O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi


Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini boshqarish bo‟yicha


Download 0.79 Mb.
bet8/23
Sana05.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1277259
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Kitob 3258

Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini boshqarish bo‟yicha


xalqaro talablar
Respublikamiz moliya-bank tizimining uzluksiz isloh qilinishi uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini xalqaro me‗yorlar va andozalarga asosan baholashga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortib borishi tijorat banklarining qator ko‘rsatkichlar tizimiga amal qilish hamda muntazam ravishda o‘z faoliyatlarini nazorat qilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Tijorat banklari o‘z faoliyatini nazorat qilishda turli xil tizimli ko‘rsatkichlardan, ―Fitch Retying`s‖, ―Moody`s‖ va ―Standard & Poor`s‖ kabi xalqaro reyting agentliklari xizmatlaridan hamda bank tizimini muvofiqlashtiruvchi ―Basel Committee‖, ―CAMELS‖ kabi tashkilotlar tavsiyalaridan foydalanishlari mumkin. Eng e‗tiborlisi shundaki barcha moliyaviy holatni baholovchi ko‘rsatkichlarda yoki baholovchi tashkilotlarning baholash tizimida asosiy o‘rinda kapital va u bilan bog`liq ko‘rsatkichlar turadi.
Bazel qo'mitasining 2010 yil iyul oyidagi yig'ilishida bank sektorini tartibga solish bo'yicha islohotlar dasturining asosiy elementlari kelishib olindi. Bunda Bazel qo'mitasining «Bazel III» bo'yicha 2009 yil dekabrda ma'qullangan talqini
biroz yengillashtirdi. Jumladan, banklarga kapitalning 15 foizidan oshmaydigan miqdorda konsolidatsiyalashmagan moliyaviy muassasalarning oddiy aktsiyalariga
«sezilarli» (ya'ni ustav kapitalining 10 foizidan ko'p) investitsiyalar kiritishga, foyda solig'ini kamaytirish imkonini beruvchi aktivlarni shakllantirish va ipoteka kreditlariga xizmat ko'rsatish huquqiga ega bo'lishga ruxsat berildi. Bunda tijorat banki yuqoridagi uch vosita yalpi qiymatining bankning I darajali kapitali tarkibidagi oddiy aktsiyalar qiymatining 15 foizidan oshadigan qismi 2018 yil 1 yanvardan hisobga olinmaydi (1-jadval).

1-jadval Bank kapitali bo‟yicha “Bazel III” talablarini joriy etish muddatlari


(har bir yilning 1-yanvar holatiga, foizda)11

Xalqaro tajribadan kelib chiqib olib borilgan siyosat natijasida mamlakatimiz bank tizimi kapitali yillik o‘rtacha 30 foizga o‘sib, uning yetarlilik ko‘rsatkichi ham 24 foizdan past bo‘lmayapdi12. Bu esa O‘zbekiston bank tizimiga bo‘lgan ishonchni oshishiga hamda xorijiy investorlarni jalb qilinishida o‘z samarasini bermoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1438-sonli Qarorida nazarda tutilgan banklar kapitali, aktivlari, boshqaruvi, daromadlari, majburiyatlarining sifati va darajasini xolis baholanishini ta`minlovchi CAMELS tiziming to‘liq joriy


11 ―Tijorat banklari faoliyati tahlili‖ T.Karaliev, O.Sattarov, I. Sayfiddinov, 2014, 35-b
12― Tijorat banklarining kapitallashuvi moliyaviy barqarorlikni ta‘minlash omili‖, Ostonov O.Sh.
etilishi bank tizimining barqarorligini yanada oshiradi hamda xalqaro reytingning yuqori pag`onalariga chiqishga imkon beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda bank tizimi barqarorligini mustahkamlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida tijorat banklari faoliyatini baholashda ―CAMELS‖ reyting tizimidan faol foydalanilmoqda.
CAMELS – bu bank faoliyati analitiklari orasida juda mashhur bo‘lgan tahlil turi bo‘lib, C - kapital yetarliligi, A – aktivlar sifati, M – menejment, boshqaruv sifati, E – daromad, L – likvidlilik hamda S – riskka sezuvchanlik (riskka nisbatan ta‘sirchanlik) so‘zlarining qisqartmalarini anglatadi. Ushbu kategoriya Amerika Federal Tizimida keng qo‘llaniladi. U o‘zida banklar barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aks ettiradi. Hammaga ma‘lum va mashhur bo‘lgan ―Moody‘s‖ reyting agentligi CAMELSga asoslangan ko‘rsatkichlaridan foydalanadi.
Kapital yetarliligi. Uni baholashda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

  1. Birinchi va ikkinchi darajali kapital o‘rtasidagi nisbat;

  2. Kapitalning yetarlilik koeffitsienti asosiy va qo‘shimcha kapitallarning risk darajasi bo‘yicha tortilgan aktivlarga nisbati;

  3. Moliyaviy leveraj koeffitsienti, bank jami kapitalining balans aktivlarining o‘rtacha summasiga nisbatan teng.

Umumiy kapitalning yetarliligi quyidagicha aniqlanadi.
K1=kapital/A.R.
Bu yerda, A.R. – aktivlarning riskliligi bo‘yicha hisobga olinishi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling