O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/28
Sana30.09.2017
Hajmi4.51 Kb.
#16830
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
«Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  to‘g‘risida»  gi  Qonunning  hamda  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  20-avgustdagi  398-sonli  «Yirik  va  o‘ta  muhim 
suv  xo‘jaligi  obyektlarini  xavfsiz  ishlashi  va  foydalanish  davridagi  ishonchliligini  oshirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorini qabul qilinishi bilan yana ham dolzarb masalaga 
aylandi. 
«Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  to‘g‘risida»  gi  Qonun  15  moddadan  iborat 
bo‘lib,  uning  1-moddasida  Qonunning  maqsadi  yoritilgan,  ya’ni  gidrotexnika  inshootlarini 
loyihalashtirish,  qurish,  foydalanishga  topshirish,  ulardan  foydalanish,  ularni  rekonstruksiya 

107 
 
qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga 
oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir. 
Qonunning  2-moddasi  «Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  to‘g‘risidagi  qonun 
hujjatlari»  va  3-moddasi  esa  «Asosiy  tushunchalar»  deb  atalib,  ularda  gidrotexnika 
inshootlarining  xavfsizligi  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  Qonun  va  boshqa  qonun  hujjatlaridan 
iborat  ekanligi,  Qonunda  esa  asosiy  tushunchalarga  gidrotexnika  inshootlari,  foyda-lanuvchi 
tashkilot,  favqulodda  vaziyat,  gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  deklaratsiyasi, 
gidrotexnika  inshootining  xavfsizligi  mezonlari,  gidrotexnika  inshooti  avariyasi  xavfining  yo‘l 
quyiladigan darajasi kabilar kirishi belgilab quyilgan va ularga tavsif keltirilgan. 
Qonunning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gidrotexnika 
inshootlarining  xavfsizligi  sohasidagi  vakolatlari,  5-moddasida  Mahalliy  davlat  hokimiyati 
organlarining  gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  sohasidagi  vakolatlari  haqida  so‘z  borsa, 
6-modda «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati»ga bag‘ishlangan. 
Qonunning 7-moddasida gidrotexnika inshootlarining kadastri, 8-moddasida gidrotexnika 
inshootlarining  xavfsizligini  ta’minlashga  quyiladigan  asosiy  talablar,  9-moddada  gidrotexnika 
inshootlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydalanuvchi tashkilotning majburiyatlari o‘z 
ifodasini topgan. 
Gidrotexnika  inshootining  xavfsizligi  deklaratsiyasi  10-moddada  bayon  qilingan  bo‘lib, 
unda  gidrotexnika  inshootini  loyihalashtirish,  qurish,  foydalanishga  topshirish,  undan 
foydalanish,  uni  foydalanishdan  chiqarish  bosqichlarida,  shuningdek,  uni  rekonstruksiya  qilish, 
kapital  ta’mirlash,  tiklash  yoxud  konservatsiyalashdan  keyin  foydalanuvchi  tashkilot 
gidrotexnika  inshootining  xavfsizligi deklaratsiyasini tuzish, deklaratsiyani tuzish tartibi  haqida 
so‘z boradi. 
Gidrotexnika  inshootlari  xavfsizligi  deklaratsiyalarining  davlat  ekspertizasi  Qonunning 
11-moddasidan  gidrotexnika  inshootlarini  tekshirish  13-moddada,  gidrotexnika  inshootlarining 
xavfsizligini  ta’minlashga  qaratilgan  avariya  moddiy-texnika  zaxiralarini  yaratish  va  ulardan 
foydalanish 14-moddada, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun javobgarlik 15-moddada keltirilgan. 
«Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  to‘g‘risida»  gi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Qonuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1999-yil  10-avgustdagi  Qarori  amalga 
kiritilgan. 
Mazkur  Qarorga  ko‘ra  «Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  to‘g‘risida»  gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan, ya’ni 1999-yil 20-avgustdan 
e’tiboran  amalga  kiritilishi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  hukumat  qarorlarini 
«Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi to‘g‘risida» gi Qonunga  muvofiqlashtirish,  vazirliklar 
va  idoralar  mazkur  Qonunga  zid  bo‘lgan  o‘z  normativ  hujjatlarini  qayta  ko‘rib  chiqishlari  va 
bekor  qilishlarini  ta’minlash  belgilab  quyildi  va  ushbu  Qonunning  barcha  moddalari  bo‘yicha 
tegishli ishlar mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. 
Mamlakatimiz 
mustaqillikka 
erishganidan 
so‘ng 
iqtisodiyotimizning 
muhim 
bo‘g‘inlaridan bo‘lgan qishloq va suv xo‘jaligida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunga Oliy 
Majlis,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  hukumati  tomonidan  qabul  qilingan  qishloq  va 
suv  xo‘jaligiga  oid  qonunlar,  farmonlar  hamda  qarorlar  alohida  huquqiy  munosabatlarini  joriy 
etib, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq katta imkoniyatlarni ochib berdi.  
O‘zbekiston  Respublikasida  suvga  doir  munosabatlarni  tartibga  solish,  aholi  va  iqtisod 
tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishni, suvni behuda isrof bo‘lishining oldini 
olishni va suvning zararli ta’sirlarini bartaraf etish kabi vazifalarni hal qilish hamda korxonalar, 
muassasalar,  tashkilotlar,  dehqon  va  fermer  xo‘jaliklari,  shuningdek,  fuqarolarning  suvga  doir 
munosabatlar sohasida  huquqlarini  himoya qilish  maqsadida 1993-yil 6-mayda  «Suv va suvdan 
foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. 
Ushbu qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarini 
tartibga solish sohasidagi vakolatlari, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat 

108 
 
boshqaruvi  va  nazorati,  suvdan  foydalanish  obyektlari  va  ularni  foydalanishga  berish  shartlari, 
suvdan foydalanuvchilarni huquqlari va burchlari kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. 
Yuqoridagilardan  tashqari,  qonunning  maxsus  boblarida  iqtisodiyotning  turli 
tarmoqlarida suv obyektlaridan foydalanish tartiblari to‘la yoritilgan. 
Markaziy  Osiyo  regionini  suv  bilan  ta’minlovchi  manbalarning  chegaralanganligi, 
qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa  ko‘pgina  tarmoqlarda  suvga  bo‘lgan  talabning  yildan-yilga  ortib 
borishini  e’tiborga olgan holda, qonunning 30-moddasida barcha suv  iste’molchilariga  nisbatan 
suvdan  limit  bo‘yicha  foydalanish  tartibi  belgilangan  bo‘lib,  unda,  suvdan  limit  bo‘yicha 
foydalanish  tartibi  ma’muriy-hududiy  taqsimlash  qoidasi,  suv  havzalari  va  har  bir  suvdan 
foydalanuvchi bo‘yicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar 
hamda konchilik nazorat qilish davlat organlari bilan kelishib belgilanishi, suvdan limit bo‘yicha 
foydalanish  tartibi  suv  xo‘jaligi  organlari  tomonidan  belgilanib,  unga  rioya  etish  idoraviy 
bo‘ysunuvidan qat’iy  nazar  barcha  suvdan  foydalanuvchilar uchun  majburiyligi, suv tarmoqlari 
obyektlarini  asrash  va  tiklash,  bu  sohada  xizmat  qiluvchi  xodimlarni  moddiy  ta’minlash 
maqsadlarini ko‘zlab, suvdan limit bo‘yicha foydalanish bilan bir qatorda yoki qisman haq to‘lab 
foydalanish  joriy  etilishi,  suv  uchun  to‘liq  yoki  qisman  haq  to‘lashni  joriy  etish,  suvdan  limit 
bo‘yicha  foydalanish,  shuningdek  bunga  rioya  etilishini  nazorat  qilish  shartlari  va  tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Yuqoridagi  moddadan kelib chiqqan holda suv  va suv resurslari taqchilligi kuchayotgan 
sharoitda aholi va xalq xo‘jaligini suv bilan kafolatli ta’minlash va undan tejamli hamda samarali 
foydalanish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1993-yil  3-avgustda 
qabul qilingan 385-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda 
foydalanish bo‘yicha vaqtinchalik tartib»i amalga kiritildi. 
Ushbu  tartibga  binoan  suvdan  foydalanuvchilar  bo‘yicha  suv  miqdorini  cheklash  uchun 
mo‘ljallangan suv hajmlari: 
1)  daryolarning  haqiqiy  sersuvligidan  kelib  chiqib,  respublikalararo  qarorlar  bilan 
belgilangan  cheklashlar  bo‘yicha  tuzatishlar  hisobga  olingan  holda  suv  manbalari  (bir  necha 
respublika hududidan oqib o‘tadigan Amudaryo va Sirdaryo daryolari hamda ularning irmoqlari) 
hajmidan; 
2) O‘zbekiston hududidagi  haqiqiy sersuvligidan, shuningdek qayta tartibga solinganligi 
va  bir  o‘zandan  ikkinchi  o‘zanga  tashlanganligidan  kelib  chiqib,  kiritilgan  tuzatishlar  hisobga 
olingan yer usti suv manbalari hajmidan; 
3) yer osti suvlarining foydalanilayotgan zaxirasidan olingan suv hajmidan; 
4) oqova suvlardan qayta foydalanish hajmidan iborat. 
Suvdan  foydalanish uchun  belgilangan suv  hajmlari eng cheklangan  hisoblanadi  va ular 
suv  taqchilligi  sharoitlarida  kamaytirilishi  mumkin.  Ustuvor  sohalarning  suvdan  foydalanish 
hajmi  har  yili  ortib  borishi  hisobga  olingan  holda  sug‘orish  uchun  cheklangan  suv  miqdorlari 
kamaytirilib boriladi deb ko‘rsatilgan. 
«Suv  va  suvdan  foydalanish  to‘g‘risida»  gi  qonunda  suvdan  foydalanishni  davlat  yo‘li 
bilan hisobga olish va rejalashtirishga doir maxsus bob bo‘lib, uning 107–113-moddalarida suvni 
va undan foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olish, davlat suv kadastri yuritish, suv xo‘jaligi 
balanslari tuzish hamda suvlardan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning jadvallarini 
ishlab chiqish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Yuqorilaridagidan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining 385-sonli qarorida ham 
maxsus  bandlar  kiritilgan  bo‘lib,  ularda  suv  olish  va  uni  hisobga  olish  belgilangan  me’yorlar 
bo‘yicha  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  suv  olish  inshootlari  (xo‘jalik  taqsimlagichi  bosh  inshooti, 
kanal,  quduq,  nasos  stansiyasi  va  boshqa  suv  olish  inshootlari)da  amalga  oshirilishi,  suv  olish 
inshootini  ro‘yxatdan  o‘tkazmasdan  va  shartnoma  tuzmasdan  har  qanday  manbadan  suv  olish 
tasdiqlangan tartibni buzish deb qayd qilinishi, noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan suv olish deb 
hisoblanishi  va  suv  olish  qurilmasini  nazorat  qilish  har  kuni  suv  xo‘jaligi  tashkiloti  va  suvdan 

109 
 
foydalanuvchining  har  bir  suv  olish  inshootiga  biriktirib  quyilgan  mas’ul  shaxslari  tomonidan 
maxsus hisobga olish jurnallariga imzo chekish bilan olib borilishi belgilab quyilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Qishloq 
xo‘jaligida 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning  eng  muhim  yo‘nalishlari  to‘g‘risida»gi  PF-3226-sonli  Farmoni  hamda 
Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  28-iyundagi  «O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq  va  suv 
xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 290-sonli qarori qabul 
qilinib,  unga  ko‘ra  vazirlikka  irrigatsiya  tizimlarini  havzalar  bo‘yicha  boshqarish  prinsiplari 
asosida yer usti va suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda 
suvdan  foydalanishning  bozor  prinsiplarini  joriy  etish  vazifasi  yuklatilgan.  Shu  maqsadda 
Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  21-iyulda  «Suv  xo‘jaligini  boshqarishni  tashkil  etishni 
takomillashtirish to‘g‘risida» gi 320-sonli qarori qabul qilindi. 
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan: 
O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi  va 
Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining mavjud suv 
xo‘jaligi  tashkilotlari  va  xizmatlari  tuzilmalari  hamda  uning  hududiy  bo‘linmalari  negizida: 
Norin-Qoradaryo  irrigatsiya  havza  boshqarmasi;  Norin-Sirdaryo  irrigatsiya  havza  boshqarmasi; 
Sirdaryo-So‘x  irrigatsiya  havza  boshqarmasi;  quyi-Sirdaryo  irrigatsiya  havza  boshqarmasi; 
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya havza boshqarmasi; Amu-Surxon irrigatsiya havza boshqarmasi; 
Amu-Qashqadaryo  irrigatsiya  havza  boshqarmasi;  Amu-Buxoro  irrigatsiya  havza  boshqarmasi; 
quyi-Amudaryo  irrigatsiya  havza  boshqarmasi;  Zarafshon  irrigatsiya  havza  boshqarmasi 
shuningdek, birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan farg‘ona vodiysi magistral kanallari 
tizimi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi va amalga oshirildi. 
Irrigatsiya  tizimlari  havza  boshqarmalarining  zimmasiga  irrigatsiya  tizimlari  va  suv 
xo‘jaligi  inshootlarini  texnik  ishonchligini  ta’minlash,  havza  hududida  suv  resurslarini  oqilona 
boshqarish  hamda  uni  tezkorligini  oshirish,  suv  iste’molchilari  bo‘yicha  suv  resurslaridan 
foydalanishning aniq hisobi va hisobotini ta’minlash vazifalari yuklatilgan. 
Yuqorida  ko‘rsatilib  o‘tilgan  Prezident  Farmoni,  Vazirlar  Mahkamasining  Qarorlaridan 
kelib  chiqqan  holda  O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq  xo‘jaligi  vazirligining  165,  210-sonli 
buyruqlari  qabul  qilinib,  ularda  irrigatsiya  tizimlari  havza  boshqarmalarida  suv  resurslarini 
boshqarish  va  suvdan  foydalanuvchilarga  suvni  yetkazish  bo‘yicha  xizmat  ko‘rsatish  haqida 
vaqtinchalik  tartib»  hamda  irrigatsiya  tizimlarida  suv  hisob-kitobini  olib  borish,  olingan  suv 
to‘g‘risida  hisobotlar  shakllari  tasdiqlanib,  ularni  joylarda  tatbiq  etish  belgilangan.  Bundan 
tashqari, suvni olish, uni iste’molchilarga yetkazish va foydalanish to‘g‘risidagi kundalik tezkor 
ma’lumotlar,  dekadalik,  oylik,  choraklik,  kuzgi-qishgi  va  yozgi  sug‘orish  mavsumlari  hamda 
gidrologik  yil  bo‘yicha  ma’lumotlar  va  hisobotlarni  sifatli tayyorlash  va  yurgazish, o‘z  vaqtida 
tegishli  boshqarmalarga  va  tashkilotlarga,  vazirlikka  yetkazishga  Irrigatsiya  tizimlari  havza 
boshqarmalari,  birlashgan  dispetcherlik  markaziga  ega  bo‘lgan  Farg‘ona  vodiysi  magistral 
kanallari  tizimi  boshqarmasi,  Qoraqalpog‘iston  respublikasi  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi, 
viloyatlar  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  boshqarmalari,  «  «O‘zsuvta’mirfoydalanish»  respublika 
birlashmasi  hamda  ««Suv resurslari  balansi  va  suvni tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish» 
boshqarmalari mas’ul etib tayinlanib quyilgan.  
Yuqorida  keltirilgan  qonun  tegishli  qarorlar  va  soliq  to‘g‘risidagi  kodeks  asosida  «Suv 
ta’minoti  va  undan  foydalanish  to‘g‘risida  namunaviy  shartnoma»  ishlab  chiqilib 
«Ta’minlovchi»  (Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  boshqarmasi)  va  «Iste’molchi»  (suvdan 
foydalanuvchi) o‘rtasidagi munosabatni qonunlashtiradi. 
Suvdan foydalanuvchilar tomonidan «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni va 
Vazirlar  Mahkamasining  1993-yil  3-avgustdagi  385-sonli  qarori  talablarni  buzilganda 
O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  «O‘zsuvnazorat»,  Respublika  suv 
inpeksiyasi  tomonidan  maxsus  shakldagi  «Dalolatnoma»  tuzilib,  suvdan  foydalanish  qonun  va 
qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida «To‘lovnoma» orqali jarima solinadi. 

110 
 
Ma’lumki,  XX  asrning  keyingi  20...30  yili  ichida  daryolarimiz  suvidan  xo‘jasizlarcha 
foydalanishga  yo‘l  quyildi,  paxta  yakkaxonligi  tufayli  Orol  dengiziga  suvning  yetib  borishi 
nihoyatdi  qisqardi,  bu  esa  atrof-  muhitga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmasdan  qolmadi.  Xalqimizning 
suvdan  unumli  foydalanish,  uning  tozaligini  saqlashdek  boy  tajribalariga  e’tiborsizlik  bilan 
qaraldi.  Anhor  va  daryolarga  turli  xil  ishlab  chiqarishdan,  kommunal-maishiy  xizmatlarda 
foydalanilgan suvlar tashlanadigan bo‘ldi. 
Suv resurslariga nisbatan bunday yo‘l quyilgan xatolarni tuzatish va shu bilan birga suvga 
bo‘lgan  o‘sib  borayotgan  talabni  to‘laroq  qondirish  kabi  ushbu  masalalar  respublikamiz 
hukumatining  diqqat  markazida  turibdi  va  bu  borada  tegishli  say’i  harakatlar  amalga 
oshirilmoqda. 
Mamlakatimiz  daryolaridagi  suv  resurslarining  80  foizi  bahor  va  yoz  davrlariga  to‘g‘ri 
keladi. Biroq, mazkur tabiiy rejim suv omborlari yordamida sezilarli darajada o‘zgartirilgan. 
Daryolar  o‘zlarining  paydo  bo‘la  boshlagan  hududlarida,  ya’ni  tog‘  va  tog‘  yon 
bag‘irlarida  juda  toza  bo‘lib,  deyarli  ifloslanmagan  va  suvning  minerallashuvi  sezilar-sezilmas 
darajani tashkil etadi.  
Biroq  daryoning  o‘rta  va  quyi  oqimlarida  suvning  sifati  keskin  yomonlashadi.  Asosiy 
ifloslantiruvchi  manbalarga  kommunal-maishiy  ro‘zg‘or  xo‘jaligi,  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi 
tarmoqlari  kiradi.  Shu  sababdan  mintaqadagi  aksariyat  daryolar  o‘zlarining  o‘rta  va  quyi 
oqimlarida  suv  minerallashuvi  2  mg/l  va  undan  ortiq  bo‘lishi  bilan  xarakterlanadi.  Jumladan, 
Amudaryoning  quyi  oqimida  suvdagi  ifloslanishning  ruxsat  etilgan  konsentratsiyasi  suv 
minerallashuvi,  qattiqligi,  sulfat,  xlorid,  fenol,  kremniy  va  boshqa  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha 
amaldagi  me’yorlar  talablaridan  ancha  ortiqdir.  Zarafshon  daryosining  quyi  oqimida  esa  suv 
deyarli  barcha  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  talabga  javob  bermaydi.  Mintaqadagi  qator  boshqa 
daryolarda  ham  shunga  o‘xshash  holatni  kuzatish  mumkin.  O‘z  navbatida  yer  usti  va  yer  osti 
suvlari o‘rtasidagi gidravlik bog‘liqlikning mavjudligi umumiy suv resurslarining ajralmas qismi 
va  ichimlik  suvining  asosiy  manbayi  bo‘lmish  yer  osti  suvlari  sifatining  yomonlashuviga  olib 
keldi.  
Bu  holat  ayniqsa  daryolarning  quyi  oqimlari  va  sug‘orma  dehqonchilik  rivojlangan 
hududlarda ko‘proq kuzatiladi. 
Orol dengizi havzasidagi yer osti suvlari asosan yog‘ingarchilikning erga shimilishi, suv 
havzalari  va  sug‘oriladigan  maydonlardan  paydo  bo‘layotgan  infiltratsiya  hisobiga  shakllanadi. 
Umuman  mintaqada  yer  osti  suv  zaxiralari  32,5  km3ni  tashkil  etadi  (bu  yer  usti  suvlarining 
deyarli 25 foiziga to‘g‘ri keladi), shu jumladan, O‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkich 19,7 km3ga 
tengdir. Bunda foydalaniladigan zaxiralar respublika bo‘yicha12,1 va 6,8 km3ni tashkil etadi. 
Bundan tashqari, mintaqada oqova suvlar mavjud va ular odatda sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
kommunal  xo‘jaligidan  chiqayotgan  va  bir  yoki  bir  necha  marta  ishlatilgan,  ma’lum  darajada 
ifloslangan  suvlar  yig‘indisidir.  Amalda  bunday  suvlarning  miqdori  Orol  dengizi  havzasida 
deyarli 45 m3 ni tashkil etadi. 
 Ayni  paytda  tashlama  suvlarning  qayta  ishlatilayotgan  qismi  63  foizga  teng  bo‘lib,  bu 
suvlar  mintaqasidagi  mavjud  suv  resurslari  sifatini  yomonlashtiruvchi  asosiy  manbalardan 
biridir.  Oqova  suvlarning  asosiy  qismi  qishloq  xo‘jaligida  hosil  bo‘ladi.  Mamlakatimiz 
taraqqiyotining  rivojlanishi  har  tomonlama  suvdan  qanday  foydalanishimiz  va  suvga  bo‘lgan 
munosabatimizga bog‘liq. Mavjud vaziyat asosan quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
1) suv resurslarining cheklanganligi va o‘ta notekis tarqalganligi; 
2) suv resurslari cheklangan sharoitda suvga  bo‘lgan talabning tobora, ortib  borishi, suv 
ta’minotining yomonlashuvi; 
3)  suv  resurslariga  bo‘layotgan  tabiiy  va  sun’iy  ta’sirlar  ostida  suvga  bo‘lgan  ehtiyoj 
tufayli qarama-qarshilikning ortib borishi; 
4) mintaqamizdagi yangi ekalogik va iqtisodiy-siyosiy sharoitda suvdan foydalanish bilan 
bog‘liq masalalarda keskinlikning ortib borishi. 

111 
 
Bu  holat  nafaqat  respublikamizdagi  suvdan  foydalanuvchilar  bilan,  balki  qo‘shni 
davlatlar  orasidagi  suv  bilan  bog‘liq  munosabatlarda  o‘z  aksini  topmoqda.  Chegaralangan  suv 
resurslaridan foydalanish holatining tahlili va uning kelajagi shuni ko‘rsatib turibdiki, kelgusida 
suv  resurslaridan  foydalanish  va  ularni  boshqarishning  oqilona  yo‘llarini  qidirib  topish  eng 
dolzarb  muammo  bo‘lib  qoladi.  Bugungi  kunda  respublikamizda  mavjud  suv  resurslarining 
deyarli  90  foizi  dehqonchilik  maqsadlarida,  4,1  foizi  kommunal-maishiy  sohasida,  2,2  foizi 
sanoatda, 1,7 foizi baliqchilikda, 1,6 foizi qishloqlar suv ta’minoti uchun ishlatiladi. 
Barcha sohalarda  bo‘lgani kabi  mavjud  suv resurslaridan  samarali  foydalanish  yo‘lidagi 
islohotlarni chuqurlashtirishga katta e’tibor qaratilayotganligi ayni muddaodir. Lekin, maqsadga 
to‘la  erishish  yo‘lida  jamoatchilik,  eng  avvalo  suv  resurslari  bilan  faoliyati  bevosita  bog‘liq 
bo‘lgan  mutaxassislar  va  barcha  iste’molchilar  suv  resurslaridan  foydalanishga  bo‘lgan  o‘z 
munosabatlarini tubdan o‘zgartirishlari lozim bo‘ladi. 
 
4.  Gidrotexnika  inshootlarining  tasnifi,  gidrouzellar  va  gidrotizimlar,  ularning 
ishlash sharoitlari va loyihalashning umumiy masalalari ularning tasnifi 
 
Maxsus  inshootlar,  jihozlar  va  qurilmalar  yordamida  suv  resurslaridan  xalq  xo‘jaligi 
ehtiyojlarida  foydalanish  va  suvning  zararli  ta’sirlariga  qarshi  kurashishni  o‘rganish  bilan 
shug‘ullanuvchi  fan  va  texnikaning  tarmog‘iga  gidrotexnika  deb  ataladi.  Bevosita  suv  xo‘jaligi 
tadbirlarini  amalga  oshiradigan  muhandislik  inshootlari  gidrotexnikaviy  yoki  gidrotexnika 
inshootlari deb ataladi. 
Gidrotexnika inshootlari yordamida har xil suv xo‘jaligi tadbirlari amalga oshiriladi, suv 
sathi  va suv sarfi rostlanadi, uni  manbadan  ma’lum  sifatda va  istalgan  vaqtda kerakli  miqdorda 
olib,  zarur  joylar  (ekin  maydonlari,  gidroelektrstansiyalar  va  h.k.)ga  yetkazib  beriladi,  muz  va 
cho‘kindilar va h.k. o‘tkazib yuboriladi. 
Gidrotexnika  inshootlari,  odatda,  asosiy  belgilari:  ishonchlilik  kategoriyasi  (foydalanish 
sharoitlari  va  kapitalligi);  maqsadli  vazifasi;  o‘ziga  xos  belgilari,  masalan,  konstruksiyasi; 
joylashgan o‘rni va h.k. ga ko‘ra tasniflanadi. 
Foydalanish sharoitlari bo‘yicha gidrotexnika inshootlari amaldagi Qurilish me’yorlari va 
qoidalari  (QMQ)  ga  ko‘ra:  doimiy  va  vaqtinchalik  inshootlar;  doimiy  gidrotexnika  inshootlari 
esa  asosiy  va  ikkinchi  darajali  inshootlarga  bo‘linadi.  Doimiy  asosiy  gidrotexnika  inshootlarini 
ta’mirlashda  yoki  ularda  avariya  sodir  bo‘lganda  butun  tizim  o‘z  ishini  to‘xtatadi  yoki 
gidroelektrostansiyalar  normal  ishla-shini  buzilishiga,  sug‘orish  tarmoqlarida  suvning  to‘xtashi 
yoki  kamayishi,  kema  qatnovi  to‘xtatilishi  yoki  kamayishi  va  h.k.  ga  sabab  bo‘ladi.  Ikkinchi 
darajali  inshootlar  ta’mirlanganda  yoki  avariya  sodir  bo‘lganda,  ular  o‘z  ishini  to‘xtatishi 
natijasida katta talofatlar sodir bo‘lmaydi.  
Asosiy  gidrotexnika  inshootlariga:  to‘g‘onlar,  dambalar,  suv  oluvchi  inshootlar,  kema 
o‘tkazuvchi  inshootlar,  suv  tashlovchi  inshootlar,  derivatsiya,  bosh  va  sug‘orish  kanallari, 
tunnellar, suv o‘tkazuvchi quvurlar, kollektorlar, turli xil havzalar, tenglashtiruvchi rezervuarlar, 
boshqaruvchi  (to‘g‘rilovchi)  inshootlar,  gidroelektrostansiya  binolari,  nasos  stansiyalari,  kema 
ko‘targichlar, 
mexanizatsiyalashgan 
yuk 
bog‘lovchi 
joylar, 
issiqlik 
va 
atom 
elektrostansiyalarining gidrotexnika inshootlari va baliq o‘tkazuvchi inshootlar kiradi. 
Ikkinchi darajali inshootlarga: qirg‘oqni mustahkamlash inshootlari, ta’mirlash zatvorlari, 

Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling