O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Tok o`lchash transformatorlari


Download 0.56 Mb.
bet13/19
Sana22.12.2021
Hajmi0.56 Mb.
#182305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Stansiya va potstansiya maruza

Tok o`lchash transformatorlari

Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida (uskunalarda) tok kattaligini o`lchash kulayligi va havfsizligini ta’minlash uchun tok transformatorlari (TT) kullanadi. TT-lar birlamchi , yuqori kuchlanishli elektr zanjirlarni tokini kulay, standart kimmatgacha kamaytirish uchun hizmat qiladi. Standart kimmat 5A va 1A. TT-lar yuqori kuchlanishli zanjirlarni past kuchlanishli zanjirlardan ajratadi va himoya kilish uchun hizmat qiladi. TT-larni ikkilamchi chulg`amga o`lchash va nazorat asboblari rele himoyasi tuzilmalari ulanadi.

TT-ning tuzilishi va ishlash printsipi kurib chikkan boshqa turli transformatorlar farq kilmaydi.

U




larning birlamchi chulg`ami kupincha bir uramdan iborat. Bu uram kupincha oddiy tok utkazuvchi sim yoki shina bo`ladi. Birlamchi chulg`am tarmoqga ketma-ket ulanadi. Ikkilamchi chulg`am ampermetr, vattmetrning tok chulg`ami yoki rele himoyasi tuzilmasiga ulanadi.

rasm-8


M’lumki ampermetrning karshiligi Ra→0 nolga baravar ,demak TT qisqa tutash rejimida yakin ishlaydi. Tarmoqdan utayotgan tok ya’ni TT-ning birlamchi chulg`am toki:

I1=KttI2

Masalan, TPOL –35 yoki TPL-10 TT-larning birlamchi chulg`am toki 600 A , demak:

Ktt=600/5=120

Past kuchlanishli TT-lar Ktt=30,20,10.

Har bir podstantsiyaning tehnik pasportida shu podstantsiyada urnatilgan TT-ni Ktt-ni ko`rsatilishi kerak va bu TT-ni elektr tarmoqning ruhsatisiz almashtirish kat’iy man qilinadi, chunki Ktt iste’molchi va elektr energiyasini sotuvchi elektr tarmoqning urtasidagi hisoblarga ta’sir qiladi.

Har bir TT-ni aniqlik sinfi uning ikkilamchi chulgaining yuklanmasidan bog`liq. Bu yuklanma kancha kam bulsa aniqlik sinfi shuncha yuqori bo`ladi. Aniqlik sinfilari: 0,2:0,5:1:3:10:


Yuqori aniqlik sinflar savdo hisob olinadigan asboblar (hisoblagich) larda foydalanadi.

SHuning uchun ham ta’kidlab o`tish lozimki, TT-ni ikkilamchi chulg`amni salt yurish rejimi kat’iyan man qilinadi, chunki bu holatda ikkilamchi chulg`amda havfli kuchlanish paydo bo`ladi. Agar faraz kilaylik TT-ni ikkilamchi chulg`amidagi ampermetrni almashtirmokchi bulsak, avval shu chulg`am qisqa tutaladi keyin ampermetr zanjirdan olinib almashtiriladi.

Kuchlanish o`lchash transformatorlari (KT), birlamchi yuqori kuchlanishni, ikkilamchi andoza (standart) kuchlanishga o`zgartirish uchun hizmat qiladi. Andoza kuchlanish 100 V yoki 100\ √ 3 V . Me’yoriy rejimda KT salt yurish rejimida, ya’ni Rkt →∞ ishlaydi.

Uning ikkilamchi qutblarida, volt’metr, vattmetr yoki hisoblagichning kuchlanish chulg`amlari ulanadi. Quvvati kichik, atigi 10-100 Vt.

Kuchlanish bo`yicha transformatorlash koeffitsienti

Kkt= U1/ U2

Demak, birlamchi tarmoqning kuchlanishi:

U1=KktU2

KT-kupincha ajratgich va eruvchan saqlagich orkali tarmoqga ulanadi. 6. Va 10kV-li elektr tarmoqlarda kupincha NTMI-6 yoki NTMI-10 KT-dan foydalanadilar.

Bu tipli KT-da (transformatorlar maslennoy, napryajeniya , izmeritel’nыy) birta birlamchi yuqori kuchlanish uch fazalichulg`am, ikkita ikkilamchi, uch fazali har bir fazasi 100V-ga moslangan chulg`amlar mavjud. Ikkilamchi chulg`amlarning birtasi «yulduzcha» usulida, birtasi ochiq uchburchak usulida ulanadi. Rasm -9 da NTM-6 KT-ning elektr sxemasi ko`rsatilgan.


Y

Ulduzcha usulida ulangan birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarning befarq nuktasi bevosita erga ulanadi. Ochiq uchburchak usulida ulangan chulg`amning «O-a» qutblarida, me’yoriy rejimda kuchlanish nolga teng. (vektor diagrammaga karang) Agar birta faza erga tutalsa (elektr tarmoqni befarq nuktasi yakkalangan). «O-a» qutblarda kuchlanish faza


kuchlanishga (100 V) barobar bo`ladi va bu kuchlanish rele himoyasi tuzilmasi uchun habar (signal) bo`lib hizmat qiladi (nol ketma-ketlik himoyasi).

K



T transformatorlash koeffitsienti ham, tarmoq va iste’molchi (sanoat korhonasi) orsidagi savdo hisoblarni aniqlaydi shuning uchun , podstantsiyaning tehnik pasportida ko`rsatiladi, tarmoq

Nol ketma-ketlik

Relesining chulg`ami

Ikki elementli SAZU hisoblagichning yuqori kuchlanishli 10V, simmetrik iste’molchining elektr energiyasini o`lchash montaj sxemasi . Bu erda kuchlanish transformatori NTMI-10 tok transformatori TPL-10 kullanilgan.

Iste’mol kilingan elektr energiyasini topish uchun hisoblagichning ko`rsatgan rakami «E»-ni TT va KT larning transformatorlash koeffitsientiga ko`paytiramiz.

Ax=KttKktE

NTMI- 10 ochiq uchburchak usulida ulangan chulg`ami rele himoyasi uchun foydalanadi, ya’ni nol ketma-ketlik relesining chulg`amiga ulanadi. Bu mavzuga doir laborator ish bajariladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling