O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi
Download 0.79 Mb.
|
Kitob 3258
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. O‟ZBEKISTON RESPUBIKASI TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI BOSHQARISH USULLARI VA
bob bo‟yicha xulosaMazkur bobda Respublikamiz ayrim tijorat banklarida moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Asosiy misol sifatida ―O‘zbekiston sanoat-qurilish banki‖ aktsionerlik-tijorat banki olindi. ―O‘zsanoatqurilishbank‖ ATB ning yillik hisobotlaridan foydalangan holda uning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari, shuningdek, likvidlilik ko‘rsatkichi tahlili amalga oshirildi. Umuman olganda, mazkur bankning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichi yaxshi, yildan-yilga aktivlar hamda kapital hajmining ortib borishi, likvidlilik ko‘rsatkichining oshib borayotganligi bunga bir misol. Shuningdek, jahonda katta nufuzga ega ―Fitch Ratings‖ xalqaro rеyting agеntligi ―O‘zsanoatqurilishbank‖ ATB rеytingini ―BQG`B‖ darajasida ―Barqaror‖ rеyting darajasini qayta tasdiqladi. Shu bilan birga, hisobot yilida ―Standard&Poor`s‖ xalqaro rеyting agеntligi ham bankka bеrilgan barcha rеytinglarni ―BARQAROR‖ istiqboli bilan qayta bеlgiladi. Ushbu bobda, shu bilan birga, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta‘minlashning xorij tajribasini ko‘rib chiqildi. BOB. O‟ZBEKISTON RESPUBIKASI TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI BOSHQARISH USULLARI VAMEZONLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini boshqarish bilan bog‟liq bo‟lgan muammolarBugungi kunda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat, tarkibiy o'zgarishlar, jumladan, bank tizimida olib borilayotgan bosqichma-bosqich va aniq maqsadli islohotlar O'zbekistonda bank tizimining barqaror rivojlanishi uchun asosiy rolni bajarmoqda. Tizimda olib borilayotgan islohotlarni amaliyligini ta'minlash mamlakatimiz bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag'batlantirish masalasi ustuvor vazifa sifatida bank tizimida muhim o'rin egallamoqda. Ayni paytda xalqaro me‘yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlash maqsadida, 2015 yil 6 maydagi ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi PQ-2344-son Qarori29, tijorat banklarida kapitallashuv jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan qarorlar va farmonlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bir qancha me‘yoriy-huquqiy hujjatlari tijorat banklarining ustav kapitalini oshirishga va shu orqali ularning likvidligi, moliyaviy barqarorligini mustahkamlab borishga qaratilgandir. Ushbu farmon va qarorlar talablari bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalardan biri bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan tijorat 29 ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ–2344-sonli qarori, 2015-yil 6-may banklariga nisbatan qo'yiladigan me‘yoriy talablarni yanada takomillashtirishdan iborat. Banklar barqarorligi – bu bank bozorida, raqobat sharoitida ularning yashovchanligini o'ziga xos belgisigina emas, shu bilan birga, tijorat banklarining rivojlanish strategiyasi hamdir. Albatta hozirgi sharoitda tijorat banklari uzoqni ko'ra bilgan holda o'z faoliyatining o'rta muddatlarga mo'ljallangan strategiyalarini ishlab chiqishlari maqsadga muvofiqdir. Moliyaviy barqarorligi – bu birmuncha kengroq bo'lib u faqatgina aktivlarni tezda pulga aylantirish imkoniyatlarini emas, balki tijorat bankining o'z kreditorlari – omonatchilar, banklar va davlat oldidagi kredit va boshqa pul harakteridagi operatsiyalaridan kelib chiqadigan o'z to'lov majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarish qobiliyatini ham o'z ichiga oladi. Shunday qilib, likvidlik moliyaviy barqarorligining zarur va majburiy sharti sifatida maydonga chiqadi. O'zbekiston Respublikasi bank tizimi rivojlanishida tijorat banklarining to'lov qobiliyatini barqarorligini ta'minlash va u asosida samarali boshqarish qarorlarini ishlab chiqish muhim o'rin egallaydi. Banklar faoliyatini har tomonlama tahlil etish, ularning to'lov qobiliyatini rivojlanish yo'nalishlarini oldindan aniqlash, barcha moliyaviy ko'rsatkichlar bo'yicha to'liq ma'lumotlarni olish va ularni qayta ishlash hamda tahlil qilish asosida bank faoliyatining bozor munosabatlari rivojlanishiga ta'sir ko'rsata oladigan omillarni va shunda uning to'lov qobiliyatini mustahkamligini aniqlash imkonini beradi. Bank tizimi barqarorligining muhim ko'rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2016 yil yakunlari bo'yicha 64,4 foizni tashkil etdi va bu talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar ortiqdir30. Banklarning barqarorligi, eng avvalo, uning faoliyatining moliyaviy ko'rsatkichlari bilan baholanadi ammo uning barqarorligi keng ma'noda tashqi va ichki ta'sirlarga tezda javob bera olishni ham ifodalaydi. Shuning uchun banklarning barqarorligini baholashda nafaqat moliyaviy ko'rsatkichlarga, balki 30 2016-yilda Pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // Bozor, pul va kredit, 2017 - №1. uning tashkilotchilik, boshqaruv va boshqa xususiyatlarga alohida e'tibor qaratish kerakligini anglatadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling