O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Biron inshoga yoki uning parchasiga sarlavha topish


Download 145.45 Kb.
bet8/17
Sana31.01.2023
Hajmi145.45 Kb.
#1145030
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Avazyazova Malohat OTO\'M kurs ishi

Biron inshoga yoki uning parchasiga sarlavha topish.

Mo’jizalar maydoni, charxpalak, boshqotirma (krossvord) tipidagi o'yinlardan foydalanib, qiyin so'zlar yozilishini xotiraga singdirish.

Eng qiyin so'zlarning rebusini tuzish.

Elektron hisoblash mashinasidagi maxsus dastur asosida mashqlar o'tkazish.

Matnlar vositasida savodxonlikni ko'tarish va hokazo.

Inshodagi xatolar ustida ishlash jarayonida insho matnlari uchun faol bo'lgan leksika - 300-400 so'z quyi sinflardan boshlab o'quvchilarga singdirib borilishi, ularni to'g’ri yozishga doir mashqlar uzluksiz va tadrijiy ravishda o'tkazilib borishi yaxshi natija beradi. O'quvchining diqqati va xotirasini o'yinlar hamda mashqlar vositasida savodxonlik tomonga yo'naltirishning yangi usullarini samarali qo'llash o'zbek tili va adabiyoti mutaxassislariga havola.

O'quvchilarning yozma ishlarida quyidagi takroriy xatoliklar uchradi:

bayon va insholar uchun to'g’ri epigraf tanlay olmaslik;

bayon va inshoga reja tuzish malakasining etarli emasligi. Reja tuzishda izchillikning yo'qligi;

V) reja bandlarining yoritilmasligi, reja asosida mavzuni izchil yorita olmaslik (to'g’ri kelgan fikrni yozib mavzuga amal qilmaslik) ;

G) bo'g’in ko'chirish qoidalarini bilmaslik; qo'shimchalar imlosi (-ning o'rnida -ni,

-da o'rnida -ga, - ni ishlatilishi h.k);

qo'shma, juft, takroriy so'zlar imlosini bilmaslik; Yo () ishora xatolariga yo'l qo'yish (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, ko'p nuqta, undov, qo'shtirnoq, tire);

xat boshiga rioya qilmaslik (matnni qismga bo'la olmaslik);

ma'nodosh, shakldosh va paronim so'zlarni o'rinli qo'llay bilmaslik (bog’lanmaydigan so'zni bog’lash);

ishning xulosalanmasligi.

Diktant va bayon yozish nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo'llari

Orfografiya o'qitishda o’quvchilaming savodxonlik darajasini o'rganish, ularning orfogafik va punktasion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolami tugalish usullari alohida o’rin tutadi.

Maktabda o'tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o'quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir, Binobarin o'quvchilarning savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mumkin.


Download 145.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling