O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi
Download 0.79 Mb.
|
Kitob 3258
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar
bob bo‟yicha xulosaUshbu bob O‘zbekiston Respubikasi tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikni boshqarish usullari va mezonlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu bobda banklarimizda moliyaviy barqarorlikni saqlash, uni boshqarishni samarali tashkil etish bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganib chiqildi. Ushbu bobda banklarimizda mavjud hal qilinmagan muammolar, xususan, banklar investitsion faolligining jadal emasligi, bank aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlarning salmog‘i yuqori ekanligi haqida so‘z yuritilgan. Albatta, bu birgina tijorat banklari hal qiladigan muammo emas. Bunda nazorat tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni ham ko‘rishimiz mumkin. Banklarimiz ijobiy moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishayotgan bo‘lsada, banklar boshqaruviga rivojlangan davlatlarning tajribalaridan andoza olgan holda o‘zgartirishlarni joriy qilish uning boshqaruv jarayonini yanada samarali ishlashiga olib keladi. Xususan, stress-test usulidan foydalanishni kengaytirish, banklar investitsion faolligini rag'batlantirish, bank faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalasida mas'ul bo'lgan tarkibiy bo'linmalari mutaxassislarining tizimli asosida malakalarini oshirib borish kabi choralar banklar moliyaviy barqarorligini boshqarish va nazorat qilishda qo‘llanilishi mumkin. Xulosa va takliflar―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini boshqarish, uning usullari va mezonlari‖ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi: tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini boshqarish mohiyati, ahamiyati va uni takomillashtirish choralari yoritib berildi; xalqaro tajribada tijorat banklarining barqarorligini nazoratining mamlakatimiz banklariga o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqildi; tijorat banklari moliyaviy barqarorligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar, uni aniqlovchi ko‘rsatkichlarning dinamik tahlili amalga oshirildi; tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashga oid muammolar bilan tanishib chiqildi; banklarning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari, ularning o‘zgarishi va bank faoliyatiga ta‘siri ko‘rib chiqildi; Qilingan xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishi obyekti va predmeti bo‘yicha quyidagi takliflar berildi: Tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida muddatli depozitlar va jamg‗arma depozitlari salmog‗ini oshirish lozim. O‗z mablag‗lari manbai bilan ta‗minlanganlik darajasini ko‗tarish kerak. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida ularning foizli daromadlari hajmini oshirish zarur. Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining likvidliligi va daromadliligi o‗rtasidagi uzviy bog‗liqlikning oqilona darajasini yuzaga keltirish lozim. Buning uchun, birinchi navbatda, tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish yo‗li bilan ularning depozit bazasini tarkibida transaksion depozitlarning salmog‗ini pasaytirish lozim. Tijorat banklarining brutto aktivlari hajmida daromad keltirmaydigan aktivlarning salmog'ini pasaytirish maqsadida banklarning ― Nostro vakillik hisobraqamlarining ishchi qoldig'idan ortiqcha bo'lgan pul mablag'larini turli emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishni ta'minlash zarur. Shuningdek, bank likvidliligini oshirish va me‘yor darajada saqlash uchun bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi mumkin. Ular: Aktivlarning to‗lash muddatini qisqartirish orqali (chunki qisqa muddatli aktivlar odatda yuqori likvidli hisoblanadi). Aktivlarning o‗rtacha likvidliligini yaxshilash orqali. Majburiyatlarning muddatini uzaytirish orqali. Ko‗proq miqdorda aksiya chiqarish orqali. Shartli majburiytlarni kamaytirish orqali (ya‗ni kredit liniyalari hajmini va boshqa shartli majburiyatlarning kelajakda naqd pul ko‗rinishida to‗lanishini kamaytirish). Likvidlilik himoyasini olish orqali va boshqalar. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlashda bank aktivlari tarkibi va sifati muhim rol o'ynaydi. Bank aktivlarining sifati quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi. Likvidlilik, risklilik, daromadlilik va diversifikatsiyalanishi. Tijorat banklari aktivlarining tarkibida yuqori darajadagi likvidli aktivlar salmog'i qancha yuqori bo'lsa bankning daromadliligi shuncha kam bo'ladi, aksincha aktivlar tarkibida yuqori darajadagi likvidli aktivlar salmog'ining past bo'lishi bank daromadliligini oshishiga olib keladi, lekin banklar daromadliligini hisoblashda aktivlar sifati muhim rol o'ynaydi, to'g'ri tijorat banklarining bosh maqsadi daromad olishga qaratilgan bo'lib, banklar daromadining asosiy qismini kredit operatsiyalaridan olingan daromadlar tashkil etadi, shunday ekan tijorat banklarining aktivini asosiy qismini kreditlar (ssudalar) tashkil etadi. Banklar kredit operatsiyalarini amalga oshirish mobaynida daromad olishga erishish bilan bir qatorda o'z riskini ham oshiradi, ya'ni kredit ajratishda kredit tavakkalchiligi yuqori bo'ladi, agar tijorat banklari aktivlari tarkibida sifatsiz aktivlar, ya'ni muammoli aktivlar salmog'i yuqori bo'lsa bu banklar daromadlik darajasini tushiradi, banklar likvidligiga salbiy ta'sir qiladi, ularning kapitallashuv darajasini pasaytiradi. Oxir oqibatda, ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir etadi. Tijorat banklari o'z maqsadlariga erishishi uchun ular likvidlik va foydalilikning optimal darajada bo'lishini ta'minlashi zarur hisoblanadi. Yana shuni aytib o‘tish lozimki, bugungi kunda ilg`or xorijiy tajribalarga tayangan holda bank tizimida qilinayotgan islohotlar o‘zini to‘laqonli oqlashi uchun ushbu chora-tadbirlarni vaqtida, haqqona amalda qo‘llash zarur. Shunday ekan, mustaqil bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta`minlash va uni yanada rivojlantirish har birimizning ustuvor vazifamizdir. 2017-2021 yillarga mo`ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida‖gi farmoni ham bank tizimini barqarorlashtirishni ta`minlashda banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling