O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
An’anaviy grammatikada sintaktik aloqalar muammosi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
2.2. An’anaviy grammatikada sintaktik aloqalar muammosi.
Ma‟lumki, an‟anaviy grammatikada sintaktik aloqa sintaktik munosabat atamasi asosida talqin qilinadi. Sintaktik aloqalar bahsida moslashuv, bitishuv va boshqaruvlar tushunilsa, sintaktik munosabatlar esa attributiv, ob‟ekt, hol munosabatlar asosida ifodalanadi. Ammo mazkur sintaktik aloqalar yoki munosabatlar asosan, gap qurilmasini sintaktik tahlil qilishda emas, balki, birikmalar talqinida ko‟zga tashlanadi (B.Ilyish, 1971,181-182). 34 Ayrim inglizshunos olimlarning fikriga ko‟ra, sintaktik aloqalarni so‟z birikmalari va gap tarkibida qarab, ularni bog‟langan tobe so‟zlar (adjunt+words) va hokim so‟zlar yoki tayanch so‟zlar(head words)ga ajratish mumkin. Ular o‟rtasidagi sintaktik munosabat yoki aloqa ikki xil bo‟ladi: koordinativ yoki subordinativ. Bundan tashqari, so‟z birikmalari tarkibida “moslashuv” (concord) va boshqaruv (government) bo‟lishi mumkin (H. Sweet 1892,32-35). Masalan, moslashuv asosida tayanch yoki hokim so‟z bilan tobe orasidagi morfologik (son) aloqa tushuniladi: this book, these books. Boshqaruvda hodisasida esa tobe so‟z hokim so‟z tomonidan boshqariladi. Masalan, a day’s work birikmasidagi day’s elementi work tomonidan boshqarilmoqda yoki I see him gapidagi him elementi see yordamida boshqariladi. Grammatika borasidagi adabiyotlarda bitishuv haqida hech qanaqa fikr bildirilmaydi. Mazkur aloqa haqida gapirilganda, ikki so‟z hech qanday shakl ko‟rsatkichlarisiz bog‟lanadi, deb qayd qilingan. Masalan, Wall-clock, home work va boshqalar. O‟zbek tili grammatikasida ham bitishuvli birikmalarni morfologik modellar asosida izohlaydi: 1. ot+ot: kumush qoshiq, shamol tegirmon, shoir tabiat; 2. olmosh+ot: hamma odamlar, butun dunyo, har kishi; 3. son+ot: yigirma besh talaba, o‟ntacha bola, oltinchi maktab; 4. sifat+ot: yaxshi odam, uzoq yo‟l, go‟zal tabiat; 5. sifatdosh+ot: o‟qigan kishi, yasangan kishi. Sintaktik aloqa va sintaktik munosabat bir xil narsami yoki ular bir-biridan farqlanadimi, degan savol tug‟ilishi aniq. Sintaktik aloqa asosan, so‟z birikmasi yoki gapdagi so‟zlarning hamda nutqdagi gaplarning o‟zaro grammatik bog‟lanishini ifodalasa, sintaktik munosabat esa so‟z birikmasi va gapdagi so‟zlarning hamda nutqdagi gaplarning bir-biriga nisbatan qanday grammatik ma‟no va funksiyada qo‟llanishini ifodalaydi. O‟z-o‟zidan ma‟lumki, sintaktik aloqalar grammatik shakllar asosida namoyon bo‟lsa, sintaktik munosabat so‟zlarning funksional qismlari orqali aks etadi. 35 Yuqorida qayd qilinganidek, sintaktik aloqa ham sintaktik munosabat ham tilning so‟zbirikmalri sathida kuzatilgan. Tilning sintaktik sathi gaplardan iborat. Shuning uchun ham yuqorida qayd qilingan sintaktik aloqa va sintaktik munosabatlar gapning sintaktik tahlili jarayonida umuman tilga olinmaydi. V.V. Burlakovaning fikricha, so‟z birikmalari tarkibida asosan, uch xil sintaktik aloqa mavjud. Bular teng, tobe va akkumulyativ aloqadir. Teng aloqa asosan, teng bog‟lovchi and yordamida ifodalanadi (men and women, red and green). Tobe aloqa esa yadro komponentga tobe komponentning bog‟lanish orqali (an old brown stone house, a list of names) namoyon bo‟ladi (I.P. Ivanova, V.V.Burlakova, G.G.Pochepsov). Bunday so‟z birikmalarida yadro component regressiv va progressiv holatda bo‟lishi mumkin. Akkumulyativ aloqa deganda, so‟z birikmalarining boshqa elementlar bilan to‟ldirib borilishiga aytiladi. Masalan, (to write) his friend a letter yoki (to write) a letter to his friend birikmalarida his friend a letter yoki a letter to his friendlar o‟zaro, ya‟ni ikki to‟ldiruvchi o‟zaro akkumulyativ aloqa yordamida bog‟lanmoqda. Umuman olganda, sintaktik aloqa, deb atalmish atama faqat so‟z birikmalar doirasida tahlil qilingan yoki so‟z birikmalar sathida kuzatilgan. Bu borada O.Yespersinning “uch daraja nazariyasi” (Three ranks theory)da ham to‟xtalib o‟tilgan. Masalan, terribly cold weather birikmasida weather – birinchi darajali (Primary), cold ikkinchi darajali (secondary), terribly uchinchi darajali (Tertiary) elementlar hisoblanadi. Bunda ularning junction modellar asosidagi yadro komponenti bilan tobe komponentlarning bog‟lanishi inobatga olingan. Yuqoridagi sintaktik birlikning the weather is terribly cold holati esa neksus (Nexus - ega va kesim o‟rtasidagi predikativ munosabatdir (O. Axmanova. 1969,259)) deb ataladi (O.Jespersen. 1935,107). Ammo ular sintaktik sathda gap qurilmasida atroflicha isbotlanmagan. Keyingi yillarda gap qurilmasini sintaktik tahlil qilishda sintaktik aloqalarga alohida e‟tibor qaratildi. A.M.Muxin va uning shogirdlari tomonidan yadro predikativ, yadro bo‟lmagan predikativ, subordinativ, koordinativ, appozitiv, 36 nolga teng predikativ, introduktiv aloqalar ishlab chiqildi va ular gapning sintaktik tahlili jarayonida keng tarzda qo‟llanilmoqda. (2007). Bu sintaktik aloqalar haqida keyinchalik atroflicha to‟xtalamiz. Ma‟lumki, gap sintaksisning asosiy o‟rganish ob‟ekti hisoblanadi. Gaplarni tasniflash bo‟yicha tilshunoslar o‟rtasida turlicha yondashuvlar mavjud. E.Krayzingning fikricha, sintaksis grammatikaning gap qurilmasini o‟rganuvchi bir bo‟limi sifatida olib qaraladi va unda gap tarkibida ishtirok etgan birliklar ikki guruhga ajratiladi: Close syntactic groups va loose syntactic groups. Close syntactic groups morfologik jihatidan verb groups, noun groups, adjective groups, adverb groups, preposition groups, pronoun groups kabilarga ajratib o‟rganishni tavsiya etadi. Loose syntactic groups esa ikki xil bo‟lishi mumkin: Linked groups va unlinked groups: linked group is five and twenty; unlinked group-a low soft Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling