O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
sentence) va qo‟shma gaplarga (composite sentence) bo‟linadi. Soda gaplar
tarkibiga ko‟ra ikki tarkibli (two-member sentence) va bir tarkibli (one-member) gaplarga bo‟linadi. Ikki tarkibli gaplar ham ikkiga bo‟linadi: a) soda yig‟iq (simple 11 M.Y.Blokh. A Course in Theoritical English Grammar,-Moscow,1983,p251 . 39 unextended); b) soda yoyiq (simple extended). Ikki tarkibli gaplar gap bo‟laklarining ishtirokiga ko‟ra to‟liq (complete) va to‟liqsiz gaplarga (incomplete) bo‟linadi. Ikki tarkibli to‟liq gaplarda gap bo‟laklari ishtirok etsa, ikki tarkibli to‟liqsiz gaplarda esa ulardan birortasi yoki bir nechtasi eksplisit tarzda ifodalanmaydi. Ifodalanmagan sintaktik birliklarni matn yoki vaziyat asosida transformatsiya-eksplikatsiya yordamida tiklash mumkin. Bir tarkibli gaplarda esa gap bo‟laklarini aniqlab bo‟lmaydi. Ular bir necha turlardan tashkil topadi: nominativ,vokativ emotive va yes-tasdiq rozilik, no-inkor, norozilik ma‟no ottenkalarini ifodalovchi so‟z-gaplardan iborat. Ushbu gaplarga keyinchalik yana to‟xtalib o‟tamiz. Qo‟shma gaplar (composite) ham o‟z navbatida ikki turga bo‟linadi: a) mustaqil qo‟shma gap (the compound sentence), b) ergashgan qo‟shma gap (the complex sentence). Bir tarkibli gaplarning ifodalanish usullari ham tillarda turlicha tasniflanadi. V.V.Babayseva, L.Yu.Maksimovlar bir tarkibli gaplarni rus tili misolida semantik va struktur jihatdan quyidagi turlarga ajratadi: 1. Определено – личные (Люблю грозу в начале мая); 2. Неопределено – личные ( В нашем поселке построили новую школу); 3. Обобщенно личные (слезами горю непоможещь); 4. Безличные (светает, мне холодно, Ветра нет); 5. Инфинитивные (тучам солнца не скрыть, войне мир непобедить); 6. Номинативные (зима; Вот и зима; Зима!); 7. Вокативные (предложения – обрашение) (Сов.рус.яз.М.1981.92). A.P.Mordvilka ham bir tarkibli gaplarni 7 turga ajratadi, ammo u vokativ gaplarni kiritmasdan so‟z – gaplarni, ya‟ni да, нет, конечно, несомненно kabilarni kiritadi [Сов.рус.яз.T.1977.57]. 40 Bir tarkibli gaplar o‟zbek tili misolida esa rus tilidagidek 6 guruhga bo‟linadi: 1. Shaxsi noma‟lum gaplar (pulini o’g’irlab quyishdi); 2. Shaxsi umumlashgan gaplar (Safarga bamaylixotir xozirlanildi) (Yomon bilan yo’ldosh bo’lma, nodon bilan sirdosh bo’lma); 3. Shaxssiz gaplar ( Tong otdi, yorug’ tushdi); 4. Indikativ gaplar ( Bu qanday aqlsizlik! Mardikor olish.); 5. Nominativ gaplar ( Qanday go’zal! Mana O’sarjonning dalasi); 6. So‟z gaplar ( Ha, Shunday, Xo’p, Yo’q, Nahot, Oh, Voydod!, Ura!) 12 XIX asrlarda chop etilgan ingliz tili grammatikalarga e‟tibor berilsa, ularda faqat atov gap ( Nominal sentence) tan olingan. 13 Boshqa grammatika kitoblarida esa gaplar 4 guruhga ajratilgan: 1. Atov gaplar ( What a beautiful night! Such character! Such sense!); 2. Yes va No bilan ifodalangan bir tarkibli gaplar; 3. Modal so‟zlar yordamida ifodalangan bir tarkibli gaplar ( Of course, certainly); 4. Undov so‟zlar yordamida ifodalangan bir tarkibli gaplar (Well!, Oh!, My goodness!, My God!). Umuman olganda, ingliz tili misolida G.S.Litvishenko, 14 O.G.Vetrova 15 va A.P.Afanasevlarning 16 monografik ishlarida ta‟kidlashicha “ ….. barcha undov so‟zlar, modal so‟zlar, vokativ birliklar, Yes va No kabilar nutq materiali hisoblanib, ularda predikativlik, modallik, prosodika kabi xususiyatlar mavjud bo‟lib, bir tarkibli gaplar deb tan olinadi”. Ularni tarkibiga ko‟ra ikkiga bo‟lish mumkin: a) bir tarkibli yig‟iq; b) bir tarkibli yoyiq gaplar. 12 O’zbek tili grammatikasi, 2-tom. Toshkent, 1976.185-196. 13 Л.П.Винокурова. Грамматика английского языка. Москва, 1954.233 . 14 “Одноядерные эмотивные предложиния в современном английском языке” (Лекция., ЛГПИ им. А.Н.Герцена. Ленинград 1972) 15 “ Вокативные синтаксические единицы в современном английском языке.” (Ленинград 1980), 16 “ Выражение подтверждения и отрицания и ответных репликах в современном английском языке” (Английская филология, Краснодар. 1967) 41 Demak ingliz tilida uchraydigan bir tarkibli gaplar o‟zbek va rus tillaridagi bir tarkibli gaplarning turlaridan farq qiladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling