O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet5/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tayanch iboralar: axborot tizimi, axborot texnologiyasi, axborot jamiyati, axborot zaxiralari. kompyuterlar. texnik vositalar.

    1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya tizimlar va texnologiyalar” fanini ta’rifi, mohiyati va o'qitish maqsadi va vazifalari.

Informatika sohasining asosiy resursi bu - axborotdir.
Axborot - olamidagi butun borliq, undagi ro'y beradigan hodisa va jarayonlar haqidagi xabar va ma‘lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Informatika - hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni yaratish, saqlash, qayta tiklash, qayta ishlash va uzatish usullari, hamda ushbu vositalarni faol yuritish jarayonining tamoyillari va ularni boshqarish usularini tizimlashtiruvchi texnik fan.
Axborot manbalari va istemolchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko'rinishda bo'lishiga olib keladi:
Belgili - turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
Matnli - harf, raqam va belgilar to'plamidan tarkib topgan axborot.
Grafik - tasvirlardan iborat bo'lgan tasavvur ko'rinishidagi axborot.
Texnologiya - grekcha tildan tarjima qilinganda san‘at, mahorat kabi ma‘nolarni bildiradi.
Kompyuter tizimi - ma‘lumotlarga ishlov berish, kiritish va chiqarish tizimi hamda xotira tizimi.
Informatikani tor ma’noda o'zaro aloqador uch qism — texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O'z navbatida, informatikani ham umuman, ham qismlari bo'yicha turli jihatlardan: milliy iqtisodiyot tarmoqlari, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko'rib chiqish mumkin.
Informatika va axborot texnologiyalari amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi:

  1. axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o'rganish (axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, tarqatish);

  2. inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion-axborot modellarini yaratish;

v) aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va hokazolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.

    1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya tizimlar va texnologiyalar”
      fanining Mantiqiy-tuzilmaviy sxemasi


Respublikamiz milliy iqtisodiyoti tarmoq va sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida amaliy ishlar O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risidagi» Qonuni asosida olib borilmoqda.
Ushbu Qonunda quyidagilar a s о s i y v a z i fa l a r d a n qilib quyidagilar belgilab qo'yilgan:

  • axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratish;

  • har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;

  • davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O'zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;

  • xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog'idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;

  • davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o'zaro aloqada ishlashini ta’minlash;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;

  • axborot resurslari, xizmatlari va axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalari bozorini shakllantirishga ko'maklashish;

  • dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag'batlantirish;

  • tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;

  • kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag'batlantirish.

«O'zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to'g'risida» Qonuni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun katta turtki bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasida d a s t u r i y m a h s u l о 11 a r i bozorini shakllantirish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bizning tadbirkorlar ham dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va eksport qilishi mumkin, buning uchun umumiy sharoitlar, intellektual potentsial ham etarlidir.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling