O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 145.45 Kb.
|
Avazyazova Malohat OTO\'M kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ustida ishlash
Insho yoki inshoni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi - 20-25 minuti ajratiladi. Oqituvchi o’quvchilar insho yoki inshoni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o’qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash yo’li tushuntiriladi. Shundan so’ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o’qituvchi yo’l qo’yilgan xatoning bir turini to’g’rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo’rin ishlatilgan so’zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o’qib yoki yozib beradi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so’z bilan almashtirib, uni to’g’rilaydilar va tushuntiradilar.Ayrim o’quvchilar yo’l qo’ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo’shimcha mashg’ulot jarayonida to’g’rilanadi. O’quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo’lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to’g’rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.Grammatik mavzuni o’rganishda o’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o’rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so’zlar o’rnida qanday ishlatilishi o’quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki insho yozishda shunga rioya qiladilar.Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ustida ishlashYozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ham uchrab turadi. Masalan, tushunmoq, qutulmoq, turg’unlik, sukunat kabi so'zlar barcha o'rinlarda tog’ri yozilib, bir o'rinda tushinmoq tarzida ishlatilsa, tasodifiy xato sanaladi. Agar qutulmoq so'zi besh o'rinda qutilmoq tarzida qo'llansa, takroriy xato hisoblanadi. Shuningdek, bir so'z nuqsonli shaklda bir necha o'rinda ishlatiladi: zarar so'zi zaral, tuproq so'zi turpoq tarzida ishlatilgan bo'lishi mumkin. Ba’zan 1441 o'rnida 1941 yozib qo'yiladi. Bunday faktik xatolar ham keng ma’noda tasodifiy nuqsonlar tipiga kiradi. Shuni ta’kidlash zarurki, takroriy va tasodifiy nuqsonlar yozma ishda tuzatiladi, lekin jiddiy xato hisoblanmaydi, ya’ni baholash mezoni va me’yoriga hal qiluvchi ta’sir ko'rsatmaydi.Download 145.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling