O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi
Download 0.79 Mb.
|
Kitob 3258
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGI VA UNI BOSHQARISH AMALIYOTI
- Bank likvidlilik koeffitsiyentlari 16
1-bob bo‟yicha xulosaMazkur bobda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini boshqarishning ishlab chiqilgan huquqiy mexanizmi o‘rganib chiqilgan. Ushbu bobda moliyaviy barqarorlikni samarali boshqarish va uni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni baholash usullari kabi nazariy ma‘lumotlar hamda xorij tajribasida ushbu jarayon qanday amalga oshirilishi yoritilgan. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini boshqarish har bir mamlakatning o‘z tajribasidan kelib chiqadi. Ushbu bobda turli davlatlarning tijorat banklari barqarorligini boshqarishga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida gapirib o‘tilgan. Lekin xorij tajribasi har doim ham ideal bo'lavermasligini bugun jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqirozning o'zi isbotlab turibdi. Shuni hisobga olib, banklarimiz mahalliy bozor xususiyatlarini, fuqarolar saviyasini va boshqa qator xususiyatlarni hisobga olgan holda tijorat banklarining faoliyati samaradorligini takomillashtirish jarayonini ishlab chiqishi lozim. Bank doimiy tarzda o‗zining moliyaviy barqarorligini ma‘lum bir darajada saqlashi kerak, o‗zining likvidliligini, barqaror faoliyat yuritishini shubha ostida qoldirmasligi kerak. Tijorat banki faoliyatini tashkiliy tuzulish hamda u bajarayotgan maxsus bank xizmatlari doirasida tartibga soluvchi texnologik xizmatlar banklar tashkiliy- tarkibiy barqarorligining eng muhim o‘lchamidir. Barqarorlikning bu jihatini bank moliyaviy barqarorligini boshqa iqtisodiy tarkibiy qismlari tavsifini uyg‘unlashtiruvchi aosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar belgilab beradi. Ushbu ko‘rsatkichlarni aniq baholay olish, ularni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish tijorat banklarining asosiy maqsadi ekanligi ushbu bobda atroflicha ko‘rib chiqildi. BOB. O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGI VA UNI BOSHQARISH AMALIYOTITijorat banklarining likvidliligi va uning tahliliTijorat banklarining o'z funktsiyalarini to'laqonli bajara olish imkoniyati, birinchi navbatda, ularni yetarli darajada likvidli bo'lishi bilan belgilanadi. Shu sababli, tijorat banklarining likvidligi masalasi bank nazorati hamda moliyaviy barqarorligini boshqarishning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bank likvidligining funksional mohiyatlari quyidagilarda ifodalanadi: 1.Bank likvidligi o‗zlarining hisob va joriy raqamlaridan to‗lovlarni amalga oshiruvchi va kredit olish uchun murojaat qilgan mijozlarning, shuningdek, depozitlardan o‗z mablag‗larini tasarruf qilayotgan omonatchilarning pulga bo‗lgan talabini qondirishga qaratilgan. Bank likvidligi bankning obro‗si bilan o‗zaro bog‗liq bo‗ladi, ya‘ni bankda likvidlik bo‗yicha muammolar bo‗lmasa u holda, kredit tashkilotining moliyaviy nobarqarorlik xataridan uzoqda yuruvchi mijoz uchun shu bank jozibali hisoblanadi. Bank likvidligi zararli va foydasiz bo‗lgan operatsiyalarni bajarilishini oldini olish maqsadida aktivlarni noo‗rin sotmaslik imkoniyatini beradi. Amaliyotda va nazariyada bank likvidligi uning daromadliligi bilan birgalikda ko‗rib chiqiladi. Aktivlarni boshqarish jarayonida banklar doimiy ravishda ―daromadlilik-likvidlik‖ ko‗rinishdagi qarama-qarshilikka duch keladi. Bu yerda gap bitimlarni tuzish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshi rish, daromad va risk o‗rtasidagi mutanosiblikni tanlash jarayonida har bir iqtisodiy agent (xususan banklar) hal qilishi kerak bo‗lgan asosiy muammo to‗g‗risida bormoqda. Likvidlik holati ikki pozitsiya tomonidan xarakterlanadi14: Defitsit; Ortiqcha (Profitsit). 14 ―Tijorat banklari faoliyati tahlili‖ T.Karaliev, O.Sattarov, I. Sayfiddinov, 2014 Likvidlik krizisi haqida gapirilganda aynan unga bo‗lgan defitsit nazarda tutiladi. Ammo, haddan tashqari bank likvidligining mavjud bo‗lishi ham bank uchun yaxshi holat hisoblanmaydi, chunki bunda o‗tkazilayotgan operatsiyalar samarasizligi yoki faoliyat amalga oshirilmaslik holati yuz beradi. Markaziy bankning «Tijorat banklari likvidliligini boshqarishga bo'lgan talablar to'g'risida»gi Nizomga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga ko'ra, 2015 yil 1-yanvardan boshlab barcha tijorat banklari, likvidli aktivlarning talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo'lgan majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadigan likvidlilikni qoplash me‘yori 100 foizdan kam bo'lmasligi kerak. Ushbu qoida, tijorat banklarini o'z balanslarida bankning bir oylik majburiyatlarini bajarishga etarli darajada bo'lgan naqd pul va likvid aktivlarga doimiy ega bo'lishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, barcha tijorat banklari sof barqaror moliyalashtirish me‘yorini 100 foizdan kam bo'lmagan miqdorda ta'minlashlari lozim bo'ladi. Ya'ni, tijorat banklarining uzoq muddatli aktivlari summasi ularning uzoq muddatli resurs summasidan oshmasligi lozim bo'ladi. Bu qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish imkoniyatlarini yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlari yanada himoya qilinishini ta'minlaydi. Tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish bo'yicha ko'rilgan chora- tadbirlar natijasida 2016 yil yakunlari bo'yicha bank tizimining umumiy kapitali oldingi yildagiga nisbatan 20,2 foizga oshib, qariyb 9,4 trln. so'mni va kapitalning etarlilik darajasi ko'rsatkichi xalqaro bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi umumiy qabul qilingan talabdan deyarli 3 barobardan ziyodni tashkil qildi. Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko'rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2016-yil yakunlari bo'yicha 64,4 foizni tashkil etdi va bu talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar ortiqdir15. Bank likvidligini tahlil qilish quyidagi maqsadlarni ko‗zlaydi: bank likviligining koeffitsiyentlarini hisoblash tizimi to‗g‗riligini va to‗liqligini tasdiqdlash; bank holati bo‗yicha xulosalarni shakllantirish; bank balansi likvidligining yomon holatga kelayotganligidan darak beruvchi real va salbiy potensial tendensiyalarni aniqlash; salbiy tendensiyalarni vujudga keltirgan omillarni tahlil qilish; bank balansi likvidligini tahlil qilish va tekshirish natijalariga ko‗ra bank uchun taklifl arni belgilab olish. Barcha banklar joriy likvidlik me‘yorlarini bajarishlari lozim, ular joriy aktivlarning (to‗lov muddati 30 kungacha bo‗lgan barcha likvidlik aktivlari, bank qo‗yilmalarining bir marta bo‗lsa ham muddati uzaytirilgan va yoki avval berilgan ssudalarni to‗lash uchun, shuningdek, qaytarish muddati o‗tib ketgan kreditlar istisno qilinadi) talab qilib olinguncha majburiyatlar summasi nisbatiga va ijro etish muddati 30 kungacha bo‗lgan holda aniqlanadi. 16 ―Tijorat banklari faoliyati tahlili‖ T.Karaliev, O.Sattarov, I. Sayfiddinov, 2014 jadvalda banklar uchun joriy etilgan likvidlilik koeffitsiyentlari va ularning minimal chegarasi ko‘rsatib o‘tilgan. O‗zbekiston Respublikasining 1998-yil 2-noyabrdagi «Tijorat banklari likvidligini tartibga solish bo‗yicha qo‗yilgan talablar to‗g‗risida»gi 421-sonli Tartibda likvidlik normativlari berilgan (joriy, lahzalik va to‘la likvidlik). Mazkur ko‗rsatkichlar tizimidan likvidilik normativining joriy likvidlik ko‗rsatkichini o‗tgan oxirgi uch yil davr maboynida mamlakatimizning ayrim tijorat banklari misolida ko‗rib chiqamiz. O‗zbekiston Respublikasida joriy likvidlik ko‗rsatkichining minimal miqdori 80% miqdorida belgilangan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling