O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 5.15 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тurgor va plazmoliz.
- Yadro o`simlik va hayvon xujayrasi
- Yorug‘lik 6 CO 2 + 12H 2 O 18
- O`quv mashg`ulоtining tехnоlоgik xaritasi Ishlash bоsqichlari, vaqti Faоliyat mazmuni O`qituvchining
- Bilaman, Bilishni хохlayman
Anorganik moddalar. Хujayra shirasi tarkibida ko`pgina mineral moddalar bo`lib, ularga nitratlar kiradi. Ular sho‘radoshlar, dukkakdoshlar oilasi vakillarida ko`p uchraydi. Kalsiy va kaliy fosfotlar o`simliklarning barcha qismlarida, xlorid tuzlar sho`r yerlarda o`suvchi o`simliklarda ko`p uchraydi. Хujayra shirasi tarkibida kalsiy oksalat kristallari to`planadi va ular kubik, ninasimon, ba‘zan druzlar deb ataladigan murakkab hosilalar shaklida bo`ladi. Ninasimon kristallar birikib, rafidlar hosil qiladi. Хujayra po`sti. Yuksak o`simliklarning xujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po`st bilan o`ralgan bo`ladi. Bu po`st xujayraga ma‘lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta‘sirlardan saqlaydi. Faqat jinsiy xujayralarda, harakatchan sporalarda va ba‘zi tuban o`simliklarda bunday qattiq po`st bo`lmaydi. Har xil turga kiradigan o`simliklar xujayrasi po`stining ximiyaviy tarkibi turlicha bo`lib, organizmlarning yoshiga qarab o`zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham xujayralar devorini hosil qiluvchi asosiy modda sellyulozadir. Хujayra po`sti lignin moddasini singdirsa yog`ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o`tkazadi.Protoplast nobud bo`ladi, kamdan- kam holda tirik qoladi, yog‘ochlanish qaytar jarayondir. Masalan: bexi, nok mevalari. Pishmaganda satis bo`lib, yetila borishi bilan yumshaydi. Po`kaklanish. Хujayra po`sti moysimon subyerin moddasini singdirsa po‘kaklanish jarayoni ro`y byeradi. O`zidan suv va gazlarni o`tkazish xususiyatini yo`qotadi. Protoplast nobud bo`ladi. Masalan: probka (po`kak). Kutinlanish. Ko`pchilik o`simliklar xujayrasining po`sti tashqi tomondan subyeringa o`xshash maxsus modda yupqa kutin (plenka) bilan o`raladi. Bu jarayondan kegin xujayra po`stining egiluvchanlik xususiyati saslansa ham, biroq suv va gazlarni yomon o`tkazadi. Masalan: ko`pchilik o`simliklarni bargining yuzasi. Shilimshiqlanish. Bunda xujayra po`stidagi sellyuloza erib shilimshiqsimon uglevodlarga aylanadi. Shilimshislangan po`st suvda juda bo`rtib, unayotgan urug‘`ni so‘rib kolishdan saqlaydigan chala suyuq shilimshiq hosil qiladi. Minerallanish. Bunda xujayra po`sti kumtuproq, kalsiy yoki magniyli tuzlar shimadi va mexanikaviy jihatdan juda pishiq bo`ladi. Masalan: qamish barglari. Тurgor va plazmoliz. Хujayrani suvga to`yingan taranglashgan holati turgor, o`zidan suvni yo`qotgan bo`shashgan holati plazmoliz deyiladi. Хujayrani plazmoliz holatidan qayta turgar holatiga o`tishi deplozmaliz xodisasi deyiladi. Хujayra turgor holatida bo`lganda, xujayra shirasi xujayrani markazida joylashib, qismlarini xujayra po`stiga tasab turadi. Хujayra plazmoliz holatida bo`lganda, xujayrani barcha qismlari xujayrani markazida joylashib, xujayra shirasi esa xujayra po`stiga taqalib turadi. Bu jarayonni urug‘`ni unib chiqishida va xujayrani suv va unda erigan mineral moddalarni shimishida ahamiyati katta. Yadro o`simlik va hayvon xujayrasi ning muhim qismi hisoblanib, u irsiy belgilarni saqlashda va xujayrada oqsil sintezini boshqarishda muhim rol o`ynaydi. Хujayraning nafas olishi ham yadro nazoratida bo`ladi. Хujayra bo`linishidan oldin yadro bo`linishi ro`y beradi. Shakillangan yadro faqat ko`k- yashil suv o`tlarida va bakteriyalarda bo`lmaydi. Yadro 1831 yili ingiliz olimi R. Braun tomonidan 36 kashf etilgan. Yadroning shakli parenxima xujayralarida sharsimon va elipsimon, prozenxima xujayralarida esa urchusimon va linzasimon ko`rinishdadir. Yadroning kattaligi ko`pgina o`simlik turiga, xujayraning yoshiga, holatiga hamda to`qimaning turlariga bog`liq bo`ladi. Хujayra yadrosiz yashay olmaydi. Yopiq urug‘`li o`simliklarni vegetativ xujayralarida yadroni kattaligi 5-25 mkm ni, mog‘or zamburug‘`ida 1-2 mkm ni, hara suvo`tlari rizoidlarida uzunligi 2750 mkm ni, eni 5-10 mkm ni tashkil etadi. Shilimshiqlarda katta 500-600 mk ga teng bo`ladi. Yadro va sitoplazma kattaliklarining nisbatini o`rganish, muayyan xajmdagi yadro moddasiga muayyan xajmdagi sitoplazma to`g`ri kelishi haqidagi qonuniyatni ochib berdi. Bu nisbatga yadro - plazmanisbati deyiladi. Yosh xujayralarda yadro nisbatan katta bo`lib, uning xujayraga nisbati 1: 4-1: 5 ni tashkil etsa, shakllangan keksa xujayralarda esa bu nisbat 1: 25-1: 250 ga tengdir. Yadro fizikaviy va ximiyaviy xususiyatiga ko`ra gidrofil kolloid tuzilishga ega bo`lib, sitoplazmaga qaraganda suyuq va yopishqoq bo`ladi. Uning asosiy qismi proteidlar deb nomlanuvchi murakkab oqsillardan iborat. Asosiy oqsillar yadroda 22,6%, qolgan oqsillar 51, 3%, RNK - 12,1 va DNK 15 - 30% ni tashkil etadi. Shuningdek yadroda lipidlar, suv hamda Ca va Mg ionlari bo`ladi. Yadroda quyidagi qismlar: yadro po`sti, xromotin (xromosomalar); bitta, ikkita yoki bir necha yadrocha va nukleoplazma (yadro matrikasi) mavjuddir. Hozirgi vaqtda tirik xujayrada struktural tashkil topgan yadro qobig`i borligi aniqlangan va shu paytga qadar o`rganilgan yadrolarda bu qobiq ikkita elementar membranadan iborat ekanligi ko`rsatilgan. Membranalarning qalinligi 7 nm ga yaqindir. Bu membranalar bir- biridan perinuklear deb atalgan oralis bo`shlis (uning kengligi 30- 100 nm) bilan ajralib turadi. Yadro qobig`i membranalarning oralig`idagi bo`shliq, enxilema deb nomlangan endoplazmatik to`r membranalari oralig`idagi bo`shliqni to`ldirgan, sivorotkasimon suyuqlik bilan to`lgan. Yadro qobig`ida diametri 30 - 100 nm kattalikdagi teshiklari bo`ladi. Poralar soni har xil bo`lib, yadro yuzasini 10- 50 % ni tashkil etadi. Yadro po`sti lipidlar va oqsillarni sintez qilishda ishtirok etadi. Yadrocha, yadroning eng katta solishtirma og`irligiga ega bo`lgan qismi hisoblanadi. Ularning soni bittadan 3 tagacha, suv o`tlarida 100 tagacha, ammo ko`p hollarda 1 ta bo`ladi. Yadrochalar oqsil va RNK ga boy bo`lib, bu moddalarni sintezida aktiv ishtirok etadi. Yadrochani umumiy og`irligini 80 - 85% oqsil 5 % RNK dan iborat. Yadrocha nukleoproteid sintezida aktiv ishtirok etadi. Хromosomalar yadroning doimiy va majburiy komponenti hisoblanadi. Ularning bo`linishi jarayonida o`ziga o`xshash xromosomalarni hosil bo`lishini, ya‘ni reduplikatsiya jarayoni xromosomalarning yangi hayot faoliyatini davom ettiradi va bu bilan irsiy xususiyatlarni o`simlik va hayvon organizmida avloddan avlodga o`tishni ta‘minlaydi. Хujayradagi xromosomalar to`plami gaploid va diploid turlarga ajratiladi. Gaploid (birlamchi) to`plam. Хromosomalar soni jihatidan diploid to`plamdan ikki marta kam bo`ladi. Bu to`plam jinsiy xujayra va o`simliklar gametofitiga xos bo`lib, n harfi bilan belgilanadi. Diploid (qo`sh) to`plam ikkita gaploid to`plamdan otalik va onalik xromosomalardan iborat bo`ladi. Hamma o`simlik hamda hayvonlar somatik xujayralarda uchraydigan bu to`plam 2 n bilan belgilanadi. Хromosomalar soni o`simlik turining doimiy sistematik belgisi hisoblanadi. O`simlik xujayralarida ularning turlariga qarab xromosomalar soni 2 n - 100 gacha o`zgarib turishi mumkin. Хromosomalarni 45% ni DNK 55% ni gistol tashkil qiladi. Bu kompleks ko`pincha nukleogiston nomi bilan yuritiladi. Хujayraning butun hayot jarayoni genlar, ya‘ni faqat xujayra yadrosida bo`ladigan yadro DNK nazoratida turadi. Yadroda ribonuklein kislota (RNK) ham bo`ladi. RNK DNKdan uch jihatdan farq qiladi. 1)RNK tarikbiga kiradigan shakar moddasi dezoksiriboza emas, balki ribozadir. 2)RNK da timin o`rniida urotsil deb ataluvchi piramidin asos bor. 3)RNK molekulasi juda ham uzun, bundan tashqari RNK molekulalari ikki ipcha o‘rniga bir ipchadan tuzilgan bo`ladi. Хromosomalar tarkibida DNK va giston oqsili borligi allaqachon aniqlangan. Genlarning asosiy qismini oqsil tashkil qiladi degan fikir mavjud edi. Keyinchalik genlarning asosiy moddasi DNK ekanligi isbotlandi, giston faqat genlar aktivligini nazorat qilib turadi. Har bir tur organizimda o`ziga mos genlar to`plami bo`ladi. Odam organizmining har bir xujayrasida tahminan 40000 gen bo`ladi. Genlarning bu qadar xilma- xilligi DNK molekulasi uzunligining natijasidir. Bitta gen tarikbiga tahminan 1000- 30000 pogona kiradi. Bu pog`onalarning birortasini o`zgartirishi, gen harakat mexanizimini ham o`zgarishiga olib keladi. 37 Хujayra tirik organizm bo`lganligi uchun ham bo`linib ko`payadi. Хujayra uch xil: amitoz, mitoz va meyoz yo`li bilan ko`payadi. Хujayrani amitoz yo`l bilan bo`linib ko`payishi tuban o`simliklarda (bakteriya va zamburug‘`lar) sodir bo`ladi. Mitoz bo`linish xujayraning murakkab bo`linishi bo`lib, 4 xil fazada o`tadi. Profaza, metofaza, anafaza va telofaza. Mitoz bir soatcha davom etadi. Mitotik sikl esa umuman 10- 25 soat chamasida bo`ladi. Mitoz bo`linish o`simliklarning o`suvchi qismlarida ro`y beradi. Endomitoz. Bu xujayra ichida bo`lib o`tadigan bo`linish bo`lib, undan ikkita xujayra hosil bo`lmaydi. Faqat xromosomalar reduplikatsiyasi (ya‘ni, ularning ikki barobar ortishi) kuzatiladi. Хromosomalar xujayra qutblari tomon ajralmaydi. Bunda xromosomalar spirallanadi, yo`g`onlashadi, xujayra markaziga to`planadi. Ikki barobar ko`paygan xromosomalar bitta yadroda qoladi, yadrocha va yadro po`sti saqlanadi. Natijada hosil bo`lgan yadro tetroploid bo`ladi. Ana shunday endomitoz, xujayrada bir necha martaba takrorlansa, undan hosil bo`lgan yadro juda yiriklashib, ko`p miqdordagi xromosomaga ega bo`ladi. Bu esa poliploidga olib keladi. Meyoz bo`linish ham xujayraning murakkab bo`linishi bo`lib 4 xil fazada o`tadi. Mitozdan buning farqi, meyoz bo`linish jinsiy xujayralarda sodir bo`ladi. Shuning uchun ham yuksak gulli o`simliklarda meyoz bo`linish har yili gullash fazasida o`tadi. Yashil o`simliklar organizmlarda karbonat angidrid gazi va suvdan quyosh nuri ishtirokida organik moddalarning hosil bo`lish jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez jarayoni asosan o`simliklarning bargida, xlorofill pigmenti ishtirokida o`tadi. quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi. Yorug‘lik 6 CO 2 + 12H 2 O 18 ——— C 6 H 12 O 6 + 6O 18 2 ХLOROFIL Yer sharidagi o`simliklar fotosintez natijasida har yili 125 milliard tonna organik modda hosil qiladi (buning ko`prog`i dengiz va okean o`simliklariga to`g`ri keladi, bu jarayonda 250 milliard tonna SO 2 kabul silinib, havoga 145 milliard tonnaga yaqin erkin kislorod ajratiladi. O`simliklarda nafas olish jarayoni ham o`tadi. Nafas olish jarayonida ajralib chiqqan enyergiya endodyermik reaksiyalar uchun, ya‘ni o`sish, harakatlanish, rivojlanish va shu kabi hayotiy bosqichlar uchun haf bo`ladi. Nafas olishni quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi. C 6 H 12 O 6 + O 2 = 6CO 2 + 6H 2 O +674 kkal. Bu jarayon boshqacha dissimilyatsiya deb ham ataladi. 2- Mavzu: O‘simlik to‘qimalari (Gistologiya). O`quv vaqti: 80 minut Talaba soni – 25 talaba O`quv mashg`ulоtining tuzilishi Ma‘ruza rejasi To‘qimalarni tavsiflash asoslari va ularning turlari Mavzuning maqsadi. To‘qimaning umumiy tahrifi, ahamiyati va o‘simlik tanasida joylanishi. Mexanik, o‘tkazuvchi, g‘amlovchi, o‘zlashtiruvchi va ajratuvchi to‘qimalarning xususiyatlari. Pеdagоgik vazifalar: Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish. O`quv faоliyatining natijalari: Talabalarda botanika fanining prеdmеti, mеtоdlari va tarmоqlari haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asоsiy ma‘lumоtlarni kоspеktlashtiradilar. Ta‘lim usullari: BBB, ―Klastеr‖, ma‘ruza O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli Оmmaviy Ta‘lim vоsitalari Slaydlar, markеr, jadval Qayta alоqa usullari va vоsitalari Savоl javоb O`quv mashg`ulоtining tехnоlоgik xaritasi Ishlash bоsqichlari, vaqti Faоliyat mazmuni O`qituvchining Talabaning 1 bоsqich 1.1 O`quv хujjatlarini to`l- 1.1 O`simlik xujayrasi, uni o`rganish tarixi. Hujayra organoidlari. Sitoplazma. Turgor. Plazmoliz. Hujayra shirasi va uning asosiy Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar. O`simlik xujayrasi, uni o`rganish tarixi. 38 dirish va talabalar davоmatini tеk- shirish (5 min). 1.2 O`quv mashgulоtiga kirish (10min) tarkibi. Plastidalar ularning turlari BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni хохlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma‘ruza bоshlanadi. Hujayra organoidlari tushunchalarini ifоdalоvchi ma‘lumоtlarni BBB jadvaliga tushiradilar 2 bоsqich Asоsiy 50 min 2.1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma‘ruza bоshlanadi. O`simlik xujayrasi, uni o`rganish tarixi. Hujayra organoidlari.haqida tushunchalarni o`zgarib bоrishi. 2.2. O`simlik xujayrasi, uni o`rganish tarixi. Hujayra organoidlari хususida tushuncha bеrish. Kоnspеkt yoziqhadi, tinglashadi,. Mavzu bo`yicha savоllar bеradilar. 3 bоsqich. YAkuniy natijalar 15 min. 3.1 Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. O`simlik xujayrasi, uni o`rganish tarixi. Hujayra organoidlari yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 3.2 Talabalarga BBB jadvalini bilib оldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va O`quv rmashg`ulоtning maqsadiga yerishish darajasi taхlil silinadi 3.3 Mavzu yuzasidan O`quv vazifasi bеriladi. Laboratoriya mashgulоtga tayyorlanish O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma‘lumоtlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar. O‘simliklarning tanasi har xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘ladi. 1886 yil Yu. Saks o‘simlik to‘qimalarining bajaradigan vazifalariga qarab, ya‘ni birinchi fiziоlоgik tasfini taklif etadi. U qоplоvchi, o‘tkazuvchi va asоsiy to‘qimalarni ajratadi. Hоzirgi vaqtda kеng tarqalgan o‘simlik to‘qimalari tasnifi, ularning tariхiy rivоjlanishi, kеlib chiqishi, hujayralarning tuzilishi va bajaradigan vazifalarini hisоbga оlgan hоlda anatоmо–fiziоlоgik klassifikatsiyalar hisоblanadi. I. Hоsil qiluvchi (mеristеmalar): 1) uchki (apinkal); 2) yon (latеrial): a) birlamchi (prоkambiy, pеrisikl); b) ikkilamchi (kambiy, fеllоgеn); 3) оraliq (intеrkalyar); 4) jarоhat (travmatik) to‘qimalar. II. Assimilyatsiоn to‘qimalar. III. G‘amlоvchi (zapas) to‘qimalar. IV. Aerеnхima (shamоllatuvchi) to‘qimalar. V. Chеgaralоvchi. VI. Ajratuvchi to‘qimalar: VII. Mехanik (tayanch) to‘qimalar: 1) kоllеnхima; 2) sklеrеnхima: a) tоlalar, b) sklеrеidlar. VIII. O‘tkazuvchi to‘kimalar: 1) ksilеma (yog‘оchlik,) 2) flоema (lub). Hоsil qiluvchilardan tashqari qоlgan barcha to‘kimalar оdatda dоimiy to’qimalar dеb ataladi. Shakli jihatidan o‘xshash bo‘lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan xujayralar guruhiga to’qima deyiladi. Тo‘qimalar shakliga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. Parenximatik va prozenximatik. Parenximatik xujayralardan tashkil topgan to‘qimalar, parenximatik to‘qimalar, prozenximatik xujayralardan tashkil topgan to‘qimalar, prozenximatik to‘qimalar deyiladi. Тo‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 2 ta katta guruhga bo‘linadi. 1. Embrional- hosil qiluvchi to’qimalar. 2.Doimiy to’qimalar. Hosil qiluvchi to‘qimalarni xujayrasini yadrosi yirik, tez- tez bo‘linish xususiyatiga ega bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimadan vujudga kelgan xujayralar avval o‘sadi, so‘ngra ma‘lum shaklga sirib, doimiy to‘qimani hosil qiladi. Bu to‘qima keyinchalik yashay beradi va kam o‘zgaradi yoki nobud bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimani o‘zi kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. 1. Birlamchi hosil qiluvchi to‘qima- prokambiy 2. Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima- kambiy 39 Prokambiy to‘qimasi o‘simlik organlarining o‘sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, ya‘ni o‘sish konusida bo‘ladi. O‘sish konusidagi xujayralarning bo‘linishi hisobiga ildiz va poya bo‘yiga o‘sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to‘qima (myeristema) o‘sish konusining eng uchida joylashgan bitta dastlabki xujayraning ketma- ket bo‘linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu xujayradan kelib chiqishga ko‘ra birlamchi hisoblangan har xil to‘qimalar ajraladi. Birlamchi myeristemadan cho‘zik va ingichka xujayralar guruhi ham ajralib chika boshlaydi va ular o‘sish konusidagi birmuncha pastda joylashadi. Har tomonga harab zo‘r byerib bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan xujayraning bu gruppasi prokambiy deb ataladi Prokambiy xujayraning zo‘r byerib bo‘linishi natijasida keyinchalik o‘tkazuvchi va maxanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to‘qima, birlamchi yogochlik, ya‘ni ksilema va birlamchi lub, ya‘ni floema hosil bo‘ladi. Prokambiy to‘qimasi asosan bir pallali o‘simliklarda uchraydi. Birlamchi yogochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o‘simliklarda o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi. Ikki pallali o‘simliklarda esa yoshlik vaqtida bo‘ladi. Birlamchi yogochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o‘zi yo‘qola boradi. Yo‘qolib borayotgan bir qism prokambiy xujayralarini qayta bo‘linib ko‘payishidan kambiy to‘qimasi vujudga keladi. Kambiy to‘qimasi hosil qilishda davom etadi va chetga tomon ikkilamchi lub, markazga tomon ikkilamchi yogochlik katlanaveradi. Natijada ikki pallali o‘simliklarni o‘s organlari o‘sib, yo‘g`onlashavyeradi. Yillik halqalar kambiy to‘qimasining faoliyati tufayli, vujudga keladi. Alohida qoplovchi to‘qima- po‘kak hosil qiluvchi po‘kak kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimaga kiradi. Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklar hayotida muhim rol o‘ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o‘simliklar o‘smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga ko‘ra 4 xil bo‘ladi. 1) Тepa- apikal myeristema. 2) Interkalyar meristema. 3)Yon meristema. 4) Yara meristemalari. 3. Doimiy to‘qimalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra 5 xil bo‘ladi. 1)Qoplovchi. 2) Asosiy. 3) Maxanik. 4) O‘tkazuvchi. 5) Ajratuvchi to‘qimalar. qoplovchi to‘qimaning vazifasi o‘simliklar tanaslni eng tashqi tomondan soplab turib, ularni tabiatning noqulay omillari ta‘siridan asrash, hamda zararli mikroorganizmlarni ularning ichki qismlariga kirishdan saqlash. qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi. 1) Birlamchi qoplovchi to‘qima- epidyerma. 2) Ikkilamchi qoplovchi to‘qima- pyeridyerma. 3) O‘lchamli-qobiq. Epidyerma bir pallali o‘simliklar hamda yosh novdalarida uchraydi. Pyeridyerma esa ikki pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi. Asosiy to‘qimalarning vazifasi o‘zida oziqa to‘plash va o‘simliklarni oziqlantirishdan iborat. Asosiy to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga va bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: Хlorenxima, so‘ruvchi, g`amlovchi, suv g`amlovchi va parenxima. Maxanik to‘qimaning vazifasi o‘simliklarga mustaxkamlik berishdan iborat. Maxanik to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi, a) kollenxima, b)sklerenxima, v)sklyereid- toshsimon xujayralar. Kollenxima maxanik to‘qimasi parenximali tirik xujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ikki pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi. Sklyerenxima maxanik to‘qimasi esa prozenximali o‘lik xujayralardan tashkil topgan bo‘lib, bir pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi. Sklereid maxanik to‘qimasi qattiq toshsimon xujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ularni xujayrasining po‘sti o‘ziga qumtuproq moddasini singdirgan bo‘ladi. Masalan: shaftoli, o‘rik, olcha, gilos danaklari va samish barglari. O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi o‘zidan suv va oziqani o‘tkazishdan iborat. Ya‘ni ildiz orqali shimib olgan suv va unda erigan mineral moddalarni barggacha (ko‘tariluvchi oqim), bargda hosil bo‘lgan fotosintez maxsulotalrini ildizgachan (tushuvchi oqim) o‘tkazib boradi. Bu vazifani har xil shakldagi o‘tkazuvchi naylar, traxeidlar, traxeyalar hamda elaksimon (to‘rsimon) nay va yo‘ldosh xujayralar bajaradi. Bular o‘simliklarda bitta bo‘lmasdan bir nechta bo‘ladi va o‘tkazuvchi bog`lamlarni hosil qiladi. O‘tkazuvchi bog`lamlar kelib chiqishiga ko‘ra ochiq- tugallanmagan va yopiq- tugallangan bog`lamlarga ajratiladi. Mehanik to‘qimalar o‘simliklar tanasini pishiq va har hil mexanikaviy ta‘sirga ; cho‘zishga, egishga va boshqalarga chidamli qiladi. O‘simliklarning endigina hosil bo‘layotgan yosh organlarida mehanik to‘qimalar bo‘lmaydi, ular turgor bosim yordamidagina o‘zini tutib turadi.Mehanik to‘qimalarning hujayralari devorining juda qalinlashishi va tez-tez yog‘ochlanishi bilan farq qiladi, shuning o‘zi bilan 40 ular to‘qimalarni zarur darajada pishiq va har hil yuklarni ko‘tara oladigan qiladi. Mehanik to‘qimalar ularni tashkil qiluvchi hujayralarning shakli va turiga qarab : kollenhima,sklerenhima sklereidlar deb ataladigan 3 ta asosiy gruppaga bo‘linadi. Ikki pallali o‘simliklarning o‘suvchi organlarida –poyasi,bargida,meva bandida kollenhima deb ataladigan mahsus mehanik to‘qima uchraydi. Kollenhima hujayralari tirik,sellyuloza po‘stli parenhima yoki cho‘ziq hujayralardir. Mehanik to‘qimalarning boshqa bir turi-sklerenhima o‘simliklarda ko‘p uchraydi.Sklerenhima ichki bo‘shliqlari suv yoki havo bilan to‘lgan qalin devorli o‘lik prozenhima hujayralaridan iborat. O‘simliklar tanasida sklereidlar ham bo‘ladi.Ular alohida t o sh hujayralar holatida bo‘ladi.Bular juda qalin va yog‘ochlashgan po‘stli, radial kanalchalar shaklida ingichka teshchalari bo‘lgano‘lik parenhima hujayralardir.Tosh hujayralar mevalarning qattiq devorida va ko‘p o‘simliklarning urug‘ida bo‘ladi. Tosh hujayralar tufayli o‘rik,shaftoli va olchalar danagining po‘chog‘i qattiq bo‘ladi. Ular nok va behi kabi qattiq mevalarning etida ham uchraydi. Download 5.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling