O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

ORQA  MIYA  NERVLARI
Orqa  miyaning  kulrang  moddasi  oldingi  shoxidan  harakatlantiruvchi 
tolalar,  orqa  shoxidan  esa  sezuvchi  tolalar  chiqadi  (orqa  miya  tuzilishiga 
qaralsin).  Sezuvchi  tolalar  umurtqalararo  teshik  oldida  tugun  hosil  qilib, 
so'ngra  oldingi  (harakatlantiruvchi)  tolalar  bilan  qo'shilib,  orqa  miyaning 
31  juft  aralash  nervini  hosil  qiladi.  Ular  bo'yin  qismida  8  juft,  ko'krak 
qismida  12  juft,  bel  qismida  5  juft,  dumg'aza  qismida  5  juft  va  dum 
qismida  1  juft  bo'ladi.  Bundan  tashqari,  8 juft  bo'yin,  12 juft  ko'krak  va 
1—2 juft  bel  nervlari  tarkibida  (harakatlantiruvchi  va  sezuvchi  tolalardan 
tashqari)  orqa  miya  kulrang  moddasining  yonbosh  shoxlaridan  chiqqan 
simpatik  tolalar  ham  bo'ladi.  Dumg'aza  nervlari  tarkibida  esa  efferent 
parasimpatik  tolalar  mavjud  (195-rasm).
Har  qaysi  orqa  miya  nervlari  umurtqalararo  teshiklardan  chiqib,  ikkita 
(orqa  va  oldingi)  shoxga  bo'linadi.
O r q a   m i y a   n e r v l a r i n i n g   o r q a   s h o x l a r i .   Orqa  miya 
nervlari  asosiy  nerv  poyasidan  ajralib,  orqa  miyaning  orqa  shoxlari  nomi
www.ziyouz.com kutubxonasi

bilan gavdaning orqa tomonidagi 
muskullarga  va  teriga  tarqala­
di.  Ammo  ba’zi  bir  orqa  shox 
nervlar o ‘ziga  xos  nom  bilan 
ataladi.  Jum ladan,  birinchi 
bo‘yin  nervining  orqa  shoxi 
ensa  tagi nervi, ikkinchi  bo‘yin 
nervining  orqa  shoxi  katta 
ensa 
nervi 
nomi 
bilan 
tarqaladi.
O r q a   m i y a   n e r v l a ­
r i n i n g   o l d i n g i   s h o x l a -  
r i .  Orqa miya nervlarining aso­
si  poyadan  ajralgandan  so'ng 
ishchi a’zolarga tarqalishdan ol­
din bir-biri bilan aralashib,  chi- 
gallar hosil  qiladi.  Bunday  chi- 
gallar  odam  organizm ining 
(ko'krak  nervlaridan  tashqari) 
to'rt joyida  uchraydi:  1)  bo'yin 
chigali;  2)  yelka  chigali;  3)  bel 
chigali;  4)  dumg'aza  chigali. 
K o'pincha  bel  chigali  bilan 
dumg'aza  chigalini  bir-biriga 
qo'shib,  bel-dumg'aza  chigali 
nomi  bilan  o'rganiladi. 
Ko'krak  nervlarining  oldingi  shoxlari  chigal  hosil  qilmaydi,  har  biri 
alohida  qovurg'alararo  bo'shliqqa  tarqaladi.  Ammo  II  ko'krak  nervining 
oldingi shoxidan yelka chigaliga, XII ko'krak nervidan bel chigaliga qo'shilish 
uchun  tarmoqlar  ajraladi.
BO'YIN  CHIGALI
Bo'yin  chigali  (196-rasm)  I  —  IV  bo'yin  nervlarining  oldingi  shoxla­
ridan  paydo  bo'ladi.  Bo'yin  chigalini  to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon  mus­
kul  bekitib  turadi.  Bu  chigaldan  quyidagi  nervlar  chiqadi:
1.  Katta  quloq  nervi  —  sezuvchi  nerv.  Quloq  suprasiga  va  tashqi 
eshitish  yo'li  terisiga  tarqaladi.
2.  Kichik  ensa  nervi  —  sezuvchi  nerv.  Boshning  ensa  qismi  terisiga 
tarqaladi.
3.  Bo'yinning  ko'ndalang  nervi  —  sezuvchi  nerv.  Bo'yinning  oldingi 
yonbosh  qismi  terisiga  tarqaladi.
4.  O'mrov  ustidagi  nervlar  —  sezuvchi  nerv.  O'mrov  atrofidagi  teri- 
larga  tarqaladi.
195-rasm.  Ko'krak  va qorin  devorlari  (nervlari). 
/-q o v u rg 'a   oraliq  nervlar;  2 -qovurg'a  oraliq 
yelka-nervi; 
3 -
 yonbosh-qorin  osti  nervi; 
4 - 
yonbosh-chov  nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

196-rasm.  Bo'yin  va  yelka 
chigallari.
I  -
 til  osti  nervi;  2 -  adashgan 
nerv; 
3 -
 
bo'yin  nervining  til 
osti  nerv  tolasi  bilan  tutashgan 
jo y i; 
4
 
- o 'm r o v   osti  nerv 
tolalari;  5 -   muskul  tolalari;
6 -   ko'krakning  uzun  nervi;
7 - yelka  chigalining  tashqi 
poyasi; 
8
 -  yelka  chigali;  9 -  
o'mrov  usti  nervlari; 
1 0 -
 
di­
afragma  nervi; 
11 -
 qo'shimcha 
nerv.
5. Muskullarga boruvchi 
tarmoqlar  —  harakatlanti­
ruvchi  nervlar.  Bo'yinning 
chuqur  muskullari  (bosh- 
ning,  bo'yinning uzun  mus­
kullari,  narvon  muskullari)- 
ga  tarqaladi.
6.  Diafragma nervi — aralash  nerv.  Oldingi  narvon  muskulining oldingi 
ko'ks  oralig'ida  yurak  pardasi  (perikard)  bilan  plevraning  ko'ks  oraliq 
varag'i  orasidan  yo'nalib,  diafragmaga  borib  tarqaladi.
YELKA  CHIGALI
Yelka  chigali  IV  —  VIII  bo'yin  nervlari  bilan  qisman  birinchi  ko'krak 
nervlarining  oldingi  shoxlaridan  hosil  bo'ladi.  Chigal  bo'yinning  pastki 
chegarasida (o'mrov  suyagining ustida),  to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon  mus­
kulning  orqasida  joylashgan  (197-rasm).
Chigaldan  chiqqan  uzun  nervlar  uchta  (ichki,  tashqi  va  orqa)  poya 
hosil  qilib,  narvon  muskullar  oraliq  yorig'idan  qo'ltiq  bo'shlig'iga  o'tadi 
va  qo'ltiq  osti  arteriyasini  uch  tomondan  o'rab  turadi.  Yelka  chigalidan
197-rasm.  Yelka  chigali  nervlari.
/ - y e l k a   chigali;  2 -o 'm r o v  
suyagi; 
3 -
 
qo'ltiq  venasi; 
4 -  
qo'ltiq  arteriyasi;  5 -k o'k rak  
nervlari; 
6 -
 qovurg'a oraliq-yelka 
nervi;  7 - ko'krakning  uzun  ne­
rvi; 
8 -
 ko'krak  orqa  devorining 
nervlari;  9 -q o 'ltiq   nervi; 
1 0 -  
yelkaning  ichki  terisiga  boruvchi 
nervi; 
II -
 bilak  nervi; 
12 -
 tirsak 
nervi; 
13 -
 bilakning  ichki  tomon 
terisiga boruvchi  nervi; 
14 -
 oraliq 
nerv; 
15 -
 muskul  teri  nervi; 
16,
18 
-  orqa  miya;  / 7 - ichki  poya.
www.ziyouz.com kutubxonasi

qisqa  va  uzun  tarmoqlar  chiqadi.  Odatda,  qisqa  tolalar  yelka  chigalining 
o ‘mrov  suyagi  ustki  qismidan  boshlanadi.
1.  Ko'krak  orqasi  nervi  rombsimon  muskul  bilan  ko'krakni  ko'taruv­
chi  muskulga  tarqaladi.
2.  Uzun  ko'krak  nervi  oldingi  tishli  muskulni  innervatsiya  qiladi.
3.  O'mrov  osti  nervi  —  shu  nomli  muskulga  boradi.
4.  Kurak  ustidagi  nerv  kurakning  orqa  yuzasidagi  (kurak  ustidagi  va 
ostidagi)  muskullarga  tarqaladi.
5.  Ko'krak  oldi  nervlari  katta  va  kichik  ko'krak  muskullariga  boradi.
6.  Ko'krak  orqa  devorining  nervi  orqadagi  serbar  muskulga  tarqaladi. 
Yelka  chigalining  uzun  tarmoqlari  (o'mrov  suyagi  ostki  qismi)  uchta 
poyadan  boshlanadi:
I.  I c h k i   p o y a   t a r m o q l a r i :
1.  Yelkaning  ichki  tomon  terisiga  boruvchi  nerv  —sezuvchi  nerv 
yelkaning  ichki  tomondagi  terisiga  tarqaladi.
2.  Bilakning  ichki  tomoniga  boruvchi  nerv  —  sezuvchi  nerv,  bilak­
ning  ichki  tomondagi  terisiga  tarqaladi.
3.  Tirsak  nervi  —  aralash  nerv,  yelkada  yelka  arteriyasi  bilan  yonma- 
yon  bo'lib, yuza joylashadi,  tirsak egati orqali  bilakka o'tib,  bilak  arteriyasi 
va  venalari  bilan  birga  qo'l  kaftigacha  borib,  ikkita  shoxga  bo'linadi. 
Nervdan  bilakda  kaftni  tirsak  tomonga  bukuvchi  muskul  bilan  panjani 
bukuvchi  chuqur  muskulning  bir  qismiga  tolalar  boradi.
Nervning  qo 'l  panjasiga  boruvchi  shoxining  biri  kaftning  chuqur 
tarmog'i  bo'lib,  jimjiloq  tomondan  tepalik  muskullarining  suyaklararo 
muskullari  bilan  ikkita  chuvalchangsimon  muskullarga  tarqalsa,  ikkinchisi 
panjaning  yuza tarmog'i  bo'lib,  kaftning  kalta muskulini,  kaftning jimjiloq 
tomon  terisini,  jimjiloqning  oldingi  va  orqa  tomondagi  terisini  va  IV 
barmoqni  tirsak  tomon  terisiga  (1V2  barmoq  terisini)  innervatsiya  qiladi. 
Kaftning  orqa  tomonidan,  V,  IV  barmoqlar  terisini  va  III  barmoqning 
jimjiloqqa  qaragan  terisini  innervatsiya  qiladi.
II.  T a s h q i   p o y a   t a r m o q l a r i :
1.  Muskul-teri  nervi  tumshuqsimon  o'siqdan  yelkaga  boruvchi  mus­
kulni  teshib  o'tib,  yelka  muskuli  bilan  yelkaning  ikki  boshli  muskullari 
orasidan  pastga  yo'naladi  va  ularga  o'zining  harakatlantiruvchi  tolalarini 
beradi.  Nervning  sezuvchi  tolalari  bilakning  tashqi  teri  nervi  nomi  bilan 
bilakning  tashqi,  qisman  old  tomonidagi  terisini  innervatsiya  qiladi.
2.  Oraliq  nervi  ichki  va  tashqi  nerv  poyalaridan  hosil  bo'lib,  yelkada, 
yelka  arteriyasi  bilan  birga  yotadi  (yelkaga  hech  qanday  tola  bermaydi), 
undan  tirsak  chuqurchasiga,  so'ng  bilakka  o'tadi.  Bilakda  yuza  va  chuqur 
joylashgan  muskullar oralig'idan  yo'naladi  va  ulaming  hammasiga  (kaftni
www.ziyouz.com kutubxonasi

tirsak  tomonga  bukuvchi  muskul  bilan  panjani  bukuvchi  muskul  chuqur 
qismining  yarmidan  boshqa)  harakatlantiruvchi  tolalar  beradi.  Oraliq  nerv 
shoxlari  kaftda bosh  barmoq  tomondagi  tepalik  muskullari  (bosh  barmoqni 
yaqinlashtiruvchi  muskuldan  boshqa),  bosh  tarmoq  tomondan  ikkita  chu­
valchangsimon  muskullami  va  kaft  tomondagi  3  '/,  barmoqning  (bosh 
barmoq  tomonidan)  terisini  innervatsiya  qiladi.
III.  O r q a   p o y a   t a r m o q l a r i :
1.  Qo‘Itiq  nervi  aralash  nerv  bo‘lib,  to'rt  tomonli  teshikdan  o'tib, 
yelka  suyagi  orqasidan  boradi  va  deltasimon  muskul,  kichik  yumaloq 
muskul  hamda  yelka  bo'g'imiga  tarqaladi.  Sezuvchi  tolalari  deltasimon 
muskulni  qoplab  turgan  terini  innervatsiya  qiladi.
2.  Bilak  nervi  —  aralash  nerv.  Yelka  arteriyasining  chuqur  shoxi 
bilan  yelkaning  orqa  tomoniga  o'tib,  yelka  chiziqcha  muskul  kanali  orq­
ali  tirsakka  borganda  yuza  va  chuqur  shoxlarga  bo'linadi.
Nervning  harakatlantiruvchi  tolalari  yelkada  uch  boshli  muskulni 
innervatsiya  qilsa,  sezuvchi  tolalari  yelkaning  orqa  tomondagi  terisiga  tar­
qaladi.  Bilak  nervi  bilak  sohasida  uning  orqa  tomonida joylashgan  muskul­
lami  va  ulami  qoplab  turgan  terini,  kaftda  esa  bosh  barmoq  tomonidan 
boshlab  2  42  barmoqning  orqa  tomondagi  terisini  innervatsiya  qiladi.
BEL  CHIGALI
Bel chigali  (198-rasm)  XII  ko'krak  nervi  oldingi  shoxining  bir tarmog'i,
I,  II,  III  bel  nervlarining  oldingi  shoxlari  va  IV  bel  nervi  oldingi  shoxi­
ning  bir  qismi  ishtirokida  hosil  bo'ladi.
Bel chigalidan quyidagi 
nervlar  chiqadi:
198-rasm.  Bel  va  dumg'aza
nerv  chigali  simpatik 
sistemasining  bel  va  dumg'a­
za  qismlari.
/- q o v u r g ' a   osti  nervi;  2 -  
yonbosh-qorin  osti  nervi; 
3 -  
y o n b o s h -c h o v   n erv i; 
3 -  
simpatik  nerv  sistemasining  bel 
va  dumg'aza  qismi;  5 -  sonning 
tashqi  teri  nervi;  6 -  tanosil-son 
n erv i; 
7  -   son   n erv i; 
8 -  
yopiluvchi  nervi;  9 -dum g'aza 
nerv  poyasi; 
1 0 -
 dumg'azaning 
simpatik  nervi;  9 -d u m g 'a z a  
nerv  poyasi; 
1 0 -
 dumg'azaning 
simpatik  nerv  tuguni; 
II
  - s im -  
patik  nerv  poyasi; 
12
 -  aortaning
simpatik  nerv  chigali.
www.ziyouz.com kutubxonasi

1.  Muskul  tolalari  katta  va  kichik  bel  muskullari  hamda  belning  to'rt 
burchakli  muskullariga  tarqaladi.
2.  Yonbosh-qorin osti  nervi qorin  devori  muskullarining  pastki  qismiga 
va  ulami  qoplab  turgan  teriga  tarqaladi.
3.  Yonbosh-chov  nervi chov  kanalidan  tashqariga chiqib, qov  va yorg'oq 
(ayollarda  katta  uyatli  lab)  terisiga  tarqaladi.
4.  Tanosil-son  nervi  ikkita  tarmoqqa  bo'linadi.  Uning  bitta  shoxi  chov 
sohasidagi teriga  tarqalsa,  ikkinchi shoxi urug'  tizimchasi  bilan  pastga tushib, 
moyakni  ko'taruvchi  muskul  bilan  moyak  pardasini  innervatsiya  qiladi.
5.  Sonning  tashqi  teri  nervi  sonning  tashqi  tomondagi  terisiga  (tizzaga 
qadar)  tarqaladi.
6.  Son  nervi  chigalning  eng  yo'g'on  nervi  bo'lib,  katta  bel  muskuli 
bilan  chov  boylami  tagidan  (muskul  kovakdan)  o'tib,  songa  chiqadi  va 
uchta  tarmoqqa  bo'linadi:
a) 
muskul tarmoqlari  sonning  to'rt boshli  muskuli,  mashinachilar  muskuli 
va  taroqsimon  muskullarga  tarqaladi;  b)  sonning  oldingi  va  ichki  tomondagi 
teriga  tarqaluvchi  tolalar;  d)  «yashirin»  nerv  eng  uzun  sezuvchi  nerv  bo'lib, 
boldirga  tushib,  uning  ichkari  tomondagi  terisini  innervatsiya  qiladi.
7.  Yopiluvchi  nerv  katta  bel  muskuli  orqasidan  kichik  chanoq  bo'shli­
g'iga  tushadi,  undan  yopiluvchi  kanal  orqali  sonning  ichkari  sohasiga 
chiqadida,  shu  yerdagi  barcha  (sonni  yaqinlashtiruvchi)  muskullarga,  cha­
noq-son  bo'g'imining  xaltasiga  va  sonning  ichkari  tomonidagi  terisiga 
tarqaladi.
DUMG'AZA  CHIGALI
Bu  chigal  V  va  qisman  IV  bel  nervlari,  I  —  V 
dumg'aza  hamda  dum  nervlarining  oldingi  shoxlaridan 
hosil  bo'ladi.  Dumg'aza chigali  tanadagi  hamma chigallar 
ichida  eng  kattasi  bo'lib,  kichik  chanoq  bo'shlig'ining 
orqa  tomonida,  noksimon  muskulning  oldingi  yuzasida 
joylashgan.  Chigaldan  quyidagi  tarmoqlar  chiqadi  (199- 
rasm).
1.  Muskul   tolalari  noksim on  m uskulga,  ichki 
yopiluvchi  muskulga,  egizak  muskullarga,  sonning  kvad- 
ratsimon  muskuliga  tarqaladi.
2.  Ustki  va  pastki  dumba  nervlari  chanoq  bo'shlig'i­
dan  noksimon  muskulning  ustki  va  pastki  teshiklaridan 
chiqib,  dumba  sohasida  dumba  muskullariga,  katta,  o'rta 
va  kichik  chanoq-son  bo'g'im i  xaltasiga  tarqaladi.
199-rasm.  Oyoq  terisi  nervlarining  tarqalish  sxemasi.
1,  2
 -  dumba  terisining  yuqori  nervlari; 
3,  4
 -  son  orqasining  teri 
nervi;  5,  6 ,  7 - boldirning  tashqi  yuzasi  terisi  nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

3.  Son  orqasining  teri  nervi  chanoq  bo‘shlig‘idan  noksimon  muskul 
ostidan  katta  quymich  teshikdan  quymich  nervi  bilan  chiqib,  sonning 
orqa  sohasidagi  terini  innervatsiya  qiladi.
4.  Quymich  nervi  —  organizmdagi  eng  yo‘g ‘on  va  uzun  aralash  nerv. 
Katta  quymich  teshigidan  (noksimon  muskul  ostidan)  dumba  sohasiga 
chiqadi  va sonning ikki boshli  muskuli, yarim  oy  va yarim  parda muskullari 
orasidan  o'tib,  ularga  tolalar  beradi.  Nerv  tizza  osti  chuqurchasining  tepa 
burchagiga  kelib,  katta boldir nervi  va kichik  boldirning  umumiy  nervlariga 
bo'linadi:
a)  katta  boldir  nervi  tizza  osti  chuqurchasi  sohasidan  pastga  tushib, 
boldirning  orqa  tomondagi  yuza  va  chuqur joylashgan  bukuvchi  muskul­
lari orasidan  medial to'piqqa borib,  ichki  va tashqi  kaft nervlariga bo'linadi. 
Katta  boldir  nervi  tizza  osti  sohasidagi  muskullami,  boldirning  orqasida 
joylashgan  bukuvchi  muskullami  va  shu  sohadagi  terini  innervatsiya qiladi. 
Tashqi  va  ichki  kaft  nervlari  oyoq  panjasining  muskullariga  va  terisiga 
tarmoqlanadi  (199-rasm);
b)  umumiy  kichik  boldir  nervi  quymich  nervidan  ajralgach,  tizza  osti 
chuqurchasining  qirg'og'i  bo'ylab  kichik  boldir  suyagi  boshi  oldiga  borib, 
ikki  shoxga  bo'linadi.  Ulaming chuqur shoxi  boldirning oldingi  muskullari 
orasidan  yo'nalib,  ularga  tolalar  beradi  va  oyoq  panjasining  ustki  tomon 
terisini,  muskullarini  va  I—II  barmoq  oraliq  terisini  innervatsiya  qiladi. 
Umumiy  kichik  boldir  nervining  yuza  shoxi  kichik  boldir  muskullariga, 
oyoq  panjasining  ust  tomondagi  terisiga,  II,  III,  IV,  V  barmoqlar  va 
ulaming  oraliq  sohasidagi  terilarga  tarqaladi.
UYATLI  CHIGAL
Uyatli  chigal  —  dumg'aza  chigalining  bir  qismi.  Ill—IV  dumg'aza 
nervlarining  oldingi  shoxlaridan  hosil  bo'ladi.
Chigal  tarmoqlari:
1.  Muskul  tarmoqlari  orqa  chiqaruv  teshigini  ko'taruvchi  muskul  va 
dum  muskuliga  boradi.
2.  Tashqi  olat  nervi  kichik  chanoq  bo'shlig'idan  noksimon  muskul 
tagidan  chiqib,  quymich  qirrasini  aylanib  o'tib,  kichik  quymich  teshik 
orqali  yana  chanoq  bo'shlig'iga  kiradi.  U  yerda  quymich  suyagi  bilan 
to'g'ri  ichak o'rtasidagi chuqurda joylashib,  orqa chiqaruv teshigini siquvchi 
tashqi  muskul,  oraliq  muskullari  va  terilari,  yorg'oq  terisining  orqa 
qismi  (ayollarda  katta  uyatli  lablaming  orqa  qismi)ga  tarmoqlar 
beradi.
Periferik  nerv  sistemasining  rivojlanishi
Odamning  embrional  rivojlanishida  birlamchi  nerv  naychasining  ichi­
dagi  hujayralar  ko'payib,  yangi  hujayralarni  hosil  qilish  hisobiga  orqa 
miyaning  ichki  kulrang  moddasini  vujudga  keltiradi.  Keyinchalik  kulrang
www.ziyouz.com kutubxonasi

modda  o ‘sa  borib,  «N»  shaklli  bo‘ladi.  Ularning  oldingi  shoxidagi  nerv 
hujayralari  katta  hajmli  bo‘lib,  tolalari  harakatlantiruvchi  (efferent)  nerv 
ildizlarini  hosil  qiladi.  Kulrang  moddaning  orqa  shoxlarida  joylashgan 
nerv  hujayralar  unchalik  katta  bo'lmasdan,  ulardan  chiqqan  nerv  tolalari 
sezuvchi  (afferent)  ildizni  hosil  qiladi.  Sezuvchi  ildizlarda  rivojlanayot- 
gan  hujayralar  (neyroblast)dan  sezuvchi  tugunchalar  paydo  bo‘ladi.  Ke­
yinchalik  oldingi  nerv  ildizi  bilan  orqa  ildiz  nerv  tolalari  qo'shilib,  orqa 
miya  nervini  hosil  qiladi.  Nerv  tolalari  taraqqiy  etib  yetilgan  paytiga 
yaqin,  maxsus  pardalarga  o'raladi.  Pardalar  ikki  xil  bo'ladi.
1.  Ektodermaga  oid  hujayralar  ko‘payib,  nerv  tolalari  atrofida  yupqa 
parda  (neyrolemma)ni  hosil  qiladi.  Periferik  nervlarning  hamma  tolalari 
neyrolemma  bilan  o ‘ralgan.
2.  Neyrolemma  paydo  bo‘lganidan  keyin  ba’zi  nerv  tolalari  qo'shim­
cha  parda  (miyelin  —  yog‘simon  yumshoq  modda)  bilan  qoplana  bosh­
laydi.  Binobarin,  bu  xildagi  nerv  tolalari  miyelinli  nervlar  deb  ataladi.
Periferik  nervlar  fiziologiyasi
Periferik nervlarning deyarli  ko‘pchiligi  aralash  nervlar bo'lgani  uchun, 
tarkibida  ham  sezuvchi,  ham  harakatlantiruvchi  nervlar  bo'ladi.  Shu  bois 
bunday  nervlar  qo'zg'aluvchan  va  o'tkazuvchan  xususiyatga  egadir. 
Qo'zg'aluvchanlikni  a’zolarda,  muskullar va terida joylashgan  nerv  oxirlari 
(retseptorlar)  qabul  qilib,  markazga  intiluvchi  afferent  (sezuvchi)  nervlar 
orqali  markaziy  nerv  sistemasiga,  u  yerdan  harakatlantiruvchi  (efferent) 
nervlar  orqali  ishchi  a’zolarga  kerakli  javob 
impulslarini 
yetkazadi. 
Ta’sirlami  o'tkazish  tezligi  nervlarda  har  xil  bo'lib,  o'rtacha  sekundiga
0,5— 120 m ga teng,  miyelin pardali  nervlarda miyelinsiz tolalarga nisbatan 
qo'zg'alishni  o'tkazish  ancha tezroq.  Impulslar yo'g'on  diametrli  nervlarda 
ingichka  diametrli  nervlarga  nisbatan  tezroq  bo'ladi.  Jumladan,  quymich 
nervlarda  biotoklar  bir  sekundda  120  m  tezlikda  tarqalsa,  ingichka  ne­
rvlarda (ayniqsa ichki  a’zolarga tarqalgan  simpatik nervlarda)  bir  sekundda 
faqat 0,5— 1,5  m tezlikda o'tadi.  Nerv tolalarida impulslar faqat bir tomonga 
qarab  yo'naladi.  Jumladan,  sezuvchi  (afferent)  nerv  tolalari  qo'zg'alishni 
markaziy  nerv  sistemasi  tomonga  yo'naltirsa,  harakatlantiruvchi  (efferent) 
nervlar,  aksincha,  markaziy  nerv  sistemasidan  periferiyaga —  ishchi  a’zo­
larga  qarab  yo'naladi.
Q o'zg'alish  nervlardan  a’zolarga,  muskullarga  quyidagicha  o'tadi: 
harakatlantiruvchi  nerv  tolalari  a’zolar,  muskullar  tarkibiga  kirib,  o 'z 
miyelin  pardalarini  yo'qotib,  retseptorlar  (nerv  tolalarining  oxirlari)ga 
bo'linadi.  Retseptorlar  turli  (halqacha,  taqacha  va  h.k.)  shaklda  bo'lib, 
maxsus  (presimpatik)  parda  bilan  o'ralib,  muskul  tolalari  yuzalaridagi 
chuqurchalarga botib joylashadi.  Parda  ichida  taxminan  2,5—3  mln.  gacha 
asetilxolin  pufakchalari  bo'ladi.  Ana  shu  retseptorlar  muskul  tolalarining 
ko'pdan-ko'p  burmalar  hosil  qilib  joylashgan  postsinaptik  pardasi  orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi

tutashadi.  Parasimpatik  parda  bilan  postsinaptik  parda  oralig'ida  200— 
500  A  keladigan  sinaps  bo'lagi  bor.  Postsinaptik  pardada  xolinesteraza 
(xolinoretseptor  va  asetilxolinni  parchalaydigan)  fermenti  joylashgan.
Harakatlantiruvchi  nervdan  kelgan  impulslar  retseptor  membranasini 
qutbsizlantirib,  pufakchalar  pardasini  parchalab  sinaps  o ralig 'ig a 
asetilxolinni  quyadi.  Asetilxolin  molekulalari  diffuziyalanib,  muskul 
tolasining  postsinaptik  membranasiga  shimilib,  xolinoretseptorlar  bilan 
birikib,  postsinaptik membranadagi Na+ va K+ ionlarining o'tkazuvchanligini 
oshiradi.  Natijada  membrana  qutbsizlanib,  manfiy  zaryadli  bo'ladi  va 
muskullar  qisqarib  harakatlanadi.  Muskullar  harakati  natijasida  ajralgan 
asetilxolin  postsinaptik  pardadagi  xolinesteraza  fermenti  ta’sirida  parcha­
lanib,  postsinaptik  pardani  qutblantiradi.  Qutblangan  postsinaptik  parda 
yana  avvalgi  holatiga  qaytadi.
Nazorat  uchun  savollar
U m u m i y   q i s m   v a   o r q a   m i y a
1.  Bosh  miya  sistemasining  tuzilishi  va  uning  qismlari,  funksiyasi.
2.  Markaziy  nerv  sistemasi  qaysi  qismlardan  tuzilgan?
3.  Periferik  nerv  sistemasining  tuzilishi.
4.  Refleks  ravog'i  va  uning  tarkibi.
5.  Orqa  miyaning  tashqi  va  ichki  tuzilishi,  joylashgan  o'm i.
6.  Orqa  miyaning  markaziy  kanali  yuqorida  qaysi  bosh  miya  qorinchasiga  qo'shiladi?
7.  Orqa  miya  segmentlari  va  nervlarining  hosil  bo'lishi.
8.  Orqa  miya  segmentlarining  soni.
9.  Orqa  miya  pardalari.
10.  Orqa  miya  fiziologiyasi.
B o s h   m i y a
11.  Bosh  miyaning  joylashuvi,  o'rtacha  og'irligi.
12.  Bosh  miya  sathlari.
13.  Bosh  miyaning  tubi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling