O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 4.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana30.09.2017
Hajmi4.51 Kb.
#16830
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28

 (7.2) 
 
bunda 
  - tezlik koeffitsiyenti, pog‘ona balandligiga ko‘ra qabul qilinadi (E.A.Zamarin 
tavsiyalari) 
 
p
, m 






 
1,00...0,95  0,95...0,91  0,91...0,88  0,88...0,86  0,86...0,85 
 
 
Ikkinchi  tutash  chuqurlik 
''
c
h
  (6.5)  formula  bo‘yicha  aniqlanadi.  Birinchi  pog‘ona  suv 
urilma devori ustidagi suv chuqurligi 
3
/
2
1
2
Q









g
bm
H
 (7.3) 
 
bunda 
m - yupqa devorli vodosliv uchun sarf koeffitsiyenti,  m =0,42. 
Birinchi pog‘onadagi suv urilma qudug‘ining chuqurligi 
1
''
H
h
d
c


 (7.4) 
 
Oqimning quyilib tushish uzunligi 


H
p
H
l
Т


2
0
 (7.5) 
Sakrash uzunligi  
''
15
,
3
c
сак
h
l

 (7.6) 
Birinchi pog‘ona uzunligi 
сак
T
l
l
l


 (7.7) 
Ikkinchi  pog‘ona  hisobi  birinchi  pog‘ona  sngari  bajariladi,  faqat  bosim 
0
H   o‘rniga 
birinchi pog‘onadagi suv qudug‘iga oqim tezligi kelishini hisobga olib 
1
H  bosimi qabul qlinadi 
''
1
Q
c
bh


 (7.8) 
Barcha  keyingi  pog‘onalar  o‘lchamlari  ikkinchi  pog‘ona  o‘lchamlariga  teng  bo‘ladi, 
chunki  ularning  gidravlik  sharoitlari  bir  xildir.  Sharshara  bilan  kanal  kengayuvchi  ko‘rinishda 
birlashtirilsa tutash chuqurliklar sakrash funktsiyasi tenglamasidan aniqlanadi 
2
2
2
2
1
1
2
Q
Q






y
g
y
g



 (7.9) 
bunda 
1
   va 
2
 -  sakrashdan  oldin  va  keyingi  jonli  kesim  yuzalari; 
1
у   va 
2
у   –  mos 
ravishda tutash kesimlar yuzalarining og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofalar. 
Suv urilma qudug‘idagi  birinchi tutash chuqurlik ma’lum  bo‘lganda (7.9) formulalardan 
ikkinchi tutash chuqurlik aniqlanadi, so‘ngra (7.7) formuladan quduq uzunligi topiladi. 

194 
 
Quduqning kengayish burchagi  
'
1
к
П
tg


 (7.10) 
bunda 
1
2
'
c
к
gh
П


- siqilgan chuqurlikdagi kinetikli parametri. 
Konsolli  sharshara  hisobi.  Konsolli  sharshara  novidagi  suv  chuqurliklari  tezoqar  novi 
suv chuqurliklarini aniqlash kabi topiladi. 
Konsoldan oqimning otilish uzoqligi 
h
p
l
отл



45
,
0
 (7.11) 
bunda 
 -  konsoldan  tushish  tezligi, 
 
bh
/
Q



 -tezli  koeffitsiyenti,  ko‘p  pog‘onali 
sharshara hisobidagi kabi qabul qilinadi. 
 
 
 
7.9-rasm. Konsonli sharshara gidravlik hisobi sxemasi  
 
Yuvilish varonkasida oqimning yoyilish uzunligi 
 
к
й
a
q
L
.
0
lg
4
,
1



 (7.12) 
 
bunda 
q
-oqimni  suvga  kirish  joyidagi  solishtirma  sarfi; 
к
й.

-  voronkadagi  grunt  uchun 
yuvilishga  yo‘l  qo‘yiladigan  tezlik; 
a -raqamli  koeffitsiyent,  a =0,8; 
0
 -oqimning  suvga  kirish 
tezligi 
 


h
p
g



2
2
0



 (7.13) 
 
Oqimning suvga kirish burchagi  
 




h
p
g
tg


2
 (7.14) 
 
Yuvilish voronkasidagi suv chuqurligi 

LSin
t 
 (7.15) 
 
Ketuvchi kanal tubiga nisbatan yuvilish chuqurligi esa 
к
h
t
T


 (7.16) 

195 
 
 
Qabul qilingan qiymatlarni hisobga olib konsol tayanchlarining poydevorining yotqizish 
chuqurligi belgilanadi. 
 
Nazorat savollari 
1. Sharshara deb nimaga aytiladi? 
2. Sharsharaning konstruksiyasini tushuntirib bering. 
3. Sharsharaning qanaqa turlarini bilasiz? 
4.Konsolli sharsharalarning qanday afzallik va kamchiliklari bor? 
5.Konsolli sharsharalar qanaqa konstruktiv qismlardan tashkil topgan? 
6.Yuvilish voronkasi chuqurligi qanday aniqlanadi? 
7.Tutashtiruvchi inshootlar turi qanday tanlanadi? 
8.Konsolli sharshara novidagi suv chuqurliklari qanday topiladi? 
 9.Konsolli sharshara gidravlik hisobi sxemasini tushuntirib bering. 
 
 
 
8-mavzu To‘siqlardan suv o‘tkazish inshootlari 
 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba sоni: 
O`quv mashg’ulоtining tuzilishi  
Ma’ruza rеjasi 
1.  Suv o‘tkazuvchi inshootlarning 
vazifasi va turlari 
2.  Akveduklar, ularning qo‘llanishi va 
konstruktiv xususiyatlari 
3. 
Sel o‘tkazuvchilar, novlar, quvurlar.
 
4. 
Akveduklar gidravlik hisobi.
 
O`quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda Gidrotexnik inshootlari fani bo`yicha tushuncha hоsil 
qilish.  
Pеdagоgik 
vazifalar: 
Yangi 
mavzu 
bilan 
tanishtirish,  mavzuga  оid  ilmiy  atamalarni  оchib 
bеrish,  asоsiy    masalalar  bo`yicha  tushunchalarni 
shakllantirish. 
Talabalarni  Gidrotexnik  inshootlari    fani  va  uning 
sоhalari haqidagi asоsiy  nazariy tushunchalar bilan 
tanishtirish, ko`nikma va malakalar haqida tasavvur 
shakllantirish, 
asоsiy 
ma’lumоtlarni 
kоnspеktlashtirish. 
Ta’lim usullari: 
Aqliy хujum, “BBB” 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli. 
Оmmaviy 
Ta’lim vоsitalari 
Ma’ruza matni, kоmpyutеr, ekran, prоеktоr, 
PowerPoint dasturi.. 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl javоb 
 
O`quv mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi. 
 
Ishlash bоsqichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
 
O`qituvchining 
Talabaning  
1 bоsqich  
1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish 
va talabalar davоmatini 
tеkshirish (5 min).  
1.2 O`quv mashg’ulоtiga kirish 
(5 min) 
1.2  Gidrotexnik  inshootlari  fani 
haqida 
talabalarning 
mulоhazalari 
so`raladi. 
Fan 
to`g’risida  ma’lumоtlar  bеriladi 
ma’ruza  rеjasi  yozdiriladi.  So`ng 
ma’ruza bоshlanadi. 
Tinglashadi. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fani, 
o`rganish 
sоhalari  bo`yicha  o`z  fikrlarini 
aytadilar. 
Aniqlashtiradilar, 
savоllar bеradilar. 
2 bоsqich. Asоsiy 60 min 
1.  Gidrotexnik  inshootlari    fani 
va 
uning 
sоhalari. 
Mamlakatimizdagi  tutgan  o`rni 
Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, 
Gidrotexnik inshootlari fani va 
uning sоhalarini yozib оladilar. 

196 
 
va ahamiyati aytib o`tiladi. 
2. 
Gidrotexnik 
inshootlari 
fanining 
qishlоq 
хo`jaligida 
tutgan o`rni  va uning rivоjlanishi 
haqida aytib o`tiladi. 
3.  Gidrotexnik  inshootlari  faning 
tadqiqоt  bоsqichlari  va  usullari 
aytiladi. 
Gidrotexnik inshootlari fanining 
o`ziga хоs hajmiy –rеjaviy 
еchimlari haqida yozib оlishadi. 
Gidrotexnik inshootlari fani ning 
ahamiyati va qishlоq хo`jali gida 
tutgan o`rni haqida yozib 
оladilar. Mavzu bo`yicha savоllar 
bеradilar.  
3 bоsqich Yakuniy natijalar 10 
min 
3.1. Mavzu bo`yicha хulоsa 
qilish va o`quv mashg’ulоtning 
maqsadiga erishish darajasi taхlil 
qilinadi. 
3.2. Mavzu yuzasidan o`quv 
vazifasi bеriladi. 
O`rganilgan mavzu bo`yicha 
оlgan ma’lumоtlarni umumlash 
tiradilar va savоllar paydо 
bo`lgan bo`lsa savоllar bеradilar. 
 
Adabiyotlar: 
1. 
Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 
2.  
Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika 
inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 
3.  
Rоzanоv  N.P.,  Bоchkaryov  Ya.V.,  Lapshеnkоv  V.S.,  Juravlyov  G.I.,  Kaganоv 
G.M.,  Rumyantsеv  I.S.  «Gidrоtехnichеskiе  sооrujеniya»,  pоd  rеd.  N.P.  Rоzanоva  - 
M.Agrоprоmizdat, 1985. 
4.  
Хusanхujaеv Z.Х. “Gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi-nashiryoti, T.1968 
5. 
Хusanхujaеv  Z.Х.  “Suv  оmbоridagi  gidrоtехnika  inshооtlari”.  O`qituvchi, 
Tоshkеnt. 1986. 
6.  
Bakiеv  M.R.,  Yangiеv  A.A.,  Kоdirоv  О,  “Gidrоtехnika  inshооtlari”.  Fan. 
Tоshkеnt. 2002. 
7.  
Vоlkоv  I.M.,  Kоnоnеnkо  P.F.,  Fеdichkin  I.K.  “Gidrоtехnichеskiе  sооrujеniya” 
M: Kоlоs, 1968 
8. 
Bakiеv  M.R., M-G.A.Kоdirоva, Ibraymоv  A.  “Gidrоtехnika  inshооtlari”  fanidan 
kurs  lоyiхalari  va  amaliy  mashg`ulоtlarni  bajarish  bo`yicha  mеtоdik  ko`rsatma.  1,2  qismlar. 
T.,2009. 
9. 
 Bakiеv  M.R.,  Kirillоva  Е.I.,  Kоххоrоv  O`.  “Gidrоtехnika  inshооtlari”  fanidan 
labaratоriya ishlarini bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. T.,2007. 
 
1. Suv o‘tkazuvchi inshootlarning vazifasi va turlari 
 
Iste’molchiga  suv  yetkazib  beruvchi  kanallar  va  ularning  trassasi  bo‘yicha  uchraydigan 
tabiiy  va  sun’iy  to‘siqlar  bilan  kesishgan  joylarda  quriladigan  inshootlar  suv  o‘tkazuvchi 
inshootlar deb ataladi. 
Kanal trassasi  bo‘yicha uchraydigan tabiiy to‘siqlarga soylar,  jarliklar, daryolar, ariqlar, 
har  xil  mahalliy  tepaliklar,  adirlar,  tog‘lar  va  shu  kabilar  kiradi.  Sun’iy  to‘siqlarga  yo‘l,  temir 
yo‘l,  temir  yo‘l  ko‘tarmalari,  boshqa  yo‘nalishdagi  kanallar  hamda  kanal  bilan  bir  yoki  har  xil 
tekislikda joylashgan turli xil muhandislik inshootlari misol bo‘la oladi. 
Gidromeliorativ  tizimlarda  barpo  etiladigan  suv  o‘tkazuvchi  inshootlar  qatoriga 
akveduklar,  dyukerlar,  tunnellar,  kanallardagi  va  uning  tagida  joylashgan  –  quvurlar,  qiya  tog‘ 
yon bag‘irlarda joylashgan kanallarni sanab o‘tish mumkin. 
2.Akveduklar, ularning qo‘llanishi va konstruktiv xususiyatlari 
 

197 
 
Past relyefli joylardan, pastlikdagi tabiiy (soylar, jarliklar, daryolar) yoki sun’iy (kanallar, 
yo‘llar)  to‘siqlardan  nov  yoki  quvurli  ko‘prik  ko‘rinishidagi  to‘siqlardan  suv  o‘tkazuvchi 
inshootlar akveduklar deb ataladi. 
Akveduklar temir-beton, yog‘och va metalldan quriladi. Yog‘och akveduklarning ishlash 
muddati qisqa bo‘lganligi uchun, ular faqat past sinfli yoki vaqtinchalik inshootlarda qo‘llaniladi. 
To‘siqlarning  xilma-xilligi,  akveduklarning  bir  qancha  turlarini  qo‘llashni  taqozo  etadi.  8.1-
rasmda amalda qo‘llanilayotgan akveduklarning bir necha turi ko‘rsatilgan. 
Arkali  konstruksiyali  akveduklar  juda  tor  va  chuqur  mustahkam  qoya  asosli  joylarda 
quriladi.  Bunda  nov  arkaning  ustida  joylashtiriladi  (8.1a-rasm).  Kanal  bilan  kanal  kesishgan 
joylarda  va  uncha  chuqur  bo‘lmagan  pastliklar  ustidan  yumshoq  gruntli  zaminlarda  ham  arkali 
konstruksiyali  akveduklar qo‘llaniladi (8.1b-rasm). Arkali-osmali, arkali  akveduklarni daryo  va 
kema  o‘tkazuvchi  kanallar  ustidan  o‘tkazish  maqsadga  muvofiqdir  (8.1d-rasm).  To‘sinli  va 
ramali konstruksiyali akveduklar juda keng va chuqur pastliklardan o‘tishda qo‘llaniladi (8.1e,f-
rasm). 
 
8.1-rasm.  Akveduk  turlari:  a–qoya  asosli  arkali;  b–yumshoq  gruntlardagi  arkali;  d–
arkali-osmali;  e–chuqur  pastliklardan  o‘tuvchi  ramali;  f–chuqur  bo‘lmagan  keng  pastliklardan 
o‘tuvchi ramali. 
 
Akveduklar  va  kanal  uchastkalarining  unga  tutash  joylaridagi  uzunligi,  kanal  tubi 
kengligining besh barobariga teng qilib olinadi, ular to‘g‘ri chiziq bo‘yicha joylashtiriladi. Agar 
joyning topografik sharoitiga ko‘ra akvedukni to‘g‘ri chiziq bo‘yicha joylashtirib bo‘lmasa, unda 
uni planda egri chiziq bo‘yicha joylashtiriladi. Akveduk oraliq qurilmalarining eng pastki qismi 
kanal, daryodagi maksimal suv sathi yuzasidan 0,5 m balandlikda o‘rnatilishi kerak. Akveduklar 
kirish, nov va chiqish qismlaridan iborat (8.2-rasm). 
Kanal bilan akveduk novi kirish va chiqish qismlari tutashtiruvchi uchastkalar yordamida 
birlashtiriladi.  Ular  konstruksiyasi  jihatdan  kengayadigan  devor  ko‘rinishida  bo‘ladi.  Kirish 
qismining boshida va chiqish qismining oxirida kanaldan pastlikka tomon suv singib ketmasligi 
uchun tish  yoki  shpuntli devor o‘rnatiladi,  inshoatning chiqish qismining kanal  bilan tutashgan 
joyida tosh terib mustahkamlanadi.  
Nov ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli, trapetsiya, parabolik va yarim doiraviy bo‘lishi 
mumkin.  Nov  balandligi  gidravlik  hisoblash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Yon  devorlar  qalinligi 
0,2…0,3 m chamasida qabul qilinadi. Nov tubining qalinligi devor qalinligiga teng qilib, qabul 
qilinadi. Nov kengligi 3…4  m oralig‘ida, zarur bo‘lgan hollarda esa akveduk ko‘p ko‘zli qabul 
qilinadi. Novning tepa qismidagi mustahkamligini oshirish maqsadida ko‘ndalang qilib, har 3…4 
m dan keyin to‘sinlar o‘rnatiladi. Novdagi suv oqimi tezligi kanaldagi tezlikdan katta bo‘ladi va, 
odatda, 1,5…2,5 m/s ni tashkil etadi. Suvning kichik 

198 
 
 
 
8.2-rasm. Akveduk konstruksiyasi: 1–kirish; 2–nov; 3–chiqish ; 4–tayanchlar. 
 
 
 
8.3-rasm. Chok konstruksiyalari 1–temir plastinka; 2–rezina; 3–bitum; 4–rezinali naycha. 
tezliklarida  nishablikni  oshirishga  to‘g‘ri  keladi  va  bu  o‘z  navbatida  akveduk  chiqish 
joyida ortiqcha energiya hosil bo‘lishiga olib keladi.  
Nov  elementlarining  tutash  joylaridan  (choklardan)  suv  singib  o‘tmasligi  shart,  choklar 
uzunlik bo‘yicha har 10…15 m dan so‘ng o‘rnatiladi (8.3-rasm.) 
Ko‘pincha  choklar  zanglamaydigan  metall  yoki  mis  plastinkalar  bilan  zichlanadi  (8.3a-
rasm),  plastinkaning  bir  uchi  betonga  kirgizib  yopishtirib  qo‘yiladi,  ikkinchi  uchi  esa  betonga 
kirgizib  qo‘yilsada,  lekin  u  bilan  yopishtirilmaydi,  plastinkaning  bir  uchi  moylanadi.  Bunday 
konstruksiyadagi  chok  nov  elementlarining  qo‘zg‘alib  turishiga  imkon  beradi.  Bitum  solingan 
choklar  (8.3b-rasm)  dagi  metall  plastinka  bitum  erib  ketmasligi  uchun  xizmat  qiladi.  Rezinali 
choklar (8.3d,e-rasm)  ikki  xil  bo‘ladi. Bulardan  birinchisiga rezina  mato qo‘yiladi,  ikkinchisiga 
esa  rezina  matodan  yasalgan  nay  qo‘yiladi.  Rezina  nay  suvning  bosimi  ta’sirida  pachoqlanib 
qolmasligi uchun unda  bir  nechta kichik teshiklar qoldiriladi. Bu teshikchalar orqali  nay  ichiga 
suv  kirib,  uning  yaxshi  ishlashini  ta’minlaydi.  Bu  chok  boshqa  choklarga  nisbatan  yaxshi 
hisoblanadi. Akvedukning tayanchlari temir-betondan quriladi. Tayanchning vertikal elementlari 
ustun,  gorizontal  elementlari  esa  rigel  deb  ataladi.  Ustunlarning,  shuningdek  rigellarning  ham 
bir-biridan uzoqligi 3…4 m dan ortiq bo‘lmaydi. Nov ko‘p ko‘zli bo‘lsa, har qaysisining ostiga 
tayanch-ustun o‘rnatiladi. Poydevor, asosan, barcha og‘irliklarni ko‘tarib turadi. Uning yuzasiga 

199 
 
tushadigan og‘irlikni kamaytirish va bu og‘irlikni yer yuzasiga tekis taqsimlash uchun poydevor 
tasma shaklida tayanchlar ostiga teng qilib joylashtiriladi. 
 
3. Sel o‘tkazuvchilar, novlar, quvurlar 
 
Sel  o‘tkazuvchilar  tayanchdagi  novlar  bo‘lib,  kanallar,  yo‘llar,  daryolar  ustidan  sel 
oqimlarini,  jala  suvlarini  o‘tkazib  yuborish  uchun  mo‘ljallanadi.  Konstruktiv  jihatdan  sel 
o‘tkazuvchilar akveduklarga juda o‘xshash. 
Sel o‘tkazuvchilarni akveduklardan farqi quyidagilardan iborat (8.4-rasm): 
1)  kirish  qismi  tubi  va  dambalari  mustahkamlangan  voronka  ko‘rinishida  bo‘lib,  sel 
oqimlarini inshootga ravon kelishini ta’minlaydi; 
2) chiqish qismi ham mustahkamlangan va dambalar bilan to‘silgan; 
3) oqimni ravon kelishi va sel oqimlarini olib ketish uchun kirish tomondan ham chiqish 
tomondan ham oqimni yo‘naltiruvchi dambalar mo‘ljallangan; 
4) odatda, nov yeyilishiga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladigan materiallar bilan qoplanadi; 
5)  inshoot  qismi,  nov  va  chiquvchi  qismining  nishabligi  loyqa  va  chiqindilar 
to‘planmasligi uchun inshoot tashqarisidagi sel oqimi o‘zanni nishabligidan katta qiymatda qabul 
qilinadi. 
 
 
8.4-rasm. Temir-betonli sel o‘tkazuvchi: 1–gabionlar bilan mustahkamlash; 2–shpora; 3–
himoyalovchi damba; 4–bir qator terilgan tosh; 5–ko‘mish; 6–o‘zanni ko‘mish. 
 
 
8.5-rasm.  Estakadadagi  novlar:  a–yog‘ochli;  b,d–temir-betonli;  1–nov;  2–piyodalar 
uchun ko‘prik; 3–to‘sinlar; 4–ko‘tarib turuvchi to‘sin. 

200 
 
Sel o‘tkazuvchi novda sel tiqilib qolishga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning usti plitalar bilan 
yopilmaydi.  Sel  o‘tkazuvchilarni  loyihalashda  inshoot  o‘lchamlarini,  balandlik  bo‘yicha 
zaxiralar  va  devorlar  qalinligini  asoslash  uchun  sel  oqimlari  sarflari  yetarli  darajada  to‘liq 
baholanishi  lozim.  Agar kanalni  juda katta sel oqimi kesib o‘tsa, kanal sarfini sel oqimi o‘zani 
tagidan o‘tkazish uchun sel o‘tkazuvchi inshoot o‘rniga dyukerni qurish maqsadga muvofiqdir. 
Novlar  –  u  yoki  bu  materialdan  (yog‘och,  beton,  temir-beton,  po‘lat)  bevosita  yer 
yuzasidan  yoki  undan  yuqorida  –  estakadada  quriladigan  sun’iy  o‘zanni  ifodalaydi  (8.5-rasm). 
Ularni noqulay geologik va boshqa sharoitlarda trassasi murakkab relefli uchastkalarda kanallar 
o‘rniga o‘rnatiladi. Sug‘orish tizimlarda ular keng qo‘llaniladi. Ularni qurilishi filtratsiyaga suvni 
yo‘qolishni  keskin  kamaytiradi,  sug‘oriladigan  maydonlarga  o‘zi  oqar  suv  sathini  ta’minlashni 
oshiradi. 
Yog‘och  novlar  (8.5a-rasm)  taxtalar  bilan  qoplangan  va  ustidan  yog‘och  yoki  po‘lat 
to‘sinlar  bilan  birlashtirilgan  to‘g‘ri  burchakli  brusli  ramalardan  quriladi.  Bu  novlar  bir  qator 
kamchiliklarga  ega:  kuchli  deformatsiyalanadi  va  suv  tomadi,  namlik  o‘zgarish  tufayli  tez 
chiriydi, bularning oqibatida ularni xizmat qilish muddatini qisqartiradi. 
Betonli,  temir-betonli  novlar  to‘g‘ri  burchakli,  trapetsiyali,  parabolik  va  murakkab 
kesimli  qilib  bajariladi  va  ular  bevosita  tekislangan  tuproqli  zaminda  yoki  estakadalarda 
o‘rnatiladi. 
Ular ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Tog‘ yon bag‘irlarida qurilgan novlar 8.6-rasmda 
keltirilgan. 
 
 
8.6-rasm.  Tog‘  yon  bag‘irlaridagi  novlar:  a–monolit;  b–yig‘ma  blokli;  d–qoplamali;  e–
birikmali  kesim;  1–tog‘da  joylashgan  kanal;  2–plitalar  bilan  mustahkamlash;  3–G-shaklidagi 
bloklar; 4–tirgak devor. 
 
Yaxlit zaminlardagi novlar qirqilgan qilib bajariladi (8.7a-rasm), ya’ni ularning devorlari 
tubidan  chok bilan ajratiladi  va  mustaqil  ishlaydi va qirqilmagan,  ya’ni  nov ko‘ndalang kesimi 
monolit (yaxlit) konstruksiyani ifodalaydi (8.7b-rasm). 
Yopiq  novlar  to‘g‘ri  burchakli  yoki  doiraviy  shaklda  bo‘ladi,  bu  mohiyat  bo‘yicha 
bosimsiz rejimda ishlaydigan quvurlardir. 
Estakadalardagi  novlar,  akveduk  kabi,  konstruksiyasi  ikki  xil  bo‘ladi:  I-nov  devorlari 
estakada  tayanchlari  oralig‘iga  tushadigan  barcha  yuklamani  qabul  qiladi  (8.5b-rasm  va  8.7d-
rasm);  II  nov  bo‘ylama  to‘sinlar  ko‘rinishidagi  yaxlit  tayanchlari  bo‘lgan  estakadalarda 
o‘rnatiladi  (8.5a,d-rasm).  Sug‘orish  tizimlarida  tayanchlarga  o‘rnatiladigan  temir-betonli  yupqa 
devorli  novlar  keng  qo‘llaniladi.  Bu  novlar  ishlashini  tayanchlarning  bir  xil  cho‘kmasligi 
natijasida seksiyalar birlashgan joylarini buzilishi murakkablashtiriladi. 

201 
 
Nov  kirish  qismi  gidravlik  hisoblari  tarmoqdagi  rostlagich  kirish  qismi  hisobi  bilan  bir 
xil; bunda burilish joylarida novning botiq tomonidan sathning ko‘tarilishni hisobga olish lozim. 
Novda  o‘rtacha  tezlik  1,5...2  m/s  qilib  belgiladi.  Odatda,  nov  ko‘ndalang  kesimi  keluvchi  va 
ketuvchi kanallardagi kesimdan kichik. Shuning uchun nov nishabligi kanal nishabligidan katta 
bo‘ladi. 
 
 
 
8.7-rasm. Temir-betonli novlar: a–trapetsiya shaklidagi yig‘ma (1,2,3–yig‘ma bloklar, 4–
suvni olib ketuvchi ariq); b–yopiq monolitli (1–drenaj; 2–temir-betonli plita; 3–qayta ko‘mish); 
d–ko‘ndalang  kesimi  egri  chiziqli  yig‘ma  (1–nov  seksiyasi;  2–tayanch;  3–suv  o‘tkazmaydigan 
zichlagich). 
 
Quvurlar  kanal  trassasi  iqlimiy  sharoitlari  noqulay  (past  temperaturalarda)  bo‘lgan 
joylarda,  juda  ko‘p  kesishadigan  yoki  xavfli  jala  bo‘ladigan  hamda  sel  ta’siridagi  joylarda 
quriladi.  Tog‘li  va  tog‘  oldi  zonalarida  yopiq  sug‘orish  tizimlari  keng  qo‘llanilayapti.  Yopiq 
tizimlardagi  quvurlar  uzunligi  bir  necha  kilometrgacha  yetmoqda.  Quvurlar  yer  yuzasiga 
o‘rnatiladigan  ochiq  va  ko‘milgan  –  ularga  kiradigan  yo‘l  bilan  ta’minlangan  xandaq,  tunnel, 
galeriyalarda joylashtiriladi. Xo‘jalik va xo‘jaliklararo qismlardagi yopiq sug‘orish tizimlarining 
xandaqlarida  yotqiziladi  va  sug‘orish  maydonlaridagi  yo‘qotilishlarni  kamaytirish  maqsadida 
ko‘miladi.  Quvur  og‘irligining  bo‘ylama  va  normal  tashkil  etuvchilarini  ankerlar  qabul  qiladi 
(8.8-rasm).  Oraliqdagi  tanyachlar  quvur  o‘qiga  nisbatan  uning  og‘irligining  normal  tashkil 
etuvchisini  qabul  qiladi.  Quvurlarda  hosil  bo‘ladigan  temperatura  kuchlanishlariga  yo‘l 
qo‘ymaslik uchun kompensatorlar o‘rnatiladi.  
Ko‘tarma  tagidagi  quvurlar  xandaqqa  to‘shalgan  qum,  graviy  yoki  beton  ustiga 
yotqiziladi,  so‘ngra  xandaq  grunt  bilan  ko‘miladi.  Bunday  quvurlar  yer  yuzasidagi  quvurlarga 
nisbatan konstruksiyasi oddiy va arzon , chunki betonli tanyachlar va kompensatorlar bo‘lmaydi, 
ammo ularni nazorat qilish va ta’mirlash qiyin.  
Metall  quvurlar  qimmat  va  ularni  diametri  kichik  hamda  ichki  bosim  yuqori  bo‘lgan 
hollarda qo‘llaniladi.  
Yopiq sug‘orish tizimlari qurilishi keng miqyosda olib borilishi sababli, talab qilinadigan 
xarakteristikalarni saqlab qolgan holda arzon 
 
 
8.8-rasm.  Qirqilgan  po‘lat  quvur:  1–quvur;  2–kompensator;  3,4–akkerli  va  oraliqdagi 
tayanchlar. 

202 
 
konstruksiyalar  ishlab  chiqish  ustida  ishlar  olib  borilmoqda.  Ularga  quyidagilar  kiradi, 
masalan, yupqa devorli quvurlar, ichki tomonidan sement- qum bilan qoplangan po‘lat quvurlar. 
Ba’zi  bir  hollarda  po‘lat  quvurlar  o‘rniga  grunli,  asbestosementli  qo‘llaniladi.  Quvurlar 
betondan, temir-betondan, yog‘ochdan (kamdan-kam) ham tayyorlanadi. Temir-betonli quvurlar 
yig‘ma (kichik diametrlarda) va monolit qilib bajariladi.  
 
5.  Akveduklar gidravlik hisobi 
 
Akveduklar gidravlik hisobi uning kirish va chiqish qismlari va nov uchun olib boriladi. 
Nov  ko‘ndalang  kesimi  o‘lchamlari  keng  ostonali  ko‘milgan  vodoslivlar  formulasi  bo‘yicha 
tanlanadi. 
 
0
2
Q
gz
bh

Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling