Ozbekistоn Respublikasi Оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.22 Mb.
|
1161 4.kampakt disk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi №5
Ishning tafsiloti.
9-10 g kukun qilib maydalangan mis kuporosini chinni chashkaga solinadi va to oq rangli suvsiz tuz hosil bo`lgunicha qizdiriladi. So`ngra uni probirkaga o`tkazib darhol og’zini probka bilan zich qilib berkitiladi. Tuz sovigandan so`ng undan a (g) massada namuna olib uning 300 g suvda erishidagi harorat o`zgarishi yuqoridagi tartibda aniqlanadi. Mis sulfatning erishi issiqlik ajralib chiqishi bilan borishini hisobga olib Bekman termometrini simobli meniski shkalasining pastki qismida turadigan qilib rostlanadi. Kalorimetr doimiysi K va tajribada olingan natijalar asosida suvsiz tuz va uning kristalgidratini erish issiqligi formuladan hisoblab topiladi. Erish issiqligi bo`yicha olgan natijalaringizni ma`lumotnomada berilganlar bilan taqqoslab ko`rish uchun suvning 1 mol tuzga muvofiq keladigan mollar sonini hisoblab topish zarur. Laboratoriya ishi № 4 Kristalgidratlarning hosil bo`lish issiqligini aniqlash Tuzning gidratlanish issiqligini hisoblab topish uchun 1 mol suvsiz tuz va uning kristalgidratining erish issiqligini aniqlash zarur. Ularni topish uchun esa muayyan massadagi tuzning erishi paytida harorat o`zgarishini aniqlash kerak bo`ladi. Ishni bajarish uchun 6 -rasmdagidek qurilma yig’iladi. Yaxshilab maydalangan mis kuporosidan tahminan 8 g o`lchab olinadi va uni probirkaga (ampulaga) solinadi. So`ngra olingan namuna o`zida qancha massada suvsiz tuz a(g) va suv v (g) tutishi hisoblab topiladi. Oldindan massasi o`lchangan stakanga 300 g suv solinadi va qaytadan 0,1 g aniqlikda massasi o`lchanadi. Mis kuporosining erishi issiqlik yutilishi bilan kechishini hisobga olib Bekman termometrini shunday rostlash kerakki bunda simob meniski shkalaning yuqorigi qismida joylashishi lozim. Shundan so`ng tuzli probirka (ampula) idishning qopqog’iga o`rnatiladi. Dastlabki, asosiy va yakuniy davrlardagi harorat o`zgarishi aniqlanadi va grafik (6 -rasm) orqali tuzning erishidagi harorat o`zgarishiga tuzatish topiladi. Kristallogidratning hosil bo`lish issiqligi Q ni topish uchun: Q=Qsuvsiz - Qkrist tenglamadan foydalaniladi. O`lchash natijalarini yozish tartibi
O’lchashlar (0,5 minintervaldagi)
Ishning hisoboti Kalorimetr shemasini chizish. haroratning vaqt bo`yicha o`zgarish grafigini tuzish. Kalorimetr doimiysi va tuzning erish issiqligini hisoblab topish. Suvsiz tuzdan kristalgidratning hosil bo`lish issiqligini hisoblab topish. Laboratoriya ishi №5 Neytrallanish issiqligini aniqlash. Kuchli kislotalarni suvli eritmalarini kuchli asoslar bilan neytrallashda deyarli bir hil issiqlik ajralib chiqadi va u 1 g - ekv kislota yoki asos uchun 57,1.103 dj ga teng (neytrallanish issiqligini doimiyligi qonuni). Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi bo`yicha bu qonun quyidagicha tushuntiriladi. Kislota va asoslar o`rtasidagi reaktsiya vodorod va gidroksil ionlari birikishiga va kam dissotsialanadigan suv hosil bo`lishiga olib keladi. Masalan, hlorid kislotani natriy ishqori bilan neytrallanishini quyidagicha ifodalash mumkin: NaOH + HCl = NaCl + HOH + 57,1 . 103 J Ion shaklida esa: Na+ + OH- + H+ + Cl- = Na+ + Cl- + HOH + 57,1 . 103 J Na+ va Cl- ionlari reaktsiyaning o`ng va chap tomonlarida borligini inobatga olib reaktsiyani quyidagicha yozish mumkin: H+ + OH- = HOH + 57,1 . 103 J Shunday qilib, qaysi kislota va asos olinishidan qat`iy nazar neytrallanish reaktsiya natijasida vodorod va gidroksil ionlaridan suv hosil bo`lar ekan. 1 mol suvni hona haroratida hosil bo`lishida 57,1.103 J issiqlik ajraladi. Gramm - ekvivalent kislota va gramm - ekvivalent asosni o`zaro ta`sirlashishi natijasida ajraladigan issiqlik neytrallanish issiqligi deyiladi. Kuchsiz kislotani kuchli asos yoki aksincha kuchli kislotani kuchsiz asos bilan neytrallashda issiqlik effekt 57,1.103 J dan kam yoki ko`p bo`lishi mumkin. 1 mol elektrolitni ionlarga parchalanishida ajraladigan issiqlik miqdori dissotsiatsiyani issiqlik effekti deyiladi. Shuning uchun kuchsiz kislotalarni kuchli asoslar bilan va aksincha kuchsiz asoslarni kuchli kislotalar bilan neytrallashda neytrallanish issiqligi turlicha bo`ladi. Masalan, ftorid kislotani kaliy ishqori bilan neytrallanish issiqligi 66,9 kJ/g-ekv, tsianid kislotani natriy ishqori bilan neytrallanish issiqligi esa 53,9 kJ/g-ekv. Tajriba yo`li bilan kuchsiz kislotani kuchli asos bilan neytrallanish issiqligi aniqlab, Gess qonuni asosida kuchsiz kislotani dissotsialanish issiqligini aniqlash mumkin. Tajribada topilgan neytrallanish issiqligi bo`yicha kislota yoki asosni neytrallash uchun olingan miqdorini aniqlash mumkin. Bu hisob quyidagi tenglama yordamida amalga oshiriladi. Bu erda: n - kislota normalligi; Q - tajribada topilgan neytrallanish issiqlik effekti; q - eritmani suyuqlantirish issiqligi; V - kislotani tajriba uchun olingan hajmi. Ishdan maqsad. Sirka kislotani natriy ishqori bilan neytrallashni issiqlik effektini va sirka kislotani dissotsialanish issiqligi aniqlash. Kerakli asbob va reaktivlar: Issiqlik effektini aniqlash uchun qurilma; ishqor solish uchun ampula; 10 % li natriy gidroksid eritmasi; muzli sirka kislota. Ishning bajarilishi: Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan neytrallash issiqligini aniqlash uchun kalorimetr yi?iladi. Kalorimetr tiqiniga termometr va aralashtirgichdan tashqari ishqor uchun ampula ham qo`yiladi. Neytrallanish reaktsiyasi issiqlik ajralishi bilan boradi; shuning uchun Bekman termometri shunday joylanadiki, bunda tajriba boshida termometr kapillyaridagi simob pastgi shkalada bo`ladi. Kalorimetr yig’ilgach tiqiniga bo`sh ampula qo`yilib kalorimetr doimiysi aniqlanadi. Kalorimetr doimiysi aniqlangach neytrallanish issiqligini aniqlashga kirishiladi. 6 gr muzli sirka kislota 0,1 gr aniqlikda o`lchangan 500 ml si’imli o`lchov kolbasiga solinadi (g1 massa). Keyin kislota distillangan suv bilan belgigacha suyultiriladi. Kislota harorati hona haroratiga tenglashtiriladi va yana o`lchanadi (g2 massa). Massalar farqidan eritma massasi aniqlanadi; kislota kalorimetrga solinadi. Tehnik tarozida 4 gr natriy gidroksid (qattiq) o`lchanadi, 50 ml sig’imli o`lchov kolbaga solinadi va oz - oz distillangan suv solinib to`liq eritiladi. Eritma hona haroratigacha sovutilgach oldindan o`lchangan tayoqchali ampulaga quyiladi; eritmali ampula o`lchanadi va massalar farqidan ishqor massasi aniqlanadi. Sirka kislota va ishqor eritmalari tayyorlangach, ishqorli ampula tiqinga qo`yiladi; keyin ampula tubi tayoqcha bilan sekin sindiriladi. Eritmani aralashtirib turib t hisoblanadi. Neytrallanish issiqligini quyidagi tenglamadan hisoblaymiz: bu erda: Q - neytrallashda ajralgan issiklikning umumiy miqdori; K - kalorimetrning doimiysi; t - tajribada kuzatilgan haroratning oshishi. Neytrallash uchun 0,1 mol kislota va 0,1 mol ishqor olingan edi. Berilgan miqdor kislotani neytrallanish issiqligini aniqlagandan keyin uning gramm - ekvivalenti uchun neytrallanish issiqligi hisoblanadi. Kuchli kislotalarni kuchli asoslar bilan neytrallashda 57,1 kJ ajralishini bilgan holda Gess qonuni bo`yicha sirka kislotani dissotsialanish issiqligini hisoblash mumkin: Qдиссоts. = Q - 57.1 Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling