7-Mavzu
Glossary
|
Ta’lim
|
Education
|
o’quvchi va talabalarga bilim berish, ularni tarbiyalash, rivojlantirish ko’nikma va malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
|
metod
|
method
|
(yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot) – ta’lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o’zlashtirish, o’rgatish, o’rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo’l-yo’riqlar, usullar majmui.
|
ta’lim metodlarining mohiyati
|
the essence of teaching techniques
|
voqelikni amaliy va nazariy egallash, o’zlashtirish, o’rganish, bilish uchun yo’l-yo’riqlar, usullar majmuasi, pedagogik bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
|
reproduktiv
|
reproduction
|
o’zlashtirish darajasida bir turdagi masala yoki mashqlar (savollar) ni namunaga (tayyor yechib ko’rsatilgan) qarab yechish usuli.
|
evristik
|
heuristic
|
yun. heurisko – izlayman, topaman) – 1) masala yechishning maxsus usullari (evristik usullar); 2) EHM (kompyuter ) uchun dasturlar tuzish usuli (evristik dasturlash.); 3) mahsuldor ijodiy fikrlash (tafakkur) jarayonini tashkil qilish (evristik faoliyat); 4) evristik faoliyatni o’rganadigan predmet; fikrlash haqidagi fanning maxsus bo’limi.
|
tadqiqotchilik
|
researching
|
ilmning u yoki bu sohasida tadqiqot ishi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis.
|
motivatsiya
|
motivation
|
inson faoliyatini boshqarishda uning axloqiy mayllaridan foydalanish.
|
8-Mavzu
Glossary
|
Ta’lim turlari
|
Education types
|
ta’lim turlari va bosqichlarini mujassamlashtirgan tushuncha
|
pedagogik tizim
|
pedagogic system
|
aniq maqsadga yo’naltirilgan, mazmunan boy, tarkibi jihatidan qat’iy shakllangan o’quv vaziyatida o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro hamkorlik
|
didaktika
|
didactics
|
1)pedagogikaning ta’lim nazariyasi bilan shug’ullanadigan tarmog’i;
2) ta’lim nazariyasi
|
dars
|
lessson
|
1)uzluksiz ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’limning asosiy shakli
|
o’quv faoliyat
|
education functionm
|
o’quvchilarning atrof olamni bilish, bilim va tushunchalarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan o’quv harakati
|
akademik lisey
|
academic lycem
|
muayyan fanni chuqur o’rgatishga yo’naltirilgan o’rta maxsus ta’lim muassasasi
|
kasb-hunar kolleji
|
vacational college
|
1)muayyan kasb-hunarni egallashga ixtisoslash-tirilgan o’rta maxsus ta’lim muassasasi; 2) o’quvchilaning kasb-hunar moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko’nikmalarini rivojlan-tirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb tanlash imkonini beradigan ta’lim muassasasi.
|
Тa’limning sinf-dars tizimi
|
Education’s class-occupation system
|
dars shaklida muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo’yicha olib boriladigan ta’lim jarayoni
| 9-Mavzu
Glossary
|
Ta’lim
|
education
|
o’quvchi va talabalarga bilim berish, ularni tarbiyalash, rivojlantirish ko’nikma va malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi
|
ta’lim jarayonida nazorat
|
control in education system
|
kompyuter texnologiya-lari majmuida foydalanish asosida, ta’lim jarayoni borishi, natijalari va samaradorligini uzluksiz kuzatish va to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni
|
nazorat qilish
|
control
|
ta’limdagi biror jarayonni baholash maqsadida maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatuv va nazorat qilish
|
tashxislash tamoyi
|
principle diagnosis
|
o’quv jarayoni yoki ta’lim oluvchilar faoliyatini tekshirish, tavsiflash uchun qo’llaniladigan metodika
|
o’quvchi
|
student
|
umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ta’lim oluvchi yoshlar
|
bilim
|
knowledge
|
o’quvchi va talabalarning tabiat, jamiyat, fan-texnika yutuqlari haqida hosil qilgan ma’lumotlari. O’quvchi yoki talabalarga taqdim etiladigan nazariy ma’lumot.
|
baholash mezonlari
|
the criteria of evaluation
|
o’quvchi yoki talabaning egallagan bilim, ko’nikma va malakalari hamda shaxsiy sifati darajalarini belgilash.
|
10-Mavzu
Glossary
|
Tarbiya
|
education
|
1) shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; 2) yosh avlodni mujassam rivojlantirishga yo’nalti-rilgan umuminsoniy hamda milliy ijtimoiy tajribani o’quvchi va talabalarga uzluksiz taqdim etish jarayoni
|
tarbiya nazariyasi
|
theory education
|
qo’yilgan maqsad va vazifalarga ko’ra o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan qat’iy xulq-atvor me’yorlari, bilim, e’tiqod, ko’nikma, malaka va shaxsga xos axloqiy-ma’naviy sifatlar hamda xususiyatlar tizimi
|
jarayon
|
process
|
muayyan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan o’quv harakatlar majmui.
|
natija
|
result
|
empirik ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirishga asoslangan tadqiqot usuli
|
ijtimoiy tarbiya
|
social education
|
ta’lim oluvchilardan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlar va tajribalarni shakllantirish jarayoni
|
tarbiya tamoyillari
|
principle of education
|
jamiyatning alohida shaxsga nisbatan ehtiyojlari-ning aks ettirilishi, uning mohiyati ideal talablari-ning nazariy umumlashmasi
|
tarbiya qonuniyatlari
|
regularities of education
|
shaxsni shakllantirish uchun tarbiyalanuvchida ehtiyoj hissini uyg’otish, o’zini tutish ko’nikmalarini hosil qilish uchun qo’llaniladigan usullar majmuasi
|
shaxs
|
personality
|
alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy birlik.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |