Ozbekistоn Respublikasi Оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Spirt Eritma konsentratsiyasi М


Download 2.22 Mb.
bet59/96
Sana17.06.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1522607
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
Bog'liq
1161 4.kampakt disk

Spirt

Eritma konsentratsiyasi М

Sirt taranglik, 10-3 Ж/м2

Metal spirt

1,0




Etil spirt

1,0




Amil spirt

1,0






2. Sirt taranglikni Rebinder usulida aniqlash.
Sirt taranglik nafakat suyuklikning tabiatiga balki haroratga ham bog’liq b’ladi. Harorat ortishi bilan sirt taranglik kamayadi. Bu bog’liqlikni rebinder asbobi bilan aniqlash kulaydir.
Rebinder usuli bo’yicha sirt taranglikni aniqlashda uchida kopilyari bor vertikal trubkadan suyuklik o’tkaziladi Bunda trubkaning yukorisidan havo yuborib turiladi. Trubkaning kopilyar kismidan havo pufakchalar ajralib chikayotganda bosim R o`lchanadi. Tekshirilayotgan jismning sirt tarangligi qancha katta bo’lsa (sirt taranglik hosil qilish uchun) pufakcha hosil qilish uchun shuncha bosim kerak bo’ladi u holda sirt taranglik bilan bosimni quyidagicha ifodalash mumkin:
(1)
k- trubkaning kopilyar uchi radiusi bilan bog’liq bo’lgan, berilgan asbob uchun doimiy proportsionallik koeffitsienti.
Pufakcha uzulish vaqtidagi bosim monometr orkali yasaladi. Kopilyar konstantasini aniqlash uchun tekshiriluvchi suyuklik sifatida dastlab sirt tarangligi ma`lum bo’lgan suyuklik ishlatamiz.(masalan suv) agar bunda pufakchaning uzilush vaqtidagi maksimol bosim P0 ni aniqlasak, asbobning konstantasi quyidagi formula bilan hisoblanadi.
(2)
Asbob doimiysi hisoblab topilganan keyin tekshirilayotgan suyuqlikning turli haroratdagi sirt tarangligini aniqlashda ishlatish mumkin.
Kerakli asbob va reaktivlar: Vakuum hosil qilish uchun aspirator, yon naychali va tiqinli keng probirka. Spirtli monometr, 800-1000 ml. li stakan, 400-500 ml.li stakan, har bir 1 shk. 0,5oS ga teng bo`lgan termometr (10-100 haroratgacha), keng halqali shtativ, asbest to`r, aspiratorni mahkamlash uchun halkali shtativ.
Rebinder usulida sirt taranglikni aniqlash uchun mo`ljallangan qurilmani tuzilishi. Asbob yon trubkasi (4) bo`lgan shisha idish (1) yoki keng probirkadan iborat. Unga manometr (5) mahkamlangan idishning og’zi uchida kapillyar qismi bo`lgan shisha trubka (2) o`tkazilgan probka (3) bilan mahkamlanadi. Trubka (4) ning qayrilgan uchi aspirator (6) ni zich qilib bekitib turadigan probkadan o`tkaziladi. Idish (1) dagi suyuqlikni kerakli haroratgacha qizdirish uchun uni suv solingan kattaroq stakanga tushiriladi va suvning tosi doimiy ushlab turiladi.
Ishning bajarilishi: Aspirator rasmda ko`rsatilgandek qilib suv to`ldiriladi va tagiga chashka qo`yiladi. Tajriba boshida manometrning ikkita ustunda ham suyuqlik ham bir hil balandlikda turishi kerak. Idish (1) 1/4 qismigacha disstillangan suv solinadi. So`ngra uni og’zi trubka (2) o`tkazilgan probka (3) bilan berkitiladi. Bunda trubkaning kapillyar uchi idish (1)dagi suvga ozgina tushib turishi kerak.
So`ngra idish (1) ni yarmigacha qizdirilgan suv solingan stakanga tushirib qo`yiladi. Kerakli haroratga erishilgach aspiratorning krani (7) ochiladi bunda kapillyar (2) dan ajralib chiqayotgan havo pufakchalari shunday tezlikda ajralib chiqishi kerakki uni sanab turish mumkin bo`lsin. Pufakchalarning muayyan chastotasiga erishilgach, manometrdagi suyuqlik sat?i farqini kamida 3 marta aniqlab olinadi.. Olingan natijalarning o`rtacha arifmetik qiymati hisoblab topiladi. So`ngra jumrak (7) bekitiladi va stakandagi suvning harorati o`lchanadi. Darslikdagi jadval orqali suvning sirt tarangligi qiymati tajriba paytidagi harorat uchun topiladi (2) formula uchun tegishli asbob kapillyar trubkasi doimiysi hisoblab topiladi.. Idish (1) dagi suv to`kiladi, keyin uni va trubka (2) quritiladi, keyin esa idishga suvning o`rniga sirt tarangligi aniqlanishi kerak bo`lgan suyuqlik solinadi lekin idish (1) va trubka (2)ni shu suyuqlik bilan chayilgan bo`lishi kerak. Stakandagi suvni 30oS gacha qizdiriladi. Keyin stakanni idish (1) tagiga qo`yiladi va 10 minut davomida suvni aralashtirgich bilan idish (1) dagi suyuqlik huddi shu haroratga ega bo`lguncha aralashtirib turiladi. Aspirator ishga tushirilgach huddi disstillangan suv uchun ko`rsatilgandek qilib manometrdan sathlar farqi h aniqlanadi va (1) formula orqali tekshirilayotgan suyuqlikning sirt taranglik qiymati 30oS uchun hisoblab topiladi. Huddi shu tarzda ish 40oS, 60oS, 80oS lar uchun ?am bajariladi.



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling