O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.06.2020
Hajmi0.69 Mb.
#118756
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hermann hesse asarlarida gumanizm chol borisi va nyurenbergga sayohat asarlari misolida


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

28 

 

2.2.Cho’l bo’risi asarida gumanizmning  ifodalanishi



 

Hermann  Hessening  ”Cho’l  bo’risi”  asari    o’quvchilarni  tobora  yangi  avlodlarini 

o’ziga  jalb  qilayotgan      kitoblardan  biridir.  Harri  Hallerning  fantastik    tarixiga 

qaytgan  kitobxonlarning  keksa  avlodi  esa  unda  yangi  qirralarni  kashf    etib    unga  

shunday    ta’rif    berilgan  .  «Bir  stakan  elzass  vinosi  va  bir  burda  non  mana  eng 

yaxshi taom». Shuning uchun ushbu  asar  asl moxiyat yetukligiga murojaat qiladi-

cheksiz  interpretatsiya  va  kechinmalarga  joy  ajratadi.  «  Munchoqlar  o’yini»  dagi 

kastaliyalik  buni  meditatsiya  deb  atagan  bo’lardi.  Meditatsiyaning  asosi-syujetga 

bogliq  bo’lmagan mazmun. “Odam-bo’ri” taqdiriga bag’ishlangan bu  asar   xam 

shunday.  

        O’zbekistonga    Hermann  Hesse    2001    yilda    ajoyib  tarjimon    Mirzaali 

Akbarov  xizmati    bilan  kirib  keldi.  O’zbekistonlik    kitobxonlar  auditoriyasining 

keng  e’tibori   uchun  nemis   yozuvchisi, bizning   fikrimizcha, Mirzaali  Akbarov 

oldida    qarzdor.  Hermann  Hessening    ”Cho’l  bo’risi”  asarining  O’zbekistonda 

paydo  bo’lishi      muxim  ma’naviy  voqea  bo’ldi.  O’zbek  kitobxonini      yevropa 

madaniyati  ,xususan  Hermann  Hesse  ijodi    bilan  boxabar  qilishdek    yuksak  ish 

jarayonida    tarjimon    M.Akbarov  talaygina  tahsinga  loyiq    xizmat 

ko’rsatayotganligini  shu o’rinda aytib o’tishni joiz ,deb topdik.  

«Cho’l  bo’risi»qaxramoni  o’zbek  kitobxoni  uchun    galati  shaxs  edi.  Hermann 

Hessening  «tabiat»    va  «madaniyat»  ga    bo’linuvchi  dunyosi    o’zgacha    tuyiladi.        

Nima  xam  derdik”Cho’l  bo’risi”  muallifi  qahramoni    tamoman  o’zgacha  didli, 

qiziqishlari  boshqalarga  o’xshamagan  kishi  . 

Harri 

Haller  shaxsinng  



«yashirinligi»,uning    azobli  ikkilanganligi  bizning  kitobxonlarga  g’alati  tuyuladi.   

O’zini    tutishi    va  didi  to’g’risida  gapirmasa  xam  bo’ladi.    Shaxardan-shaxarga 

daydib  yurgan    yevropalik  Harri    Haller  hech  qachon  na  kambag’al,  na  boy 

xonadonlarda  to’xtamaydi.  U  zinalarida    araukariya-lar    o’sgan  va  shunday  shirin 

hidlar  ufirib  turgan  mayda  burjua  kishilarini  afzal  ko’radi.  Bu    shirin  hidlardan  

“Inson-bo’ri basharasi tirjayardi.  



29 

 

Uning  vujudining    birinchisi  jamiyatga  qarshi,  ikkinchisi  esa  unga  bog’langan. 



Uning  begonasirashi  shaxsiga  o’xshash.Harri    Hallerni    jamiyat  inkor  etmaydi. 

Uning  o’zi  gox chekinadi, gox insonlarga yaqinlashadi, boshqacha qilib aytganda, 

u xuddi bo’riga o’xshab irrilab, aylana bo’ylab  yuguradi.  

   Umuman olganda, Harri Haller– Hermann Hessening  o’zi  desak  yanglishmay-

miz.  Hermann  Hesse  ijodining    xaqiqiy  mazmunli  goyalar  xayoti,  ma’naviyat 

turmushiga  juda  o’xshash.  Rux  ikki  kutb  ya’ni  “Bo’ri  va  Odam”-  instinkt  va  ong 

o’rtasida  urib  turibdi.  Uning  uchta  buyuk  ya’ni  ”Cho’l  bo’risi”(1927),”Narzis  va 

Goldmund”(1930),Munchoqlar  o’yini”  (1943)  romanlari    bu  nemis    gumanist 

yozuvchisi bayon etgan, turli tarafga kochgan uchta  konsentrik aylanadir.  

Yuqorida  tilga  olingan  asarlar  ketma  ketligi    quyidagicha    tarjimai    hol  

tafsilotlariga  qarasak,  reallik  teskari  ketma-ketlikda  rivojlangan,  Ota-onalar, 

misionerlar  va  sharqshunoslar  «Munchoqlar  o’yini  »  ni  taxlil  qilishdi:  Sirkulning 

uchi  yevropa  madaniyati,  iz  qoldiruvchi  qalam-meditatsiya  madaniiyati  va  «Dao» 

g’oyalariga ega sharq   «Narsiss va Goldmund» chizgan ikkinchi  aylana 1891 yil 

bilan belgilandi o’n to’rt   yoshli  Hermann  Hesse Maulbronn  monastirini  teologik  

seminari tinglovchisiga aylangan edi, o’shanda  yarim yildan so’ng, ruxoniylikdan  

voz  kechib,  seminarist  qochib  ketadi.  Sirkul  uchi-dadilik  xayoti,  chuqur  iz 

qoldirgan  qalam-dunyoviy  yozuvchilik  taqdiri.  Uchunchi    aylana-“Cho’l 

bo’risi”mavzusini  adabiyot  belgiladi  .  Bir  qarashda”Cho’l  bo’risi”pafosi  burjua 

dunyoqarashiga qarshi norozilikdek  bo’lib ko’rinadi. 

 Yozuvchi 

asarlarida 

Dostoyevskiyga 

murojaat 

qilganligini 

uning 


“ 

Dostoyevskiy  to’g’risida  “  nomli    risolasidan    ham  bilib  olishiniz  

mumkin.Quyidagi  fikrlarni    uning  risolasidan  bilib  olamiz:”Dostoyevskiy 

to‘g‘risida    biron    yangi  narsa  aytish  qiyin.    U  to‘g‘risida  ko‘p  aqilli  va  kerakli  

fikrlar  aytilgan,  yangi  va  boshqalarga  o‘xshamas    narsalar  o‘z  navbatda  yana 

eskirdi, lekin qachonki biz  boshimizga  g‘am, kulfat tushsa unga murojat  qilamiz, 

o‘ziga tortayotgan  va qo‘rqinchli  yozuvchi obrazi, bizni  oldimizda  yangi sirli  va 

sexrli    shaklda    paydo    bo‘ladi.  Albatta  insof  bizlarni  istiroblar  va  o‘lim 

vahimasidan,    noilojlikga  va  gunoxkorlikka  olib  keladi.  Bu  insoflik  xech  qanday  


30 

 

diyonatga  aloqasi,  u  bilan  qat’iy  qarama  qarshi  bo‘lishi  mumkin  lekin  baribir  



cheksiz kuchlidir, u xudbinlikdan,  manfaatlikdan, aldovlardan kuchlidir. U xattoki 

mushkul    va  notovonlik    paytda,  ingichka  bo‘lsa  xam  yo‘lakchani  qoldiradi.  Bu 

orqaga  talofatga  xukum  qilingan    dunyoga  emas,  balki  shu  orqali    Alloxga 

yo‘lakdir.  Odamni  insoflikga  chorlayotgan  yo‘l  mushkuldir.  Diyonatga  odam 

chorlayotgan  yo‘l    ochchiqdir,    deyarli  xamma  uning  qonunlarini  buzishadi  unga 

qarshilik qiladilar, o‘zini  mushkil  axvolga qo‘yib qiynovdan vafot etishadi,  lekin 

xammaga  bu  sirli  yo‘l  ochiqdir  bu  xayotni  mazmunli  qiladi    va  o‘limni  

yengillashtiradi. Ayrimlar o‘z insofiga qarshi gunoxkorlikga botishadi va do‘zoxni  

tubigacha yopib eng nopok  darajasigacha yetadilar,  oxirida o‘z gunoxlarini bilib,  

tovba qilib, xatolarini anglab, qalblari o‘zgaradi.  Boshqalar o‘zlarini insoflari bilan  

kelishgan  xolda yashashadi.  Ularda juda kam avliyo  baxtlilar. Ular bilan qanday 

falokat  bo‘lmasin,  faqat    tashqi  ta’sir  qiladi  va  xech  qachon  yuraklarga    ta’sir 

yetmaydi. Ular xamisha qalblari toza va  chexralaridan tabassum arimaydi. Knyaz  

Misikin shunday toifaga  kiradi.  

Hermann  Hesse  ma’rifatning yevropa  goyalarida tarbiya ko’rgan  inson shaxsiyati  

sinishini  qanday  boshidan  kechirganligi  to’grisida  yozadi.  Joy  va  vaqt  birligini 

xisobga  olib  bu  sinishni  yevropa    gumanistlari  asoslarini  larzaga  solgan  jaxon 

urushini  oqibati  deb  tushintirish  mumkin.  Biroq  Hermann  Hessening  o’zi  bunday  

tushunchalar bilan cheklanib qolmaydi. XX asr boshlaridagi yevropa intellegenti -

Harri  Haller,  Hesening  fikricha  «Dostoyevskiy  xaosi»  bilan  belgilangan  .Aynan 

shu  xaosni  Hermann  Hesse  Davr  kasali  deb  ataydi.Harri  Hallerni  shu  kasallikka 

uchragan kishi sifatida o’z asarida talqin etadi. 

            Hermann Hessening fikricha bu kasallkka  nokomil individlar emas, kuchli 

aqqli va qobiliyatli individlar chalinadi. Hermann Hessening adabiy qaxramoni bu 

dunyoga o’z  ixtiyori bilan sayoxat qiladi, xolis va yashirincha   kuch sinamoqchi  

bo’ladi. 

  Hermann  Hesse  o‘z  davri  avlodiga  raxm  bilan  qaraydi.  U  yuz  yilliklar 

chegarasidagi  odam «har qanday» himoyani yo‘qotib, ikki davr ikki turmush tarzi 

oralig’ida  qolib  ketadi.  Hermann  Hesse  so‘z  yuritgan  ikki    xil  turmush  tarzi  –bu 


31 

 

an’anviy  yevropacha  botartiblik  va  Yevropaga  Rossiya      chullaridan  kirib 



kelayotgan  rux «xaosi». 

   Hermann  Hesse,  Yevropadagi    Cho‘l  bo‘risi,  ma’naviy  yolg‘izlikda  edi. 

Hermann  Hesse  shunday  yozuvchilar  qatoriga    kiradi.  O’z  kastaliyasida  sovqotib 

qolgan o’z o’quvchilariga  Hermann  Hesse yevropalik  bilishi kerak bulgan barcha 

narsalar tugrisida gapirib berdi. Biz o‘tkarib  yuborgan darslarni tushuntirdi. 

  Bu saboqlarni oddiy deb bo‘lmaydi. Unda  anglab bo’lmaydgan narsalar bor. Har 

bir  intellegent  Cho’l  bo’risi.  Meshchalik-xaos  ning  xikoyasi.  Intellegent  faqat 

meshchanlik-qo’ylar podasi bor joyda tirik qoladi. Qo’ylar yo’q  joyda bo’ri-odam 

fakat bo’riga aylanadi. Harri Haller -intelligent. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


32 

 

2.3. „Nyurenbergga sayohat  “asarida  gumanizm 

Hermann  Hesse  „Nyurenbergga  sayohat    “  asari  ham  gumanistik  g’oyalar 

bilan  yo’g’rilgan asardir.Asar boshlanishidanoq  yozuvchi kitobxonni o’z vataniga 

mehrli,sadoqatli  bo’lish  kabi  tuyg’ularni  singdirishga  undaydi.Inson  doimo  o’z 

vatanini qadrlamog’i kerak ,degan  fikr  uning asarida asosiy bosh  mavzudir.Hesse 

o’z  vatani  tarixi  ,diqqatga  sazovor  joylari,nemis  qadriyatiga  aylangan  asarlar  ,joy 

nomlarini  shunday  ta’riflaydiki  ,uni  o’qigan  har  bir    kitobxonda  vatanga  bo’lgan 

mehru  muxabbatnigina  emas,balki  milliy  qadriyatlarni  avaylab  asrash  kabi 

tuyg’ularni shakllanishiga turtki bo’lishi tabiiydir.  

Buni biz ushbu misollarda ham ko’rishimiz mumkin. 

“…Blauboyren  –  bu  men  bolaligimda  o`zim  tahsil  ko`rgan  maktabga 

o`xshash  diniy  maktabga  ega  bo`lgan  qadrdon  shvab  shaharchasi  edi.  Bundan 

tashqari,  Blauboyrenda,  xuddi  ana  shu  rohiblar  maskanida  ajoyib  hamda 

qimmatbaho  narsalarni,  jumladan,  gotik  mehrobni  ham  ko`rish  mumkin  edi. 

Shunday  bo`lsa  ham,  san`atshunoslikka  oid  ushbu  dalillar  meni  xarakatga  keltira 

olishi amrimahol edi. Lekin aynan „Blauboyren“ kalimasida boshqa yana nimadir, 

shvabiyaliklarga  xos  shoirona  bir  narsa,  men  uchun  butkul  benazir  go`zallik 

jaranglar  edi:  Blauboyren  yonida  mashhur  Klyotsle  Blay  joylashgan, 

Blauboyrendagi  Blautopfda  esa  qachonlardir  sohibjamol  Lau  yashagan,  ana  shu 

sohibjamol Lau, hikoyanavisning tasvirlashicha, yer osti yo`li bo`ylab Blautopfdan 

Rohibalar  yerto`lasiga  qadar  suzib  o`tib,  u  yerdagi  ochiq  quduq  sahnida 

„ko`ksigacha suvda“ paydo bo`larkan. 

22

 



“…Qanday  go`zal,  qanday  maftunkor  narsalarni  ko`rmadim  bu  mahobatli 

shaharda! O, nafaqat ajoyib diqqatga sazovor joylar, cherkovlar, favvoralar, Dyurer 

uyi,  qal`a,  balki  mayda,  tasodifiy,  aslida  menga  qadrli  bo`lgan  bir  talay  narsalar. 

“Shar”  deb  ataladigan  bir  dorixonada  (u  mustahkam  va  muhtasham  eski  binoda 

joylashgan  edi),  o`zimga  cho`milish  uchun  yangi  ko`zoynak  sotib  oldim,  bu 

yerdagi  vitrinalardan  birida  hozirgina  tuxumdan  chiqqan  timsohchaning  tulumi 

                                                

22

 H. Hesse “Nyurnbergga sayohat” T. 2012, 27-28- betlar 



33 

 

tuxum  po`chog`i  bilan  birga  qo`yib  qo`yilibdi.  Bu  yerda  meni  shunga  o`xshash 



yana ko`pgina narsalar o`ziga tortdi.

23

 



Yana  bir  misolda  esa  yozuvchi  Blauboyrenni  Lau  belgisi  ostida  xuddi  ertak 

shaharda tushib qolgandek tasvirlaydi. 

“…Hatto  bolalik  yillarim  kechgan  na  ota  uyi,  na  jonajon  shahrim  men  uchun  bu 

qadar  sehrga  ega  emas  edi.  Men  ularni  tez-tez  ko`rib  turar  va  unutar  edim.  Biroq 

“Blauboyren”  sadosi  bilan  paydo  bo`lgan  manzaralarda  yoshligim,  vatanim  va 

xalqim  bilan  bo`lgan  ruhiy  aloqalardan  menda  nimaiki  qolgan  bo`lsa,  barchasi 

mujassam edi. Va bu aloqalar, xotiralar hamda his-tuyg`ularning barchasi Venera, 

go`zal  Lau belgisi ostida bo`lardi.  Bundan-da kuchliroq sehr-joduni tasavvur  ham 

qilib bo`lmas edi. 

24

  



Hermann  Hesse  о‘sib  kelayotgan  avlod  uchun  ulkan  ta’sir    kuchiga  ega,  uning 

kitoblari  yoshlarni  juda  qiziqtiradi.  Birinchi  navbatda  о‘smirlar  uning  asarlarini 

о‘zlari  uchun  hayot  mazmuni  tо‘g‘risidagi  doimiy  dolzarb  masalalarini  yechish 

maxoratini  talab  qiluvchi  da’vat  sifatida  qabul  qiladilar.Yozuvchining  vatani 

Germaniyaga  bo’lgan  go’zal  tuyg’ularini    cheksiz  ekanliginini  ushbu  misoldan   

bilib olamiz. 

   

 „…  Shvartsvalddagi  tug`ilib  o`sgan  jonajon  shahrimdan  tashqari,  gapning 



to`g`risi, Lokarno atrofidagi faqat mana shu joylar menda haqiqiy vatan tuyg`usini 

uyg`otar  va bundan  menda  hali  ham  nimadir saqlanib qolgan  va bu  meni  xursand 

qilar edi.

25

 



Hermann    Hesse  XX  asrning  eng  yirik  namoyondalaridan      biridir.  U    yozuvchi 

shoir,  rassom,  prozanavis,  publitsist,  tanqidchi,  faylasuf,  jamoat  arbobi.  Hermann 

Hesse  Gyote,  Geyne,  Shiller,  Lessing,  Tomas  Mannlar  singari    jahon  adabiyoti     

badiiy    tafakkur  taraqqiyotining  buyuk  siymolari  qatorida    turadi.  U  jahon 

adabiyotida  ijtimoiy, falsafiy hamda  badiiy-estetik tafakkur  kamolotiga barkamol 

hissa  qo’shgan  sanatkorlardan  biri  sifatida  katta  etibor  qozondi.Fikrimizning 

tasdig’ini ushbu misoldaham ko’rishimiz mumkin: 

                                                

23

 H. Hesse “Nyurnbergga sayohat” T. 2012, 78- bet 



24

 H. Hesse “Nyurnbergga sayohat” T. 2012, 29- bet 

25

 H. Hesse “Nyurnbergga sayohat” T. 2012, 41- bet 



34 

 

“…Yana  omma  oldida  so`zlashga  taklifnomalar  kelgan  edi.  Ulardan  bittasi: 



zamonaviy  Yevropaning  Sharqqa,  Hindiston  Xitoyga  intilishi  haqida  ma`ruza 

o`qish to`g`risidagi taklif meni   qiziqtirib qoldi.

26

 

Hermann  Hesse  o’zining  ushbu  „Nyurenbergga  sayohat“  asarida  Hyolderling 



ijodini yuqori baholaydi va u haqda shunday fikr bildiradi: 

“… Bu- Hyolderlinning she`ri, “Tun” deb nomlangan parcha edi. O, men o`shanda 

shu  bir  nechagina  satrlarni  qo`ldan  qo`ymay  o`qirdim,  naqadar  hayratlanarli, 

naqadar sehrli hamda yondiradigan va bir oz  cho`chitadigan edi bu hissiyot: mana 

she`riyat! Mana shoir! Quloqlarim ostida ilk bor otam  va onam  tili naqadar teran, 

naqadar  muqaddas,  shu  bilan  birga  qudratli  jaranglardi.  Men,  bola  uchun  haqiqiy 

ma`nosi tushunarsiz bo`lgan  ushbu  favqulotda zo`r she`rlardan  kelajakni  oldindan 

ko`ra bilish sehri, sirli she`riyat ufurib turardi!                 

   … Shom cho`kdi, yulduzlar jimirlar ko`kda, 

   Bizning tashvishlardan tamom xoli, hur. 

   Tog` cho`qqisi uzra sirli shukuh-la   

   To`lin oy surur-la sochayotir nur.

27

 

Shuning uchun hozirgi nemis yozuvchilarining (shu jumladan, albatta, kaminaning 



ham)  chinakam  asarlar  yaratish  yo`lidagi  urinishlari  menga  hamisha  qandaydir 

nochor,  ijoddan  uzoq,  taqlidgo`ylikdan  iborat  bo`lib  ko`rinadi;  hamma  joyda 

shablon,  jonsiz  nusxa,  qolip  izi  sezilib  turadi.  Bilaks,  o`tish  davri  adabiyotining, 

o`z  ishonchini  yo`qotgan  muammoli  she`riyat  qadr-qimmatini  men,  avvalo, 

ularning  o`z  musibatlari  hamda  o`z  davrining  kulfatlarini  ochiq-  oydin  e`tirof 

etishida, deb bilaman.

28

 

Hermann  Hessening ”Peter  Kaminsend",  "Demian",  "Siddxartxa",  «Cho’l bo’risi» 



"Marjonlar  o’yini",„Nyurenbergga  sayohat    “    kabi  asarlari  jahon  adabiyotining 

boyligiga aylandi. Uning hayotligidayoq asarlari jahonning ko’plab tillariga tarjima 

qilindi.  Rivojlanish    kuchayib  borayotgan  asrda  etika  va  estetika,  an’analar  va 

novatorlik,  kelajak    istiqboliga  ishonch    Hermann  Hesse  asarlarida    o’z  aksini 

                                                

26

 H. Hesse “Nyurnbergga sayohat” T. 2012, 48- bet 



27

 H. Hesse “Nyurnbergga sayohat” T. 2012, 53- bet 

28

 H. Hesse “Nyurnbergga sayohat” T. 2012, 61-60- betlar 



35 

 

topgan.Asarda  Hermann  Hessening  1925  yil  sentyabr  oyidan  boshlab  noyabr  oyi 



oxirigicha  davom  etgan    janubiy  Germaniya  bo’ylab  sayohati  haqida  hikoya 

qilinadi.Unda  u  Tessin  ,Ulm  ,Augsburg,Nyurenberg,Lokarno    va  Myunxen 

manzaralari  ,joylashuvi,iqlimi,urf  odatlari  va  u  yerlik  kishilar  haqida  so’z 

yuritadi.Asar  birinchi  bor    1927  yil  Berlindagi  “Fisher”  nashriyotida  bosmadan 

chiqadi.     

  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

36 

 

III.BOB. 



Gumanizmni ifodalashda badiiy tasvir vositalarining tarjimada  berilishi. 

3.1. Obraz va obrazlilikning tarjimada aks etishi. 

Hermann Hesse o’z  ijodi  bilan Olmoniyadagi ko’plab avlodlarga katta ta’sir 

ko’rsatgan, asarlari eng ko’p mutolaa qilinadigan olmon adiblaridan biridir.  Uning 

jami  asarlari  orasida  “Cho’l  bo’risi”  romanini  alohida  ta’kidlash  lozim.  “Cho’l 

bo’risi”  muallifga  olamshumul  shuhrat  keltirgan  asardir.  Asarning  xalqaro 

miqyosda  qabul  qilinishi  hamda  olamshumul  ahamiyati  nuqtai-nazaridan  uning 

o’zbek  tiliga  ilk  bor  tarjima  etilishi  o’ziga  xos  madaniy  voqeadir.  Til  va  uslub 

jihatidan  o’ziga xos, yuksak  did  bilan yozilgan asar tarjimasi  mutarjimdan katta 

mahorat  talab  qilishi  tabiiydir.  Tarjimon  Mirzaali  Akbarov  bu  vazifani  shunday 

uddalaganki, asar o’quvchida  zo’r  taassurot qoldiradi. U taqdim etgan tarjima tili 

juda yuksak saviyada, shu  bilan  birga oson va yengil o’qiladi. Bitiruv  malakaviy 

ishimizda ko’riladigan masalalardan biri tarjimada obrazlilikning qay darajada aks 

etganligini  aniqlashdir.  Shu  bois,  biz    avvalo  obrazga  ta’rif    berishni  joiz  deb 

bildik. 


Badiiy  asarlarda  mazmun  va  shaklning,  mavzu  va  g’oyaning birligini  o’zida 

ifodalovchi asosiy vosita obrazdir. 

San’at    asarida    yozuvchining  dunyo  qarashi,  voqelikni  idrok  etishi,  estetik 

didi kabi qator kategoriyalarni yaratgan badiiy obrazlarsiz tasavvur etish qiyin. 

Badiiy  asarlar  tahlilida  tanqidchi  dastavval  asosiy  diqqatni  asardagi 

obrazlarning 

hayotiyligi 

masalasiga 

qaratadi. 

Shuning 


uchun 

adabiyotshunoslarimiz shuni aytadiki, adabiyotshunoslikda birinchi  galdagi  vazifa 

obraz iborasining mazmunini aniqlashdir. 

Adabiyot    va  san’at    voqelikni  obrazlar  vositasida  aks  ettirar  ekan,  har  bir 

asarda    tasvirlangan  narsa,  predmet  yoki  ishtirok  etuvchi    shaxslar  keng  ma’noda 

obraz  deyiladi.

29

  Ammo,  shunga  qaramay,  obraz  termini  adabiyot  va  san’atda  bir 



                                                

29

 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” 



Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil.219- bet 

37 

 

muncha  chegaralangan  ma’noda  –  faqat  insonga  nisbatan  qo’llaniladi.  Obraz 



termini  xuddi ana shu  ma’noda adabiyot  va san’atdagi obrazlilik tushunchasining  

eng  muhim,  eng  o’zak  qismini  tashkil  etadi.Shuning  uchun  ham  adabiyot  va 

san’atdagi qolgan barcha narsalar inson obrazi uchun xizmat qiladi. 

Demak  ijodkorning  hayotiy  kuzatishlari  asosida  shakllangan, uning  badiiy 

to’qimasida  aks  etgan,  ma’lum  g’oyani    tashuvchi  inson  hayotining    konkret  va 

ayni paytda umumlashgan tasviri obraz deb ataladi.  Obraz deb, insonlarning ichki 

va  tashqi  dunyosini,  voqea-hodisalarning,  o’simlik  va  jonivorlarning,  tabiat 

manzaralarining  umumlashtirib  va  aniqlashtirib  tasvirlangan,  muayyan  g’oyaviy-

estetik vazifani bajaradigan kartinasiga aytiladi. 

Ijodkor  o’zi  yaratgan  obrazlarni  ham  hayotiy  qonuniyat,  ham  san’at  va 

adabiyotdagi qonuniyatlar vositasida boshqarib boradi.

30

 



Obraz  san’at  va  adabiyotni  harakatga  keltiruvchi  asosiy  tushunchalardan 

biridir. 



Obraz –personaj 

Obraz-xarakter 

Demak,  yozuvchi  asar  g’oyasining  rang  -  barangligini  oshirish  maqsadida 

obraz vositalardan keng foydalanadi. 

Quyida  biz  ham  H.Hessening  “Cho’l  bo’risi”  romanidagi  bir  necha  obrazli 

vositalar va ularning tarjimadagi ifodasi haqida fikr yuritmoqchimiz. 

Buning  uchun,  dastavval  bir  necha  obrazli  vositalar  haqida  tushuncha  hosil 

qilib  olmog’imiz  lozim.  Bu  tushunchalarga  aniqlik  kiritish  maqsadida  biz  yana 

manbalarga murojat qilamiz. 

Quyidagi  tavsiflarni  Hojiyev  A.  Tilshunoslik  terminlari  izohli  lug’ati  hamda 

hozirgi o’zbek tili faol so’zlarining  izohli  lug’ati.  Ibrohimova.  Adabiyotshunoslik 

terminlari lug’ati kabi adabiyotlardan keltiramiz:  

                                                                                                                                                       

 

 

30



 N.Xotamov,B.Sarimsoqov.”Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha –o’zbekcha izohli lug’ati”,Toshkent-

O’qituvchi-1983 yil,222 bet 

 

 


38 

 

alliteratsiya  -  (lot,  aol  -  old,  -  ga  +litera  -  harf).  Misralar,  undagi  so’zlar 



boshida bir xil undosh tovushlarning takror qo’llanishi. 

Antiteza  -  (gr.  antithesis-    qarama-qarshi  qo’yish)-tazod,  qarshilantirish.

31

 

Qiyoslanuvchi  fikr,  tushuncha  kabilarni  qarama-qarshi  qo’yishdan  iborat  uslubiy 



qo’llanish. 

Litota    (gr.  litotes-oddiylik)  litota,  kichraytirish,    narsa-hodisa  yoki  belgining 

hajmi, kuchi kabilarni bo’rttirib –zaiflashtirib  tasvirlash.

32

 



Oksimoron    (gr,  oxymoron-zakiy  nodon  so’zidan  olingan)

33

  badiiy  ko’chim 



turlaridan  biri  bo’lib,  tarkibidagi  qarama-qarshi  ma’noli  tushunchalar  yangi  bir 

kutilmagan ma’noni keltirib chiqaradi. Oksimorondagi mana shu xususiyat kuchli 

obrazlilik  kasb  etadi.  Qiyoslash  narsa,  hodisa  yoki  tushunchani  ma’lum 

umumiylikka, o’xshashlik  esa  bo’lgan boshqa narsa hodisa yoki tushuncha bilan 

chog’ishtirish.  Ko’pincha  badiiy  asar  nomlari  ham  oksimoron  asosida  qo’yiladi. 

Masalan”Tirilgan murda”,”Barhayot o’liklar” ,”Cho’l bo’risi” kabi. 

Metafora (gr.methaphora-ko’chirish so’zidan)ikki narsa o’rtasidagi yaqinlikka 

asoslangan o’xshashsiz ko’chim.

34

 

Metonomiya  (gr.metonamadzo-qayta  nomlash  so’zidan)  ikki  tushuncha 



o’rtasidagi yaqinlikka asosolangan o’xshashsiz ko’chim.

35

 



Jonlantirish    badiiy  tasvir  usullaridan  biri  bo’lib,  jonsiz  yoki  mavhum 

narsalarda  insonga  xos  xususiyatlarni,  ya’ni    jonsiz  predmetlarni  insonlar  kabi 

harakat qiladigan, fikrlaydigan, so’zlaydigan qilib tasvirlash.

36

 



Quyida obrazli vositalar ishtirokidagi bir nechta misollarni keltiramiz. 

Asl nusxada: 

                                                

31

 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” 



Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil. 33- bet 

32

 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” 



Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil. 184- bet 

33

 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” 



Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil. 226- bet 

34

 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” 



Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil. 192- bet 

35

 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” 



Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil. 194- bet 

36

 N.Xotamov.B.Sarimsoqov”.Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” 



Toshkent”O’qituvchi”-1983 yil .226- bet 

 


39 

 

… richtig wie ein Wolf im Käfig geht, die ganze Nacht bis fast zum morgen 



war Licht in seinem zimmer.

37

 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling