О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


II. Bob. Оbrаzli xоtirа. Eydetik xоtirа. Emоtsiоnаl xоtirа. So’z-mаntiq


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana28.07.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1663160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
II. Bob. Оbrаzli xоtirа. Eydetik xоtirа. Emоtsiоnаl xоtirа. So’z-mаntiq 
xоtirаsi. Kоgnitiv vа shаxslilik xоtirаsi.
Psixofarmokologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, eydetik ob-razlarni 
kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek, uni kuchsiz-lantiruvchi kalsiy ionlari 
moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlarda olingan miqdoriy materiallar eydetik 
obrazlar paydo bo‘lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi. 
Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murak-kabroqturi bo‘lib 
hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, 
gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari 
subyekt-ning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushuncha-lar talqin 
qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin 
eydetik obrazlar haqidagi psixologik tah-lil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur obrazlari 
unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farqtasavvur obrazlari-ning 
polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, 
eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva 
to‘g‘risidagi tasavvur ob-razi uning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi), mazasi, 
og‘irligi, vaz-nini o‘zaro birlashtirib aks ettiradi. Tasavvur obrazlarining eydetik 
obrazlaridan asosiy farqi shun-dan iboratki, u o‘z tarkibiga narsa haqidagi 
tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni kiritadi va jismlarning asosiy 
xususiyatlarini ajratib, ma’lum bir kategoriyaga birlashtiradi. Inson gul obrazini 
faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so‘z yoki tushuncha bilan ataydi, 
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi. Demak, 
tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsaning izini sust ravishda 
saqlabgina qolmay, balki bir qator tasavvurlar bilan boyitadi, narsa mazmuni va 
mohiyatini tahlil qilib, u haqidagi o‘z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan 


15 
bog‘lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bu-larning barchasi irodaviy 
sifatlar, aqliy zo‘riqish, asabiy taranglashuv natijasida ro‘yobga chiqadi. Xullas, 
tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyat mahsu-li hisoblanib, ular izchil yoki 
eydetik obrazlarga nisbatan murak-kab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari 
xotira izlarining murakkab turi bo‘lib, uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson 
bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismidan biri ekanligidan dalolat beradi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling