O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana30.09.2017
Hajmi4.51 Kb.
#16830
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
xizmat ko‘priklari, vaqtinchalik kema bog‘lovchi joylar, suv to‘sgichlar va boshqalar kiradi. 
 
 
 
 
 
 
 

112 
 
1.10-jadval 
Suv  dimlovchi  gidrotexnika  inshootlarining  balandligi,  zamin  turi  va  avariya  oqibatlari 
bo‘yicha sinflanishi 
 
Suv dimlovchi inshoot 
Zamin gruntining turi 
Sinflarni aniqlovchi inshoot 
balandligi, m 
Gruntli materialli 
to‘g‘onlar 
Qoyali.  
Qumoq, yirik bo‘lak-
langan, qattiq va yarim 
qattiq holdagi loylar.  
Plastik holdagi suvga 
to‘yingan gillar 
>100 
>75 
 
 
>50 
70…100 
35…75 
 
 
25…50 
25…70 
15…35 
 
 
15…25 
<25 
<15 
 
 
<15 
Betonli va temir betonli 
to‘g‘onlar, gidroelek-
trostantsiyalar, suv osti 
konstruktsiyalari, kema 
ko‘taruvchi shlyuzlar, 
kema ko‘targichlar va 
bosimli frontdagi boshqa 
betonli inshootlar 
Qoyali.  
Qumoq, yirik bo‘lak-
langan, qattiq va yarim 
qattiq holdagi gillar.  
Plastik holdagi suvga 
to‘yingan gillar 
>100 
>50 
 
 
>25 
60…100 
25…50 
 
 
20…25 
25…60 
10…25 
 
 
10…20 
<25 
<10 
 
 
<10 
 
 
 
 
 
Eslatma:  1.  Agar  suv  dimlovchi  inshoot  buzilishi  pastda  joylashgan  shaharlarga,  yirik 
ishlab  chiqarish korxonalariga, transport magistrallariga katastrofik oqibatlar olib keltirsa, unda 
1.10-jadval  bo‘yicha  aniqlangan  inshoot  sinfini  oqibatlar  masshtabini  asoslangan  holda 
oshirishga yo‘l qo‘yiladi.  
2. Agar suv dimlovchi inshoot buzilishi pastki byefda katastrofik oqibatlar olib kelmasa, 
unda 1.10-jadval bo‘yicha aniqlangan sinfni bir birlikka kamaytirish mumkin. 
Kapitalligi bo‘yicha barcha doimiy inshootlar to‘rt sinfga bo‘linadi. Sinf inshootning xalq 
xo‘jaligi  uchun  tutgan  o‘rni,  buzilish  sodir  bo‘lganda  yoki  ularni  foydalanish  davri  qoidalariga 
rioya  qilmaslik  oqibatlaridan  keladigan  zararni  hisobga  olgan  holda  QMQ  bo‘yicha  qabul 
qilinadi.  Suv  dimlovchi  inshootlar  uchun  sinf  ularning  balandligi,  zamin  turi  va  avariya 
oqibatlariga  ko‘ra  1.10-jadvaldan  va  foydalanish  davri  qoidalariga  rioya  qilmaslik  oqibatlariga 
ko‘ra 1.11-jadvaldan qabul qilinadi. Asosan suv himoyalovchi inshootlarning sinfi 1.10- va 1.11-
jadvallardagi eng katta qiymati qabul qilinadi. 
Meliorativ tizimlardagi inshootlar sinfi sug‘oriladigan yoki zax qochiriladigan maydonga 
xizmat ko‘rsatishiga qarab 1.12-jadval bo‘yicha qabul qilinadi. 
Suv xo‘jaligi majmuasidagi bir nechta qatnashuvchilar (masalan, melioratsiya, energetika 
va  suv  transporti)  talablarini  ta’minlaydigan  majmua  gidrouzeldagi  asosiy  gidrotexnika 
inshootlari  sinfi  qatnashuvchilardan  birining  ko‘rsatkichi  eng  yuqori  sinfga  mos  kelishi  bilan 
belgilanadi. 
Agar  quvvati  1,5  mln  kW  dan  kichik  bo‘lgan  gidravlik  yoki  issiqlik  elektr  stansiyalari 
tizimdan  ajratib  qo‘yilganda  va  yirik  aholi  punktlari  yoki  sanoat  korxonalari,  transport  va  shu 
kabilarga  xizmat  ko‘rsatishda  elektr  energiyasi  bilan  ta’minlashdagi  uzilishlar  oqibatlari 
miqyosini  hisobga  olish  mumkin  bo‘lsa,  elektr  stansiyasi  tarkibidagi  1.11-jadval  bilan 
aniqlanadigan asosiy gidrotexnika inshootlarining sinfini ko‘tarish mumkin. 
Asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini (IV sinfdan tashqari) quyidagi hollarda bir birlikka 
kamaytirish  mumkin:  1)  bosimli  front  hosil  qilishda  ishtirok  etmaydigan  (GES  binosi,  bosimli 
derivatsiya  va  turbina  quvurlari  va  tenglashtiruvchi  kameralardan  tashqari)  I  va  II  sinf 
inshootlari;  2)  ekspluatatsiya  sharoitlari  energetik,  kema  o‘tkazuvchi  va  meliorativ  inshootlarni 
ta’mirlashda gidrouzel ishlashiga imkon yaratuvchi; 3) meliorativ tizimlardagi inshootlar xizmat 

113 
 
qilish  muddati  chegaralangan  va  10  yildan  oshmaydigan  (bu  inshoot  esa tizimni  ekspluatatsiya 
qilish davrida boshqasi bilan almashtiriladi). 
Asoslanishi  kerak  bo‘ladigan  vaqtinchalik  inshootlarni  agar  bu  inshootlar  buzilishi 
qurilish maydoni, aholi punktlari va korxonalariga katastrofik xarakterdagi talofatlarga olib kelsa 
yoki I, II, III sinflarning inshootlarini sekinlashishi (to‘xtashi)ga sabab bo‘lsa, IV sinfga kiritish 
mumkin. 
Asoslanishi  kerak  bo‘lgan  suv  to‘sgichlar  (peremichkalar)  va  qurilish  tunnellarini  III 
sinfga kiritishga yo‘l qo‘yiladi. 
1.11-jadval 
Gidrotexnika  inshootlari  sinfini  ularning  ekspluatatsiyasiga  rioya  qilmaslik  oqibatlari 
bo‘yicha aniqlash 
Inshoot sinflari 
Gidrotexnika qurilish obyekti 
asosiy 
ikkinchi 
darajali 
Gidravlik, gidroakkumulyatsiyalovchi va issiqlik 
elektrstantsiyalarining gidrotexnika inshootlari, 
quvvati, mln kWt 
> 1,5 
<1,5 
 
 

II – IV 
 
 
III 
III – IV 
Atom elektrostansiyalarining gidrotexnika 
inshootlari, quvvati ming kWt 
>500 
101…499 
<190 
 
 

II 
III 
 
 
III 
III 
IV 
Ichki suv yo‘llarining gidrotexnika inshootlari  
yuqori magistrali 
magistral va mahalliy ahamiyatli 
kichik daryolardagi mahalliy ahamiyatli 
 
II 
III 
IV 
 
III 
IV 
IV 
Yuk oborotiga ega bo‘lgan kema qatnaydigan 
daryolardagi port inshootlari, ming shartli t. 
>3000 
151…3000 
<51 
 
 
II 
III 
IV 
 
 
III 
IV 
IV 
Sug‘orish maydoni 400 ming ga katta daryodagi 
gidrouzellar va sug‘orish tizimlaridagi bosh kanallar 
 
II 
 
III 
Daryodagi gidrouzellar, meliorativ tizimlardagi 
bosh kanallarning sug‘orish va zax qochirish 
maydoni ming ga bo‘lganda: 
51…400 
<0 
 
 
III 
IV 
 
 
IV 
IV 
 
 
1.12-jadval 
Meliorativ tizimlardagi inshootlar sinfi 
 
Inshoot  sinfiga  ko‘ra,  amaldagi  me’yoriy  hujjatlar  asosida  qidiruv  va  loyiha  ishlarining 
tarkibi  va  loyiha  topshirig‘ining  hajmi  aniqlanadi,  mustahkamlik  va  ustivorlik  hisoblaridagi 
zaxira  koeffitsiyentlari  qabul  qilinadi,  hisobiy  suv  sarflari  belgilanadi,  qurilishda  ishlatiladigan 
materiallarning turi va sifati aniqlanadi. 
Maqsadli vazifasiga ko‘ra gidrotexnika inshootlari umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. 
Suv xo‘jaligining barcha tarmoqlari majmuasi tarkibiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari 
umumiy  deb,  tizimning  faqat  bir  yoki  bir  necha  tarmog‘iga  qo‘llanadigan  gidrotexnika 
inshootlari esa maxsus deb ataladi. 
Umumiy  gidrotexnika  inshootlariga  suv  dimlovchi,  qirg‘oqlarni  himoyalovchi  va 
boshqaruvchi  yoki  yo‘naltiruvchi  (suv  oqimlari  va  suv  havzalari,  bo‘ylama  va  ko‘ndalang 
Su
 
g‘
 
o
 
r
 
i
 
l
 
a
 
d
 
i
 
g
 
a
 
n
 
 
 
yo
 
k
 
i
 
 z
 
a
 
x
 
 q
 
o
 
ch
 
i
 
r
 
i
 
sh
 
 
 
m
 
a
 
y
 
d
 
o
 
n
 
i
 

m
 
i
 
n
 
g
 
 
 
g
 
a
 
 
In
 
sh
 
o
 
o
 
t
 
l
 
a
 
r
 
 s
 
i
 
n
 
f
 
i
 
 
Su
 
g‘
 
o
 
r
 
i
 
sh
 
d
 

 
Z
 
a
 
x
 
 q
 
o
 
ch
 
i
 
ri
 
sh
 
d
 

 
A
 
so
 
s
 
i
 
y
 
 
 
I
 
k
 
k
 
i
 
n
 
ch
 
i
 
 
 
d
 
araj
 
al
 
i
 
 
 
>400
 
 
 
50…400  
<50
 
 
 

 
 
>50
 
 
<50
 
 
II
 
 
III
 
 
IV
 
 
 
III
 
 
IV
 
 
 
IV
 
 
 
  

114 
 
dambalar,  hovuzlar  qirg‘oqlari,  tub  va  qiyaliklarini  mustahkamlash),  suv  tashlovchi  va  suv 
o‘tkazuvchi inshootlar kiradi. 
Maxsus  gidrotexnika  inshootlari  suv  transporti  (shluzlar,  kema  ko‘targichlar,  kema 
to‘xtaydigan  joylar,  kema  tuzatiladigan  joylar,  to‘lqin  qaytargichlar,  mayaklar),  yog‘och 
oqizuvchi  (yog‘och  tushirgichlar,  novlar  va  boshqalar),  suv  energiyasidan  foydalanish 
(gidroelektrostansiyalar,  bosimli  havzalar,  tenglashtiruvchi  (rezurvuarlar  va  boshqalar), 
meliorativ  tizimlardigi  inshootlar  (shluzlar,  rostlagichlar,  kanallar,  nasos  stansiyalari,  suv 
ayirgichlar va boshqa inshootlar), baliq xo‘jaligi (baliq o‘tuvchi yo‘llar, baliq ko‘targichlar, baliq 
to‘sgichlar,  baliq  yetishtiruvchi  hovuzlar  va  boshqalar),  suv  ta’minoti  va  suv  tarqatish  (suv 
oluvchi,  nasos  stansiyalar,  tozalash  inshootlari,  rostlanadigan  havzalar,  ishlab  chiqarish 
korxonalari qoldiqlarini yig‘uvchi joylar, suv va boshqalar) inshootlariga bo‘linadi. 
Bajaradigan  funksiyasining  tavsifiga  ko‘ra  gidrotexnika  inshootlarining  quyidagi  turlari 
mavjud: 1) suv dimlovchi – ma’lum bosim hosil qilib, shu bosimni o‘ziga qabul qilish, bularga 
asosan daryolardagi, dengizlardagi, ko‘llardagi, suv oqimlaridagi har xil to‘g‘onlar va dambalar 
kiradi;  2)  boshqaruvchi  yoki  to‘g‘rilovchi  –  qirg‘oqlarni  mustahkamlash  va  daryo  oqimi  bilan 
o‘zanni  o‘zaro  ta’sirini  rostlash  yoki  qirg‘oqlarni  oqim  va  to‘lqin  ta’siridan  himoyalovchi 
qirg‘oqlarni  mustahkamlovchi  inshootlar,  yo‘naltiruvchi  dambalar  va  shporalar  kiradi;  3)  suv 
o‘tkazuvchi – suvni bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazuvchi kanallar, quvurlar, tunnellar, novlar va 
shu kabilar kiradi; 4) suv oluvchi – suv havzalari, ochiq suv oqimlaridan kerakli miqdordagi suv 
olish;  5)  suv  tashlovchi  –  ortiqcha  suvlarni  hamda  kerakli  miqdordagi  suvni  pastki  befga 
o‘tkazuvchi vodosliv(suvto‘kkich) lar va sifonlar kiradi. 
Joylashuviga  ko‘ra  gidrotexnika  inshootlari  daryolarda,  dengizlarda,  ko‘llarda,  ichki 
tarmoqlarda, yer ostida joylashgan turlarga bo‘linadi.  
Ichki  tarmoqdagi  meliorativ  inshootlar  rostlovchi  (rostlagichlar,  suv  bo‘lgichlar,  suv 
sathini dimlovchi inshootlar va h.k.), suv o‘tkazuvchi (tunellar, quvurlar, akveduklar, dyukerlar, 
novlar,  jala  va  yomg‘ir  suvlarini  tushirgichlar)  va  tutashtiruvchi  (tezoqarlar,  sharsharalar, 
konsolli sharsharalar) turlariga bo‘linadi. 
Materiali  bo‘yicha  gidrotexnika  inshootlari  gruntli,  yog‘ochli,  toshli,  metalli  ,  beton  va 
temir-betonli bo‘ladi. 
Yog‘ochli  inshootlar  o‘rmonga  boy  hududlarda  quriladi.  Katta  gidrotexnika  inshootlari 
qurilishida yog‘och vaqtinchalik va yordamchi inshootlarni barpo etishda va qolip ishlari uchun 
material  sifatida  ishlatiladi.  Metall  gidrotexnika  inshootlarining  ko‘priklari,  quvurlari  va 
zatvorlari  ko‘rinishida  keng  qo‘llaniladi  va  u  temir-betonli  konstruksiyalarda  armatura  sifatida 
ham ishlatiladi. 
Birgalikda ishlash sharoitlari va joylashuvi bo‘yicha birlashtirilgan bir guruh gidrotexnika 
inshootlariga gidrouzel deb ataladi. 
Joylashgan  o‘rniga  ko‘ra  gidrouzellar  daryolardagi,  kanallardagi,  dengizlardagi, 
ko‘llardagi  va  havzalardagilarga  bo‘linadi.  Asosiy vazifasi  bo‘yicha gidrouzellar energetik, suv 
transporti,  suv  oluvchi,  sug‘orish  va  boshqa  gidrouzellarga  bo‘linadi.  Gidrouzellar  ko‘pincha 
kompleks  tarzda  quriladi  va  asosiy  vazifasiga  ko‘ra  ular  suv  oluvchi  –  energetik,  transport  – 
energetik  va  hokazolarga  bo‘linadi.  Masalan,  Tuyabo‘yin  gidrouzeli  (1.1-rasm)  sug‘orish  va 
energetika, Zarafshon daryosidagi «Birinchi may» gidrouzeli sug‘orish uchun mo‘ljallangan. 
Gidrouzellar  bosimli  va  bosimsiz  turlarga  bo‘linadi.  Bosimli  gidrouzellar  ularga  ta’sir 
qiluvchi suv bosimiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1) past bosimli (bosim 10 m gacha); 2) o‘rta 
bosimli (bosim 10...50 m); 3) yuqori bosimli (bosim 50 m dan ortiq). O‘rta bosimli gidrouzellar 
ko‘pincha  elektr  energiyasini  ishlab  chiqarish  va  suv  jamg‘arish  uchun,  ya’ni  suv  bilan 
ta’minlash maqsadida katta hajmli suv omborlarini tashkil qilish uchun quriladi. Yuqori bosimli 
gidrouzellar asosan energetik, irrigatsiya va transport o‘tkazish vazifalarini bajaradi. Daryolardan 
suv  olish  va  transport  maqsadlarida  foydalaniladigan  past  bosimli  gidrouzellar  daryoning  tekis 
qismlarida quriladi.  

115 
 
Umuman suv  xo‘jaligi  maqsadlarini  yechish uchun  xizmat qiluvchi  ma’lum uzoqlikdagi 
masofada joylashgan gidrouzellar majmuasiga gidrotizimlar deb ataladi. 
Hozirga qadar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)da har xil vazifani bajaruvchi juda 
ko‘p  sondagi  gidrotizimlar  qurilgan.  Ularni  eng  kattalaridan  biri  Shimoliy  Kavkazdagi  Kuban-
Kalaus sug‘orish-suv chiqarish tizimi bo‘lib, undagi ko‘p sonli inshootlar tuguni yordamida 200 
ming  ga  yer  maydonini  sug‘orish,  3  mln  ga  maydonga  suv  chiqarish  va  suv  bilan  ta’minlash 
mumkin. 
 
 
 
1.1. - rasm. Tuyabo‘yin gidrouzeli sxemasi: 
1–o‘zandagi  suv  ombori;  2–Koparas  suv  ombori;  3–Sultonsanjar  suv  ombori;  4–
Qo‘shbuloq  suv  ombori;  5–Tuyabo‘yin  gidrouzeli  to‘g‘oni;  6–GES;  7–O‘ng  qirg‘oq  magistral 
kanali;  8–Chap  qirg‘oq  magistral  kanali;  9–Pitnak  arna  kanali;  10  –  Turkmandaryo;  11–Tiniq 
suv tashlagich kanali; 12– suv chiqargich; 13 – Qo‘ng‘irot-Toshkent temir yo‘li; 14 – Urganch-
Toshkent avtomobil yo‘li; 15 – Urganch-Toshkent temir yo‘li. 
 
O‘zbekistonda  sug‘orishga  mo‘ljallangan  Qarshi,  Mirishkor,  Katta  Farg‘ona,  Andijon, 
Amu-Buxoro  kabi  yirik  gidromeliorativ  tizimlar  qurilgan.  Chorvoq,  Bolshaya-Alma-Atinka, 
Zani daryolarida esa gidroenergetik tizimlar mavjud. 
Gidrotexnika  inshootlari  sanoat  va  uy-joy  qurilishi  inshootlaridan  farqli  o‘laroq, 
muvozanat  holatidagi  yoki  harakatdagi  suv  bilan  doimiy  ravishda  bog‘liqdir,  bu  o‘z  navbatida 
unga mexanik, fizik-kimyoviy va biologik ta’sir qiladi. 
Suvning  mexanik  ta’sirlari  inshoot  va  uning  zaminiga  statik  va  dinamik  yuklanishlar 
ko‘rinishida ta’sir etadi. Betonli to‘g‘onning yuqori bef tomonidan gidrostatik bosim ta’sir qiladi 
(1.2 a-rasm). Bunday yuklanish inshootni siljitishi va ag‘darishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun  to‘g‘on  og‘irligini  oshirish,  uning  tovoni  bilan  zaminni  o‘zaro  birlashishini  ishonchli 
qilish  kerak.  Ustidan  suv  o‘tkazuvchi  to‘g‘onlarda  (1.2  b-rasm  )  suv,  uning  elementlariga 
gidrodinamik  ta’sir  etadi,  uning  pastki  befini  (suv  urilma,  risberma)  mustahkamlashni 
loyihalarda  hisobga  olishimiz  lozim,  aks  holda  suv  ombori  to‘g‘oni  tubining  buzilishlari 
(yuvilishlar)ga olib keladi. Suv omborida hosil bo‘ladigan shamol to‘lqinlari to‘g‘onga dinamik 
ta’sir  qiladi.  Yuqori  seysmik  hududlarda  qurilgan  to‘g‘onlar,  seysmik  inersiya  yuklanishlarni 

116 
 
qabul qiladi. Bu yuklanishlarga suvning seysmik bosimi va inersiya kuchlari, gruntli to‘g‘onlarda 
esa  grunt  bo‘shliqlaridagi  suvning  dinamik  bosimi  kiradi.  Inshoot  tovoniga  pastdan  yuqoriga 
filtratsiya  bosimi ta’sir qiladi. Qish  vaqtida  muz qoplamasining termik kengayishi  natijasida  va 
muz ko‘chish (oqish) davrida gidrotexnika inshootlari muzlardan hosil bo‘ladigan yuklanishlarni 
qabul qiladi. 
Suvning  fizik-kimyoviy  ta’sirlari  ko‘pgina  ko‘rinishlarda  namoyon  bo‘lib,  ular  inshoot 
yuza  qismlarini  oqim  ta’sirida  yemirilishiga,  metall  konstruksiyalari  va  qurilmalarning 
korroziyasiga,  kavitatsiya  va  kavitatsiya  eroziyasiga,  filtratsiya  oqimi  ta’sirida  inshoot 
zaminidagi gruntlarning tarkibidagi gips, tuzli tosh, ohaktoshlarning tez erishi tufayli kimyoviy 
suffoziya sodir bo‘lishiga olib keladi. 
Suvning 
biologik 
ta’sirlari 
suvda 
yashaydigan 
organizmlarning 
gidrotexnika 
inshootlarining  yog‘och  qismlarining  chirishiga,  quvurlarda,  beton  yuzalarida  va  panjaralarida 
suv o‘tlarining o‘sishiga olib keladi. 
 
 
 
1.2-rasm. Betonli to‘g‘onlarga suvning ta’siri sxemalari: a – ustidan suv o‘tkazmaydigan; 
b – ustidan suv o‘tkazadigan; 1– to‘g‘on; 2,3 –yuqori va pastki beflar; 4 – ponur; 5 – shpunt; 6 – 
suv urilma; 7 – risberma; 8 – tish. 
 
Gidrotexnika  inshootlari  qurilish  jarayoni  qator  maxsus  o‘ziga  xos  xarakterga  ega:  1) 
gidrouzel  quriladigan  joydan  bir  yoki  bir  necha  «qurilish  toshqinlarini»  o‘tkazishi  lozim;  2) 
qurilish ishlari nisbatan qiyin sharoitlarda olib boriladi; 3) inshootni navbat bilan ekspluatatsiya 
qilish; 4) katta hajmdagi tuproq va beton ishlari bo‘lganligi sababli unumdorligi yuqori bo‘lgan 
texnikalarni ishlashining talab qiladi. 
Tarmoqdagi  maxsus  gidrotexnika  inshootlarining  xususiyatlari  quyidagilardan  iborat:  1) 
meliorativ  tizimlar  ishonchliligini  ta’minlash  (suv  iste’moli  grafigi  asosida  sug‘orish 
tarmoqlariga  suvni  o‘z  vaqtida  tarqatish);  2)  zax  qochirish  tarmoqlaridagi  suvni  o‘z  vaqtida 
chiqarib yuborish.  
Sug‘orish va zax qochirish tarmoqlarida suv taqsimlashni boshqarish inshootini gidravlik 
ishlash  sharoitlari  ularning  konstruksiyasini  va  boshqarish  elementlari  (zatvorlar)  ni  qabul 
qilishni belgilab beradi. 
Chizmalar, hisobiy-tushuntirish bayonidan va smetalardan tashkil topgan texnik hujjatlar 
to‘plamiga inshootning loyihasi deb ataladi. 
Gidrotexnika  inshootlarini  loyihalashda quriladigan obyektning texnik-iqtisodiy  jihatdan 
maqsadga  muvofiq  ekanligi,  suv  xo‘jaligidagi  uning  kompleks  masalalarini  hal  qila  olishi 
mumkinligi,  inshootni  mustahkam  va  ekspluatatsiya  qilishga  qulay  bo‘lishini,  xizmat  qilish 
muddatini uzaytirishni va hududning sanitariya sharoitlarini hisobga olish kerak. 
Gidrotexnika  inshootlarining  loyihasini  tuzishda  va  ularni  qurishda  qurilish 
muddatlarining  qisqa  bo‘lishi,  qurilishdagi  ishlarning  keng  miqyosda  mexanizatsiyalashtirilishi 
va  mahalliy  qurilish  materiallaridan  ko‘proq  foydalanish  hamda  inshootlarning  mustahkam, 
arzon bo‘lishi va yaxshi ishlashi ko‘zda tutilishi zarur. 

117 
 
Gidrotexnika  obyektlari  loyihalari  ikki  bosqichda  olib  boriladi.  Bir  bosqichli  loyihada 
texnik  ishchi  loyiha,  ikki  bosqichli  loyihada  esa  texnik  loyiha  va  ishchi  chizmalar  tuziladi. 
Texnik (texnik-ishchi) loyiha loyiha topshirig‘i asosida ishlab chiqiladi, u daryodan foydalanish 
sxemasi hamda texnik- iqtisodiy asoslash asosida tuziladi. 
Loyiha  topshirig‘ida  qurilishga  mo‘ljallangan  obyektning  xalq  xo‘jaligidagi  tutgan 
ahamiyatiga  asoslanib,  inshoot  quriladigan  o‘rni  va  suv  sathlari,  iqlimiy,  gidrologik, 
gidrogeologik va topografik sharoitlar, asosiy inshootlar tarkibi, asosiy energetik va suv xo‘jaligi 
ko‘rsatkichlari,  mahalliy  ishlab  chiqarish  bazalari  va  qurilish  materiallaridan  foydalanish 
imkoniyati,  qurilishni  elektr  energiyasi  bilan  ta’minlash,  qurilish  o‘rniga  keluvchi  yo‘llarni 
o‘rnatish, kapital mablag‘larning qiymati va qurilish muddati mo‘ljallanadi. 
Yirik  gidrotexnika  obyektlari  ikki  bosqichda  loyihalanadi.  Texnik  loyiha  bosqichida 
barcha kerakli muhandislik hisoblari bajariladi, qurilish uchun maydon tanlanadi va tasdiqlanadi, 
obyektning  bosh  plani  ishlab  chiqiladi,  normal  va  jadallashgan  dimlangan  sathlar  belgilanadi, 
suv  ombori  hajmi  va  chuqurligi  qabul  qilingan  asosiy  inshootlar  konstruksiyalari  uchun 
gidrouzelning so‘ngi joylashuvi qabul qilinadi, vaqtinchalik inshootlar loyihalari ishlab chiqiladi, 
kerakli  bo‘lgan qurilmalarning soni  va parametrlari belgilanadi, qurilishning qiymati va texnik-
iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  aniqlanadi.  Ishchi  chizmalar  texnik  kengashda  tasdiqlangan  texnik 
loyihaga  muvofiq  tuziladi,  bunda  ishlab  chiqarishda  qurilish-montaj  ishlarida  kerak  bo‘ladigan 
texnik loyihada qabul qilingan detallar aniqlashtiriladi. 
Bir  bosqichli  loyihalash  (texnik-ishchi  loyihani  ishlab  chiqish)  qurilish  obyekti 
namunaviy  yoki  iqtisodiy  jihatdan  arzon  bo‘lgan  qayta  qo‘llaniladigan  hamda  texnik  jihatdan 
murakkab bo‘lmagan obyektlar uchun qo‘llaniladi. 
Loyihalashda amaldagi normativ hujjatlar, materiallar va buyumlar standarti, namunaviy 
loyiha kataloglari, qurilish detallari va konstruksiyalari qo‘llanmalar (dasturlar) ga asosan qabul 
qilinadi. 
Qayta takrorlanadigan konstruksiyalar bir xil parametrlarga ega bo‘lgan inshootlar uchun 
namunaviy inshootlar ishlab chiqiladi. 
Barcha  yirik  gidrotexnika  inshootlarining  turi,  konstruksiyasi  va  asosiy  o‘lchamlari 
mahalliy sharoitlarga ko‘ra belgilanadi. Shuning uchun ular individual loyiha bo‘yicha quriladi. 
Individual loyihaning bir necha variantlari tuzilib, texnik-iqtisodiy jihatdan eng maqbul varianti 
qabul qilinadi. 
Tayyor  gidrotexnika  obyektlari  loyihalari  davlat  ekspertizasidan  o‘tkaziladi  va 
belgilangan tartibda saqlanadi. 
 
Nazorat savollari 
1. O‘zbekiston Respublikasi suv resurslari haqida nimalarni bilasiz? 
2. Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish qay ahvolda? 
3. Orol dengizi havzasi suv resurslari haqida ma’lumot bering. 
4. Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish qanday amalga oshiriladi? 
5. Suvdan foydalanishni tartibga solishning umumiy masalalarini tushuntiring. 
6. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari deganda nimani tushunasiz? 
7. Respublikamizda gidrotexnika inshootlari qurilishi qanaqa tarixga ega? 
8. O‘zbekistonning suv xo‘jaligi majmuasini hozirgi holati haqida aytib bering. 
9.  Gidrotexnika  inshootlari  xavfsizligi,  atrof-muhitni  himoya  qilish,  ekologiya  va 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumat qarorlari mazmuni to‘g‘risida ma’lumot bering. 

Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling