O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi


-jadval O‟zbekiston tijorat banklarining joriy likvidlilik ko‟rsatkichi


Download 0.79 Mb.
bet11/23
Sana05.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1277259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Kitob 3258

3-jadval O‟zbekiston tijorat banklarining joriy likvidlilik ko‟rsatkichi


(foizda)17





Ko‟rsatkichlar

2014

2015

2016

1

―O‘zsanoatqurilishbank‖ ATB

66.9

67.1

72.1

2

―Asaka‖ Bank ATB

75.8

61.8

75.8




    1. jadvaldan ko‘rib turganimizdek banklarning joriy likvidlilik darajasi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkich 2014-2015-yillar hisobida olib qaraganda yomon ko‘rsatkich emas, chunki u paytda joriy likvidlilik ko‘rsatkichi

    1. yoki 30%dan yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblangan. Lekin hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 0.8 koeffitsiyent yoki 80%gacha oshirilgan. Bu esa o‘rganilgan banklarimiz belgilangan norma darajasida likvidlilik ko‘rsatkichiga ega emasligini ko‘rsatib beradi.

Joriy likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda quyidagi ko‗rsatkichlardan foydalanildi:

      1. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadigan likvidli aktivlar, yaqin 30 kun muddatga milliy va chet-el





17 Tijorat banklari 2014, 2015, 2016-yillar yillik hisobotlari asosida muallif tomonidan tuzildi
valyutasida berilgan kreditlar (hech bo‗lmaganda bir marta prolongatsiya qilingan ssudalar bundan mustasno), shuningdek, bank foydasiga bo‗lgan yaqin 30 kun ichida amalga oshiriladigan to‗lovlar;

      1. Talab qilib olinguncha bo‗lgan majburiyatlar – O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadi, bunda boshqa kredit tashkilotlaridan 30 kun muddatga olingan kreditlar va bank tomonidan 30 kun muddatda majburiyatlarni o‗z zimmasiga olish bo‗yicha kafolat va kafilliklarning 50% ni ham o‗z ichiga oladi.

Joriy likvidlilik ko‘rsatkichining past bo‘lishiga joriy aktivlar (30 kungacha bo‗lgan barcha likvidlik aktivlar) ning 30kungacha to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyatlardan kichik bo‘lgani sabab bo‘ladi. Buning ma‘nosi shuki, faraz qilamiz, agar barcha joriy majburiyatlar bir paytda qoplanishi talab qilinadigan bo‘lsa, bank o‘zining qisqa muddatda topib bo‘ladigan barcha mablag‘lari, aktivlari hisobidan ularni qoplay olmay qoladi va natijada mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi va bu bank barqarorligiga putur yetkazadi.
Rossiyalik olim professor O.I. Lavrushin likvidlilik tushunchasiga quyidagicha ta‘rif beradi: «Likvidlilik – bu bank faoliyatining umumlashtirilgan jihatlaridan biri bo‗lib, uning ishonchliligini anglatadi. Bank likvidligi – bankning omonatchilari va kreditorlari oldidagi o‗z majburiyatlarini o‗z vaqtida va to‗liq bajarish qobiliyatiga tushiniladi». Mazkur o‗quv qo‗llanmaning muallifl ari tijorat banklari likvidli ekanligini bildiruvchi ikki belgilarning (ya‘ni majburiyatlarni uz vaqtida va yo‗qotishlarsiz bajarish) mavjud bo‗lishi bank faoliyati sifatini aniqlab beruv chi ko‗pgina ichki va tashqi tartibdagi omillar bilan asoslanadi deb hisoblaydilar.
Ichki tartibdagi omillar tarkibiga quydagilar kiradi:

  • bankning mustahkam kapital bazasi, aktivlarning sifati;

  • depozitlar sifati, me‘yoriy darajada tashqi manbalarga bog‗liq bo‗lish;

  • aktiv va passivlarning muddati bo‗yicha mutanosibligi;

  • to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilgan menejment;

  • birinchi darajali bank imiji.

Bankning mustahkam kapital bazasi deganda aktivlar bo‗yicha xatarni qoplash va omonatchilar mablag‗larini kafolatlash maqsadida o‗z kapitalining absolyut qiymatiga ega bo‗lishi tushuniladi. Bankning o‗z kapitali asosini ustav fondi va har xil maqsadlar, shu jumladan, bankning moliyaviy barqarorligini ta‘minlashga mo‗ljallangan boshqa fondlar tashkil qiladi. Shaxsiy kapital qanchalik ko‗p bo‗lsa bank likvidligi shuncha yuqori bo‗ladi.
Bank likvidligiga ta‘sir qiluvchi boshqa bir omil bu uning aktivlari sifati. Aktivlar sifati to‗rtta mezon asosida aniqlanadi: likvidlilik, xatarlilik, daromadlilik va diversifi katsiyalanganlik. Likvidli aktivlar deganda aktivlarni realizatsiya qilish yoki qarzdor tomonidan qarzlarini sundirilishi natijasida ularni pul ko‗rinishiga tez transformatsiyalanish qobiliyatiga tushuniladi.
Aktivlar likvidligining darajasi ko‗p jihatidan ularning nima maqsadda ishlatilishiga bog‗liq bo‗ladi. Bankda pul ko‗rinishida mavjud bo‗lgan aktivlar asosan to‗lov funksiyasini bajarish uchun ishlatiladi. Ssudalar, qimmatbaho qog‗ozlar va invistitsiya qilinadigan pul qo‗yilmalari bank mijozining qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Bu borada likvidlik darajasi jihatidan bank aktivlari bir qancha guruhlarga bo‗linadi. Birinchi guruhni quyidagi yuqori darajali likvidli aktivlar tashkil qiladi: bankning kassa va vakillik hisob raqamidagi pul mablag‗lari, bank portfelidagi qimmatli qog‗ozlar.
Birinchi guruh aktivlar hajmini ushlab turish bank likvidligini ta‘minlashning ajralmas va zaruriy sharti hisoblanadi.
Likvidlik darajasi bo‗yicha aktivlarning ikkinchi guruhini jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar, faktoring operatsiyalari, aksionerlik jamiyatlarning tijorat qimmatli qog‗ozlari tashkil qiladi. Bu aktivlarni pul shakliga keltirish uchun nisbatan ko‗proq muddat kerak bo‗ladi.
Likvidlik darajasi jihatidan aktivlarning uchinchi guruhi uzoq muddatli qo‗yilmalar va investitsiyalar, uzoq muddatli ssudalar, lizing operatsiyalari, qimmatli qog‗ozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarni o‗z ichiga oladi.
Va nihoyat aktivlarning likvidlik darajasi bo‗yicha to‗rtinchi guruhi ham mavjudki, bunda ular nolikvid aktivlar hisoblanib muddati o‗tgan ssudalar, ba‘zi
bir turdagi daromad keltirmaydigan qimmatli qog‗ozlar, bino va inshootlar ko‗rinishda bo‗ladi.
Aktivlar xatarlilik darajasining turkumlanishi har xil mamlakatlar va har xil maqsadlar uchun bir xil bo‗lmaydi.
Tizimlashtirish maqsadga muvofiq bo‗ladi jahon amaliyotida kapitalning yetarliligini baholash uchun Bazel kelishuvining tavsiyalaridan foydalaniladi va bunga ko‗ra riskka tortilgan aktivlar to‗rt guruhga ajratiladi. O‗zbekiston Respublikasining hozirgi bank amaliyotida Markaziy bankning 2000-yil 26- apreldagi 420-sonli Tartibiga asosan aktivlar risklilik darajasi bo‗yicha 4 guruhga bo‗linadi18 (0%, 20%, 50%, 100%).
Daromadlilik jihatidan bank aktivlari ikki guruhga bo‗linadi: daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlar.
Daromad keltiruvchi aktivlar ulushi qancha yuqori bo‗lsa daromad hajmi ham shuncha ko‗p bo‗ladi va bu o‗rinda bankning o‗z kapital bazani mustahkamlash imkoniyati kengayadi. Bu esa bank tomonidan o‗z zimmasiga olgan xatarlarga shiddat bilan bardosh bera olish imkoniyatiga ega bo‗lishini anglatadi.
Bank resurslarni har xil sohalarga joylashtirilganlik darajasini ko‗rsatuvchi diversifikatsiya ham aktivlar sifatining mezoni hisoblanadi. Aktivlar qanchalik diversifi katsiyalangan bo‗lsa bank shunchalik likvidli hisoblanadi.
Tijorat banklari likvidliligini ta'minlash, uni talab darajasida oshirish va shu bilan birgalikda, kutilayotgan daromadga ega bo'lish kuchli likvidlilik strategiyasini talab etadi, ya'ni tijorat banki bir vaqtning o'zida likvidlikka erishgan holda maksimal daromad olishning samarali pozitsiyasiga ega bo'lishi lozim. Bu natijalarga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • rivojlangan davlatlar amaliyotidan foydalanish va xalqaro me‘yorlarga rioya qilish zarur;



18 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 420-sonli ―Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida‖gi Nizomi, 2000-yil 26-aprel

  • tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidlilini yanada oshirishda mavjud resurslardan optimal foydalanish bo'yicha yaqin 5 yilga mo'ljallangan o'z siyosatlarini ishlab chiqish lozim;

  • ushbu siyosatning samarali ijrosida tijorat banklarining mavjut moliyaviy resurslaridan maqsadli diversifikattsiyalash tamoyili asosida foydalanilishini ta'minlash zarur.




    1. Download 0.79 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling