O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Qodirovning mag’rurlanishi Oyqizga yoqmasdi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qodirovning mag’rurlanishi// Kadirov’s proud stature
- Qodirovning
- Men bobomning qadrdon qishlog’imiz 94 Qamchinda qolishini juda-juda istar edim
- III Bob bo’yicha xulosa
Qodirovning mag’rurlanishi Oyqizga yoqmasdi. (Sh.Rashidov)//Oikiz wouldn’t
like Kadirov’s proud stature gapidagi kesim o‟rnidagi fe‟l (asosiy predikat) semantikasining fizik harakatdan iborat emasligi Qodirovning mag’rurlanishi//Kadirov’s proud stature shaklidagi harakat nomili tizimning ayni gapda ega sintaktik o‟rnini egallashga imkon bergan. Bu harakat nomili tizim o‟z sub‟ekt bo‟lagiga ega, bu sub‟ekt bo‟lak qaratqich kelishigadagi Qodirovning so‟z shakli bilan ifodalangan. Bu tizimning gapdagi mazkur sintaktik o‟rniga ko‟ra unda ifodalangan propozitsiya asosiy predikat (yoqmadi)ning sub‟ekti sifatida kelgan. Boshqacha qilib aytganda, bu propozitsiya asosiy propozitsiyaning “ichiga” sub‟ekt sifatida kirgan, uning zaruriy mazmuniy uzviga aylangan va shu tarzda bu ikki propozitsiya o‟zaro juda zich aloqaga kirishgan. Mazkur gap sintaktik jihatdan sodda, lekin uning mazmuniy tarkibi murakkablashgan, natijada sodda gapda kuchsiz semantik-sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelgan. Bunday tizimlarning tushum kelishigi shaklida kelib, asosiy predikatning vositasiz ob‟ektini (vositasiz to‟ldiruvchi) ifodalash hollari juda ham keng tarqalgan. Bunda ham kesim sintaktik o‟rnidagi fe‟l (asosiy predikat)ning semantikasi hal qiluvchi rol o‟ynaydi: Men bobomning qadrdon qishlog’imiz 94 Qamchinda qolishini juda-juda istar edim (N.Rahmat).//I was earnestly wishing my grandfather to remain in our village Kamshin. Harakat nomili tizimlar ko‟chirma gapli tizimlarni o‟zlashtirma gaplarga aylantirishda ham juda keng qo‟llanadi. III Bob bo’yicha xulosa Insonning dunyoni bilish jarayonida qiyoslash juda katta ahamiyatga ega. Ikki yoki undan ortiq predmetni ular o‟rtasidagi o‟xshashlik yoki farqli tomonlarni aniqlash maqsadi bilan qiyoslash tashqi olamning bilishning eng keng tarqalgan mantiqiy usullaridan biri bo‟lib, u inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kuzatiladi. Bu muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda o‟z ifodasini topadi. Qiyosiy gaplarning mazmuniy tarkibida mantiqiy kategoriya bo‟lmish ana shu qiyoslash aks etadi. Bunday gaplar dunyo tillarining deyarli barchasida mavjud, ammo ularning qurilishi, shakllanish qonuniyatlari har bir tilda muayyan xususiy tomonlar bilan xarakterlanadi. O‟zbek tilidagi qiyosiy sodda gaplar bir qancha o‟ziga xos tomonlarga ega. Mantiqiy jihatdan qaraladigan bo‟lsa, qiyosiy sodda gaplarda ifodalanadigan hukmning qurilishi boshqa har qanday gapda ifodalanadigan hukm qurilishidan sezilarli farq qiladi. Aritoteldan boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan formal logikaga ko‟ra har qanday hukm ikki qismdan, ya‟ni ikki a‟zodan – sub‟ekt va predikatdan iborat. Ammo qiyosiy sodda gaplarda ifodalanadigan hukmning tarkibi ham aynan shundaymi? “Qiyosiy hukmlarning tarkibi odatdagi hukmlardan farq qiladi: ularda fikrning tugalligi faqat hukmning ikki bosh bo‟lagiga bog‟liq emas, balki qiyosning ikkinchi ob‟ekti sifatidagi uchinchi bo‟lakka ham bog‟liqdir. Agar ikki a‟zoli hukmning tarkibi S – P bo‟lsa, qiyosiy hukmning tarkibi S –P – S dir”. Har qalay, bu uch a‟zoli hukm konsepsiyaning to‟g‟ri yoki noto‟g‟riligidan, ko‟pchilik tomonidan tan olinganligi yoki tan olinmaganligidan qa‟tiy nazar, ana shu konsepsiyaning yuzaga kelganligining o‟zi qiyosiy hukmlarning o‟ziga xosligini, anchayin murakkabligini 95 ko‟rsatadi. Ana shunday hukmlar ifodalanadigan qiyosiy sodda gaplar mazmuniy qurilishining murakkab bo‟lishini aytish mutlaqo mantiqiydir. Bunda ko‟chirma gap predikatsiyasi ikkinchi darajali predikatsiyaga aylanadi va bu ikkinchi darajali predikativ ifoda hamisha asosiy predikatning vositasiz ob‟ektini ifodalab keladi. Albatta, bunda asosiy predikat hamisha nutq fe‟llaridan iborat bo‟ladi. Shuning uchun ham nutq fe‟llari mazmun valentligining yuzaga chiqaruvchilaridan biri sifatida tushum kelishigidagi harakat nomili tizimlarni ta‟kidlab ko‟rsatiladi. Demak, asosiy predikat nutq fe‟llaridan iborat bo‟lganda ham vositasiz to‟ldiruvchi vazifasida ayni tizimlarning qo‟llanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ko‟chirma gapda ifodalangan propozitsiya ayni tizim orqali ifodalanib, bu tizim gapda to‟ldiruvchi o‟rnini egallar ekan, sintaktik qo‟shma gap sintaktik sodda gapga aylanadi. Ammo uning mazmuniy tarkibi ikki propozitsiyaning qo‟shiluvi tarzida murakkablashadi. Buning natijasida gapdagi mazmuniy va sintaktik qurilish o‟rtasidagi mavjud muvofiqlik buziladi va nomuvofiqlik yuzga keladi. Mazkur harakat nomili tizimlar turli kelishik shakllarida kelib, gapda yuqoridagilardan tashqari yana vositali to‟ldiruvchi, hol, ba‟zan aniqlovchi sintaktik o‟rinlarini ham egallab kelishi mumkin. Sub‟ekt bo‟lagi bo‟lmagan harakat nomili tizimlar sub‟ekt jihatdan xolis bo‟lib, ular ham turli kelishik shakllarida kelib, gapda muayyan sintaktik o‟rinni egallaydi, ularda ifodalangan mazmun munosabati asosiy mazmun munosabati tarkibiga muayyan mazmuniy uzv sifatida kiradi va demak, shu tarzda ikki propozitsiyaning qo‟shiluvi amalga oshadi. Shakl va mazmun nomuvofiqligi shart fe‟lli tizimlar bilan murakkablashgan sodda gaplarda ham kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling