.  



64 

 

 



18. Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. -Toshkent: О‘qituvchi, 1983 . 

19. Salomov G‘. Til va tarjima. -Toshkent: Fan, 1966 

20. Theodor Ziolkowski”.Hesses Materialien” 

Internet saytlari:  

21. www.hermann hesse.de 

22. www.hessemuseum.de 

23.


 

www.suhrkamp.de 

24. www.Hermann-hesse suhrkamp.de 

25. www.Hermann-hesse-museum.de 

  

 

 



 

 

 



      

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling