O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet36/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tayanch iboralar: dasturiy interfeys, qobiq, operatsion tizim, dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar paketi.

    1. Dasturiy ta‘minot tushunchasi

Biz bilamizki, kompyuter texnologiyalari o'z ichiga dasturiy va kompyuter uskunalarini oladi. Dasturiy ta’minot yoki dasturlar bizda kompyuterni qanday ishlashini o'rgatadi. Dasturiy ta’minot bizga u bilan bog'lanish imkoniyatini va kompyuterni ichki va tashqi resurslarini bilishda yordam beradi.
Ushbu bo'limda biz operatsion tizim va foydalanuvchining grafik interfeysi haqida Windows XP muhiti asosida savollarni muhokama qilamiz.26.
Kompyuterdagi ma’lumotlarni ishlab chiqish tizimining texnik asoslari sifatidagi imkoniyatlari foydalanilayotgan dasturiy ta’minot (dasturlar) bilan uzviy bog'liqdir.
Dastur (program, routipe)- masalani yechish uchun kompyuter buyruqlari (yo'llanmalari)ning tartibga solingan izchilligidir.
Dasturiy ta’minot (software)- ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar majmuasi va ulardan foydalanish uchun zaruriy hujjatlardir.
Dasturlar masalalarni mashinada yechish uchun mo'ljallangan. Qo'llanish masalasi atamalari informatika va dasturiy ta’minot kontekstida juda keng qo'llaniladilar.
Masala (problem, task) - yechilishi kerak bo'lgan muammodir.
Ilova (application) - masalani yechishning kompyuterda dasturiy amalga oshirilishi.
Shunday qilib, masala axborot texnologiyalari vositasidan foydalanish bilan amalga oshirilishi kerak bo'lgan muammoni, qo'llanish esa - masala bo'yicha kompyuterda amalga oshirilgan yechimni bildiradi. Qo'llanish —dastur” so'ziga sinonim bo'lib, muvaffaqiyatliroq atama hisoblanadi va informatikada keng foydalaniladi.
Masala atamasi ham dasturlash sohasida, ayniqsa multidasturlash va multiprotsessorli ishlab chiqish rejimida hisoblash tizimi ishining hisoblash resurslari
(protsessor vaqti, asosiy xotira va h.k.)ni ajratilishini talab qiluvchi birlik sifatida qo'llaniladi. Ushbu bobda bu atama birinchi ta’rif ma’nosida qo'llaniladi.
Masalalarni turlicha tasniflashning ko'plab yo'llari mavjud. Ishlab chiqishning ixtisosi va dasturiy ta’minotning turi nuqtai nazaridan, masalalarning ikkita sinfi - texnologik va vazifaviylarni ajratamiz.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling