O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana30.09.2017
Hajmi4.51 Kb.
#16830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
10-mavzu. Gidrotexnika tunnellari. 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Gidrotеxnik  tunnеllar.  Ularning  tur-kumlanishi.  Ishlatish 
sharoitlari.  Kundalang  kirkimlarining  shakllari,  tog  bosimi,  tunnеl  koplamalari  turlari.  Bosimli 
va bosimsiz tunnеl koplamalari statik xisobi 
11-mavzu.  Gidrotexnika  inshootlarining  mexanik  jihozlari  to‘g‘risida  umumiy 
ma’lumotlar 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Gidrotеxnika  inshootlarning  mеxanik  jixozlari  tugrisida 
umumiy  ma'lumotlar.  Zatvorlar  turlari  va  ularning  turkumlanishi.  Yassi  zatvorlar.  Oddiy 
zatvorlar-shandorlar,  spitsalar,  yassi  shitlar.  Yuza  va  chukur  joylashgan  zatvorlar.  Suyanch-
tayanch, yuritish kismlari: gildirakli,surma va katokli yassi zatvorlarning tayanchlari 
12-mavzu. Segmentli zatvorlar 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Sеgmеntli  zatvorlar.  Ularning  konstruktsiyalari  va  turlari. 
Tayanch sharnirlari, ularning ustida joylashgan sеgmеntli zatvorlar. Ko`tarish kuchlari. Sеktorli, 
silindrik zatvorlar 
13-mavzu. Daryodan suv olish inshootlari. 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Daryodan  suv  olish  inshootlari.  Vazifasi  va  turkumlanishi. 
Suv olish inshootlarining gidrologik sharoitlar buyicha sxеmalari. Suv olish nuktasini topografik 
sharoitga  karab  tanlash.  Suv  olish  inshootining  daryodagi  uzan  jarayonlariga  ta'siri.  Tub 
cho`kindilarga ?arshi kurash 
14-mavzu. Daryodan tug’onsiz suv olish. 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Daryodan  tugonsiz  suv  olish.  Rostlanmaydigan, 
rostlanadigan  va  shporali  suv  olish  inshootlari.  Daryodan  tugonsiz  suv  olishda  tub,  muallak 
chukindilar, xamda suzib yuruvchi jismlarga ?arshi kurash 
15-mavzu. Tugonli suv olish inshootlari. 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Tugonli  suv  olish  inshootlari.  Vazifasi  va  turkumlanishi, 
inshootlar  bugini  tarkibi.  Yon  va  frontal  suv  olish  inshootlari  bugini.  Tub  chukindilarga  karshi 
kurash 
16-mavzu. Tugonli suv olish inshootlari (Farg’onacha suv olish). 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Tugonli  suv  olish  inshootlari.  Okimning  strukturasiga  aktiv 
ta'sir  kursatib  suv  olish.  Bir  tomonlama  va  ikki  tomonga  suv  olish.  Tub  chukindilarga  ?arshi 
kurash 
17-mavzu. 
Koyamas 
asoslarda 
kuriladigan 
beton-suv 
tashlagich 
tugon 
konstruksiyasi. 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Koyamas  asoslarda  kuriladigan  bеton-suv  tashlagich  tugon 
konstruktsiyasi.  Ularning  vazifasi  va  turkumlanishi.  Suv  tashlagich  tugonning  konstruktiv 
elеmеntlari 
18-mavzu. Panjarali-to’g’onli suv olish gidrouzellari 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Togli  uchastkalarda  suv  olish  inshootlari.  Ustun  orkali,  tub 
panjara urnatilgan suv olish inshootlari 
 
 
 

89 
 
 
 
13 – bo’lim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI 
 
FANIDAN   
 
O’QUV  MATERIALLARI !!! 
 
(Ma’ruza matni, o’quv  qo’llanma) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

90 
 
 1-mavzu. Suv resurslari. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. Gidrotexnika inshootlari 
qurilishining qisqacha tarixi. 
 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba sоni: 
O`quv mashg’ulоtining tuzilishi  
Ma’ruza rеjasi 
5.  Suv resurslari va ulardan foydalanish. 
6.  Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. 
7.  Gidrotexnika 
inshootlari 
qurilishning 
qisqacha 
tarixi 
va 
mamlakatimiz 
rivojlanishi bilan bog‘liq kelajagi 
8.  Gidrotexnika 
inshootlarining 
tasnifi, 
gidrouzellar  va  gidrotizimlar,  ularning 
ishlash 
sharoitlari 
va 
loyihalashning 
umumiy masalalari. 
O`quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda Gidrotexnik inshootlari fani bo`yicha tushuncha hоsil 
qilish.  
Pеdagоgik 
vazifalar: 
Yangi 
mavzu 
bilan 
tanishtirish,  mavzuga  оid  ilmiy  atamalarni  оchib 
bеrish,  asоsiy    masalalar  bo`yicha  tushunchalarni 
shakllantirish. 
Talabalarni  Gidrotexnik  inshootlari    fani  va  uning 
sоhalari haqidagi asоsiy  nazariy tushunchalar bilan 
tanishtirish, ko`nikma va malakalar haqida tasavvur 
shakllantirish, 
asоsiy 
ma’lumоtlarni 
kоnspеktlashtirish. 
Ta’lim usullari: 
Aqliy хujum, “BBB” 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli. 
Оmmaviy 
Ta’lim vоsitalari 
Ma’ruza matni, kоmpyutеr, ekran, prоеktоr, 
PowerPoint dasturi.. 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl javоb 
 
O`quv mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi. 
 
Ishlash bоsqichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
 
O`qituvchining 
Talabaning  
1 bоsqich  
1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish 
va talabalar davоmatini 
tеkshirish (5 min).  
1.2 O`quv mashg’ulоtiga kirish 
(5 min) 
1.2  Gidrotexnik  inshootlari  fani 
haqida 
talabalarning 
mulоhazalari 
so`raladi. 
Fan 
to`g’risida  ma’lumоtlar  bеriladi 
ma’ruza  rеjasi  yozdiriladi.  So`ng 
ma’ruza bоshlanadi. 
Tinglashadi. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fani, 
o`rganish 
sоhalari  bo`yicha  o`z  fikrlarini 
aytadilar. 
Aniqlashtiradilar, 
savоllar bеradilar. 
2 bоsqich. Asоsiy 60 min 
1.  Gidrotexnik  inshootlari    fani 
va 
uning 
sоhalari. 
Mamlakatimizdagi  tutgan  o`rni 
va ahamiyati aytib o`tiladi. 
2. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fanining 
qishlоq 
хo`jaligida 
tutgan o`rni  va uning rivоjlanishi 
haqida aytib o`tiladi. 
3.  Gidrotexnik  inshootlari  faning 
tadqiqоt  bоsqichlari  va  usullari 
aytiladi. 
Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, 
Gidrotexnik inshootlari fani va 
uning sоhalarini yozib оladilar. 
Gidrotexnik inshootlari fanining 
o`ziga хоs hajmiy –rеjaviy 
еchimlari haqida yozib оlishadi. 
Gidrotexnik inshootlari fani ning 
ahamiyati va qishlоq хo`jali gida 
tutgan o`rni haqida yozib 
оladilar. Mavzu bo`yicha savоllar 
bеradilar.  
3 bоsqich Yakuniy natijalar 10 
min 
3.1. Mavzu bo`yicha хulоsa 
qilish va o`quv mashg’ulоtning 
maqsadiga erishish darajasi taхlil 
qilinadi. 
3.2. Mavzu yuzasidan o`quv 
vazifasi bеriladi. 
O`rganilgan mavzu bo`yicha 
оlgan ma’lumоtlarni umumlash 
tiradilar va savоllar paydо 
bo`lgan bo`lsa savоllar bеradilar. 
 
 

91 
 
Adabiyotlar: 
 
1. 
Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 
2.  
Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 
3.  
Rоzanоv  N.P.,  Bоchkaryov  Ya.V.,  Lapshеnkоv  V.S.,  Juravlyov  G.I.,  Kaganоv 
G.M.,  Rumyantsеv  I.S.  «Gidrоtехnichеskiе  sооrujеniya»,  pоd  rеd.  N.P.  Rоzanоva  - 
M.Agrоprоmizdat, 1985. 
4.  
Хusanхujaеv Z.Х. “Gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi-nashiryoti, T.1968 
5. 
Хusanхujaеv  Z.Х.  “Suv  оmbоridagi  gidrоtехnika  inshооtlari”.  O`qituvchi, 
Tоshkеnt. 1986. 
6.  
Bakiеv  M.R.,  Yangiеv  A.A.,  Kоdirоv  О,  “Gidrоtехnika  inshооtlari”.  Fan. 
Tоshkеnt. 2002. 
7.  
Vоlkоv  I.M.,  Kоnоnеnkо  P.F.,  Fеdichkin  I.K.  “Gidrоtехnichеskiе  sооrujеniya” 
M: Kоlоs, 1968 
8. 
Bakiеv  M.R., M-G.A.Kоdirоva, Ibraymоv  A.  “Gidrоtехnika  inshооtlari”  fanidan 
kurs  lоyiхalari  va  amaliy  mashg`ulоtlarni  bajarish  bo`yicha  mеtоdik  ko`rsatma.  1,2  qismlar. 
T.,2009. 
9. 
 Bakiеv  M.R.,  Kirillоva  Е.I.,  Kоххоrоv  O`.  “Gidrоtехnika  inshооtlari”  fanidan 
labaratоriya ishlarini bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. T.,2007. 
 
1. Suv resurslari va ulardan foydalanish 
 
O‘zbekiston Respublikasi Evroosiyo qit’asining  markaziy qismi, Sirdaryo  va  Amudaryo 
daryolari 
oralig‘ida 
joylashgan. 
Mamlakatimizning 
eng 
shimoliy 
nuqtasi 
Ustyurt 
pasttekisligining  shimoliy-sharqi  (450  36  shimoliy  kenglik)  eng  janubiy  nuqtasi  Termiz  shahri 
yaqini  (370  11  shimoliy  kenglik)  lar  eng  g‘arbiy  nuqtasi  Ustyurt  (560  sharqiy  uzunlik)  va  eng 
sharqiy nuqtasi Farg‘ona vodiysining janubi-sharqi (730 10 sharqiy uzoqlik) hisoblanadi. 
Respublikaning kenglik joylashuvi Ispaniya, Gretsiya va Italiya singari O‘rta Yer dengizi 
davlatlari  qatoriga  kirsa-da,  tabiiy  shart-sharoiti  dengizlardan  juda  uzoqda  bo‘lganligi  sababli 
ushbu  subtropik  mamlakatlarnikidan  ancha  farq  qiladi.  Bundan  tashqari,  quruq  va  sovuq  havo 
oqimi to‘siqsiz kirib kela olishi, janubdan nam va iliq havo oqimi kirib kelishiga baland tog‘lar 
qarshilik ko‘rsatishi, uning iqlimi subtropik keskin kontinental bo‘lishini izohlaydi.  
Respublikaning  shimoliy-g‘arbdan  janubi-sharqqa  qarab  cho‘zilib  ketgan  hududining 
katta qismini tekislik dasht-cho‘llar, janubi-sharqini esa tog‘ oldi va tog‘ zonalari tashkil etadi. 
Atmosfera  yog‘inlari  mintaqadagi  barcha  daryolarning  yagona  to‘yinishi  manbayi 
hisoblanib, sezilarli darajada tabiiy landshaft qatori undagi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 
ham tavsifini belgilab beradi. 
O‘zbekiston  hududi  bo‘ylab  yog‘inlar  taqsimlanishi  uning  jug‘rofiy  joylashganligi, 
relyefning  turlicha  ekanligi  va  atmosfera  sirkulyat-siyasining  o‘ziga  xos  xususiyatlariga 
bog‘liqdir.  Bu  yerda  tushadigan  atmosfera  yog‘inlarining  asosiy  qismi  Atlantika  okeanidan, 
shuningdek  O‘rta  Yer  dengizi  va  Fors  qo‘ltig‘idan  havo  qatlami  bilan  olib  kelinadi.  Orol 
dengizining  namlantiruvchi  ta’siri  qirg‘oq  atrofidagi  tor  yo‘lak  bilan  chegaralanadi  va  u  ham 
dengizning yuzasi qisqargan sari kamayib bormoqda.  
Tekisliklarning katta qismi, ayniqsa g‘arb tomoni qirg‘oqchil. Bir yilda bu yerda o‘rtacha 
80 mm dan 250 mm gacha yog‘in miqdori tushadi, tog‘ oldi qismida esa 100 mm dan 500 mm 
gacha  o‘zgarib  turadi.  Eng  ko‘p  atmosfera  yog‘inlari  tog‘  zonasida:  G‘arbiy  Tyan-Shanning 
shamol  yo‘nalishidagi  cho‘qqilarida  yillik  yig‘indisi  2000  mm  dan  oshadi,  Zarafshon  tog‘ 
tizmasining  shamol  yo‘nalishidagi  cho‘qqilarida  (masalan,  Omonqo‘ton  stansiyasida-960 
mm/yil) ko‘p miqdorda kuzatiladi. 

92 
 
Yog‘inlar yillik yig‘indisi vaqt bo‘yicha sezilarli o‘zgarib turishini ta’kidlab o‘tish lozim. 
Tekislikda yog‘inli kunlar miqdori bir yilda o‘rtacha 35–60, tog‘ oldi va tog‘larda 70–90 
kunni  tashkil  etadi.  Kuchli  yog‘in  kam  kuzatiladi:  15  mm/12  soat  va  undan  ko‘proq  yog‘in 
miqdori tekislikda har yili ham bo‘lavermaydi tog‘larda esa bu holat 10–15 marta ro‘y beradi. 
Yog‘inlarning eng muhim tavsifi bo‘lib, ularning yil davomida taqsimlanishi hisoblanadi. 
O‘zbekistonda  eng  ko‘p  atmosfera  yog‘inlari  mart-aprel  oylariga,  eng  kam  miqdori  esa  yoz 
oylariga  to‘g‘ri  keladi.  Yozning  quruq  va  issiq  bo‘lishi  tufayli  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining 
asosiy qismi sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi. 
Yomg‘ir  -O‘zbekistonning  barcha  hududlarida  yog‘ishi  mumkin,  lekin  uning  miqdori 
tog‘larda  balandlikka  ko‘tarilgan  sari  qattiq  atmosfera  yog‘ini  (qor)  ning  ko‘payishi  hisobiga 
kamayib  boradi.  Qor  tekislik  va  tog‘  oldi  zonalarida  oktabr-aprel,  respublika  janubida  esa 
noyabr-mart, tog‘larda 1000 m dan balandlikda esa oktabr-may oylarida tushadi. 
Qor  qoplami  -  O‘zbekiston  tekisliklarida  noyabrning  oxirlarida,  janubiy  tumanlarida 
dekabrning  uchinchi  dekadasida  paydo  bo‘ladi.  Biroq,  kamida  bir  oy  turadigan  va  uch  kundan 
ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan turg‘un qor qoplami faqat Ustyurt va tog‘li hududlarda muntazam 
kuzatiladi. O‘zbekistonning shimolida qor qoplamli kunlar o‘rtacha soni 60 dan oshsa, tog‘larda 
u  100  kundan  ko‘proqni  tashkil  etadi.  Qor  qoplamining  paydo  bo‘lish  muddati  va  uni  turish 
davomiyligi yildan yilga o‘zgarib turadi. Qor qoplamining tekislik qismidagi o‘rtacha balandligi 
1–8 sm va maksimal qiymati 30 sm, tog‘ oldida tegishlicha 10–20 sm va 60 sm ni tashkil etadi. 
Tog‘li tumanlarda qor qoplamining o‘rtacha balandligi 60 sm dan oshishi, maksimal qiymati esa 
1,5–2,0 m ni tashkil etishi mumkin.  
Shamol rejimi O‘zbekiston hududida turlicha va relyef sharoitiga uzviy bog‘liq. Yilning 
ko‘p qismida tekisliklarda shamol qishda shimol va shimoli-sharqdan, yozda shimol va shimoli-
g‘arbdan yo‘nalgan bo‘ladi, shamolning o‘rtacha tezligi asosan 3–4 m/s dan ortmaydi. Faqatgina 
O‘zbekistonning  shimoli-g‘arbida,  Orol  dengizi  atrofida  bu  tezlik  5  m/s  ga  yetadi.  Bahorda, 
odatda, shamol yilning boshqa davriga nisbatan kuchliroq bo‘ladi.  
Respublikaning  tekislik  hududida  kuchli  shamol  (15  m/s  dan  katta)  o‘ziga  xos  relyefli 
tumanlarda  uchraydi,  uning  maksimal  tezligi  40–45  m/s  ga  yetishi  mumkin.  Kuchli 
shamollarning  yuqori  takrorlanish  darajasi  pasttekisliklar  va  baland  bo‘lmagan  tepaliklar  tor 
yo‘lak  hosil  qiladigan  joy  –  qizilqum  sahrosi  markazida  kuzatiladi.  Masalan,  Tomdi  tumanida 
kuchli  shamol  esadigan  kunlar  yillik  soni  30,  Ko‘lquduqda  esa  85  kundan  ortadi,  bunda 
shamolning maksimal tezligi 40–45 m/s gacha borishi mumkin. 
Tog‘ oldi va tog‘larda shamol ko‘p hollarda sharqiy hamda shimoliy-sharqiy yo‘nalishda 
esadi. Vodiy  va adirliklar  bo‘ylab  yuqori tomonga kunduzi esadigan (vodiy)  shamollari  hamda 
pastga  esadigan  –  tungi  (tog‘)  shamollari  tinch  ob-havo  uchun  ular  uncha  sezilarli  emas.  Ba’zi 
joylarda ular umuman kuzatilmaydi. 
Alohida  iqlim  sharoitida  paydo  bo‘ladigan  kuchli  shamollarga  Farg‘ona  vodiysidan 
g‘arbga  tomon  chiqish  tor  joyida,  ya’ni  Yangiyer  va  Bekobod  tumanlarida  uchraydigan  (uning 
tezligi 40 m/s gacha yetadi), Termiz atrofida eng katta kuchga ega bo‘ron va momaqaldiroq bilan 
yon  tomonlama  g‘arbdan  esadigan  kuchli  «afg‘on»  shamoli,  janubi-g‘arbiy  va  g‘arbiy 
yo‘nalishlardagi  «Jizzax,  Farg‘ona  vodiysidagi  «g‘arbiy  Qo‘qon»  shamollarini  misol  qilib 
keltirish  mumkin.  O‘zbekiston  shimolida  shimoli-sharqdan  esadigan  shamollarning  zabt  etish 
zonasi kengayib borayotganini ta’kidlab o‘tish lozim.  
Respublikaning  suv  resurslari  va  ulardan  foydalanish.  O‘zbekistonning  suv  resurslari 
Orol  dengizi  havzasidagi  barcha  suv  resurslari  bilan  uzviy  bog‘liq  ravishda  qaraladi.  Orol 
dengizi  havzasi  Yevrosiyo  markazida  joylashgan  bo‘lib,  chegarasi  Markaziy  Osiyoniki  bilan 
deyarli ustma-ust tushadi.  
Havza  Tojikiston,  O‘zbekiston,  Turkmanistonning  barcha  hududini,  Qirg‘iziston 
Respublikasining 4 ta viloyati (O‘sh, Jalolobod, Norin, Botken), Qozog‘istonning janubiy qismi 
(ikki  viloyati  Qizil-O‘rda  va  Janubiy  Qozog‘iston)  hamda  Afg‘oniston,  Eronning  shimoliy 
qismlarini qamrab oladi. 

93 
 
Yuqorida  aytib  o‘tilgan  dastlabki  beshta  mamlakatning  Orol  dengizi  havzasida 
joylashgan  viloyatlarini  ko‘rib  chiqamiz.  Bu  hudud  560  va  780  sharqiy  uzoqlik  hamda  330  va 
520  shimoliy  uzoqlikda  joylashgan  bo‘lib,  1549  mln  kv  km  maydonni  egallaydi,  shundan  0,59 
mln kv km maydon ishlov berishga yaroqli hisoblanadi (1.1-jadval). 
 1.1-jadval  
Orol dengizi havzasi yer resurslari (ming ga) 
 
Mamlakatlar 
Maydon 
Ishlov 
berishga 
yaroqli 
maydon 
Ishlov 
beriladigan 
maydon 
Haqiqiy 
sug‘oriladi-
gan maydon 
 
 
Qozog‘iston 
havzasi bo‘yicha 
34440 
23872,4 
1658,8 
786,2 
Qirg‘iziston 
havzasi bo‘yicha 
124 do 
1257,4 
595,0 
422,0 
Tojikiston 
14310 
1571,0 
769,9 
719,0 
Turkmaniston 
48810 
7013,0 
1805,3 
1735,0 
O‘zbekiston 
44884 
25447,7 
5207,8 
4233,4 
Orol dengizi 
havzasi bo‘yicha 
154934 
59161,5 
10036,8 
7895,6 
 
 
*Faqat Orol dengizi havzasida joylashgan viloyatlari kiradi. 
 
Orol  dengizi  havzasi  hududini  ikkita  asosiy  zonaga  bo‘lish  mumkin:  Turon  tekisligi  va 
tog‘  zonasi.  Orol  dengizi  havzasining  Turon  tekisligi  chegarasidagi  g‘arbiy  hamda  shimoli-
g‘arbiy qismlari Qoraqum  va Qizil- qum cho‘llarini o‘z  ichiga oladi. Sharqiy  va  janubi-sharqiy 
qismlari  Tyan-shan  va  Pomir  tog‘  tizmalarining  baland  tog‘li  zonalariga  kiradi.  Havzaning 
qolgan  qismi  allyuvial  va  tog‘lar  o‘rtasidagi  vodiy,  quruq  yarim  quruq  dashtlardan  tashkil 
topgan. Ushbu mamlakatlardagi relyefning turli shakllari suv, yer va mintaqa aholisi o‘rtasidagi 
o‘zaro  munosabatlariga  ta’sir  etadigan  ma’lum  bir  shart-sharoit  hosil  qilgan.  Qirg‘iziston  va 
Tojikistonning  90%  ga  yaqin  hududini  tog‘lar  egallaydi.  Bu  bir  tomondan  ikkala  mamlakat 
uchun  havzada  suv  resurslarini  hosil  qilishda  monopoliyaga  ega  ekanligini  keltirib  chiqarsa, 
ikkinchi tomondan ishlov beriladigan yer tanqisligini belgilaydi. Mintaqa eng muhim xususiyati 
bo‘lib,  butun  hududning  ozroq  qismini  egallagan,  lekin  qadimdan  yashash  uchun  qulay  shart-
sharoit (suv, yog‘in-sochin, eng hosildor yerlar va h.k.) mavjud bo‘lganligi tufayli inson faoliyat 
olib  boradigan  va  istiqomat  qiladigan  markaz  bo‘lgan  vohalar  (Farg‘ona  vodiysi,  Xorazm, 
Toshovuz, Mari, Zarafshon, Toshkent-Chimkent) hisoblanadi. 
Markaziy  Osiyoda  qishloq  aholisining  asosiy  bandlik  sohasi  bo‘lib  qishloq  xo‘jaligi 
hisoblanadi,  hozirgi  paytda  undan  aholining  60%  ga  yaqini  ishlaydi  va  shunga  ko‘ra, 
mintaqadagi mamlakatlar rivoji uchun agrar sektor samaradorligi alohida o‘rin tutadi. Markaziy 
Osiyoning  agrar  mintaqa  sifatida  gullab-yashnashi  qadimdan  yerdan  foydalanish  bilan  uzviy 
bog‘liq bo‘lib kelgan.  
Keltirilgan  ma’lumotlar  (1.1-jadval)dan  ko‘rinib  turibdiki,  umumiy  154,9  mln  ga  yer 
maydonidan  59,1  mln  ga  yer  ishlov  berishga  yaroqli,  shundan  faqat  10  mln  ga  yerdan 
foydalaniladi.  Ishlov  beriladigan  yerlarning  yarmi  vohalarda  joylashgan  (tabiiyki,  ular 
zovurlashtirilgan  va  unumdor  hisoblanadi).  Yerning  qolgan  yarmi  esa  ulardan  foydalanishni 
yo‘lga quyish uchun murakkab va qimmat meliorativ tadbirlar (uning tarkibida zovur yotqizish, 
tekislash  ishlaridan  tashqari  tuproq  strukturasini  yaxshilash  ham  bor)  o‘tkazishni  talab  qiladi. 

94 
 
Dehqonchilik uchun yaroqli yerlar notekis taqsimlangan: Qozog‘iston va Turkmanistonda ko‘p, 
qolgan  uchta  mamlakatda  esa  yerlar  butunlay  (Qirg‘iziston,  Tojikiston)  yoki  yarim,  zonalar 
(O‘zbekistonda – Xorazm, Samarqand viloyatlari, Farg‘ona vodiysi)da yetishmaydi. 
Orol  dengizi  havzasida  mavjud  suv  resurslari.  Havzadagi  suv  resurslari  yer  ustidagi  va 
yer  ostidagi  kelib  chiqishiga  ko‘ra  tabiiy,  shuningdek,  antropogen  kelib  chiqishiga  ega  qaytar 
suvlardan  iboratdir.  Barcha  suv  resurslari  Sirdaryo  va  Amudaryo  havzalariga  tegishli.  Faqat 
Qashqadaryo,  Zarafshon,  Murg‘ob  va  Tejen  daryolari  mustaqil  (biror  joyga  quyilmaydigan, 
Amudaryo daryosiga intiladigan) havzalarni hosil qilishadi. 
Yer  usti  oqimining  shakllanishi.  Mintaqaning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  bo‘lib, 
uning  hududini  yer  usti  oqimini  uchta  asosiy  zonaga  bo‘linishi  hisoblanadi:  1)  oqimning 
shakllanishi  zonasi  (tog‘li  viloyatlarda  to‘yinishi  viloyati);  2)  oqimni  o‘tkazish  (tranzit)  va 
tarqalish  zonasi;  3)  delta  zonasi.  Odatda,  oqimning  shakllanish  zonasida  sezilarli  antropogen 
o‘zgarishlar  yo‘q,  biroq  yirik  to‘g‘onlar  va  suv  omborlari  qurilishi  tufayli  bu  zonaning 
chegarasida daryoning quyida joylashgan (uchastkalari) qismi uchun oqim rejimi keskin o‘zgarib 
ketadi.  Oqimning  o‘tkazish  (tranzit)  va  tarqalish  zonasida  daryolar  hamda  suv  yig‘ish  hududi 
o‘rtasidagi  o‘zaro  ta’sir  xo‘jaligi  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi  (dalalarni  sug‘orish)  uchun 
daryolardan  suv  olish  hamda  tuzlar,  kimyoviy  unsurlar  va  boshqa  suvni  ifloslantiruvchilar 
tarkibida mavjud bo‘lgan oqova suvlarni daryolarga tashlanishi bilan izohlanadi. 
Amudaryo  Markaziy  Osiyoning  eng  yirik  sersuv  daryosi  hisoblanadi.  Uning  uzunligi 
daryoning  boshi (manbayi) Panj  bilan  birgalikda  2540 km  ni tashkil  etadi. Panj  ikkinchi  irmoq 
Vaxsh  bilan  qo‘shilgandan  boshlab  Amudaryo  deb  ataladi.O‘rta  qismida  Amudaryoga  uchta 
yirik  o‘ng  irmoqlar  (Kofirnigon,  Surxandaryo  va  Sherobod)  va  bitta  chap  irmoq  (Qunduz) 
quyiladi.  Shundan  boshlab  to  Orol  dengizigacha  Amudaryo  birorta  ham  irmoqqa  ega  emas. 
Daryo  to‘yinishi,  asosan,  qor  va  muzlarning  erigan  suvlari  hisobiga  bo‘lib,  shunga  ko‘ra  eng 
ko‘p suv sarfi yilning yoz oylari, eng kichik suv sarfi esa yanvar – fevral oylariga to‘g‘ri keladi. 
Oqimning  yil  davomida  bunday  taqsimlanishi  daryo  suvidan  sug‘orish  maqsadlari  uchun  juda 
katta  qulaylik  yaratadi.  Amudaryo  Kerkidan  Nukusgacha  tekislik  bo‘ylab  oqib  o‘tar  ekan,  o‘z 
oqimining  katta  qismini  bug‘lanish,  shimilish  (filtratsiya)  va  sug‘orishga  sarf  qiladi.  Loyqaligi 
bo‘yicha  Amudaryo  Markaziy  Osiyoda  birinchi,  dunyoda  esa  oldingi  o‘rinlardan  birida  turadi. 
Amudaryoning  asosiy  oqimi  Tojikiston  hududida  shakllanadi,  so‘ngra  Afg‘oniston  bilan 
O‘zbekistonning chegarasi bo‘ylab oqadi, Turkmanistonni kesib o‘tadi va O‘zbekiston hududida 
Orol dengiziga quyiladi. 
Sirdaryo – Markaziy Osiyoda sersuvligi  bo‘yicha  ikkinchi  va uzunligi  bo‘yicha  birinchi 
o‘rinda  turadigan  daryo  hisoblanadi.  Uning  boshlanish  qismi  (manbayi)  Norindan  boshlab 
umumiy uzunligi 3019 km ni, havza maydoni esa 219 ming kv km ni tashkil etadi. Sirdaryoning 
manbayi  Markaziy  (ichki)  Tyan-shan  hisoblanadi,  uning  ikki  irmog‘i  Norin  va  Qoradaryo 
birlashgandan  so‘ng  Sirdaryo  deb  atala  boshlaydi.To‘yinishi  muz  va  qor  erishi,  ko‘proq  qor 
erishi  hisobidan  bo‘ladi.  Suv  rejimi  uchun  yoz  bahorgi  –  yozgi  suv  ko‘payishi  (toshqini)  bilan 
tavsiflanadi  va  bu  holat  aprel  oyidan  boshlanib,  iyun  oyiga  eng  ko‘p  oqim  to‘g‘ri  keladi. 
Sirdaryoning  asosiy  oqimi  Qirg‘iziston  hududida  shakllanadi,  keyin  O‘zbekiston  va  Tojikiston 
hududlarini kesib o‘tadi hamda Qozog‘iston hududida Orol dengiziga quyiladi. 

Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling