O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
breathing. Bundan tashqari, ushbu guruhlarda ishtirok etgan a‟zolarning sonini
ko‟rsatish bilan chegaralanadi: double, triple, quadruple va hokazolar. Yuqoridagi gap qurilmasida ishtirok etgan birliklarning tobe komponentlar asosida guruhlanishi sintaktik sathda gap tahliliga hech qanday qo‟shimcha bilim bermaydi. O.Jespersenning birkima (junction) va neksus (nexus) haqida shunday deydi: “In junction the joining of the two elements is so close that they may be considered one composite name for what might in many cases just as well have been called by a single name.” For example: a silly person: a fool, the warmest season: summer. If we compare the red door and the barking dog is junction, the door is red, the dog barks or the dog is barking is nexus (O.Jespersen, Essentials of English Grammar, 95-96). Tilshunoslarning ta‟kidlashicha, gapni aniqlashda to‟rt usuli mavjud: mantiqiy, psixologik, strukturual yoki grammatik va fonetik nuqtai nazar. Ingliz tili grammatikasi uchun psixologik jihatdan gapni aniqlash tipik holat emas. Gapning mantiqiy aniqlanishi asosan, fikrning kengayishiga qarab aniqlanadi. Struktural 37 tilshunoslar esa gapning grammatik yoki fonetik mezonlar asosida aniqlash usullarini qayd qilishadi. 9 Inglizshunos olimlar gap tasnifiga nisbatan struktur jihatdan hamda aytilish (kommunikativ) maqsadga ko‟ra yondashgan holda tasniflaydilar. (V.N.Jigadlo, I.P.Ivanova, L.L.Iofik, 1959, 228-232; J.Bo‟ronov, O‟.Hoshimov, X.Ismatullayev, 1974,291-304). Ayrim tilshunoslar gapni tasniflashda ularning muloqatda tutgan o‟rniga ko‟ra uch guruhga ajratadi: a) a situation sentence – situativ gap, ya‟ni muloqot jarayonida biror kishini chaqirish, salomlashish, xitob qilish kabilar kiradi; b) sequence-sentence – so‟zlovchi o‟zgarmasdan suhbatni davom ettirish jarayonida bayon etiladigan gaplar; c) a response-sentence – so‟zlovchilar almashib, suhbatni davom ettirishda qo‟llaniladigan gaplar. Bundan tashqari, N.Francis matn va suhbatdan zavqlanish holatlarida qo‟llaniladigan gaplarni olti guruhga ajratadi: 1. A greeting – uchrashganda, xayrlashganda ishlatiladigan streotip jumlalar; 2. A call – chaqirish, qisqa gaplardan iborat va suhbatdosh diqqatini qaratishga bag‟ishlangan gaplar; 3. An exclamation – qisqa gaplardan tashkil topgan, so‟zlovchining his hayajonini ifodalash yoki suhbatdoshning his-hayajonini uyg‟otishda kutilmaganda ifodalanadigan gaplar; 4. A question – savol berishda ifodalanadigan gaplar; 5. A request – salomlashish yoki chaqirish jarayonida iltimos, taklif kabi ma‟nolarni ifodalovchi gaplar; 6. A statement – suhbatdosh fikrini tasdiqlashda, arz qilishda qo‟llaniladigan yoki suhbatdosh diqqatini o‟ziga jalb qiluvchi gaplar. 10 9 E. Kruising, A Handbook of Present Day English, 235-236. 10 N.Francis, The structure of American English-New York; Wiley, 1998, p226-227. 38 Yuqorida qayd qilganimizdek, gap tasnifi turlicha talqin qilinishining guvohi bo‟ldik. An‟anaviy grammatikalarda gap kommunikativ maqsadiga ko‟ra: “declarative, interrogative, imperative”, turlarga ajratiladi. 11 Ushbu tasnifga qo‟shimcha holda so‟zlovchi gap orqali darak, so‟roq, buyruqlar bilan birga o‟zining emotsional munosabatini, his-tuyg‟ularini ham ifodalaydi. Shunga ko‟ra gap yana ikki turga bo‟linadi: a) emotsional gaplar; b) emotsional bo‟lmagan gaplar [ J. Bo‟ronov, O‟.Hoshimov, X. Ismatullayev, - Toshkent, 1974,29.]. V.N.Jigadlo, P.Ivanova, L.L.Iofiklar esa gapni to‟rt turga ajratadi: 1.Darak gaplar, 2. So‟roq gaplar, 3. Undov gaplar, 4. Buyruq gaplar [V.N.Jigadlo, P.Ivanova, L.L.Iofik. 1956,232]. I.N.Ivanova, V.V.Burlakova, G.G.Pochepsovlar gaplarni tasniflashda uchta aspektga tayanish kerak, deb ta‟kidlaydi: a) strukturaviy; b) semantik; v) pragmatik [I.N.Ivanova, V.V.Burlakova, G.G.Pochepsov. 1981,173.]. Ammo ushbu nazariy bo‟yicha darslikda faqat gapning strukturaviy tasnifiga to‟xtaladi. G.G.Pochepsovning ta‟kidlashicha, gapning strukturaviy tasnifi deganda, gaplar grammatik ma‟nolarining shakliy ko‟rsatkichlari asosida tadqiq qilinadi. Unda gapning tasdiq/inkor, buyruq/so‟roq, shaxsli/shaxssiz belgilari o‟rganiladi. Gapning semantik aspekti esa gapning ma‟noviy belgilarini, ya‟ni gap bo‟laklari, ergash gaplar, qo‟shma gaplarning bir qismi, to‟ldiruvchi, hol, shuningdek, ularning semantik roli yoki “agens”, “patiens” va hokazolarini o‟z ichiga oladi. Gapning pragmatik aspekti nutq aktida gaplardan foydalanish jarayonidan iboratdir. Undan asosan, katta sintaksis ob‟ekti hisoblangan matn doirasida foydalaniladi (G.G.Pochepsov,173). Umuman olganda, gaplar strukturasiga ko‟ra tasniflanganda soda (simple Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling