O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


immediately called Aziz in. Yo’lakda turganlar darrov Azizni chaqirib olishdi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/46
Sana02.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1422368
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi

immediately called Aziz in. Yo’lakda turganlar darrov Azizni chaqirib olishdi 
(O’.Usmonov) gapidagi yo’lakda turgan sifatdosh o‟rami asli asosiy predikat 
(chaqirib olishdi)ning sub‟ekt bo‟lgan odamlar so‟zini aniqlab kelgan va ikkinchi 
darajali predikat (turgan)ning ham mazmuniy jihatdan sub‟ekt bo‟lagini ifoda 
etgan. Mazkur gapda esa ana shu odamlar so‟zining tushishi bilan yo’lakda 
turganlar shaklida sifatdosh o‟ram otlashgan va asosiy predikatning sub‟ektini 
ifodalab kelgan. Ana shu asosda mazkur sodda gapning mazmuniyati 
murakkablashgan. 
II bob bo’yicha xulosa 
Sifatdosh o‟ramlar boshqa bo‟laklarni ham aniqlab kelishi yoki otlashib 
boshqa bo‟laklar vazifasida kelishi ham mumkin. Barcha hollarda shakl va 
mazmun nomuvofiqligi yuzaga keladi. 
Ma‟lumki, sifatdish o‟ramlar sintaktik jihatdan o‟z ichida bo‟lina oladi. 
Ayni paytda ular hoh sifatlashgan holda bo‟lsin, hoh otlashgan holda bo‟lsin, yoyiq 
bo‟lak sifatida muayyan bir sintaktik o‟rinni egallaydi. Bu holat esa sifatdosh 


50 
o‟ramning o‟z ichidagi sintaktik aloqa butun gap nuqtai nazaridan funksional 
emasligini, bu sintaktik aloqaning funksionalligi faqat o‟ram ichidagina namoyon 
bo‟lishini, bu aloqani faqat ayni o‟ramni alohida sintaktik tahlil qilish yo‟li 
bilangina baholash mumkinligini ko‟rsatadi. Ammo mavjud lingvistik 
adabiyotlarning juda ko‟pchiligida sifatdosh o‟ram (shuningdek, harakat nomi va 
boshqa tizim) tarkibida muayyan “bo‟laklar” gapning funksional bo‟laklari bilan 
mutlaqo tenglashtiriladi. Aniqlovchi gapning zaruriy (konstruktiv) bo‟lagi bo‟la 
olmaganligi uchun o‟ramdagi aniqlovchi bilan o‟ramdan tashqarida, gapda mavjud 
bo‟lgan aniqlovchi tenglashtirilishi mumkin. Ammo o‟ram tarkibidagi 
“to‟ldiruvchi”ning o‟ramdan tashqarida, gapda mavjud bo‟lgan to‟ldiruvchi bilan 
tenglashtirilishi mutlaqo asosga ega emas. Chunki avvalo, birinchisi gap nuqtai 
nazaridan funkdional emas, ya‟ni butun gapning zaruriy (konstruktiv) bo‟lagi 
emas, ikkinchisi esa funksional bo‟lib, gapning bevosita zaruriy (konstruktiv) 
bo‟lagidir. Qolaversa, o‟ram tarkibidagi “to‟ldiruvchi” ikkinchi darajali 
predikatning ob‟ektini bildirsa, undan tashqaridagi “haqiqiy” to‟ldiruvchi asosiy 
predikatning ob‟ektini ifodalaydi. Bunday to‟ldiruvchilarning maqomini bir xil deb 
qarash ikkinchi darajali va asosiy predikatlarning ham bir-biriga tenglashtirilgan 
holda baholanishiga olib keladi. Bu esa mutlaqo ilmiy asosga va mantiqqa ega 
emas. Shuning uchun ham to‟ldiruvchilarni baholash kriteriyalarini birmuncha 
aniqlashtirish lozimga o‟xshaydi. Bizningcha, to‟ldiruvchilarni 2 turga ajratish 
kerak: 1) funksional to‟ldiruvchilar va 2) nofunksional to‟ldiruvchilar. Bunda 
bevosita asosiy predikatning ob‟ektini ifodalagan, ya‟ni to‟g‟ridan-to‟g‟ri kesimga 
bog‟langan to‟ldiruvchilar funksional to‟ldiruvchilar deb, ikkinchi darajali 
predikatning ob‟ektini ifodalagan, ya‟ni turli tizimlar (o‟ramlar) tarkibidagi 
to‟ldiruvchilar eas nofunksional to‟ldiruvchilar deb qaralishi maqsadga 
muvofiqdir. Ana shunda to‟ldiruvchilarning mazmuni ham, ayni paytda butun 
gapning mazmunini ham baholashdagi yondashuv yana ham xolis bo‟lgan bo‟lardi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling