O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Darsning mavzusi: Fe’l zamonlari


Download 363.45 Kb.
bet6/8
Sana03.02.2023
Hajmi363.45 Kb.
#1154720
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Eshchonova Umida OTO\'M kurs ishi

Darsning mavzusi: Fe’l zamonlari.
Darsning maqsadi:
- Ta’limiy: o‘quvchilarga fe’lning uch zamoni, zamonning nutq
so‘zlanib turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma’lumot berish;
- Tarbiyaviy: kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lishga undash;
- Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish;
Darsning metodi: tushuntirish, suhbat, ”Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini,
”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini.
Darsning borishi: O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida
”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini o‘tkaziladi.
”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini.
O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi uch guruhga bo‘linadi. Har bir guruh
uchun alohida kungaboqar guli doskaga ilib qo‘yiladi va kapalakchalarning qanotlariga har xil so‘z turkumlariga oid so‘zlar yozilgan bo‘ladi. 1-guruhga fe’l so‘z turkumiga oid, 2-guruhga ot so‘z turkumiga oid, 3-guruhga esa sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar yozilgan kapalakchalarni kungaboqar guliga qo‘ndirish topshirig‘i beriladi. To‘g‘ri va birinchi bajargan guruh g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi.


Yangi mavzuni e’lon qilishdan avval, o‘qituvchi doskaga bittadan misol yozilgan varoqlarni iladi, o‘quvchilarga navbat bilan bajartiradi va birgalikda bajarilgan misollarni tekshiradi, xatosi bo‘lsa, to‘g‘rilaydi. Shundan so‘ng varoqlarning orqasini o‘giradi va bugungi mavzu nomi (Fe’l zamonlari) kelib chiqadi. O‘qituvchi mavzuni tushuntiradi va o‘quvchilar bilan suhbatlashadi.
Fe’llarda harakat uch zamonda bajariladi. Harakatning qachon
bajarilayotganini so‘zlab turgan paytingizga qarab belgilaysiz. Agar so‘zlab turgan paytingizdan oldin bajarilgan bo‘lsa, o‘tgan zamon fe’li, so‘zlab turgan paytingizda bajarilsa, hozirgi zamon fe’li, so‘zlab turgan paytingizdan keyin bajarilsa, kelasi zamon fe’li bo‘ladi. Mavzu asosida mashqlar bajartiriladi. Mashqlarni multimedia vositalaridan foydalanib tushuntiradi.
Mavzuni mustahkamlash maqsadida ”Bulutlarni tarqating” o‘yini
o‘tkaziladi.

Download 363.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling