O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Ingliz va O’zbek tillaridagi fe’lli qurilmalarning qiyosiy tahlili
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
2.4. Ingliz va O’zbek tillaridagi fe’lli qurilmalarning qiyosiy tahlili.
Sodda gap tarkibiga turli sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart maylidagi fe‟lli o‟ram (o‟ram)larni kiritish natijasida bu gap qurilishi murakkablashishi (ham shakl, ham mazmun jihatdan) va bunday o‟ram(o‟ram)lardagi ikkinchi darajali predikatsiyaga ko‟ra gapda predikativ jamlanish yuzaga kelishi mumkin. Ana shunday o‟ram (o‟ram)lar bilan 27 М.В.Бадхен. Понятие пространственной локализации и его интерпритация в английском языке // Лингвистические исследования. Анализ синтактических единц. Москва, 1986. 28 А.М.Пешковский. Русский синтаксис в научом освешинии. Москва, 1956; А.А.Потебния. Из записок по русской грамматике, Москва,1958. 46 murakkablashgan sodda gaplarda bu predikativ jamlanishga ko‟ra shu tipdagi gaplarning sintaktik maqomini belgilashda, ya‟ni bunday gaplar haqiqatan ham sintaktik jihatdan sodda gapmi yoki ergash gapli qo‟shma gapmi, degan masalada, xususan, turkologiyada, qolaversa, boshqa tilshunosliklarda ham uzoq yillardan beri keskin munozara boradi, biroq, hanuzgacha yagona, to‟g‟ri, ko‟pchilik tomonidan tan olingan bir fikrga kelinganicha yo‟q. Bunday tizim (konstruksiya)lardagi, garchi ikkinchi darajali bo‟sa-da, predikatsiya ayni tizimlarni ma‟lum darajada ergash gap sifatida qo‟llanuvchi muayyan tizimlar bilan yaqinlashtiradi. Ana shundan kelib chiqib, o‟z egasiga ega bo‟lgan sifatdosh o‟ramlarni aniqlovchi ergash gap deb talqin qilish to‟g‟ri emas, bunday tizimlar bilan to‟la ma‟nodagi ergash gaplar o‟rtasida to‟liq tenglik yo‟q. Bu tizimlarning “bosh gap” bilan bog‟lanishida ergash gaplarning bosh gap bilan bog‟lanishidagiga qaraganda sezilarli darajada farq bor. Ayni paytda bu tizimilardagi kesim deb qaralgan fe‟l shakllarning kesimlik darajasi ham “bosh gap”dagi kesim bilan aynan bir xil emas. Mazkur tizimlarda muayyan propozitsiya ifodalanadi. Bu propozitsiya esa harakat va uning bajaruvchisi o‟rtasidagi, belgi va belgi egasi o‟rtasidagi va shu kabi munosabatlardan iborat bo‟ladi. Shuning uchun ham bunday tizimlarning bo‟laklari o‟rtasida, sub‟ekt – predikat aloqasi mavjud, ammo ularda gap qurilishining muhim ega-kesimlik belgilarining yo‟qligi bu birliklarning gap sifatida qaralishiga imkon bermaydi. Mazkur sub‟ekt – predikat aloqasiga ko‟ra bunday tizimlarni ikkinchi darajali predikatsiyali tizimlar deb nomlash mumkin. Ana shunday tizimlarda predikativ bo‟lak vazifasini fe‟lning shaxssiz shakllaridan tashqari bor, yo’q kabi modal so‟zlar, shuningdek, boshqa ko‟pgina belgi ifodalovchi so‟zlar ham bajarib kelishi mumkin. Masalan:They were met by Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling