O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi


MASALALARI………………………………………………………


Download 0.79 Mb.
bet3/23
Sana05.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1277259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Kitob 3258

MASALALARI……………………………………………………….

    1. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini boshqarish bilan bog‘liq

bo‘lgan muammolar................................................................................... 54

    1. Banklarning moliyaviy barqarorligini boshqarishni takomillashtirish......................................................................................... 58

3-bob bo‘yicha xulosa................................................................................ 63
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………..…………………………….. 64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI............................................... 67

KIRISH




Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda tijorat bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari sharoitidagi ob‘ektiv zaruriyat bo‘lib, bu o‘z navbatida tijorat banklar faoliyati va moliyaviy barqarorligini doimiy nazorat qilish hamda ularni samarali boshqarish uchun zarur ma‘lumotlar bazasining yaratilishining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
Hammamizga ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar asosiy rol o‘ynaydi, negaki ularning yordamida qayta taqsimot jarayoni yanada tezlashadi va kuchayadi. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi bank tizimini shakllantirish, banklarning moliya bozoridagi vositachilik rolini faollashtirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta‘minlash, faoliyatini jahon bank amaliyotiga yaqinlashtirish va pirovard natijada, banklarning ichki va xalkaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligining yuqori darajasiga erishish muhim hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiy tizimida zarur zaxiralar va resurslar bazasi yaratilganligi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘z asarida ta‘kidlagan: ―O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta‘minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta‘kidlash joiz‖ 1 . Shuningdek, mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko‗rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. Xususan, tijorat banklarining umumiy kapitali 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 2016-yilning 1-yanvariga nisbatan 20,2 foizga oshib, qariyb 9,4 trln. so‘mni tashkil etdi2.
Shuni ta‘kidlab o‘tishimiz kerakki, 2017-2021-yillar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida‖gi PF-4947-sonli 2017-yil




1 ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari/I. A. Karimov‖ - T.: O‘zbekiston, 2009. – 8b.
2 Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat‘iyat bilan davom ettirish. I. A. Karimov‖-T.: O‘zbekiston, 2013. – 7b

  1. fevraldagi Farmoni davlatimiz va jamiyatimiz, qolaversa, iqtisodiyotimiz rivojining kaliti bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu Farmon quyidagi yo‘nalishlardan iborat3:

    1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

    2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizmini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari.

    3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

    4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

    5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu farmonning uchinchi ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyotimizni, xususan, bank tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Shu asosida O‘zbekiston bank tizimi o‘z sifatini yangi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu makroiqtisodiy vaziyatdagi jiddiy o‘zgarishlar, umumiqtisodiy vazifalarni hal etishda bank potensiali va ta‘sirining o‘sishi bilan bog‘liq.
Kredit va moliya operatsiyalarini asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal qiluvchi bo‘g‘ini bank tizimidir. Demak, bank tizimi barqarorligini yanada mustahkamlash, boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish uni chuqur o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling