O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Inshoni baholashda hisobga olinmaydigai xatolar bo'ladimi?


Download 145.45 Kb.
bet5/17
Sana31.01.2023
Hajmi145.45 Kb.
#1145030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Avazyazova Malohat OTO\'M kurs ishi

Inshoni baholashda hisobga olinmaydigai xatolar bo'ladimi?

Quyidagi nuqsonlar yozma ishlarni baholashda hisobga olinmaydi:

Maktab grammatikasi doirasiga kirmagan orfografik, punktuatsion nuqsonlar.

Hali o'rganilmagan qoidalarga oid nuqsonlar.

Ilmiy-nazariy jihatdan maxsus tekshirilmagan va yozilishi joriy etilmagan nuqsonlar.

Individual (avtor) nutqqa xos punktuatsion holatlarning berilishidagi nuqsonlar.

Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998-yilning 13-maydagi 203-sonli “O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta’limni tashkil etish to'g’risida“gi qarorining amaldagi ijrosi sifatida o'quvchilarning bilim darajalarini nazorat qilishning reyting tizimi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1999-2000 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta’lim maktablarining 1-9-sinflarida sinab ko'rildi.

Reyting nazorati o'quvchilar bilimining qay darajada ekanini ko'rsatish bilan ularning shu fan bo'yicha qay darajada malaka hosil qilganini ham ko'rsatib turadi.

Insho matnidan kelib chiqib, imtihon, olimpiada, yakuniy nazorat insholari uchun reyting tizimida quyidagi ballarni qo'yish mumkin:

9 (86-95) ball shunday inshoga qo'yiladi:

o'quvchi mavzuni to'g’ri va batafsil yoritgan bo'lsa, adabiy materialni chuqur va atroflicha bilishi ko'rinib tursa, undan mavzuni yoritishda o'rinli foydalana olsa, bayon qilingan materialni baholay bilsa, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo'lsa;

fikrni ifodalashda mantiy izchillik bo'lsa va xulosalar to'g’ri isbotlansa;

v) aniq, tushunarli, ifodali til bilan bayon qilingan bo'lsa;

g) so'z qo'llashda 1 ta qo'pol bo'lmagan xato bo'lsa; 1-2 ta qo'pol bo'lmagan orfografik yoki punktuatsion xato bo'lsa.

8 (71-85) ball:

inshodan mustaqil va erkin fikrlash sezilib tursa, mulohazalarni izchil bayon qilishi va isbotlay olishi ko'rinib tursa;

insho to'g’ri, izchil va adabiy tilda yozilgan, ammo fikrni bayon qilishda ba’zi bir noaniqliklarga yo'l qo'yilgan bo'lsa;


Download 145.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling