O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi


-jadval O‟zbekiston Respublikasi tijorat banklari moliyaviy ko‟rsatkichlari31


Download 0.79 Mb.
bet18/23
Sana05.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1277259
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Kitob 3258

6-jadval O‟zbekiston Respublikasi tijorat banklari moliyaviy ko‟rsatkichlari31




Ko'rsatkichlar

2010-yil

2011-yil

2012-yil

2013-yil

2014-yil

2015-yil

2016-yil




YaIM


61 831,00



77 751,00



96 600,00



119 000,00



144 900,00



171 400,00



199 300,00



1

Bank aktivlari

20 740,00

27 500,00

35 744,00

43 868,00

56 323,00

65 176,00

80 362,00

Bank aktivlarining
YaIMdagi ulushi (%da)

33,5


35,3


37


36,7


38,8


38


40,3


2

Bank kapitali

4 100,00

5 334,00

6 200,00

6 500,00

6 900,00

7 784,00

9 535,00

Bank kapitalining
YaIMdagi ulushi (%da)

6,60


6,80


6,40


5,40


4,70


4,50


4,70


3

Bank kredit
qo'yilmalari

11 539,00



15 651,50



20 392,00



26 530,00



34 809,00



42 685,00



53 378,00



Bank kredit
qo'yilmalarining YaIMdagi ulushi (%da)

18,60


20,10


21,10


22,30


24,00


24,90


26,70


4

Banklarning
depozitlari

13 255,00



18 042,00



23 700,00



26 100,00



28 500,00



35 600,00



44 600,00



Banklarning
depozitlarining YaIMdagi ulushi (%da)

21,40


22,30


23,60


21,80


19,60


20,70


22,40


Yuqorida keltirilgan jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, 2010-2016-yillarda respublikamiz tijorat banklaring aktivlari, kredit qo'yilmalari va depozitlariga e'tibor beradigan bo'lsak yildan-yilga o'sish tendentsiyasiga ega bo'lib, ularning YaIMdagi ulushi ham o'sish tendentsiyasiga egadir. Ushbu holat orqali tijorat banklarining to'lov qobiliyatini ma'lum ma'noda ijobiy deb baholash mumkin.


Mamlakatimiz tijorat banklarining moliyaviy barqarorligiga ta'sir qiluvchi ayrim omillarning mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, bugungi kunda:
Birinchidan, respublikamiz tijorat banklari aktivlarining hajmida yuqori likvidli qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalarning salmog'i past darajadaligi
31 ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va uni takomillashtirish yo‘llari‖ – Saidov D. , maqola, ―Banklarnong moliyaviy barqarorligi va resurslari yetarliligini xalqaro me‘yorlar va standartlar talablari asosida baholash va boshqarish‖ Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi
materiallari to‘plami, 2017-yil 12-may, I qism
(0,1 foizdan 1,0 foizgacha); Vaholanki, taraqqiy etgan mamlakatlarning amaliyotida ushbu ko'rsatkich 10-24 foizni tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining investitsion siyosati bank faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidliligini ta'minlashda asosiy o'rin tutadi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog'ozlar: oddiy va imtiyozli aktsiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel va boshqalarga mablag'-larini qo'yish orqali amalga oshiriladi. Demak, banklar investitsion faoliyatining asosiy qismini qimmatli qog'ozlar tashkil etadi, bunda bank turli emitentlardan qimmatli qog'ozlarni sotib oladi va bankning qimmatli qog'ozlar portfelini vujudga keltiradi. Bank tomonidan qimmatli qog'ozlarni xarid qilinishidan maqsad – bu qimmatli qog'ozlarni keyinchalik qayta sotish yoki kapitalni uzoq muddatga qo'yish yo'li bilan foyda olishdan iborat.
Banklarga boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bilan solishtirganda qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat yuritishi uchun keng sharoit yaratib berilmoqda. Toshkent respublika fond birjasining rasmiy listingini emitentlarining ko'pchiligini ham banklar tashkil qiladi. Mamlakatimizda banklarning tijorat va investitsion faoliyatini qat'iy cheklovchi qonunlar mavjud emas. Shuning uchun tijorat banklari fond bozorining professional ishtirokchilariga xos funktsiyalarni erkin bajaradi. Qonunchilikka muvofiq bank faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi mavjud tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, investitsiya maslahatchisi, transfer-agent va depozitariy sifatida professional faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Bunda tijorat banklari tomonidan ko'rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun alohida litsenziya talab etilmaydi. Demak, ushbu muammoni hal qilish tijorat banklarimizni qo‘lida.
Ikkinchidan, tijorat banklari aktivlarining likvidliligi va daromadliligi o'rtasidagi mutanosiblikning oqilona darajada emasligi.
Uchinchidan, ayrim tijorat banklarida transformatsiya riskining mavjudligi depozitlar va berilgan kreditlarning muddatlari o'rtasidagi nomuvofiqlik mavjudligi;
To'rtinchidan, ayrim tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida kassali aktivlarining salmog'i yuqoriligi;
Beshinchidan, tijorat banklarining depozit bazasining nobarqarorligi; 2016 yilning 1 yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida talab qilib olinadigan depozitlarining salmog'i 71 foizni tashkil qildi. Bu esa tijorat banklari depozitlari barqarorlik darajasining past ekanligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, respublikamiz tijorat banklarining to'lovga qobilligini yanada oshirish bilan bog'liq bo'lgan muammolarning mavjudligini qayd etish lozim. Ana shunday muammolardan biri – bu devalvatsiya zaxirasi va imtiѐzli kreditlash fondi mablag'larining banklarning birinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilganligidir.
Devalvatsiya zaxirasi tijorat banklarining kapitali tarkibidan chiqarilib, uni soliqqa tortilmaydigan daromad sifatida hisobga olish lozim. Imtiѐzli kreditlash fondining mablag'lari esa, tijorat banklarining ikkinchi darajali kapitali tarkibida hisobga olinishi lozim. Chunki, u banklar faoliyatini moliyalashtirishning barqaror manbai hisoblanmaydi, birinchi darajali kapital esa, faqat barqaror moliyalashtirish manbalaridan tashkil topishi kerak.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan muammolardan yana biri – bu banklarning brutto aktivlari hajmida daromad keltirmaydigan aktivlarning salmog'ini nisbatan yuqori ekanligidir. Hozirgi davrda, respublikamizning yirik tijorat banklarida daromad keltirmaydigan aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog'ining nisbatan yuqori ekanligi kuzatilmoqda.
Holbuki, mazkur ko'rsatkichning darajasi taraqqiy etgan mamlakatlarning tijorat banklarida juda past.



      1. Download 0.79 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling