О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Xotiraning davomiyligiga qarab turlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana28.07.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1663160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xotiraning davomiyligiga qarab turlari 

 
- Sensorli xotira 

 
-Qisqa muddatli xotira va ishchi xotira 

 
-Uzoq muddatli xotira 

 
Xotiraning ongli yoki ongsiz bo'lishiga qarab turlari 

 
-Aniq xotira 

 
-Ma'lum bo'lgan xotira 

 
Tarkibiga ko'ra xotira turlari 

 
-Avtobiyografik yoki epizodik xotira 

 
-Memantik xotira 

 
-Instrumental yoki protsessual xotira 

 
-Topografik xotira 


19 

 
- Tasodifiy xotira yoki priming 

 
Xotira turlari vaqtinchalik manzilga muvofiq 

 
-Retrospektiv 

 
- istiqbolli 

 
Axborotning tan olinishi yoki olinishiga asoslangan xotira turlari 

 
- Tanishuv xotirasi 

 
- Qutqarish xotirasi 

 
Xotiraning noodatiy turlari 

 
-Eidetik xotira 
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli 
uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilmaxil 
ko’rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga 
ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda 
saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi 
faoliyatningxususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta 
muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko’rinishlarga ajratiladi: 
I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi turlarga bo’linadi: 
а) harakat yoki motorharakat xotirasi; 
b) obrazli xotira; 
v) histuyru yoki hissiyot xotirasi; 
g) so’zmantiq xotira. 
II. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;
a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexaniq. 
III. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra: 
а) qisqa muddatli xotira
b) uzoq muddatli; 
v) operativ (tezkor) xotira. 
IV. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga ko’ra:


20 
a) musiqiy, b) eshitish xotirasi. 
V. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal, b) kasbiy. 
Esda qoldirish jarayonida odamning ongli ravishda irodaviy aktivlik
ko’rsatish darajasi turlicha bulishi mumkin. Shu jixatdan esda qoldirish ixtiyorsiz 
va ixtiyoriy xillarga ajratiladi. Ixtiyorsiz esda qoldirishda odam oldindan xech bir 
maqsadni kuzlamagan xolda va maxsus usullarni kullamasdan esga olib koladi. 
Ixtiyoriy esda qoldirish maqsadga qaratilgan bo’ladi va esga olishning maxsus 
usullaridan foydalanishini nazarda tutadi. Esda qoldirish jarayonida o’quvchining
irodaviy zur berishi shuningdek fikriy aktivligi o’rganiladigan materiallarning
moxiyatini tushunishi katta rol’ uynaydi. Esda qoldirish fikriy aktivlik darajasiga 
qarab mexaniq va ma’nosiga tushunib logik esda qoldirish xillariga ajratilishi 
mumkin. Mexaniq esda qoldirish yondoshlik bo’yicha yakka tartibdagi vaqtli
bog’lanishlarga asoslangan bo’lib bunda esda qoldirish kishidan kup vaqt sarflashni 
talab etadi va uncha mustaxkam bo’lmaydi. Ta’lim jarayonida shubxasiz ma’nosiga 
tushunib esda qoldirishiga suyanib ish ko’rish kerak. Bunda esda qoldirish 
o’rganiladigan xodisalarning moxiyatini tushunishga va bu xodisalar urtasidagi 
sabab natija bog’lanishlarini aniqlashga asoslangan bo’ladi. Ma’nosiga tushunish 
va sabab natija bog’lanishlarini topishgina esda qoldirishning yuksak darajada 
samarali va puxta bo’lishini ta’minlaydi. Darsda esga olingan materialni xotirada 
mustaxkam saqlab kolishda takrorlash muxim rol o’ynaydi. Takrorlash esda olib 
kolish lozim bo’lgan materialni boyitish binobarin yuzaga keluvchi muvaqqat nerv 
bog’lanishlarini mustaxkamlash demakdir. 
Materialning muvafokiyatli esga tushushi avvalo uning puxta to’la aniq 
esga olingan bulishiga bog’liqdir. Esga olish jarayonida yuzaga kelgan muvvaqqat
nerv bog’lanishlarining keyinchalik muayyyan qo’zg’atuvchilar ta’sirida qayta 
jonlanishi esga tushurishning fiziologik asosi xisoblanadi. Esga tushuirishning eng 
soda kurinishi tanishdir. Bunday xol ilgari idrok etilgan ob’yektning yana
yangidan idrok etishiga kelgan paytda ruy beradi. Ilgari bir marta idrok etilgan odam
joy vam usika kuyiga oradan ma’lum vaqt utgandan keyin yana tuknash kelgan 
paytimizda biz ularni taniymiz. Esga tushurish ikki xilga ixtiyorsiz va ixtiyoriy esga 
tushurishga ajraladi. 
Ilgari idrok qilingan materialning odamda xech bir maqsadsiz esiga tushub 
qolishi ixtiyorsiz esga tushirish bo’lib bunda ilgari idrok qilingan narsa va 
xodisalarning obrazlari odamda uning xoxishiga bog’liq bo’lmagan xolda ongida 
gavdalanadi. Ta’lim jarayonida xam ko’pincha ixtiyoriy esga tushirishga tayanib 
ish ko’rishga tugri keladi. Esga tushirishda kishidan irodaviy zur berishni talab 
etuvchi aktiv fikrlash jarayoni eslash deb ataladi. Eslash ixtiyoriy esga tushirish va 
tanishning eng murakkab kurinishidir. 


21 
Tormozlangan bog’lanishlar oradan bir necha vaqt utgandan keyingina yana 
jonlana oladi. Bu kechikkan esga tushirish bo’lib reminissensiya deb ataladi. 
Bunday xodisa ayniksa kichik yoshdagi maktab ukvchilarida qiyin materialni kup 
marta takrorlashi natijasida yuz beradi. Perseveratsiya xodisasi turli obrazlarning 
irodamizga bog’liq bo’lmagan va xatto irodamizga buysunmagan xolda ongimizda 
uz-uzidan gavdalanishidir.
Esga olingan materialning esda saklanishi uni turli shakllarda esga 
tushirishning zarur shartidir. Fiziologik nuktai nazardan qaraganda, esda saklash 
nerv sistemasining aloxida xossasi uning platikligi bilan bog’liqdir, bu xossa, 
jumladan, nerv sistemasining ilgari xosil qilingan nerv bog’lanishlarini uzida saklab 
kolish kobiliyatida namoyon bo’ladi. Unitish esda saklashning teskarisi bo’lgan 
jarayondir. Unitish ilgari esda qoldirilgan materialni to’liq yoki qisman esga tushira 
olmaslikdan, uni eslay yoki taniy olmaslikdan iboratdir.
Xotira inson hayot iva foliyatining barcha soxalarida katnashishi tufayli 
namoyon bulish shakllari xam nixoyat darajada xar xildir. 
Xotiraning xar xil turlarini ajratishda en umumiy asos qilib xotira 
xarakteristikasining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari amalga 
oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog’liqligi olinadi, bunda xotiraning ayrim 
turlari uchta asosiy kriteriyaga muvofiq ravishda bo’linadi.
1.Ko’proq faoliyatda ko’rinadigan psixik faollik xarakteriga qarab, xotirani
harakat, emotsional, obrazli va suz-mantikiy xotira turlariga bulinadi. 
2.Faoliyat maqsadi xarakteriga kura, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga 
bulinadi.
3.Materailani qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab 
(faoliyatda xotiraning roli va urni jixatidan) qisqa muddatli, uzoq muddatli operativ 
xotira turlariga bo’linadi.
A) Harakat xotirasi-turli xil harakatlar va ularning sistemalarini esga olish, 
esda saklash va qayta esga tushirishdan iboratdir 
B) Emotsional xotira odamning ilgari uz boshidan kechirgan xis-
tuyg’ularini, emotsional xolatlarini esda olib qolishidir. Bu tuyga xissiyotga xos 
xotiradir. 
V) Obrazli xotira tasavvurlar,tabiat va hayot manzaralari,shuning bilan 
birga tovushlar, xidlar, tamlar, bilan bog’liq xotiradir. Obraz xotirasi orqali material 
birinchi signallar tarzida, ko’rish, eshitish, harakat, tuyush va boshqa sezgi 
tasavvurlari haqida esda olib kolingan. Ba’zan eydetik deb atalgan(«eydos»-
yunoncha suzdan olingan bo’lib, obraz degan ma’noni anglatadi)xotira turlariga ega 
bo’lgan odamlar uchrab turadi. 


22 
Xotiraning eydetik obrazlari yoki konkret ko’rgazmali obrazlari tashqi 
ta’surotlar tufayli sezgi a’zolarining qo’zg’alish natijasidir. 
G) Suz mantikiy xotira mazmunini bizning fikrlarimiz tashkil qiladi.Suzlar 
bo’lmasa,fikrlar xam bo’lmaydi. Shuning uchun xam fikrlarimizga xos xotira 
shunchaki mantikiy xotira deb atalmay,balki suz-mantikiy xotira deb ataladi. 
Suzlar orqali ifodalangan fikrlar suz mantik xotirasi yordamida esda olib 
kolinadi.
D) 
Fenomenal xotira–bir vaqtning uzida juda katta xajmdagi 
ma’lumotlarni esda olib kolishdir. Masalan Yuliy Sezar, Napoleon, Motsart Farobiy, 
Imom Al-Buxoriy. 
Yesda olib kolish jarayonlarining faoliyati maqsadlariga muvofik ikki asosiy
turi ixtiyriy va ixtiyorsiz esda olib kolish farq qilinadi. 
A) 
Biror maqsad kuyish esda olib qolish ixtiyoriy xotiradir. Bunda xotira 
jaryonlari uziga xos tarzdagi mnemik harakatlar sifatida yuzaga chikadi 
B) 
Ixtiyorsiz esda olib kolingan material uz-uzidan eslab kolganidek 
tuuladi. Ixtiyorsiz esda olib kolishning unumli bulishi uchun muayyan faoliyatida
tutgan urni muximdir. Ixtiyoriy esda olib kolish maxsus mnemik harakatlar ya’ni
asosiy maqsadi eslab kolishdan iborat bo’lgan harakatlar maxsulidir. 
Qisqa muddatli va uzoq mudatli operativ xotira 
Ma’lum qisqa dakika mobaynida xozir bevosita idrok kilmayotgan narsalarni 
guyo ko’rishda, eshitishda va xokozoda davom etamiz.Bu jarayonlar bekaror va 
uzgaruvchandir, lekin bu protsesslar shu kadar maxsus va tajriba ortirish 
mexanizmlarining ishlarida ularning ularning roli shu kadar axamiyatliki, bu 
protsesslarga yesda olib kolish, esda saklash va informatsiyalarni qayta esga 
tushirishning aloxida turi sifatida qaraladi, bu jarayon qisqa muddatli xotira degan 
nom olgan. Juda kup qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq 
muddat davomida esda saklab kolish xarakterli bo’lgan uzoq muddatli xotiradan fark 
qilgan xolda, qisqa muddatli xotira bir marta xamda juda qisqa vaqt oralig’ida idrok 
qilish va shu ondayok qayta tiklashdan sung juda qisqa muddatli esda olib qolish 
bilan xarakterlanadi. Eydetik obrazlar. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan 
eydetik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan («eydos» — yunoncha «obraz» 
degan ma’noni anglatadi) Eydetik obrazlar, ilmiy tekshirishlarning ko’rsatishicha, 


23 
bolalik va o’spirinlik davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o’tishi 
bilan uning izlari astasekin so’na boradi. 
Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi 
bo’lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, 
meva, gul to’g’risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko’rsatadiki, uning ilgarigi 
tajribalari sub’yektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy 
tushunchalar talqin qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek 
tuyuladi. Lekii eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, 
tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo’lib, o’ziga xos xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Xullas, tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyat mahsuli 
hisoblanib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik 
hodisadir. Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo’lib, uning aьushy 
jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismidan biri 
ekanligidan dalolat beradi. 
Operativ xotira. Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol, tezkor 
harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat 
operativ xotira deb ataladi. 
Chunonchi, biz kandaydir murkkab arifmetik harakatni bajarar ekanmiz, uni 
ayrim kismlarga bo’lib, uni oz-ozdan bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida 
ayrim oraliq natijalarini «yodimizda» saklab turamiz, bajarayotgan ishimizning 
oxirgi natijasiga yaqinlashganimiz sari, konkret «ishlangan» materiallar esdan 
chikib qolishi mumkin. Operativ xotira tushunchasi kim tomonidan bevosita amalga 
oshirilayotgan harakatlar faoliyat uchun xizmat qilayotgan mnemik jarayonlarni 
anglatadi. Operativ xotiraning bu xususiyati uni uzoq va qisqa muddatda xotiradan 
farkli turadi. Operativ xotirada u yoki bu turdagi xotiradan kelib turadigan
materiallar mavjud. Shaxsning uzi o’ylab topib, uzi bevosita bajargan ishlari juda 
oson esga tushadi. Bu xodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling