О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Xоtirа аssоtsiаtsiyalаri


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana28.07.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1663160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.2. Xоtirа аssоtsiаtsiyalаri.
Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda dolzarb paytda bevosita idrok 
qilinayotgan narsalarni go‘yo ko‘rishda, eshitishda da-vom etayotgandek tuyuladi. 
Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan be-qaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu 
qadar maxsus tajriba ortti-rish mexanizmlarning faoliyatida muhim ahamiyat kasb 
etadi, shu bo-isdan ularning roli shu qadar ahamiyatliki, bu jarayonlarga esda olib 
qolish, esda saqlash, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning 
alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon, odatda, psixologik fanda qisqa 
muddatli xotira deb ataladi. Juda ko‘p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida 
material-ni uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda qisqa muddatli xoti-ra bir 
marta hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ongdayoq qayta 
tiklashdan so‘ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi. Hozirgi zamon 
ilmiy adabiyotlarida qisqa muddatli xotiraning quyidagi atamalari mavjud: «bir 
lahzalik», «zudlik», dastlabki, qisqa muddatli va boshqalar. Operativ xotira. Inson 
tomonidan bevosita amalga oshirilayot gan faol, tezkor harakatlar, usullar uchun 
xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. 
Hozirgi za-mon psixologiyasida ushbu holatni namoyish qilish uchun ushbu misol 
keltiriladi: matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan 


18 
bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. Shu boisdan, oraliq 
natijalarini yodda saqlashga intilamiz, niho-yasiga (oxirga, yakunlanishga) 
yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Mazkur holat matnni-
talaba yoki o‘quvchi tomonidan o‘qishda, uni ko‘chirib yozishda, ijodiy fikr 
yuritishda, akdiy faoliyati amalga oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur 
faoliyatda xotiraning birliklari deb nomlanadigan qism-lar (bo‘laklar, parchalar), 
hajmi va ko‘lami u yoki bu faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Xotirada omilkor, tezkor birliklarni tarkib topishida ana shu qismlarning 
aniqlov-chilik ahamiyati kattadir. Qismning hajmi, ko‘lami, aniqligi, la-billigi, 
taktik va startegik xususiyatga ega ekanligi muhim ahami-yatga ega (misol uchun: 
pochta qutisi). Ramziy ma’noda yuqorida qisqa-cha mulohaza yuritilgan xotira 
turlari quyidagicha uzviy bog‘liqlik-ka egadir: operativ-qisqa muddatli va uzoq 
muddatli. 

 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling