O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Fotosintez va hosildorlik
Download 81 Kb.
|
fotosintez va hosildorlik
Fotosintez va hosildorlik
Fotosintez jarayonida о‘simliklarda organik modda hosil bо‘ladi va tо‘plana boradi. Bu organik moddaning umumiy mikdori fotosintsz va nafas olish jarayonlariiing jadalligiga, ya’ni fotosintez jarayonida hosil bо‘layotgan organik moddaniig nafas olish jarayoni uchun sarflanayotgai organik modda nisbatiga bosliq bо‘ladi: A = G‘ - D, bu yerda, A~tо‘plangan organik modda mikdori, G‘ - fotosintez jarayonida hosil bо‘lgan organik modda miqdori, D - nafas olish jarayoniga sarflangan organik modda miqdori. Dala sharoitida organik moddaning xosil bо‘lishini va tо‘planishini ifodalovchi fotosintezning sof mahsuldorligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin : V2- V1 F = ------------------ X ( L1+L2 ) T bu yerda, V1 va V2 — tajribaning boshlanishida va oxirida о‘simlikda xosil bо‘lgan quruq modda miqdori (g), L1 va L2 - tajribaning boshlanishida va oxirida о‘simlik bargining sathi (m2), T — tajriba davomidagi kunlar soni, F — tо‘plangan organik moddaning miqdori (g/m2 bir kecha-kunduz). Bir kecha-kunduz davomida tо‘planadigan organik moddaning miqdori vegetatsiya davomida о‘zgarib turadi va u juda oz miqdordan boshlab to 15-18 g/m2 gacha bо‘lishi mumkin. Fotosintez jarayonida xosil bо‘lgan va tо‘plangan organik modda ikki guruhga bо‘linadi: 1) biologik (U -6i11l); 2) xо‘jalik (U-xuj)- О‘simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez bо‘lgan quruq. moddaning umumiy miqdori biologik hosil deyiladi. Biologik hosilning xо‘jalik maqsadlariga ishlatiladigan qismi (donlari, urug‘lari, ildiz mevalari va boshqalar) xо‘jalik hosili deyiladi. Xо‘jalik hosilning miqdori har xil о‘simliklarda turlicha bо‘ladi va bu koeffitsiyent (K ) bilan ifodalanadi: Uxuj Kxuj = -------------- Ubiol Xulosa Xulosa qilib aytganda, fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining taʼsiriga bogʼliq ekanligi tushuniladi. Bu omillarning taʼsiri va o‘simliklarning bu taʼsirlarga moslashuvi o‘simlikshunoslikda katta ahamiyatga ega. Chunki fotosintez jadalligi va madsuldorligi shu munosabatga bogʼliq. Fotosintez eng muhim fiziologik jarayonlaridan biri bo‘lib, o‘simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa funktsiyalariga ham taʼsir etadi. Shuning uchun ham bu jarayonga tashqi va ichki omillarning taʼsirini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Ertalab quyoshning chiqa boshlashidan fotosintez ham boshlanadi. Kunning o‘rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib boradi. Chunki yorug‘likning va haroratning ortib borishi bunga sabab bo‘ladi. Eng yuqori fotosintez kunning o‘rta qismida (soat 12-14 larda) sodir bo‘ladi. Eng yuqori yorug‘likda fotosintez jadalligi o‘simliklarning nafas olish tezligidan sezilarli darajada baland bo‘ladi, yaʼni fotosintez uchun yutilgan CO2 ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib chiqqan CO, ning miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda fotosintez jarayonida o‘simliklarda organik modda hosil bo‘ladi va to‘plana boradi. Bu organik moddaning umumiy miqdori fotosintez va nafas olish jarayonlarining jadalligiga, yaʼni fotosintez jarayonida hosil bo‘layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun sarflanayotgan organik modda nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, fotosintez jarayoniga yorug`lik, CO2 miqdori va xarorat birgalikda murakkab aloqadorlikda taʼsir etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Genkel P.A. Fiziologiya rasteniy. M. 1975 g. 2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g. 3. Mustaqimov G.D. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T.1995 y. 4. Xujaev J. X O‘simliklar fiziologiyasi Toshkent ―Mexnat‖ 2004 5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g. 6. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling