64
Gapda so‟zlar bir-biri bilan bog‟langan bo‟ladi. Bu bog‟lanish ma‟lum
grammatik qonun-qoidalar asosida reallashadi. Masalan:
Talabalarimiz qishki
sessiyani muvaffaqiyatli yakunladilar gapida grammatik jihatdan quyidagicha
shakllanib, o‟zaro bog‟langan birikmalar mavjud:
1)
Talabalarimiz yakunladilar;
2)
sessiyani yakunladilar;
3)
qishki sessiyani;
4)
muvaffaqiyatli yakunladilar.
Har bir so‟z birikmasi kamida ikki mustaqil so‟zdan tashkil topadi. Har ikki
so‟z birgalikda murakkabroq tushunchani anglatish uchun xizmat qiladi. Demak,
o‟zaro
semantik, grammatik jihatdan bog‟langan ikki yoki undan ortiq mustaqil
so‟zlar qo‟shilmasi
so’z birikmasi deyiladi.
So‟z birikmasining yuqorida keltirilgan ko‟rinishlari erkin birikma
sanaladi. Erkin birikmalarni turg‟un birikmalardan farq qilish kerak.
Chunonchi,
yeng shimarmoq, qo’ltig’idan tarvuzi tushmoq, xamir uchidan patir kabi iboralar
ham strukturasiga ko‟ra so‟z birikmasi hisoblanadi,
ammo bu birikmalar
tarkibidagi so‟zlar gap bo‟lagi sifatida ajratilmaydi,
chunki ular nutq paytidan
oldin o‟zaro birikkan holda mavjud bo‟ladi, nutqda ham shu holicha qo‟llaniladi,
hozir buzilmas birikma holatiga kelib qolgan. Bunday birikma tarkibidagi
so‟zlarning har biri
mustaqil tushuncha bildirmay, butunicha ko‟chma ma‟no
ifodalaydi, gapda ham bitta vazifada keladi. Birikmalarning bu tiplari
turg’un
Do'stlaringiz bilan baham: