O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


o’sha qo’shiqni eshitganingizda siz tabiat qo’ynida bo’lgansiz


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/46
Sana02.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1422368
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi

o’sha qo’shiqni eshitganingizda siz tabiat qo’ynida bo’lgansiz. Bu o‟rinda aniq 
sintaktik ifodaga diqqat qilinayapti, aslida har ikki predikatdagi mavjud morfologik 
ko‟rsatkichlar bir shaxsni ko‟rsatib turibdi. 
Bunday holatlar yuqoridagi fikrni shubha ostida qoldirmaydi, balki unga 
yana ham aniqlik kiritadi. Ya‟ni sifatdosh o‟ramlar otlashib, o‟rin-payt va chiqish 
kelishiklari bilan shakllansa, undagi predikativ bo‟lak bilan asosiy predikatning 
sub‟ekti bir shaxsda bo‟lgandagina sifatdosh o‟ram payt va sabab holi sintaktik 
o‟rnida kela oladi. Bunda ham gapning mazmun jihati murakkablashadi.
Sub‟ekt bo‟lagi sintaktik jihatdan bevosita ifodalanmagan sifatdosh 
o‟ramlarda sub‟ekt bo‟lak, garchi sintaktik jihatdan bevosita ifodalanmagan bo‟lsa-
da, mazmuniy jihatdan asosiy predikatning sub‟ekti, ob‟ekti, belgisi yoki shu 
kabilari bilan o‟z referentiga ko‟ra bir xil bo‟ladi. Boshqacha qilib aytganda
mazkur ikkinchi darajali predikatsiyaning sintaktik jihatdan ifodalanmagan sub‟ekt 
bo‟lagi asosiy predikatsiya ifodachisi bo‟lgan gapda mazmunan mavjud bo‟ladi. 
Ana shu asosiy va ikkinchi darajali predikatsiyalarni ifodalashda u yoki bu 
darajada qatnashuvchi muayyan bo‟laklarning referent jihatdan bir xilligi bir sodda 
gap doirasida ikki yoki undan ortiq propozitsiyaning ifodalashini ta‟minlaydi va, 
demak, gap mazmuniy qurilishining murakkablashishi uchun zaruriy sharoit 
yaratadi. 
Bunday sifatdosh o‟ram asosiy predikatning sub‟ektini ifodalagan bo‟lakni 
aniqlab kelishi mumkin. Bunda mazkur sintaktik ifodalanmagan sub‟ekt bo‟lak 
asosiy predikatning ana shu aniqlanayotgan ob‟ekti bilan referent jihatdan bir xil 
bo‟ladi, ya‟ni u mazmunan mavjud. Yana ham aniqrog‟i, asosiy va ikkinchi 
darajali predikatlarning sub‟ektlari umumiy bo‟ladi. Predikatsiyaning zaruriy 
uzvlaridan biri bo‟lgan sub‟ektlarning bunday umumiyligi asosida gap mazmuniy 
qurilishi murakkablashar ekan, ikki (yoki undan ortiq) mazmun munosabatlarining 
bog‟lanishi juda zich, bo‟ladi. Masalan: Hali hech kimdan bunchalik maqtov 


91 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling